MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–2_ Апрель –2025
363
“IKKI ESHIK ORASI” ROMANIDA MILLIY RUHNING POETIK
TAKOMILI
Annotatsiya: O‘tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” romani yozuvchining
adabiy merosida alohida o‘rin egallaydi. Ushbu asar insoniy taqdirlar va hayot
murakkabliklarini tasvirlashdagi yuksak mahorati bilan ajralib turadi. Asarda
urushning g‘ayri insoniy mohiyati ochib berilib, uning inson qalbiga yetkazgan
jarohatlari, ota-onalarga solgan dardi chuqur falsafiy mushohada asosida yoritilgan.
Urush nafaqat jang maydonida, balki oddiy insonlar hayotida ham og‘ir iz qoldirgani,
kishilarning ruhiy va jismoniy iztiroblarga duchor bo‘lgani romanning asosiy g‘oyaviy
yo‘nalishlaridan biri sanaladi. Roman qahramonlari timsolida mardlik, matonat,
insonparvarlik va sabr-bardoshlilik kabi milliy va umuminsoniy fazilatlar
mujassamlangan. Yozuvchi xalq hayotini, urush davrining murakkab sharoitlarini
realistik uslubda aks ettirib, inson qadr-qimmati, mehr-oqibat va adolat singari
tushunchalarga alohida urg‘u beradi. Asarda urush faqat o‘lim va vayronagarchilik
emas, balki oilalar tanazzuli, insoniy munosabatlarning sinovga qo‘yilishi kabi
masalalar bilan ham yondashgan.
Kalit so‘zlar: insonparvarlik, qonli urush, umuminsoniy pafos, Orif oqsoqol,
Xusan Duma, Robiya, Ra’no, hikoyalar kompozitsiyasi, taqdirlar romani.
Annotation: O‘tkir Hoshimov’s novel “Between Two Doors” holds a special
place in the writer’s literary legacy. This work stands out for its masterful depiction of
O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika
instituti
O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi
assistenti
Imomqulova Gulchehra Norboboyevna
O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 2-
bosqich talabasi
O‘ktamova Orasta Rustamjon qizi
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–2_ Апрель –2025
364
human destinies and the complexities of life. The novel reveals the inhumane essence
of war and, through deep philosophical reflection, portrays the wounds it inflicts on
the human soul and the pain it causes to parents. One of the main ideological directions
of the novel is the idea that war leaves a heavy mark not only on the battlefield but also
on the lives of ordinary people, subjecting them to both spiritual and physical suffering.
The characters in the novel emdiv qualities such as courage, resilience, humanism,
and patience, representing both national and universal values. The author realistically
reflects the life of the people and the harsh conditions of the wartime period, placing
special emphasis on concepts like human dignity, compassion, and justice. The novel
addresses not only death and destruction caused by war but also issues such as the
disintegration of families and the testing of human relationships.
Keywords: humanism, bloody war, universal pathos, Orif Oqsoqol, Khusan
Duma, Robiya, Ra’no, story composition, novel of destinies.
Аннотация: Роман Откира Хошимова “Между двумя дверями»
занимает особое место в его литературном наследии. Это произведение
выделяется высоким мастерством в изображении человеческих судеб и
жизненных сложностей. В романе раскрывается бесчеловечная сущность
войны, глубоко философски осмыслены душевные раны, нанесённые людям, и
страдания, причинённые родителям. Война оставила тяжёлый след не только
на поле боя, но и в жизни простых людей, став причиной как душевных, так и
физических страданий — это одна из главных идейных направлений романа. В
образах героев воплощены такие национальные и общечеловеческие качества,
как мужество, стойкость, гуманизм и терпение. Писатель реалистически
отражает жизнь народа и сложные условия военного времени, придавая особое
значение таким понятиям, как человеческое достоинство, доброта и
справедливость. В романе война показана не только как смерть и разрушение,
но и как причина распада семей и испытание человеческих отношений.
Ключевые слова: гуманизм, кровопролитная война, общечеловеческий
пафос, Ориф-аксакал, Хусан Дума, Робия, Ра'но, композиция рассказов, роман
судеб.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–2_ Апрель –2025
365
KIRISH
O‘tkir Hoshimov – el suygan, millat faxri sanalgan zabardast adib, so‘z san’ati
mohir ustasi edi. Uning sermazmun, ruhiy teranlikka boy asarlari nafaqat o‘zbek
xalqining, balki boshqa qardosh xalqlarning ham bebaho ma’naviy mulkiga aylangan.
“Bahor qaytmaydi”, “Tushda kechgan umrlar”, “Ikki eshik orasi”, “Nur borki – soya
bor”, “Dunyoning ishlari”, “Ikki karra ikki – besh” kabi zamonaviy qissa va romanlari,
yuzdan ortiq yuraklarga yo‘l topgan hikoyalari, qiziqarli komediyalari va ibratli
fojealari xalq orasida keng tarqalib, keng ommaning mehrini qozongan. Adibning har
bir asari inson qalbini larzaga soluvchi, hayot haqiqatlarini teran ochib beruvchi yuksak
badiiy namunadir.
Kitobsevar sifatida men yozuvchining “Ikki eshik orasi” romaniga e’tibor
qaratmoqchiman.
Mazkur roman 1986-yilda chop etilgan bo‘lib, unda Toshkent atrofidagi
qishloqlardan birining yigirma besh yillik hayoti tasvirlangan. Asar voqealari urush
oldi davrida boshlanib, urush yillari va urushdan keyingi bosqichda davom etadi hamda
1966-yilgi Toshkent zilzilasi bilan nihoyasiga yetadi. Romanning tuzilishi ham o‘ziga
xos. U yetti bo‘limdan iborat bo‘lib, bu bo‘limlar qirq yetti bobni tashkil qiladi. Har
bir bob qahramonlarning og‘zidan hikoya qilinadi. Asardagi voqealarni bayon qilishda
to‘qqizta obraz ishtirok etadi. Bunday ifoda shakli ancha murakkab, chunki
voqealarning parokandaligi yoki ularning o‘zaro aloqasi uzilib qolishi ehtimoldan xoli
emas. Biroq muallif asar davomida “voqealar ipini yo‘qotmaydi”. Shu bois romanda
ichki uyg‘unlik va yaxlitlik yuzaga keladi.
ASOSIY QISM
“Ikki eshik orasi” romanidagi voqealar Toshkent chekkasidagi qishloqlardan
birida, asosan, Ikkinchi Jahon urushi davrida yuz beradi. Shu bilan birga, muallif asarda
ayrim hollarda qishloq aholisi urushdan oldingi va keyingi hayotidan ham ta’sirchan
epizodlar orqali lavhalar beradi. Yozuvchi asar syujeti va tuzilmasini yaratishda
mumtoz adabiyotda (“Sab’ai sayyor” dostonida) mavjud bo‘lgan an’anaviy qoliplar
asosida ijodiy yondashib, yangicha uslub yaratgan. Romandagi voqealar Robiya, Qora
amma, Kimsan Xusanov, Muzaffar Shomurodov, Munavvar Aliyeva, Ra’no, Umar
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–2_ Апрель –2025
366
zakunchi, Olimjon Komilov kabi xilma-xil xarakter va turli tabaqadagi to‘qqiz obraz
tilidan bayon etilgan hikoyalar orqali taqdim etiladi. Ushbu hikoyalar mazmun
jihatidan bir-biriga mahkam ulanib, o‘zaro to‘ldiruvchi ahamiyatga ega. Natijada ular
romanning yaxlit, o‘ziga xos va jozibali syujetini vujudga keltiradi. Asarda bosh
qahramonlargina emas, balki Rashid, Abzi, Bashor opa, Oysara, Samadov kabi
epizodik obrazlar ham o‘quvchi xotirasida uzoq saqlanadi. Asarda sun’iylik yo‘q,
aksincha ishonch uyg‘otish mahorati kuchli. Adib murakkab, nozik masalalarni ham,
nihoyatda zukkolik bilan hayotiy va ishonarli tarzda yoritadi. Qora ammaning o‘z
farzandi Kimsanning suyuklisi Robiyani majburiyat sababli Shomurodga turmushga
berishi, Orif oqsoqolning xato qilgan keliniga jur’at bilan adolatli hukm yuritishi,
taqdir yo‘llari chigallashgan Muzaffar va Munavvar muhabbati aks ettirilgan
sahifalarda ayniqsa bu hol yaqqol ko‘zga tashlanadi.Muzaffarning urush domlaridagi
chigalliklar sababli tirik yetimga aylanishi, ko‘rgan kechirgan azob-uqubatlari, g‘am-
alamli hayoti uning onasi Ra’noga bog‘liq og‘riqli xotiralarni yodga soladi. Ra’no,
urushning og‘ir sinovlari, hayotiy notinchliklar ichida yo‘lini yo‘qotib, tuyg‘ular
girdobida adashadi va nihoyat eriga xiyonat qiladi. U, Umar zakunchining hiyla-
nayranglariga uchib, unga o‘ynash bo‘ladi. Muallif bu fojeali voqealarni bejizga
tasvirlamaydi — u chuqur ma’naviy xulosa chiqaradi: Umar zakunchining bag‘ri
toshligi, nopok niyatlari, Ra’noning hayotdagi beqarorligi, o‘ylamay qilingan
harakatlari, o‘zining qo‘lida bo‘lgan baxtni qadrlay olmagani, ularning ikkalasini ham
oxir-oqibat tubanlikka, iztirob va pushaymonlarga to‘la hayot sari yetaklaydi. Ular
jamiyat ko‘zidan qoladi, ruhiy azoblarda yashashga majbur bo‘ladi.
Menimcha, bu achchiq oqibatlar ularning o‘z xatti-harakatlariga munosib
jazodir. Axir Ra’noning hayotida hamma narsa bor edi: mehribon oila, suyukli umr
yo‘ldoshi Shomurod, uning cheksiz muhabbati. Biroq Ra’no bu ne’matlarning qadriga
yetmadi. U o‘z nafsining, o‘z ojiz tuyg‘ularining qurboniga aylandi. Natijada, hayoti
fojea bilan yakun topdi. Hatto vafot etganida, unga eng yaqin bo‘lgan inson — o‘g‘li
Muzaffar — uni so‘nggi yo‘lga kuzatish uchun ham kelmaydi. Bu esa uning qilgan
gunohlari oldida taqdirning adolatli hukmidek yangraydi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–2_ Апрель –2025
367
Chunki oilaga xiyonat — bu faqat shaxsiy xatolik emas, bu vatan, millat
oldidagi xiyonat bilan barobar og‘ir jinoyatdir.
“Ikki eshik orasi” romani boy personajlarga ega. Muallif ayniqsa Orif
oqsoqol obrazini mukammal chizgan: u xalq orasida obro‘ga ega, og‘ir damlarda ham
odamlarni qiyin ishlarga jalb etadigan, donishmand va tashabbuskor shaxsdir. U
odamlarni baholashda belbog‘ni mardlik, tantilik va odamiylik belgisi deb hisoblaydi.
Shuningdek, Kimsan Husanov ikki bobdagi hikoyasi orqali tanti, mard va jasur yigit
sifatida tasvirlanadi, vatani uchun jonini fido etishga tayyor.
Romanda ayollar obraziga alohida o‘rin berilgan. Ayniqsa, Qora amma obrazi
yuraklarga ta’sir qiladi. U mehribon, sodda, sabrli va mard ona sifatida tasvirlanadi.
Urush davrida olti farzandidan ayrilgan bo‘lsa-da, yagona o‘g‘li Kimsanini mehr bilan
voyaga yetkazadi. Yurt uchun jonini fido qilishga tayyor bu ona, farzandini urushga
jo‘natadi. Ammo Kimsani qaytmaydi. Qora amma yillar o‘tsa-da, bu haqiqatni tan
olmaydi, unga aza tutmaydi. Uning timsolida urush yillaridagi mard, jasur va matonatli
o‘zbek onasi gavdalanadi.
Romandagi yana bir ayol obrazi bu – Robiya. Afsuski, taqdir unga ham yuz
o‘girmaydi, hayot uni sinovlardan ayamaydi. U yoshligida onasidan erta yetim qoladi
va otasining mehr-muhabbati bilan voyaga yetadi. Asarda Robiya aqlli, sabrli, or-
nomusli, go‘zalligi va sadoqati bilan ajralib turadigan chinakam o‘zbek qizi sifatida
tasvirlanadi. Urush yillarining og‘ir izlari ortda qolgan bo‘lsa-da, u yuragidagi
muhabbatini so‘ndirmay, sevgilisi Kimsanni fidokorlik bilan kutishda davom etadi.
Biroq... Biroq hayot yo‘llari har doim ham inson istaganidek bo‘lavermaydi. Achchiq
taqdir Robiyani o‘zining tug‘ishgan tog‘asiga turmushga chiqishga majbur etadi.
Uning begunoh boshiga yog‘ilgan bu og‘ir kunlar esa Ra’noning ojizlik va noshudlik
bilan qilgan nomaqul ishlarining oqibati bo‘ladi. Robiya, aslida, boshqalarning xatolari
evaziga azob chekkan, ammo yuragi bardavom, ruhi sinmagan ayol timsolidir.
U sabrli, mehribon, iroda bilan to‘la, o‘zbek ayolining haqiqiy timsoli sifatida
barchaga ajoyib na’muna bo‘la oladi. U nafaqat oilaning ustozi, balki jamiyatning ham
fidoyi yetakchisi sifatida o‘zining jasorati va kuchini ko‘rsatadi. Uning har bir
sahifasida hikoya nafaqat o‘quvchining ongini, balki his-tuyg‘ularini ham o‘ziga
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–2_ Апрель –2025
368
tortadi. Bu asarni o‘qigan har bir kitobxon hech qachon zerikmaydi, aksincha, ular
o‘sha asar ichida yashab, uni o‘z hayotiga chuqur singdiradilar.
XULOSA
Xulosa sifatida, asar yurtimizning og‘ir, lekin shu bilan birga faxrlanadigan
tarixini o‘zida aks ettirgan. Urush va urushdan keyingi yillardagi qishloq hayoti,
insonlar tomonidan ko‘tarilgan og‘ir mas'uliyat va fidoyilik, o‘z jonini halok etgan
jangchilar va fidoyi dehqonlarning qahramonligi tasvirlangan. Asardagi obrazlar,
urushning og‘irliklarini yelkasida ko‘tarib, o‘z vataniga sadoqatni, to‘rt tomondan
muhrlangan insoniyatning sevgi va mehnatni o‘zida ifodalaydi. Nikoh kechasida
kuyovini jangga jo‘natib, kelinlik libosini mehnat kiyimiga almashtirgan, butun
qishloqni birlashtirgan odamlarning jasorati, er-xotinlik, ota-ona, bolalar va keksa
avlodlarning jismoniy va ma'naviy kurashi bilan tasvirlangan.
Ochlik, yupunlik, ayriliqlar, muhabbatning achchiq og‘riqlari, bu dunyoda
yagona to‘xtovsiz yugurish, fursatlar ketgan sari ortda qolgan orzular, umidsizlik, yig‘i,
qarg‘ish, g‘azab - bularning barchasi romanda muhayyo tarzda va tasavvur qilishni
ilhomlantiradigan darajada ifodalangan. Ijodkor o‘zining mashhur jumlasida nafaqat
o‘zi, balki o‘quvchining ham dardini, orzularini va umidlarini o‘zi bilan birga
yashashni niyat qilganini bildirib o‘tadi: “Hamisha bir orzu bilan yashayman. Shunaqa
kitob yozsangki, uni o‘qigan kitobxon hamma narsani unutsa, asar qahramonlari hayoti
bilan yashasa. Kitobni o‘qib bo‘lgan kuni kechasi bilan uxlolmay, to‘lg‘onib chiqsa.
Oradan yillar o‘tib asarni qo‘liga qayta olganida tag‘in hayajonlansa, yangi ma’nolar
topsa. Eng katta orzuyim shu…” Bu so‘zlarda esa, asarning har bir sahifasidan, har bir
iborasidan o‘quvchining ruhiyatida qoladigan izlar va yillar o‘tgan sari kuchayib
boradigan ta’sirni sezish mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1.Hoshimov, O‘. Ikki eshik orasi: roman. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi
Adabiyot va san’at nashriyoti, 2013. – 320 b.
2. Hoshimov, O‘. Sakkizinchi mo‘jiza. – Toshkent: Yozuvchi, 2009. – 240 b.
3.Boltaboyev, H. El sevgan adib. – Toshkent: Fan, 2011. – 180 b.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–2_ Апрель –2025
369
4. Dusenboyev, O. “Ikki eshik orasi” romani haqida. – Jahon adabiyoti, 2014, №3. –
B. 45–50.
5.Sharafiddinov, O. “Ikki eshik orasi” romani haqida. – Yoshlik, 2012, №6. – B. 38–
42