MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–2_ Апрель –2025
230
YERLARNI REKUL’TIVACIYALASHNING VA KEYINGI EKILGAN
EKINLARNING TUPROQ CHIRIDISI MIQDORIGA TASIRI
Mualliflar - Reymov Omirbay – Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va
agrotexnologiyalar institutining «Suv xoʻjaligi va yerdan foydalanish» kafedrasi
assistenti. omirbayreymov9@gmail.com
Reimov Nietbay – qishloq xoʻjaligi fanlari doktori. Qoraqalpogʻiston
qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar institutining «Suv xoʻjaligi va yerdan
foydalanish» kafedrasi professori. niyetbay.reimov@bk.ru
İzoh –Suv taqchilligi, eski daraxtlarning vaqti etib qurishi hamda
xoʻjaliklararo va xoʻjaliklar ichki yer tuzilishi maqsadga muvofiq tuzilmaganligi
sababidan Qoraqalpogʻistonda foydalanishdan chiqib ketgan ekishlik erlarni qayta
foydalanishga kiritish zarurligi kelib chiqmaqda. Maqolada yerlarni rekul`tivaciya
qilmasdan va rekul`tivaciya ishlangandan sungi ekinlardan olingan hosildorlik,
rekul`tivaciyalash vaqtidagi tuproq unumdorligini saqlash har xil usullarinin
samaradorligi, ularning tuproq unumdorligiga ta`siri hamda rekul`tivaciyalash
ishlarining iqtisodiy samaradorligi haqida ma`lumotlar keltirilgan.
Аннотация-
В
Каракалпакстане
возникает
необходимость
рекультивация земель, вышедших из строя из-за нехватки воды,высыхание
старых деревьев, а также из не очень рациональное выполненных
межхозяйственных а внутрихозяйственных землеустройтельных работ. А так
же в статьи приведены сведения об урожайности сельскохозяйственных
культур, полученных без рекультивации и после рекультивации, эффективности
различных методов поддержания плодородия почвы при рекультивации, их
влиянии на плодородие почвы, экономической эффективности рекультивации.
Annotation-
In Karakalpakstan, there is a need for reclamation of lands that
have failed due to lack of water, drying out of old trees, as well as from not very rational
inter-farm and on-farm land management work. The articles also provide information
on productivity agricultural crops obtained without reclamation and after reclamation,
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–2_ Апрель –2025
231
the effectiveness of various methods of maintaining soil fertility during reclamation,
their effect on soil fertility, the economic efficiency of reclamation.
Kalit soʻzlar – Qoraqalpogʻiston, yerdan foydalanish, yer, rekul`tivaciya,
noquloy iqlim, tuproq, unumdorlik, kadastr, hosil, iqtisodiy samaradorlik.
Ключевые слова - Каракалпакстан, землепользование, рекультивация,
неблагоприятный климат, земля, почва, плодородие, кадастр, урожай,
экономическая эффективность.
Key words - Karakalpakstan, land use, reclamation, unfavorable climate, land,
soil, fertility, cadastre, harvest, economic efficiency.
Kirish
Qoraqalpogʻistonda har xil sabablar bilan faol foydalanishdan chiqib ketgan
yerlarni
qayta
faol
foydalanishga
kiritish
uchun
rekul`tivaciyalash
va
rekul`tivaciyalash ishlaridan sung har xil qishloq xoʻjaligi ekinlarini ekib, unib
chiqishi, oʻsishi, rivojlanishi, hosildorligi va iqtisodiy samaradorligini urganish dolzarb
masala hisoblanadi.
Qoraqalpogʻistonda suv taqchilligining koʻchayib borishi, temir va
avtomagistral yo’llarning yangidan kengaytirilib, rekonstrukciyalanishi, eski
daraxtlarning vaqti etib qurishi hamda xoʻjaliklararo va xoʻjaliklar ichki yer tuzilishi
maqsadga muvofiq tuzilmaganligi sababidan foydalanishdan chiqib ketgan ekishlik
yerlarni qayta foydalanishga kiritish zarurligi kelib chiqmaqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 oktabrdagi «Oʻzbekiston
Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga moʻljallangan
strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi 5853-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 29 apreldagi «Buzilgan yerlarni rekul`tivaciya
qilish, tuproqning unumdor qatlamini saqlash va undan oqilona foydalanishni tashkil
etish chora-tadbirlari toʻǵrisida № 169 qarorida, 2017 yil 18 yanvardagi PQ-2731-son
«2017-2021 yillarda Orol boʻyi regionini rivojlantirish boʻyicha davlat dasturi
toʻgʻrisida» gi jahon qishloq xoʻjaligida foydalanishdan chiqib ketgan yerlarni
qaytadan ishga qoʻshishni qoʻllash maqsadida, tuproq unumdorligini saqlash, tiklash
va yuqorilatish boʻyicha har xil ilmiy natijalar olingan: yerlardan sifatli, intensiv va
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–2_ Апрель –2025
232
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 oktabrdagi «Oʻzbekiston
Respublikasini qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga moʻljallangan
strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisda»gi PF-5853-sonli Farmoni maksimal darajada
foydalanish bilan birga tuproq unumdorligini saqlash, yerlarni faol foydalanishda
saqlab, qishloq xoʻjaligi ekinlaridan rejalashtirilgan hosilni yetishtirishda yerlarni
sifatli rekultivatsiyalash va rekul`tivaciyalashdan sung qaysi qishloq xoʻjaligi ekinini
ekkanimizda rekul`tivaciyalangan yerlardan ko’proq foyda olishimizni aniqlash
boʻyicha ilmiy tadqiqot ishlari bajarilmaqda.
Adabiyotlar tahlili va metodologoya
Foydalanishdan chiqib ketgan yerlarni rekultivatsiyalash boʻyicha dun`yo
olimlaridan - Germaniyada G.Shuls, Rossiyada S.Volkov, V.Vilyams, AQShda
B.Volger,
H.Gardner,
Fransiyada
J.Bussengo,
Germaniyada
A.Shideldorf,
Avstraliyada K.Binder kabi olimlar tomonidan yerlarni qayta faol foydalanishga
kiritishning ahamiyati oʻrganilgan va keng qamrovli natijalar olingan.
Respublikamizning
turli
tuproq-iqlim
sharoitlarida
S.Avezbayev,
A.Bobojanov, K.Raxmanov va boshqa olimlar yer tuzish, kadastr va yer monitoringi
boʻyicha ilmiy tadqiqotlar olib borgan. Lekin, Qoraqalpogʻiston Respublikasining
tuproqlari sharoitida foydalanishdan chiqib ketgan yerlarni rekultivatsiyalash va
keyingi ekilgan ekinlarning tuproq unumdorligiga tasiri boʻyicha tadqiqotlar masalalar
urganilmagan
hamda ilmiy tavsiyalar berilmagan
.
Rekul`tivaciya boʻyicha dala tajribasi rekul`tivaciya ishlarining 17.5.1.02-85.
GOSTining qishloq xoʻjaligidagi rekul``tivaciya yunalishi boʻyicha olib borildi.
Tadqiqotlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi tumanlarida, rekulitivatsiyaga
muxtoj fermer xoʻjaligi yerlarida dala tajribasi usulida olib borilib, bunda yerlarni
rekultivatsiya qilish boʻyicha uslubiy koʻrsatmalar; tuproqning unumdor qatlamini
qirqib olish, saqlash va oqilona foydalanish. Toshkent; ID-1255. 2018.;
1:10000,
1:25000 masshtablardagi Taxtakoʻpir tumanidagi “Taxtakoʻpir” xoʻjaligi yerlarining
xaritalari; qurilish uchun injenerlik qidiruvlari hujjati (KMK 01.07.97y.); topografik
sʻemka boʻyicha yoʻriqnoma; B.A. Dospexovning «Tajriba oʻtkazish metodikasi»
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–2_ Апрель –2025
233
1985 yil; tajribalardan olingan malumotlarga statistik ishlov berish B.A.Dospexovning
bir omilli dispers usulida amalga oshirildi.
Natijalar
Dala tadqiqoti tajribalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Taxtakoʻpir tumani
«Taxtakoʻpir» massividagi «Agʻitay Adilov» qishloq fuqaralar yigʻinidagi «Atabay
Muxtar» fermer xoʻjaligi yerlarida olib borildi.
Rekultivatsiya qilingan sung guza va bugʻdoy ekilgan tajriba dalasi maydonlari
«Atabay Muxtar» fermer xoʻjaligi yerlarining 2462 konturida 3,1 ga va 2465
konturinda 4,1 ga erda tashkillasshtirildi [4].
Foydalanishdan chiqib ketgan yerlarni qayta foydalanishga rekul`tivaciyalash
orqali kiritgandan sungi har xil qishloq xoʻjaligi ekinlarining tuproq chirindisi (gumus)
miqdorining oʻzgarishiga ta`sirini urganganimizda tadqiqotning nazorat variantida
tadqiqotning birinchi yili amal davri boshida-bahorda tuproqdagi chirindisi-gumusning
miqdori tuproq umumiy ogʻirligiga foyz hisobida 0,636 ga teng boʻldi. Tajribaning
dastlabki yili amal davrining oxirida tuproq chirindisining miqdori 0,603 ga teng
boʻlib, amal davri davmida bahordan kuzgacha 0,033% ga kamaydi. Tadqiqotning
dastlabki yilida amal davrining oxiridan tajribaning ikkinchi yilgi amal davri boshiga
ya`ni bahoriga tuproq chirindisi miqdori 0,03% ga kamaydi. Sababi, yerlar
rekul`tivaciya ishlari bajarilgandan sung nazorat varianti sifatida oʻzidan keyin ildiz
va angʻiz qoldiqlarini qoldiradigan ekinlar ekilmaganligi sababli va amal davrida
ishlatilgan chirindi miqdori bilan tuproq chirindisining yillik tabiyy yuqolishi
sababidan tuproq chirindisi miqdorining kamayishi kuzatildi.
Tadqiqotning ikkinchi yili nazorat variantida amal davri boshida tuproqdagi
chirindi miqdori 0,600% ga teng lib, amal davri davomida 0,570 % gacha kamayib
bordi.
Tadqiqotning uchinshi yili tajribaning nazorat variantida tuproqdagi chirindi
miqdori 0,531 ga teng bulib, chirindi miqdari kamayib bordi. Tajribaning oxirida
tuproq chirindisining miqdori 0,501% ga tushib, tadqiqatning birinchi yilgi baxoridan
tadqiqot oxirgi yili kuziga nisbatan tuproq chirindisining oʻzgarish dinamikasi -0,135%
ga teng boʻldi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–2_ Апрель –2025
234
Bizning tadqiqotimizning gʻoʻza ekilgan ikkinchi variantida tadqiqotning
birinchi yili amal davri boshida-bahorda tuproqdagi chirindisi-gumusning miqdori
tuproq umumiy ogʻirligiga foiz hisobida 0,639 ga teng boʻldi. Tuproq chirindisining
ushbu miqdori Qoraqalpogʻiston Respublikasi tuproqlarining tarkibida tuproq
unumdorligining asosiy magʻzi bulgan gumusning juda past miqdorda ekanligini
koʻrsatadi. Tajribaning dastlabki yili amal davrining oxirida tuproq chirindisining
miqdori 0,600 ga teng boʻlib, amal davri davmida bahordan kuzgacha 0,039% ga
kamaydi.
Tadqiqotning dastlabki yilidagi amal davrining oxiridan tajribaning ikkinchi
yilgi amal davri boshiga ya`ni bahoriga tuproq chirindisi miqdori 0,02 ga kamaydi.
Sababi gʻoʻzaning oʻzidan keyingi qoldirgan ildiz va angʻiz qoldiqlari miqlori juda
kam boʻlganligi va amal davrida ishlatilgan chirindi miqdori bilan tuproq
chirindisining yillik tabiyy yuqolishi sababidan tuproq chirindisi miqdorining kamayib
borish tendenciyasi kuzatildi.
Tadqiqotning ikkinchi yili amal davri boshida tuproqdagi chirindi miqdori
0,598% ga teng lib, amal davri davomida 0,549 % gacha kamaydi.
Tadqiqotning uchinshi yili tajribaning gʻoʻza ekilgan variantda tuproqdagi
chirindi miqdori 0,540 ga teng bulib, chirindi miqdari kamayib bordi. Tajribaning
oxirida tuproq chirindisining miqdori 0,476% ga tushib, tadqiqatning birinchi yilgi
baxoridan tadqiqot oxirgi yili kuziga nisbatan tuproq chirindisining oʻzgarish
dinamikasi -0,163% ga teng boʻldi.
Tajribaning kuzgi bugʻdoy ekilgan uchinshi variantida tadqiqotning birinchi
yili amal davri boshida-bahorda tuproqdagi chirindisi -gumusning miqdori tuproq
umumiy ogʻirligiga foyz hisobida 0,635 ga teng boʻldi. Tuproq chirindisining ushbu
miqdori
Qoraqalpogʻiston
Respublikasi
tuproqlarining
tarkibida
tuproq
unumdorligining asosiy magʻzi bulgan gumusning juda past miqdorda ekanligini
koʻrsatadi. Tajribaning dastlabki yili amal davrining oxirida tuproq chirindisining
miqdori 0,622 ga teng boʻlib, amal davri davmida bahordan kuzgacha 0,013% ga
kamaydi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–2_ Апрель –2025
235
Tadqiqotning dastlabki yilidagi amal davrining oxiridan tajribaning ikkinchi
yilgi amal davri boshiga -bahoriga tuproq chirindisi miqdori bugʻdoy ekinining amal
davrida kuzdagi-qishda va bahordagi qoldirgan ildiz va angʻiz qoldiqlari chirib,
chirindiga aynalishi ta`siridan 0,05% ortishi kuzatildi. Sababi bugʻdoyda gʻoʻzaga
nisbatan oʻzidan keyingi qoldirgan ildiz va angʻiz qoldiqlari miqdori ancha baland va
gumusga aynaltirish koefficienti yuqori boʻlganligidan tuproq chirindisi miqdorining
oldingi holatiga yaqin miqdarda yoki ozgina ortishi kuzatildi.
Tadqiqotning ikkinchi yili amal davri boshida bugʻdoy ekilgan variantda
tuproqdagi chirindi miqdori 0,628% ga teng lib, amal davri davomida 0,625% gacha
kamaydi.
Tadqiqotning uchinshi yili tajribaning gʻoʻza ekilgan variantda tuproqdagi
chirindi miqdori 0,648% ga teng bulib, chirindi miqdari kamayib bordi. Tajribaning
oxirida tuproq chirindisining miqdori 0,639%% ga tushib, tadqiqatning birinchi yilgi
baxoridan tadqiqot oxirgi yili kuziga nisbatan tuproq chirindisining oʻzgarish
dinamikasi -0,004% ga teng boʻldi.
Bizning tadqiqotimizdagi jo’xori ekilgan turtinshi variantda tadqiqotning
birinchi yilgi amal davrining boshida-bahorda tuproqdagi chirindisi -gumusning
miqdori tuproq umumiy ogʻirligiga foyz hisobida 0,640 ga teng boʻldi. Tajribaning
birinchi yili amal davrining oxirida tuproq chirindisining miqdori 0,598% ga teng
boʻlib, amal davri davmida bahordan kuzgacha 0,042% ga kamaydi.
Tadqiqotning dastlabki yilidagi amal davrining oxiridan tajribaning ikkinchi
yilgi amal davri boshiga ya`ni bahoriga tuproq chirindisi miqdori 0,13 ga ortishi
kuzatildi. Sababi joʻxori ekinining amal davri davomida va kuzgi-qishqi- bahorgi
davrda oʻzidan keyin qoldirgan yer osti - ildiz va er usti- angʻiz qoldiqlari kuzgi-qishqi-
bahorgi davrda ancha sezilarli darajada toʻplanganligidan tuproq chirindisi-gumus
miqdori ma`lum darajada toʻplanganligidan darak beradi. (jadval)
Tadqiqotning ikkinchi yili amal davri boshida tuproqdagi chirindi miqdori
0,611% ni tashkil etdi hamda amal davrida joʻxori ekish fonida 0,570 % gacha
kamayib, kamayish farqi 0,041 ga teng boʻldi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–2_ Апрель –2025
236
Tadqiqotning ikkinchi yili amal davri oxiri-koʻzidan tadqiqot uchinshi yilining
bahorigacha tuproqdagi chirindi miqdori 0,033 % ga kamayishi kuzatildi.
Tadqiqotning uchinshi yili tajribaning gʻoʻza ekilgan variantda tuproqdagi
chirindi miqdori 0,537 ni tashkil etdi va tajribaning oxirida tuproq chirindisining
miqdori 0,505% ga tushganini koʻrsatdi. Uch yil davomida, yaxni tadqiqatning
birinchi yilgi baxoridan tadqiqot oxirgi yili kuziga nisbatan tuproq chirindisining yoki
gumusning oʻzgarish dinamikasi -0,135% ga kamayganini kursatdi va joʻxori oʻsimligi
oʻrta darajada tuproqdan ozuqa moddalarni olib ketuvchi oʻsimlik ekanini dalilladi.
Tajribaning kunjut ekilgan beshinshi variantida tadqiqotning birinchi yili amal
davri boshida-bahorda tuproqdagi chirindisi -gumusning miqdori tuproq umumiy
ogʻirligiga foyz hisobida 0,640 ga teng boʻldi. Tuproq chirindisining ushbu miqdori
Qoraqalpogʻiston Respublikasi tuproqlarining tarkibida tuproq unumdorligining past
miqdorda ekanligini koʻrsatadi. Tajribaning dastlabki yili amal davrining oxirida
tuproq chirindisining miqdori 0,620 ga teng boʻlib, amal davri davmida bahordan
kuzgacha 0,020% ga kamaydi.
Tadqiqotning dastlabki yilidagi amal davrining oxiridan tajribaning ikkinchi
yilgi amal davri boshiga -bahoriga tuproq chirindisi miqdori bugʻdoy ekinining amal
davrida kuzdagi-qishdagi va erta bahordagi qoldirgan ildiz va angʻiz qoldiqlari
tuproqga aralashib chirib, chirindi foyda qilishi ta`siridan 0,06% ga ortishi kuzatildi.
Sababi kunjut ekinida oʻzidan keyingi qoldirgan ildiz va angʻiz qoldiqlari miqdori
oʻrtacha va gumusga aynaltirish koefficientioʻrtacha (0,012-0,013) yuqori
boʻlganligidan tuproq chirindisi miqdorining oldingi holatiga yaqin miqdorda yoki
ozgina kupayishi kuzatildi.
Tadqiqotning ikkinchi yili amal davri boshida bugʻdoy ekilgan variantda
tuproqdagi chirindi miqdori 0,626% ga teng lib, amal davri davomida 0,616% gacha
kamayib, gumusning biomassa toʻplashi uchun ishlatilgan miqdori 0,010% ga teng
boʻldi.
Kunjutni oʻstirib, parvarishlash uchun uch yil davomida kunjut biomassasini
toʻplash uchun- tadqiqatning birinchi yilgi baxoridan tadqiqot oxirgi yili kuziga
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–2_ Апрель –2025
237
solishtirganda tuproq chirindisining oʻzgarish dinamikasi 0,640 dan 0,627 ga oʻzgarib,
farqi -0,013% ga teng boʻldi.
Tajribaning tariq ekilgan oltinshi variantida tadqiqotning birinchi yili amal
davri boshida-bahorda tuproqdagi chirindisi -gumusning miqdori tuproq umumiy
ogʻirligiga foyz hisobida 0,636 ga teng boʻldi. Tuproqdagi chirindi miqdorining ushbu
miqdori Qoraqalpogʻiston Respublikasida biz tajriba oʻtkazgan yer uchastkasi
tuproqlarining tarkibida tuproq unumdorligining past miqdorda ekanligini koʻrsatadi.
Tajribaning dastlabki yili amal davrining oxirida tuproq chirindisining miqdori 0,620
ga teng boʻlib, amal davri davmida bahordan kuzgacha 0,016% ga kamaydi.
Tadqiqotning birinchi yilidagi amal davrining oxiridan tajribaning ikkinchi
yilgi amal davri boshiga -bahoriga tuproq chirindisi miqdori tariq ekinining amal
davrida kuzdagi-qishdagi va erta bahordagi qoldirgan ildiz va angʻiz qoldiqlari
tuproqga aralashib chirib, chirindi foyda qilishi ta`siridan 0,07% ga ortishi kuzatildi.
Tariq ekinining biologik xususiyatlarida amal davrida tuproqdan ozuqa elementlarini
olib ketish bilan birga ma`lum darajada oʻzidan keyingi qoldirgan ildiz va angʻiz
qoldiqlari ham etarli boʻlganligi bois hamda gumusga aynaltirish koefficienti oʻrtacha
(0,013-0,014) boʻlganligidan tuproq chirindisi miqdorining oldingi holatiga yaqin
miqdorda sal kam yoki ozgina kupayishi koʻzatiladi.
Tadqiqotning ikkinchi yili amal davri boshida tariq ekilgan variantda
tuproqdagi chirindi miqdori 0,627% ga teng boʻlib, amal davri davomida 0,619% gacha
kamayib, gumusning biomassa toʻplashi uchun ishlatilgan miqdori 0,008% ga teng
boʻldi.
Tadqiqotning uchinshi yilida tajribaning tariq ekilgan variantda tuproqdagi
chirindi miqdori 0,633% ga teng bulib, chirindi miqdari kamayib bordi. Tajribaning
oxirida tuproq chirindisining miqdori 0,623% ga kamaydi. Tariqni oʻstirib,
parvarishlash uchun uch yil davomida kunjut biomassasini toʻplash uchun-
tadqiqatning birinchi yilgi baxoridan tadqiqot oxirgi yili kuziga solishtirganda tuproq
chirindisining oʻzgarish dinamikasi 0,636 dan 0,623 ga oʻzgarib, farqi -0,013% ga teng
boʻldi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–2_ Апрель –2025
238
Tajribaning beda ekilgan ettinchi variantida tadqiqotning birinchi yili amal
davri boshida-bahorda tuproqdagi chirindisi-gumusning miqdori tuproq umumiy
ogʻirligiga foyz hisobida 0,635 ga teng boʻldi. Tajribaning dastlabki yili amal davrining
oxirida tuproq chirindisining miqdori 0,628 ga teng boʻlib, amal davri davmida
bahordan kuzgacha 0,007% ga kamaydi.
Tadqiqotning birinchi yilidagi amal davrining oxiridan tajribaning ikkinchi
yilgi amal davri boshiga -bahoriga tuproq chirindisi miqdori tariq ekinining amal
davrida kuzdagi-qishdagi va erta bahordagi qoldirgan ildiz va angʻiz qoldiqlari
tuproqga aralashib chirib, chirindi foyda qilishi ta`siridan 0,19% ga ortishi kuzatildi.
Beda oʻsimligining biologik xususiyatlarida amal davrida tuproqdan ozuqa
elementlarini olib ketish bilan birga ma`lum darajada oʻzidan keyingi qoldirgan ildiz
va angʻiz qoldiqlari biomassasi koʻp boʻlganligi bois hamda gumusga aynaltirish
koefficienti oʻrtacha (0,025) ga teng boʻlganligidan tuproq chirindisi miqdorining
oldingi holatiga yaqin miqdorda kupayishi kuzatildi.
Tadqiqotning ikkinchi yili amal davri boshida tariq ekilgan variantda
tuproqdagi chirindi miqdori 0,647% ga teng boʻlib, amal davri davomida 0,679% gacha
yuqoriladi.
Tadqiqotning uchinshi yilida tajribaning beda ekilgan variantda tuproqdagi
chirindi miqdori 0,711% ga teng bulib, chirindi miqdari kamayib bordi. Tajribaning
oxirida tuproq chirindisining miqdori 0,718% ga kamaydi. Tariqni oʻstirib,
parvarishlash uchun uch yil davomida kunjut biomassasini toʻplash uchun-
tadqiqatning birinchi yilgi baxoridan tadqiqot oxirgi yili kuziga solishtirganda tuproq
chirindisining oʻzgarish dinamikasi 0,635 dan 0,718 ga oʻzgarib, oʻsish tempi -0,083%
ga teng boʻldi.
Tajribaning mosh ekini ekilgan sakkizinchi variantida tadqiqotning birinchi yili
amal davri boshida-bahorda tuproqdagi chirindisi-gumusning miqdori tuproq umumiy
ogʻirligiga foyz hisobida 0,634 ga teng boʻldi. Tajribaning dastlabki yili amal davrining
oxirida tuproq chirindisining miqdori 0,608 ga teng boʻlib, amal davri davmida
bahordan kuzgacha 0,026% ga kamaydi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–2_ Апрель –2025
239
Mosh oʻsimligining biologik xususiyatlarida ham amal davrida tuproqdan
ozuqa elementlarini olib ketish bilan birga ma`lum darajada oʻzidan keyingi qoldirgan
ildiz va angʻiz qoldiqlari biomassasi koʻp boʻlganligi bois hamda gumusga aynaltirish
koefficienti oʻrtacha (0,013) ga teng boʻlganligidan tuproq chirindisi miqdorining
oldingi holatiga yaqin miqdorda ozgina kupayishi kuzatildi.
Tadqiqotning ikkinchi yili amal davri boshida tariq ekilgan variantda
tuproqdagi chirindi miqdori 0,630% ga teng boʻlib, amal davri davomida hosil toʻplash
va tabiyy yuqolishlar sababidan 0,606% gacha pasaydi.
Tariqni oʻstirib, parvarishlash uchun uch yil davomida kunjut biomassasini
toʻplash uchun- tadqiqatning birinchi yilgi baxoridan tadqiqot oxirgi yili kuziga
solishtirganda tuproq chirindisining oʻzgarish dinamikasi 0,634 dan 0,639 ga oʻzgarib,
oʻsish tempi +0,005% ga teng boʻldi.
Xulosalar
;
1.
Foydalanishdan
chiqib
ketgan
yerlarni
qayta
foydalanishga
rekultivatsiyalash orqali kiritgandan sung g‘о‘za ekilganda uch yil mobaynida
tadqiqatning birinchi yilgi baxoridan tadqiqot oxirgi yili kuziga nisbatan solishtirganda
tuproq chirindisi miqdori kamayishi -0,163% ga teng bо‘ldi.
2.
Rekultivatsiyalash orqali
yerni faol foydalanishga kiritib jо‘xori ekilganda
uch yil mobaynida tadqiqatning birinchi yilgi baxoridan tadqiqot oxirgi yili kuziga
nisbatan solishtirganda tuproq chirindisi miqdori kamayishi -0,135% ga teng bо‘ldi.
Sababi jо‘xorida biomassa bilan olib chiqib ketilgan organika miqdori kо‘p bо‘lgani
bilan, tuproqda qoldiradigan ildiz va angiz massalari miqdori da solishtirmali yuqori.
3.
Yerlarni qayta faol foydalanishga kiritib, keyin ekin ekilmagan holatda da
tuproqdagi chirindi (gumus) miqdori sekin kamayib borib, tabiyy yuqolishlar bо‘lishini
nazorat variantdan olingan natijalar tasdiqladi. Ya’ni tadqiqatning birinchi yilgi
baxoridan tadqiqot oxirgi yili kuziga nisbatan nazorat variantda tuproq chirindisi
miqdori -0,135№ ga kamaydi.
4.
Tajribada sinalgan bug‘doy, kunjut, tariq, mosh va lobiyalar ekilgan
variantlarda tuproq chirindisining kirish va chiqimi bir biriga yaqin, yoki 0,003-
0,013% miqdorida kamayishi kuzatildi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–2_ Апрель –2025
240
5.
Yerlarni rekultivatsiyalash, yoki tuproq unumdorligini saqlab va
yuqorilatib borish uchun beda ekish yuqori samara berishini ilmiy tadqiqotlar dalilladi.
6.
Foydalanishdan chiqib ketgan yerlarni qayta foydalanishga kiritish uchun
rekulʻtivaciyalash va keyin beda, tariq, bug‘doy, mosh, lobiya, kunjut ekilganda hosil
bilan olib chiqib ketilgan biomassa о‘rnini deyarli tuliq qoplaydi va qishloq xoʻjaligi
ekinlarini ekish bilan iqtisodiy jihotdan samaradorli ekanligi ilmiy tajribada dalillandi.
7. Jо‘xori va g‘о‘za ekishda yerlardan samarali foydalanish va tuproq
chirindisini saqlab turish, o hamda rejalashtirilgan yuqori hosilni olish uchun
rekultivatsiya ishlangan yerlarga qoʻshimcha gektariga 30 t/ga hisobidan gung va fizik
vaznda 300 kg ammofos berish maqsadga muvofiq.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RUYXATI
;
1.Reimov N.B., Utepbergenova V.M., Reymov Ó.N., Xudaybergenova N.B., Reymova
F.N. Issues of efficient land use in Karakalpakistan's water shortage. // Jurnal of
agrikulture ahd biological scicens. Cite faktor. Barselona. Spayn.
Volume 3, Issue 2,
February – 2025 ISSN (E): 2938-3781. 42-52pp.
2.Reymov O.N., Reimov N.B. Yerlarni rekul’tivaysiyalashning ahamiyati va tuproq
unumdorligiga tasiri.// Progress annals/ Jurnal of Progresive Researsh. Vol.2.Ussue 7,
July 2024. ISSN (E): 2810-6466. Website: https://academiaone.org/index.php/8. Page.
3.Reymov O.N., Reimov N.B. Yerlarni rekul`tivaciyalashning ekinlar hosildorligi,
tuproq unumdorligi va iqtisodiy samaradorlikga tasiri.//Impakfaktorli jurnal.Italiy.
Proceedings of International Educators Conference.2024 Open Access/Peer Reviewed
| Conference Proceedings/ Monthly ISSN (E): 2835-396X. Vol.3, Issue 6 SJIF 2024:
6.659. 25th June, 2024263-267 rr.
4.Reymov O.N., Reimov N.B. Effеktiвnoе ispolzoваniе zеmеl в mаloвoдnix i nа
zаsolеnnix pochваx Rеspubliki Kаrаkаlpаkstаn.// Qishloq xoʻjaligi axborotnomasi
Tom 1 № 1 (2024): 2024-1. Qaraqalpaqstan awıl xojalıgʻı hám agrotexnologiyalar
institute.
https://journal.tdaunukus.uz/index. php/science/ issue/view/2024-1
. 45-46
беtlаr.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–2_ Апрель –2025
241
5.Reimov
N.B.,
Zabidullaeva
R.K.,
Reymov
O.N.
Qoraqalpogʻistonda
degradatsiyalangan yerlarni rekultivatsiyalashning ahamiyati. Xorazm Ma`mun
akademiyasi axborotnomasi: ilmiy jurnal.-№8/1 (105), 2023 y. 150-152 shi betlarda.
6.Reimov N.B., Kdirbaeva G.U. Issues of agricultural specialization and improvement
of crops agrotechnology in the Aral sea region. Epra international journal of «Research
& development». Sjif impact factor 2021: 8.013| isi i.f.value:1.241| journal doi:
10.36713/. (ijrd). 24-12-2021. 147-148 pp.
7.Reimov O.N., Reimov N.B. Rekul`tivaciyalaw jumıslarında jerlerdi lazerli
tegislewdiń aʻhmiyeti. //«Awıl xojalıǵında insanǵa itibar hám sapalı bilimlendiriwdegi
imkaniyatlar hám jańalıqlar» atamasındaǵı Respublikalıq ilimiy-ámeliy konferenciya
materialları. 11 dekabr` 2023. Nukus sh.14-16 b.