Authors

  • Vahobova O’g’iloy Tolibjonovna
  • Sobirova Dilorom Muzaffarjon qizi

Author Biographies

  • Vahobova O’g’iloy Tolibjonovna

    Andijon davlat pedagogika instituti dotsenti

  • Sobirova Dilorom Muzaffarjon qizi

    Filologiya fakulteti talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.118139

Keywords:

Oila psixologiyasi oilaviy munosabatlar psixologik barqarorlik shaxsiy rivojlanish ijtimoiylashuv oilaviy nizolar.

Abstract

Ushbu maqolada oilaviy munosabatlarning inson ruhiyatiga ta’siri tahlil qilinadi. Oilaviy muhitning shaxsiy rivojlanishga, psixologik barqarorlikka va ijtimoiy moslashuvga ta’sirini yoritib beradi. Shuningdek, maqolada oilaviy nizolar, ularning kelib chiqish sabablari va ularni hal etish yo ‘llari muhokama qilinadi. Tadqiqot natijalari asosida oilaviy munosabatarni yaxshilashga qaratilgan tavsiyalar beriladi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–3_ Апрель –2025

246

OILA PSIXOLOGIYASI VA UNING AHAMIYATI.

FAMILY PSYCHOLOGY AND IMPORTANCE

Andijon davlat pedagogika instituti dotsenti, PhD Vahobova

O’g’iloy Tolibjonovna Filologiya fakulteti talabasi

Sobirova Dilorom Muzaffarjon qizi

Annotatsiya: Ushbu maqolada oilaviy munosabatlarning inson ruhiyatiga

ta’siri tahlil qilinadi. Oilaviy muhitning shaxsiy rivojlanishga, psixologik

barqarorlikka va ijtimoiy moslashuvga ta’sirini yoritib beradi. Shuningdek, maqolada

oilaviy nizolar, ularning kelib chiqish sabablari va ularni hal etish yo ‘llari muhokama

qilinadi. Tadqiqot natijalari asosida oilaviy munosabatarni yaxshilashga qaratilgan

tavsiyalar beriladi.

Abstract: In this article, the impact of family relations on the human psyche is

analyzed. The family environment is covering the impact of personal development,

psychological stability and social adaptation gives. Also in the article, family disputes,

the causes of their origin and their solution.Dis of the development will be discussed.

Family attitudes based on the results of the study.The recommendations aimed to

improve will be given.

Kalit so‘zlar: Oila psixologiyasi, oilaviy munosabatlar, psixologik barqarorlik,

shaxsiy rivojlanish,ijtimoiylashuv,oilaviy nizolar.

Keywords: Family Psychology, Family, Psychological Sustainability, Personal

Development, Socialization, Family Disputes.

Har qanday jamiyat taraqqiyotida oilalarning, oilalar mustahkamligining o‘rni

beqiyosdir .Chunki tirik organizmning salomatligi uni tashkil qiluvchi har bir

hujayraning sog‘lomligiga bog‘liq bo‘lganidek , butun organizm o‘z faoliyatini

maqsadga muvofiq amalga oshirishida har bir hujayraning munosib o‘rni bo’lganidek,

oila ham davlat, jamiyat deb atalgan butun bir organizmni tashkil etuvchi

hujayradir.Jamiyat taraqqiyotining bugungi holati hozirgi zamon oilasi oldiga o‘ziga


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–3_ Апрель –2025

247

xos yangi ijtimoiy vazifalarni ham yuklaydiki, bularning barchasi hozirgi

yoshlarimizni oilaviy hayotga maxsus tayyorlash masalasi eng dolzarb masalalardan

biri bo‘lishligini taqazo qilmoqda.Shuning uchun psixologlar yoshlar va yosh oilalar

bilan ko‘proq muloqotda bo’lib, ularning qarashlarini o‘rganishmoqda. Oila rivojlansa

davlat rivojlanadi, shuning uchun avvalo rivojlanishni oiladan boshlash kerak. Oilaviy

ijtimoiylashuvning qadri va ahamiyati shundaki, uning ta’sirida birinchidan, shaxs

katta, mustaqil hayotga, jumladan, oilaviy hayotga tayyorlanadi, o‘ziga yarasha sifat

va fazilatlarni shakllantirib boradi, ikkinchidan, har tomonlama yetuk, barkamol, aqlli,

soh va salomat shaxs bo‘lib yetishish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ya’ni, oila va uning

sog‘lom ma’naviy muhiti bolani jamiyatda yashashga, o‘ziga o‘xshash shaxslar bilan

murosa qilish, hamkorlikda faoliyat yuritish, kasb-hunarli bo‘lish, muomalada ahloq-

odob normalariga bo‘ysunishga o‘rgatadi, psixologik jihatdan tayyorlaydi. Oilaviy

sotsializatsiya jarayonini bir tomonlama, ya’ni, farzandlar tarbiyasidagi roli bilan

cheklash tog‘ri bolmaydi

1

. Chunki ayniqsa, yosh oilada nikohdan so‘ng er va xotin

boshqa oila a’zolari jamiyatida xohlasa-xohlamasa o‘z-o‘zidan tarbiyalanib, xarakter

xislatlarini o‘zgartirib boradilar. Masalan, ilgari tortinchoq, uyatchan, ikkilanuvchan

yigit, uylangach, turmush ortog‘i nigohida obrosi mehr-muhabbat tufayli oshgan sari,

o‘zida kuch-qudratni, irodani sezib, dadil, faol, o‘ziga nisbatan ijobiy fikrli, aqlli, bosiq

bo‘lib borishi tabiiy. Kelinchak ham yangi xonadon sharoitiga ko‘nikib borgan sari,

uning an’analarini muvaffaqiyat bilan o‘zlashtirib borgan sari, turmush ortog‘ining

mehrli muhabbati, qaynnona va qaynotaning g‘amxorligi, e’tiborliligi oqibatida

yanada iffatli, sermulohazali, ziyrak va farosatli bolib, ozidagi ilgari mavjud ayrim

salbiy xarakter sifatlaridan qutulishi ham mumkin.

2

Bu – er va xotin uchun oila

muhitining yangi bosqichdagi ijtimoiylashuv maskani sifatidagi o‘rnini isbotlaydi.

Olimlar otkazilgan qator tadqiqotlar asosida ana shunday omillarning to‘rt guruhini

ajratganlar: ota-onalar o‘rtasida murosaning yo‘qligi, oilaviy o‘zaro munosabatlarni

mustahkamlash borasida aniq belgilangan ahloqiy tamoyillarning mavjud emasligi;

ota-onalarning ruhiy nosog‘lomligi va qonunbuzarligi; yashash sharoitlarining yaxshi

1

Социология семьи: Учебник / Под ред. проф. А.И. Антонова.- М.: ИНФРА-М, 2005 – С. 220

2

Андреенкова Н. Роль семьи на разных этапах социализации индивида // Динамика изменения

положения женщины и семья. – М.: 1972. – С


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–3_ Апрель –2025

248

emasligi, bolaning tolaqonli o‘sishi, dars tayyorlashi, jismonan chiniqishi uchun

sharoitlarning yetarli emasligi; maktab sharoitining talab darajasida emasligi kabilarni

misol qilib keltirish mumkin. Oilalarda hozirda mavjud bo‘lgan gender tafovut haqida

so‘z boradi. Ko‘plab o‘tkazilgan tadqiqotlar va turli yo‘nalish vakillarining feminizm

va jinslararo tafovutlar tog‘risidagi fikrlarini umumlashtirib, shuni e’tirof etish

mumkinki, ikkita asosiy shart aniqlanganda, jinsiy tafovutlar borligi tasdiqlanadi:jinsiy

tafovutlarning realligini erkak va ayoldagi u yoki bu psixik xususiyatlar mavjudligini

tasdiqlovchi farq kamida 10 % va undan yuqorini tashkil etgandagina tan olish; hech

bo‘lmaganda, bir jins 20 % dan kam bo‘lmagan ko‘rsatkichni namoyish etgan

natijalarnigina o‘rganib chiqish, ya’ni, bu – erkak yoki ayolda qayd etilgan shaxsiy

xususiyatlar yoki xulqqa to‘g‘ri tavsifnoma berilganini kamida 5-6 nafar

tekshirilayotgan insonlar yoki ekspertlar bir ovozdan ma’qullashganda. Ya’ni,

metodologik nuqtai nazardan, jinsiy tafovut bor. Hozirgi yoshlarda oilaga nisbatan

boʻlgan munosabati avvalgi odamlarnikiga qaraganda ancha yengil.Ajralishlar soni

ham kundan kunga koʻpaymoqda.Buning oldini olish uchun psixologlar yoshlar,yosh

oilalar bilan koʻproq suhbatlar olib borishyapti.Natijada yoshlarning oila borasidagi

qarashlari oʻzgarib bormoqda ekanligi ushbu statistik qoidalar rioya etilgandagina tan

olinadi. Davr talabidan kelib chiqayotgan bu vazifa ozbek psixologlari oldiga qator

muammolarni qoyish bilan birgalikda ulardan gender muammolari, jinsiy tafovutlar

masalasiga ilmiy jihatdan yondashishni taqozo etadi. SHuni alohida ta’kidlash joizki,

og’il va qizlarning ijtimoiy tasavvurlarida jinsiy tafovutlarga oid tushuncha, bilim va

konikmalar, stereotiplar eng avvalo oilada shakllanadi. SHuning uchun ham oila

psixologiyasi doirasida aynan jinsiy tafovutlar va gender muammolari organilishi va

amaliyotda qanday ekanligi tadqiq etilishi kerak. Gender psixologiyasi – psixologiya

fanining bir sohasidir. Boshqa sohalar singari u ham oz tarixiga ega. Ammo bu tarixni

XX asrning 70-yillaridan boshlab O‘rganish noo‘rin deb hisoblaymiz. Bundan tashqari,

uni fenemizm mevasi deyish ham noto‘g‘ri. Biroq fanning asosiy xizmati zamonaviy

psixologik muammolarga jamoatchilik fikrining jalb qilinishi hisoblanadi. Oila

psixologiyasi — bu oila ichidagi individual va o‘zaro munosabatlarning psixologik

jihatlarini o‘rganadigan ilmiy soha bo‘lib, unda oilaning har bir a’zosi o‘z hissiy holati,


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–3_ Апрель –2025

249

ruhiy xususiyatlari, o‘zaro munosabatlar va bu munosabatlarning oila tizimiga ta’siri

tahlil qilinadi.Oila psixologiyasining muhimligi shundaki, oila — insonning eng yaqin

va ko‘p vaqtini o‘tkazadigan ijtimoiy birlashmasidir, shu sababli uning psixologik

salomatligi va farovonligi insonning umumiy ruhiy holatiga katta ta’sir ko‘rsatadi.Oila

psixologiyasining markazida oila a’zolari o‘rtasidagi munosabatlar, ishonch, hurmat

va tushunishning shakllanishi yotadi. Oila ichidagi sog‘lom va o‘zgarmas

munosabatlar, oilaviy farovonlikni ta’minlashga, bir-birini qo‘llab-quvvatlashga va

hissiy ziddiyatlarni hal qilishga yordam beradi. Aksincha, salbiy psixologik muhit,

o‘zaro tushunmovchiliklar va doimiy xafagarchilik oila ichidagi ruhiy salomatlikni

buzishi mumkin.Oila psixologiyasidagi boshqa bir muhim jihat — bu oilaning

o‘zgaruvchan tabiatidir. Oila — bu jamiyatning asosiy birligi bo‘lib, unda psixologik

muhitning sog‘lomligi jamiyatning umumiy farovonligiga ta’sir qiladi. Oila ichidagi

yaxshi psixologik holat, o‘zaro hurmat va mehr-oqibat jamiyatda salbiy ijtimoiy xulq-

atvorning kamayishiga, ijobiy psixologik muhitning shakllanishiga olib keladi.

3

Shunday qilib, oila psixologiyasi, nafaqat oila ichidagi individual psixologik

salomatlikni, balki oilaning jamiyatdagi rolini, oila a’zolari orasidagi muammolarni hal

qilishning samarali usullarini o‘rganish va psixologik farovonlikni ta’minlashga katta

hissa qo‘shadi. Oila psixologiyasiga alohida e’tibor berish oilaning umumiy

farovonligi va ijtimoiy barqarorlik uchun muhimdir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI :

1. D. Abdullayev, R.Yorqulov, N.Atabaev ( Oila psixologiyasi)

2. Vasila Karimova ( Oila psixologiyasi)

3. Sharipova, N. (2023). PHONETICS: UNLOCKING THE SOUNDS OF

LANGUAGE. В ZDIT (Т.

2, Выпуск 27, сс. 22–24). Zenodo. https://doi.org/10.5281/zenodo.10321056

4. Sharipova Nodira Shavkat Qizi, . (2024). TEACHING ENGLISH TO YOUNG

LEARNERS

3

Oila psixologiyasi oiladagi psixologik jarayonlar, munosabatlar va ularning inson ruhiy holatiga ta’sirini o‘rganadi.

Qarang: X. Karimov, “Oila psixologiyasi asoslari”, Toshkent, 2020.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–3_ Апрель –2025

250

USING CLIL METHOD IN CLASS. International Journal of Pedagogics, 4(06), 161–

164.

https://doi.org/10.37547/ijp/Volume04Issue06-29 .

5. Abdurasulov, J. (2024). PEDAGOGICAL PSYCHOLOGICAL ASPECTS OF

MILITARY

PATRIOTIC EDUCATION IN GENERAL SECONDARY EDUCATIONAL

INSTITUTIONS. В

INTERNATIONAL BULLETIN OF APPLIED SCIENCE AND TECHNOLOGY (Т.

4, Выпуск

Most read articles by the same author(s)