MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–2_ Апрель –2025
370
ERKIN VOHIDOV IJODINING O‘ZIGA XOSLIGI
O’ktamova Orasta Rustamjon qizi
O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti
filologiya fakulteti 2-bosqich talabasi
Ilmiy rahbar:
G.Imomqulova
O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti
filologiya fakulteti assistenti
Annotatsiya: O‘zbek adabiyotining yirik zabardast vakillaridan biri Erkin
Vohidov ham o‘z uslubi va yo‘nalishiga ega bo‘lgan ijodkor sanaladi. Erkin Vohidov
o‘z uslubini, badiiy mahoratini goh lirikada, goh mumtoz poetikada, goh tarjimada,
goh dramaturgiyada namoyon etib, bir qator ibratli yutuqlarga erishgan. Shoirning
jiddiylikka yo‘g‘rilgan she’rlari bilan bir qatorda hazil-mutoyiba, hajviya va yumor
bilan to‘yintirilgan betakror she’riyati ham o‘z o‘quvchilariga egadir.
Kalit so‘zlar:uslub, mahorat, hajv, Matmusa, turkum, latifa.
Har bir shoir uslubining mukammal ko‘rinish kasb etishida, u yashab ijod etgan
davrning turli sohalardagi hayot tarzi, sharoiti hamda adabiy jarayoni muhim
ahamiyatga ega. Adabiyotshunos olim I.Haqqul bu borada shunday yozadi: ―Davr
ruhi, zamon nafasi, jamiyat dardi ham dastlab ijodkor shaxsiga ta'sirini o‘tkazib, undan
so‘ng asarlariga ko‘chadi.[2, 20]. Uslub san’atkor ijodiy qobiliyatining samarasi, shu
bilan birga, ijodiy qobiliyat yetukligi, originalligining o‘ziga xosligi ifodasi. Uslub
orqali ijodkorning shaxsiyati, ijodiy individuallik kamoloti, adabiy jarayondagi
mustaqilligi, badiiy tafakkur tipi, ijodiy mahorati anglashiladi. Uslub ijodkor badiiy
olamidagi original ifoda va yechimlarni jamlaydi, ko‘rsatadi. Shu ma’noda o‘zbek
adabiyotining yirik zabardast vakillaridan biri Erkin Vohidov ham o‘z uslubi va
yo‘nalishiga ega bo‘lgan ijodkor sanaladi. Erkin Vohidov o‘z uslubini, badiiy
mahoratini goh lirikada, goh mumtoz poetikada, goh tarjimada, goh dramaturgiyada
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–2_ Апрель –2025
371
namoyon etib, bir qator ibratli yutuqlarga erishgan. Shoirning jiddiylikka yo‘g‘rilgan
she’rlari bilan bir qatorda hazil-mutoyiba, hajviya va yumor bilan to‘yintirilgan
betakror she’riyati ham o‘z o‘quvchilariga egadir.
Adabiyotshunos Matyoqub Qo‘shjonov hajviy, komik-yumoristik yo‘nalish
haqida gapirar ekan, shunday deydi: “Yozuvchi hajvda har xil uslublardan foydalanishi
mumkin. Shu asosda nuqson va kamchiliklarni, hayotda uchrab turadigan illatlarni
qavartirib,
ayrim
joylarda
oshirib
tasvirlashi,
zarur
paytlarda
noreal
situatsiyalardan real xulosalar chiqarib, kamchiliklarni sog‘lom nuqtadan turib fosh
qila bilishda, hayot bir daryo ekanligini, unga tushib qolgan ba’zi bir xas-
cho‘plar, shox-shabbalar, shiddatli oqim natijasida paydo bo‘lgan yengil ko‘piklar
uning tagli oqimiga putur yetkazishini anglagan holda ish tutishidadir”. Erkin Vohidov
shunday ish tuta olgan ijodkor sifatida o‘zining “Donishqishloq latifalari” rukni
ostidagi ijod namunasida komik-satirik detallar, belgi-chiziqlar topib ishlatganki,
hayotning salbiy tomonlarini inkor etishda o‘ziga xos yumoristik galeriya yarata olgan.
Birgina Matmusa obrazining o‘zi fikrimizning isbotidir. Ammo shoir kichik to‘rtliklari
orqali ham yumor vositasida o‘z intellektual saviyasini namoyon qila olgan.Shoirning
istiqlol yillarida yaratgan she’rlari orasida hajviy mavzu alohida o‘rin tutadi. Shoirning
“Donishqishloq latifalari” kabi turkum hajviy she’rlarida mustabid mafkuraning salbiy
jihatlari yoritilgan bo‘lsa, so‘nggi davrdagi asarlarida ijtimoiy hayotda uchrab
turadigan illatlar, inson atalmish murakkab tilsimning o‘zligi bilan bog‘liq muammolar
aks ettirilganligining guvohi bo‘lish mumkin.
“Donishqishloq latifalari” turkumiga diqqat qilsangiz, uning kitobxon qah-
qahasini jumbushga keltiradigan latifalardan iborat ekanligiga guvoh bo‘lasiz. Lekin
har bir latifaning zamirida davrning ijtimoiy yutuq, kamchiliklari yumorga o‘rab
beriladi. Xalq og‘zaki ijodida hayotning og‘ir-yengilini, achchiq-chuchugini, yaxshi-
yomonini, ezgu va noshud voqealarini, musbat va manfiy munosabatlarni ulug‘lovchi
xalq kuychisi obrazi yaratilgan. O‘zbeklarda Afandi, qozoqlarda Aldarko‘sa, tojiklarda
mulla Mushfiq, turkmanlarda Mirali kabi donolar obrazi xalq qiyofasini ifodalab
kelgan. Erkin Vohidov o‘z hajviy lirikasida ana shu donishmand xalq obrazlari
vakillarining zamonaviy tipi – Matmusa obrazini yaratgan.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–2_ Апрель –2025
372
“Matmusaning bog‘i” latifasida davrimizning nihoyatda muammoli
masalalarini yengil va achchiq kulgu ostiga oladi. She’rda Matmusa yaratgan bog‘ga
mas’ullar belgilanadiki, butun bir qishloq aholisiga shtat beriladi. Natijada cho‘t
qoqishga o‘n nafar, pul sanashga qirq nafar odam tayinlanadi:“Matmusaning bog‘i”
latifasida davrimizning nihoyatda muammoli masalalarini yengil va achchiq kulgu
ostiga oladi. She’rda Matmusa yaratgan bog‘ga mas’ullar belgilanadiki, butun bir
qishloq aholisiga shtat beriladi. Natijada cho‘t qoqishga o‘n nafar, pul sanashga qirq
nafar odam tayinlanadi:
Boshliq bo‘lmas albatta
Bir juft o‘rinbosarsiz.
To‘rtta zavga sakkizta
Yordamchi ham zararsiz.
Cho‘t qoqishga o‘n kishi,
Pul sanashga qirq odam.
Yarim qishloq – zampompom,
Yarimqishloq – pomzamzam.
Bir yil o‘tib, bog‘ taftish qilingach, shtatlarni qisqartirish masalasi ko‘riladi va
bog‘ rahbari shtati qisqartirilib, bog‘ rahbarsiz qoladi:
Bir yil o‘tgach donolar
Bog‘ni taftish qildilar.
O‘rgandilar, hamma ish
Joyida deb bildilar.
Faqat shtat qisqartish
ZaruraOtga o‘xshadi.
Buyruq bo‘ldi, Matmusa
Bog‘bon ishdan bo‘shadi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–2_ Апрель –2025
373
Shoir shtat masalasida “xodim ko‘pmi qumursqami?” deya achchiq haqiqatni
fosh etish bilan birga yana bir kulguni qistaydigan hodisani qo‘shib qo‘yadi. Hech
bo‘lmaganda telefonlik yumishini shakllantirishni beixtiyor masxara va kulgu ostiga
oladi. Ko‘rinadiki, “Donishqishloq latifalari”da jamiyatda mavjud illatlar yumoristik
va satirik kulgu orqali ifoda etiladi. Xususan, yakka shaxsga sig‘inish, “katta”larning
yo‘rig‘idan chiqmaslik, jamiyatning ongsiz vakili kabi o‘zining mavhum kelajagi
tomon odimlash, buyruqbozlikka ko‘nikmaning shakllantirilganligi, o‘z manfaati
uchun haqni nohaq deyishga tayyor bo‘lish kabi illatlar qoralanadi.
Umuman, ushbu turkumning o‘ziga xos jihati shundaki, undagi she’rlarning
yagona
qahramoni
–
Matmusaning
mavjudligi,
yagona
makon
–
Donishqishloqdagi hangomalar aks ettirilganligi, yagona zamon, ya’ni Matmusa
yashayotgan zamon tasvirlanganligi, she’rlarning hammasi hajviy usulda yozilganligi,
g‘oyaviy-mavzuviy jihatdan umumiy mazmunni, ya’ni Matmusa bilan bog‘liq latifalar
tasviriga bag‘ishlanganligi, she’rlardagi yaxlit tasvir noma’lum, ya’ni hayotda borligi
gumon bo‘lgan makon bo‘lsa-da, badiiy to‘qima uchun o‘rinli bo‘lgan shartli-
kinoyaviy nomlangan Donishqishloq tushunchasining mavjudligidir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Vohidov E. Tanlangan asarlar. – T.: Sharq, 1997. – B. 283.
2. Haqqul I. Badiiy matn va tahlil muammolari. O‘zbek tili va adabiyoti jurnali, 2012,
4-son.
3. Rahimjonov N. Mustaqillik davri o‘zbek she’riyati. – T.: Fan, 2007. – B. 259.