MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–4_ Апрель –2025
403
O’SMIRLIK DAVRIDA PSIXIK RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI
Andijon davlat pedagogika instituti
Vb dotsenti ‘.T.Vaxabova
Filologiya fakulteti talabasi
Mashrabboyeva Diyora
Annotatsiya: Mazkur maqolada o‘smirlik davrida psixik rivojlanishning
asosiy xususiyatlari tahlil etilgan. O‘smirlik davri inson hayotidagi eng muhim
bosqichlardan biri bo‘lib, bu davrda shaxsning o‘zini anglash, mustaqil fikrlash, hissiy
hayot va ijtimoiy munosabatlarda sezilarli o‘zgarishlar yuz beradi. Maqolada bu
o‘zgarishlarning psixologik omillari, ijtimoiy muhit ta’siri hamda o‘smirlar bilan
ishlashda pedagog va psixologlarning yondashuvlari yoritilgan. Tadqiqot davomida
yosh xususiyatlariga oid nazariy manbalar tahlil qilinib, zamonaviy psixologik
qarashlar asosida xulosalar berilgan
Kalit so‘zlar: o‘smirlik, psixik rivojlanish, emotsional o‘zgarishlar, ijtimoiy
moslashuv, kognitiv rivojlanish, shaxsiy o‘zlikni anglash, o‘sish davri inqirozlari,
ijtimoiy tajriba, psixologik o‘zgarishlar, o‘smirlik psixologiyasi.
Аннотация: В данной статье рассматриваются особенности
психического развития в подростковом возрасте. Подростковый период
является одним из самых важных этапов жизни человека, в течение которого
происходят значительные изменения в самосознании, способности к
самостоятельному мышлению, эмоциональной сфере и социальных отношениях.
В статье освещаются психологические факторы этих изменений, влияние
социальной среды, а также подходы педагогов и психологов к работе с
подростками. В ходе исследования проанализированы теоретические
источники, отражающие возрастные особенности, и сделаны выводы на основе
современных психологических взглядов.
Ключевые слова: подростковый возраст, психическое развитие,
эмоциональные изменения, социальная адаптация, когнитивное развитие,
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–4_ Апрель –2025
404
самосознание, кризисы развития, социальный опыт, психологические изменения,
психология подростков.
Annotation: This article explores the characteristics of psychological
development during adolescence. Adolescence is one of the most critical stages of
human life, during which significant changes occur in self-awareness, independent
thinking, emotional life, and social relationships. The article highlights the
psychological factors behind these changes, the influence of the social environment,
and the approaches used by educators and psychologists when working with
adolescents. The study analyzes theoretical sources on age-specific features and
provides conclusions based on modern psychological perspectives.
Keywords: adolescence, psychological development, emotional changes,
social adaptation, cognitive development, self-identity, developmental crises, social
experience, psychological changes, adolescent psychology.
O‘smirlik (adolesentsiya) — inson hayotiy yo‘lida tub burilish davri bo‘lib, u
taxminan 10–12 yoshdan 18–20 yoshgacha davom etadi. Ushbu davr jismoniy o‘sish
va gormonal o‘zgarishlar bilan birga ichki psixik jarayonlarning ham keskin
o‘zgarishini talab etadi. O‘smirlik — shaxsiy identifikatsiya, mustaqillik, ijtimoiy
ro‘lni anglash, kognitiv va axloqiy qarorlar qabul qilish qobiliyatining shakllanish
davri hisoblanadi (Erikson, 1968).
1
0‘smirlik yoshi dunyoqarash, e’tiqod, prinsip,
o‘zligini anglash, baholash kabi shaxs xususiyatlari shakllanadigan davr hisoblanadi.
0‘smir ulg‘aygan sari unda «Ideal Men», «Axloqiy Men» va «Haqiqiy Men» singari
shaxsga oid tizim, dunyoqarash, e’tiqod va boshqalar shakllana boradi, undagi o‘zi
to‘g‘risidagi tasavvurlar ancha aniq va barqaror bo‘lib qoladi. 0‘smir o‘z faoliyatini
muayyan prinsip, e’tiqod va shaxsiy nuqtayi nazari asosida tashkil qila boshlaydi.
0‘smir shaxsini tarkib toptirishda uning atrof-muhitga, ijtimoiy hodisalarga, kishilarga
munosabatini hisobga olish lozim. Psixologlar o‘tkazgan tadqiqotlardan ko‘rinadiki,
o‘smirlarning ko‘pchiligi qat’iyatlilik, kamtarlik, mag‘rurlik, samimiylik, dilkashlik
1
. Karimova Z.M., Raxmatova M.Y. Psixologiya: umumiy va yosh davrlar psixologiyasi. – Toshkent: «Fan va
texnologiya», 2019. – 256 b.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–4_ Апрель –2025
405
kabi ma’naviy, axloqiy tushunchalarni to‘g‘ri anglaydilar. Ularning turmush
tajribasida fan asoslarini egallash natijasida barqaror e’tiqodiy va ilmiy dunyoqarash
tarkib topadi, shular zaminida axloqiy ideallar yuzaga kela boshlaydi.
Ma’lumki, o‘smirlik davrida o‘smirning «men»i qaytadan shakllana boradi.
Uning atrofidagilari ayniqsa, o‘z-o‘zigabo‘lgan munosabati, qiziqishlari, qadriyatlari
yo‘nalishi keskin o‘zgaradi. 0‘smir yoshdagi bolani birinchi galdagi intilishi, u o‘zini
endi kichkina bola emas, balki katta bo‘lib qolganligini atrofdagilarga ishontirishdan
iboratdir. Mustaqil ishlar qilishga uringan o‘smir shunday qilishga haqqi borligiga
o‘zini-o‘zi ishontiradi, chunki men endi «katta bolib qoldim» deb o‘ylaydi. Shuning
uchun ham psixologlar «katta bolib qolganlik tuyg‘usi»ni shaxsning 0‘smirlik
yoshidagi eng asosiy yangilik sifatida talqin qiladilar. L.S.Vigotskiy 0‘smirlik davrida
qiziqishlarning o‘zgarishiga bogliq ravishda ikki fazani (salbiy va ijobiy) ajratib
kolsatgan. Salbiy faza ilgarigi qiziqishlarning so‘nishi va yangi dastlabki jinsiy
qiziqishlarning paydo bolishi bilan bogliq.
2
0‘smirlik yoshi dunyoqarash, e’tiqod, prinsip, o‘zligini anglash, baholash
kabi shaxs xususiyatlari shakllanadigan davr hisoblanadi. 0‘smir ulg‘aygan sari unda
«Ideal Men», «Axloqiy Men» va «Haqiqiy Men» singari shaxsga oid tizim,
dunyoqarash, e’tiqod va boshqalar shakllana boradi, undagi o‘zi to‘g‘risidagi
tasavvurlar ancha aniq va barqaror bo‘lib qoladi.
3
0‘smir o‘z faoliyatini muayyan
prinsip, e’tiqod va shaxsiy nuqtayi nazari asosida tashkil qila boshlaydi. 0‘smir
shaxsini tarkib toptirishda uning atrof-muhitga, ijtimoiy hodisalarga, kishilarga
munosabatini hisobga olish lozim. Psixologlar o‘tkazgan tadqiqotlardan ko‘rinadiki,
o‘smirlarning ko‘pchiligi qat’iyatlilik, kamtarlik, mag‘rurlik, samimiylik, dilkashlik
kabi ma’naviy, axloqiy tushunchalarni to‘g‘ri anglaydilar. Ularning turmush
tajribasida fan asoslarini egallash natijasida barqaror e’tiqodiy va ilmiy dunyoqarash
tarkib topadi, shular zaminida axloqiy ideallar yuzaga kela boshlaydi. Ma’lumki,
o‘smirlik davrida o‘smirning «men»i qaytadan shakllana boradi. Uning atrofidagilari
2
Abduraxmonova D.X. Pedagogik va yosh psixologiyasi. – Toshkent: «Ilm ziyo», 2021. – 212 b.
3
Xolmatova M.S. Psixologiya asoslari. – Toshkent: «Yangi asr avlodi», 2018. – 240 b.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–4_ Апрель –2025
406
ayniqsa, o‘z-o‘zigabo‘lgan munosabati, qiziqishlari, qadriyatlari yo‘nalishi keskin
o‘zgaradi. 0‘smir yoshdagi bolani birinchi galdagi intilishi, u o‘zini endi kichkina bola
emas, balki katta bo‘lib qolganligini atrofdagilarga ishontirishdan iboratdir.
Mustaqil ishlar qilishga uringan o‘smir shunday qilishga haqqi borligiga
o‘zini-o‘zi ishontiradi, chunki men endi «katta bolib qoldim» deb o‘ylaydi. Shuning
uchun ham psixologlar «katta bolib qolganlik tuyg‘usi»ni shaxsning 0‘smirlik
yoshidagi eng asosiy yangilik sifatida talqin qiladilar. L.S.Vigotskiy 0‘smirlik davrida
qiziqishlarning o‘zgarishiga bogliq ravishda ikki fazani (salbiy va ijobiy) ajratib
kolsatgan. Salbiy faza ilgarigi qiziqishlarning so‘nishi va yangi dastlabki jinsiy
qiziqishlarning paydo bolishi bilan bogliq.
O‘smirlik 10—11 yoshlardan 14—15 yoshlargacha bolgan davrni tashkil
etadi. Hozirgi o‘smirlar o‘tmishdoshlariga nisbatan jismoniy, aqliy va siyosiy jihatdan
birmuncha ustunlikka ega. Ularda jinsiy yetilish, ijtimoiylashuv jarayoni, psixik o‘sish
oldinroq namoyon bo‘lmoqda. Aksariyat o‘quvchilarda 0‘smirlik yoshiga o‘tish,
asosan, 5-sinflardan boshlanadi. «Endi o‘smir bola emas, biroq katta ham emas» ayni
shu ta’rif o‘smirlik davrining muhim xarakterini bildiradi. 0‘smirlik — bolalikdan
kattalikka o‘tish davri bolib, fiziologik va psixologik jihatdan o‘ziga xos xususiyatlari
bilan xarakterlanadi. Bu bosqichda bolalarning jismoniy va psixik taraqqiyoti juda
tezlashadi, hayotdagi turli narsalarga qiziqishi, yangilikka intilishi ortadi, xarakteri
shakllanadi, ma’naviy dunyosi boyiydi, ziddiyatlar avj oladi. 0‘smirlik balog‘atga
yetish davri bolib, yangi hislar, sezgilar va jinsiy hayotga taalluqli chigal masalalarning
paydo bolishi bilan ham xarakterlanadi. Bu yoshda o‘smir rivojida keskin o'zgarishlar
ro'y bera boshlaydi. Bu o'zgarishlar fiziologik hamda psixologik o'zgarishlardir.
Bo‘yga o'sish bir tekis bormaydi: qiz-bolalar 5—7 sm o'ssalar, o‘g‘il bolalar 5—10 sm
o'sadilar. Bo‘yiga qarab o‘sish paysimon ilk suyaklarning uzunlashishi va umurtqa
qismining kattalashishi hisobiga ro‘y beradi. Og’iz bo‘shlig‘i va halqumdagi
o'zgarishlar oqibatida tovush tembri ham o'zgaradi. Bu o'g'il bolalarda qiz bolalarga
nisbatan ko'proq darajada sodir boladi. O'g'il bolalarning tovushi vazminroq bolib
qoladi, do'rillaydi. Garchi bu davrda mushaklar tez sur’at bilan o'ssa ham,
mustahkamlashsa ham, lekin baribir oyoq va qo'l suyaklarining o'sish sur’ati orqada
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–4_ Апрель –2025
407
qoladi.
4
O'smirlarda bu xususiyat ularning beso'naqay xatti-harakatlarida, yurish-
turishlaridagi qo'pollikka, katta-katta odim tashlashlariga sabab boladi. Fiziologik
o'zgarish jinsiy yetilishning boshlanishi va bu bilan bogliq ravishda tanadagi barcha
a’zolarning mukammal rivojlanishi va o'sishi, hujayra va organizm tuzilmalarining
qaytadan shakllana boshlashida namoyon boladi.
O‘smirlik davri psixik rivojlanishning murakkab va ko‘p qirrali bosqichi
bo‘lib, unda biologik, kognitiv, emotsional va ijtimoiy omillar uyg‘unlashadi. Mazkur
maqolada keltirilgan nazariy va amaliy bilimlar oilalar, ta’lim muassasalari hamda
psixologlar uchun muhim tavsiyalarni beradi. O‘smirlarning sog‘lom mental
rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash uchun har tomonlama hamkorlik zarur.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:
1. Karimova Z.M., Raxmatova M.Y. Psixologiya: umumiy va yosh davrlar
psixologiyasi. – Toshkent: «Fan va texnologiya», 2019. – 256 b.
2. Abduraxmonova D.X. Pedagogik va yosh psixologiyasi. – Toshkent: «Ilm ziyo»,
2021. – 212 b.
3. Nurmatova M.X. O‘smirlar psixologiyasi. – Toshkent: «O‘qituvchi», 2020. – 198 b.
4. Xolmatova M.S. Psixologiya asoslari. – Toshkent: «Yangi asr avlodi», 2018. – 240
b.
5. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi. O‘smirlar bilan ishlash metodikasi
(qo‘llanma). – Toshkent: 2022. – 112 b.
4
. Nurmatova M.X. O‘smirlar psixologiyasi. – Toshkent: «O‘qituvchi», 2020. – 198 b.