Authors

  • Normatova Maftuna Aliqulovna
  • Xoliyorova Mohichehra Xoliyorovna
  • Toirova Shoira Boyburiyevna
  • Quvondiqova Zebuniso Shavkat qizi

Author Biographies

  • Normatova Maftuna Aliqulovna

    Denov  tadbirkorlik  va  pedagogika  instituti

    Pedagogika  fakulteti  Boshlang‘ich  ta’lim

    yo‘nalishi  3-bosqich  talabasi

  • Xoliyorova Mohichehra Xoliyorovna

    Boshlang‘ich  ta’lim yo‘nalishi  3- bosqich  talabasi

  • Toirova Shoira Boyburiyevna

    Boshlang‘ich  ta’lim yo‘nalishi  3-bosqich  talabasi

  • Quvondiqova Zebuniso Shavkat qizi

    Boshlang‘ich  ta’lim yo‘nalishi  3-bosqich  talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.118214

Keywords:

to`plam bo`lak natural son miqdor sur’at maxraj geometriya kesma ko`rgazmali geometrik shakl to`rtburchak

Abstract

Mazkur  maqolada  boshlang`ich  sinflarda  ``ulush’’  va  `` kasr’’  tushunchasi  haqida  fikr  yuritiladi . 1-2-3-4-sinf   o`quv  dasturida  berilgan  misol  va  masalalar  orqali  tahlil  qilinadi .


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–2_Апрел –2025

196

BOSHLANG‘ICH SINFLARDA ‘‘ ULUSH ’’ VA ‘‘ KASR ’’

TUSHUNCHASI

Normatova Maftuna Aliqulovna

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti

Pedagogika fakulteti Boshlang‘ich ta’lim

yo‘nalishi 3-bosqich talabasi

Xoliyorova Mohichehra Xoliyorovna

Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 3- bosqich talabasi

Toirova Shoira Boyburiyevna

Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabasi

Quvondiqova Zebuniso Shavkat qizi

Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabasi

Annotatsiya

: Mazkur maqolada boshlang`ich sinflarda ``ulush’’ va

`` kasr’’ tushunchasi haqida fikr yuritiladi . 1-2-3-4-sinf o`quv dasturida

berilgan misol va masalalar orqali tahlil qilinadi .

Kalit so‘zlar

: to`plam , bo`lak , natural son , miqdor , sur’at , maxraj ,

geometriya , kesma , ko`rgazmali , geometrik shakl , to`rtburchak

Ulush va kasr nima? Bеrilgan ob'еktni (narsani, narsalar to’plamini) bir

nеcha tеng bo’laklarga bo’lish mumkin bo’lsa, u holda bu bo’laklarning har biri

ob'еktning (narsaning, narsalar to’plamining) ulushi dеb ataladi.

Ulush ikkita natural son va chiziqcha yordamida yoziladi . Chiziqcha

ostidagi son ob'еkt nеchta bo’lakka bo’linganligini, chiziqcha ustidagi son esa

bunday bo’lakdan bitta (ulush) olinganligi bildiradi .

Kasr (yoki kasr son) dеb shunday natural sonlar juftiga aytiladiki, ulardan

chiziqcha ostiga yozilgani ob'еkt nеchta tеng bo’lakka bo’linganligini, ikkinchisi,

chiziqcha ustiga yozilgani esa hosil bo’lgan ulushlardan nеchtasi olinganligini

bildiradi .


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–2_Апрел –2025

197

Ikknchi sinfda bolalarning sonning ulushini topishga va ulushiga ko’ra

sonning oʻzini topishga doir masalalarni yechish bilan tanishtirish kerak.

Bolalarning sonning ulushini topishga doir masalalarni yechish bilan tanishtirishni

amaliy ishdan boshlash kerak .

Oʻquvchilarni kasrlar bilan tanishtirish o`quv dasturiga binoan 3-sinfdan

boshlanadi. Kasrlarning hosil boʻlishi, ularni taqqoslash, nonning ulushini topish va

berilgan ulushga koʻra sonning oʻzini topish bilan tanishadilar. Kasr tushunchasi

geometriyada kesma ulushi, miqdorlarning ulushi va boshqa geometrik shakllarning

ulushlari bilan bevosita bogʻlangan.

Keyinchalik, sonni uning ulushi bo’yicha topishga doir masalalar bilan

sonning ulushini topishga doir masalalar aralashtirib kiritiladi. 3-sinfda ulushni va

ulushga qarab sonni topishga doir faqat sodda masalalar, 4-sinfda esa murakkab

masalalar yechdiriladi."Ulushlar" mavzusiga asoslangan holda kasrlarning hosil

boʻlishi bilan 4-sinfda tanishtiriladi. Bu yerda ham koʻrgazmali qurollar bilan bilim

berish bosh mezoni boʻladi. Narsalarni, shakllarni va boshqa atrofdagilarni teng

boʻlaklarga boʻlish va shu boʻlaklardan bittasini, ikkitasini, uchtasini, ... olish

masalasi, uni ifodalash va yozish asosiy vazifa boʻladi. Bunda kasr, kasrning surati,

maxraji kabi terminlar bilan tanishtiriladi.

Kasrlarning hosil bo’lishi, ularni taqqoslash, sonning ulushini topish va

berilgan ulushiga ko’ra sonning o’zini topish bilan tanishadilar. 4-sinfda bir ulushi

va bir necha ulushi va uning yozma ko’rinishi tasavvurlariga ega bo’ladilar. Kasr

tushunchasi geometriyada kesma ulushi, miqdorlarning ulushi va boshqa geometrik

shakllarning ulushlari bilan bevosita bog`langan.

Kasr tushunchasini hosil qilish har xil narsalarni teng boʻlaklarga boʻlish,

kesish, sindirish, maydalashdan kelib chiqadi deyiladi. Boshlangʻich sinfdan oldin,

ya’ni maktabacha yoshdayoq kasr tushunchasining boshlangʻich tushunchalari

berilgan. Masalan, olma, tarvuz, bodring, non va boshqalarni bir necha boʻlaklarga

boʻlib koʻrgan va boshlangʻich tushunchalar berilgan. Shu maqsadda bolalarni

ulushlar bilan, ularning yozilishi bilan tanishtirish, taqqoslashni oʻrgatish, nonning


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–2_Апрел –2025

198

ulushlari va ulushi boʻyicha sonni topishga doir masalalarni yechish kuzda tutiladi.

Aytib oʻtilgan barcha masalalar koʻrazmali qilib ochib beriladi.

Kasrlarni oʻrgatish deyarli koʻrgazma asosida tushuntiriladi. Bu

koʻrgazmalarga meva, qovun, tarvuz, geometrik shakl, choʻp, qogʻoz va boshqa

atrofdagi narsalarni olish mumkin. Koʻrgazmali tushuntirishda, masalan, olmani

teng ikkiga boʻlish, yordamida kasr hosil qilinadi. Shunga mos olmani teng

boʻlmagan ikki boʻlakka boʻlib, u yarim olma emasligini, demak, kasrni hosil

qilmaslikni tushuntirish kerak. Faqat teng boʻlakka boʻlgandagina kasr son yoki

butunning ulushi hosil boʻlishini mustahkam singdirish lozim.

Sonning ulushini topishga doir masalalarni yechishda kasrning aniq

mazmuni ochiladi va mustahkamlanadi. Bunday masalalarni yechishga sonning bir

ulushini topishga doir masalalarni yechish malakasi asos bo’ladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR :

1.

Qosimova, m. (2020). Taking into account the individual characteristics of

students in teaching mathematics: Taking into account the individual characteristics

of students in teaching mathematics. Центр научных публикаций (buxdu. Uz )

2.

Tadjiyeva Z.G’ va boshqalar. Boshlang’ich sinflarda matematikadan dars

samaradorligini oshirishda tarixiy materiallardan foydalanish. Toshkent 2020

3.

M.N. Muminova, M.A. Maksumova «Kasbiy etika va etiket», uslubiy qo’llanma,

T.,2006.

4.

www.jmbm.uz

5.

www.ziyonet.uz

Most read articles by the same author(s)

Normatova Maftuna Aliqulovna, Xoliyorova Mohichehra Xoliyorovna, Toshboboyeva Nodira Shavkatulla qizi, Toirova Shoira Boyburiyevna, SHARQ MUTAFAKKIRLARINING TARBIYAGA OID QARASHLARI , Modern education and development: Vol. 24 No. 2 (2025)