MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–2_ Апрель –2025
190
SHARQ MUTAFAKKIRLARINING TARBIYAGA OID
QARASHLARI
Normatova Maftuna Aliqulovna
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
Pedagogika fakulteti Boshlang‘ich ta’lim
yo‘nalishi 3-bosqich talabasi
Xoliyorova Mohichehra Xoliyorovna
Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 3- bosqich talabasi
Toshboboyeva Nodira Shavkatulla qizi
Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabasi
Toirova Shoira Boyburiyevna
Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabasi
Annotatsiya : Ushbu maqolada Sharq mutafakkirlarining ta’lim-tarbiya,
odob-axloq masalalaridagi qarashlari, asarlarida tarbiyaga oid fikrlari tahlil
qilinadi . Shuningdek, Sharq mutafakkirlarining ijodiy faoliyatidagi ta’lim-tarbiyaga
oid yondashuvlar, g‘oyalarini yosh avlodning ongiga singdirishda ulardan to‘g‘ri
foydalanish pedagogik ta’lim jarayonida o‘qituvchining pedagogik mahoratidagi
muhim xususiyatlardan biri ekanligi ochib berilgan.
Kalit so‘zlar : ta’lim , Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn
Sino, Muhmud Koshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib , Abdulla Avloniy , tarbiya , “Turkiy
guliston yohud axloq” asari , sabr.
O‘zbek xalqi o‘zining uzoq tarixi mobaynida yaratilgan ta’lim-tarbiyaga oid
boy merosga ega. Bundan tashqari, avlodlarda insonparvarlik, kamtarlik,
mehnatsevarlik, do‘stlik, iymon- e’tiqod, mehr-oqibat, odoblilik kabi umuminsoniy
fazilatlarni shakllantirishning o‘ziga xos tajribasini to‘plagan. Shuni alohida ta’kidlab
o‘tish kerakki, Sharq mutafakkirlarining ta’lim-tarbiyaga oid qarashlari bu tajribaning
shakllanishiga ulkan ta’sir ko‘rsatgan. Darhaqiqat, ajdodlarimiz tomonidan qoldirilgan
bebaho madaniy meros milliy ma’naviyatimizning o’zagini tashkil etadi. O‘tmishda
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–2_ Апрель –2025
191
buyuk allomalarimiz, yuksak darajadagi ma’naviyat, axloq-odob saboqlarini
berganliklari, Vatan, xalq istiqboli, farovon turmush, halol mehnat, fan taraqqiyoti,
inson mehnati, atrof-muhitga oqilona munosabat haqidagi o‘z qarashlarini bayon qilib
berganliklariga guvoh bo‘lamiz.
Sharq mutafakkirlarining ta’lim-tarbiya, oila va oilaviy tarbiya haqidagi
qarashlari islom mafkurasi va uning qobig‘ida shakllangan. Sharq mutafakkirlari
ijodida aks etgan umuminsoniy g‘oyalar islomiy ma’naviyat bilan hamohangdir. Sharq
mutafakkirlari o`z ilmiy meroslarida oila va oilada farzand tarbiyasi masalalariga katta
e’tibor berganlar. Muhammad ibn Muso al Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon
Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Muhammad Qoshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib, Kaykovus,
Alisher Navoiy kabi mutafakkirlarning qator asarlarida bolalarni ma’naviy-axloqiy
tarbiyalash masalalari o‘rtaga qo‘yilgan va ularni hal etish yo‘llari ko‘rsatib berilgan.
XI asrda yashab ijod etgan mutafakkir Yusuf Xos Hojib o‘zining “Qutadg‘u
bilig” asarida bola tarbiyasi haqida to‘xtalib, shunday yozadi: “Farzand qanchalik
bilimli, aqlli-xushli bo‘lsa, ota-onasining yuzi shunchalik yorug‘ bo‘ladi”. U bola
tarbiyasida otaning mas`uliyatiga alohida e’tibor beradi .
Taniqli o‘zbek pedagogi Abdulla Avloniy “Tarbiya biz uchun yo hayot – yo
mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir” deb yozgan edi .
Sharq mutafakkirlarining tarbiya borasida bildirgan fikrlarini tahlil
qilganimizda ham bola tarbiyasiga ta’sir qiluvchi hech bir omilni e’tibordan
chetda qoldirmaganligini ko‘rishimiz mumkin . Masalan : Abdulla Avloniy bolaning
badantarbiyasi, salomatligi masalasida ota-onalarga murojaat qilsa, uning fikr tarbiyasi
borasida asosiy mas’uliyat muallimlar zimmasida ekaniga urg‘u beradi. Bolalarda
fikrlash qobiliyatini o‘stirish, dunyoqarashini shakllantirish muallimlarning
«diqqatlariga suyangan, vijdonlariga yuklangan muqaddas vazifadur.Negaki, fikrning
quvvati, ziynati, kengligi, muallimning tarbiyasiga bog‘liqdur», – deydi alloma. Shu
bilan birga, mutafakkir Abdulla Avloniy: “Ta’lim va tarbiya uzviy bog‘liq
jarayonlardur, dars ila tarbiya orasida biroz farq bor bo‘lsa ham, ikkisi bir-biridan
ayrilmaydurgan, birining vujudi biriga boylangan jon ila tan kabidur”, — deya
ta’kidlaydi. Avloniy insonga yaxshilik va ezgulik faqat ilm egallash orqali singadi,
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–2_ Апрель –2025
192
degan qat’iy fikrni bildiradi. Ilmli, ezgu g‘oya ruhida tarbiyalangan kishidagina Vatan
tuy-g‘usi shakllanadi, ona yurti va ona tiliga muhabbat uyg‘onadi, sadoqati qaror
topadi. Bu fazilatlarsiz komil insonni tasavvur etib bo‘lmaydi, degan fikrlarni ilgari
suradi.
Shunday ekan, oilada bola tarbiyasi umumdavlat ahamiyatiga molik
muammodir. Shu boisdan har qanday jamiyatni oilaga, oilada bola tarbiyasiga bo’lgan
talabi ortib boradi. Ayni vaqtda - davlatning, ota-onaning bolalarni tarbiyalashdagi,
farzandlarning ota-ona oldidagi mas’uliyatini oshirishdagi roli kuchayadi.
Xulosa chiqaradigan bo’lsak, sharq mutafakkirlari, sharqona ta’lim-tarbiya
haqidagi fikrlari bizni manaviyat-ma’rifatga boshlovchi mashala desak mubolag’a
bo’lmaydi . Sharq mutafakkirlarining asarlarini o’rganish, tahlil qilish, ularning ijodi
va ta’lim tarbiyaga oid qarashlarini pedagogik nuqtai nazardan muhim ahamiyatga ega
.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR :
1.
Z.B.Jalilov. Sharq mutafakkirlari merosini o’rganishning didaktik metodlari.
Zamonaviy ta’lim jurnali. 2017 yil, 5-son.
2.
A.Haydarov. Inson kamoloti va milliy-ma’naviy qadriyatlar. T.: Muharrir, 2008
y
3.
M.Hamdamova. Ma’naviyat asoslari. T.: “Fan va texnologiya”. 2008 y.
4.
A.Avloniy. Turkiy guliston yoxud axloq. T.: O’qituvchi. 1992 y.
5.