Authors

  • Abdurahmonov Muhammadmo’ydin Bohodirjon o’g’li
  • Yulbasov Avazbek Muhtarovich
  • Nazirjonov Ibrohimjon Anvarjon o’g’li
  • Sultonov Xumoyun Mahmudjon o’g’li

Author Biographies

  • Abdurahmonov Muhammadmo’ydin Bohodirjon o’g’li

    O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti

    Andijon filiali ilmiy xodimlari

  • Yulbasov Avazbek Muhtarovich

    O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti

    Andijon filiali ilmiy xodimlari

  • Nazirjonov Ibrohimjon Anvarjon o’g’li

    O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti

    Andijon filiali ilmiy xodimlari

  • Sultonov Xumoyun Mahmudjon o’g’li

    O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti

    Andijon filiali ilmiy xodimlari

     

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.118293

Keywords:

O‘rmon steviya shakar nihol agrotexnik talablar rivojlanish variant urug’

Abstract

Maqolada shakar o’rnini bosuvchi dorivor steviya o’simligi haqida ma’lumotlar berilgan va respublikamiz sharoitlarda urug’larilaridan va ko‘paytirish va rivojlanishi to‘g’risida so‘zlangan.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–1_ Апрель –2025

129

DORIVOR STEVIYA O’SIMLIGI TO’GRISIDA

QISQACHA MA’LUMOT

Abdurahmonov Muhammadmo’ydin Bohodirjon o’g’li

1

Yulbasov Avazbek Muhtarovich

2

Nazirjonov Ibrohimjon Anvarjon o’g’li

3

Sultonov Xumoyun Mahmudjon o’g’li

4

muhammadmoydinabdurahmonmov@gmail.com

1

avazbekakayulbarsov@gmail.com

2

nazirjonovi@mail.ru

3

xumoyunsu@gmail.com

4

O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti

Andijon filiali ilmiy xodimlari

Annotatsiya:

Maqolada shakar o’rnini bosuvchi dorivor steviya o’simligi

haqida ma’lumotlar berilgan va respublikamiz sharoitlarda urug’larilaridan va

ko‘paytirish va rivojlanishi to‘g’risida so‘zlangan.

Kalit so‘zlar:

O‘rmon, steviya, shakar, nihol, agrotexnik talablar, rivojlanish,

variant, urug’

Annotation:

The article provides information about the medicinal plant stevia,

used as a sugar substitute, and also discusses the issues of its propagation and

cultivation from seeds in our country

Keywords:

Forest, stevia, sugar, germination, agronomic requirements,

development, variety, seeds

Respublikamizda barcha tarmoqlarda olib borilayotgan islohotlar qatorida

o‘rmon xo‘jaligida ham bir qancha islohotlar amalga oshirilmoqda. Buning natijasida

o‘rmon ekinlar strukturasining yangicha tizimi joriy qilinmoqda. O‘zbekiston

Respublikasi Prezidentining 2020 yil 26 noyabrdagi PQ-4901-son “Dorivor

o‘simliklarni еtishtirish va qayta ishlash, ularning urug‘chiligini yo‘lga qo‘yishni


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–1_ Апрель –2025

130

rivojlantirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirishga oid chora-tadbirlar

to‘g‘risida”gi qarorida dorivor o‘simliklarni еtishtirish va ulardan dori vositalarini

ishlab chiqarishni tashkil etishga oid ilmiy tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etish

uchun xalqaro moliya institutlarining grantlarini jalb etish jumladan o’rmon xo’jaligi

bo’limlarida dorivor o’simliklarni ko‘paytirish va uning xom-ashyosini tayyorlash

sohasini rivojlantirish bo‘yicha alohida chora tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Steviya (Stevia) v

atani Janubiy Amerika qit’asi (Paragvay)ning tog‘li

hududlari bo‘lgan steviya – (

Stevia rebaudiana

Bertoni) ning tabiiy zahiralari dengiz

sathidan 300 m balandlikdagi xududlarda uchraydi. O‘simlik Yaponiya, AQSh,

Xitoy, Tailand, Isroil, Koreya, Rossiya, Moldava, Ukraina va boshqa mamlakatlarda

madaniy holda еtishtiriladi. Shimoliy Amerikada steviyaning 200 dan ortiq turlari

o‘sadi. Dunyo miqyosida 32 ming ga еr maydonda steviya o‘simligi еtishtirilib,

shundan 24 ming ga (75%) еr maydon Xitoy Xalq Respublikasiga tegishlidir.

Murakkabguldoshlar – Asteraceae oilasining steviya turkumiga 180 dan ortiq turdagi

o‘simliklar kiradi. Steviya – Stevia rebaudiana Bertoni ham shular jumlasidandir.

Steviya, bo‘yi 1 metrgacha еtadigan bir yillik o‘simlik. Uning barglari oddiy, poyada

qarama-qarshi shaklda joylashgan, uzunligi 2-3 sm еtadi. Barg yaprog‘inng yuzasi

silliq, oldi tomoni qalami holda joylashgan, gullari 3-4 mm uzunlikdagi 6-7 dona oq

murakkab to‘pgulda yig‘ilgan, mevasi 3-4 mm sentyabr – noyabr oylari gullaydi,

urug‘lari oktyabr-noyabr oylarida pishib еtiladi.

1-rasm Dorivor steviya o’simligi


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–1_ Апрель –2025

131

O‘simlikning kimyoviy tarkibi o‘ziga xos bo‘lib, barglarining tarkibida shirin

ta’m beruvchi diterpenoid (steviozid) glikozidi mavjud. Steviozid moddasi 0,4 % li

saxaroza eritmasidan 300 barobar, 10 % li shakar eritamasidan esa 150 barobar

shirinroqdir.

Steviozid konditer sanoatida, salqin ichimliklar, sharbat, saqich, har xil

shirinliklar va konservalar tayyorlashda shakar oʻrnida keng miqyosda ishlatiladi,

undan doridarmon sifatida, qand diabeti kasalligiga va modda almashinuvi buzilishi

bilan bogʻliq boʻlgan boshqa kasalliklarni davolashda foydalaniladi 1986-yil

Stevia

urugʻi va koʻchati Oʻzbekistonga Paragvaydan olib kelingan. Oʻzbekiston

oʻsimlikshunoslik ilmiy tadqiqot institutida 1987-1988 yillarda oʻsimlikning

biologiyasi va uni koʻpaytirish usullari oʻrganiladi.

Stevia

ning Shirin va Shakarbarg

navlari yaratidsi 1994 va Oʻzbekistonning barcha viloyatlarida ekish uchun Davlat

reyestriga kiritildi.

Steviya shakarining ahamiyatli tomoni shundaki, hozirda uning iste’moldagi

me’yori juda cheksiz darajada bo‘lib, organizmlar uchun salbiy ta’siri kuzatilmagan.

Yurtimizda steviyani еtishtirish hamda qayta ishlash jarayonlari o‘rganib

chiqilgan. Uni urug‘lantirish, qalamcha usuli bilan ko‘chatlarini еtishtirish qo‘llanib

kelinmoqda. Olib borilayotgan amaliy ishlar natijasi shuni ko‘rsatadiki, respublikada

еtishtirilgan steviya o‘simligining steviozid moddasi dunyoning ba’zi mamlakatlarida

еtishtirilgan o‘simlik tarkibidagi steviozid miqdoridan ancha yuqori ko‘rsatkichni –

19,7 % (Janubiy Koreyada esa 16 %) ni tashkil qiladi. Yuqorida ta’kidlanganidek,

mamlakatimizda dorivor va ziravor o‘simliklarni ko‘paytirish va madaniy

plantatsiyalarini yaratish, farmasevtika tarmog‘ini dorivor o‘simliklarga bo‘lgan

talabini, ma’lum miqdorda qondirish imkoniyatini beradi. Steviya еtishtirishda

nimalarga e’tibor berish kerak Steviya subtropik, mo‘tadil iqlimning havo haroratiga

moslashgan bo‘lib, 24°S gacha bo‘lgan haroratda yaxshi o‘sadi. Steviya yaxshi

o‘sadigan tuproqlar bu normal namlikdagi qumoq (qumli) tuproqdir. O‘simlikni ekish

va parvarish qilishda, uning normal rivojlanishi uchun zich bo‘lmagan, drenaj tizimi

yaxshi bo‘lgan, quyosh nuri tushadigan, unumdor va sug‘orish imkoniyati еtarli

bo‘lgan еr maydoni tanlanadi. Negaki, ushbu o‘simlik quyosh yaxshi yoritmaydigan

joylar(soya)da hamda unumsiz tuproqlarda yaxshi o‘smaydi. O‘simlik ko‘chatlarini


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–1_ Апрель –2025

132

ekish uchun tanlangan maydon kuzda 25-30 sm chuqurlikda shudgorlanadi. Bunda

shudgor qilinadigan maydonga gektar hisobida 100 tonna mahalliy o‘g‘it (go‘ng), 200

kg fosfor solib, еr shudgorlanadi. O‘simlikning ildiz tizimi yaxshi taraqqiy etishi

uchun ikki marta еr yumshatiladi. Shuningdek, begona o‘tlardan tozalanadi. O‘simlik

urug‘ining unuvchanligi past bo‘lib, tezda unuvchanlik qobiliyatini yo‘qotadi. Shu

sababli o‘simlikni еtishtirish dastlabki jarayoni issiqxonadan boshlanadi. Steviya

urug‘larini ekish (issiqxona sharoitida) uchun optimal muddat bu yanvar oyi

hisoblanadi. O‘simlik ko‘chatlarini еtishtirish uchun issiqxonalardagi maxsus joy

(pollar)ga ekiladi. Ekilgan urug‘larning ustidan elakdan o‘tkazilgan aralashma (1

go‘ng:1 qum: 3 tuproq) sepiladi. Bunda tuproq qalinligi 0,2-0,3 sm da bo‘lishi

maqsadga muvofiqdir. Havo harorati +15°S ga еtishi o‘simlik urug‘lari unib chiqishi

uchun qulay fursat hisoblanadi. Shu sababli steviya еtishtirilishida dastlab urug‘lar

maxsus ko‘chatxonalarda ekiladi. Harorat +18…+25°C darajada saqlanganda bir

hafta ichida yosh ildizlari paydo bo‘ladi. Steviya ko‘chatlarning bo‘yi 15-20 sm ga

еtganda, mart oyining oxiri va aprel oyining boshlarida, ochiq maydonga olib

chiqiladi. Barg yoki urug‘ hosili olish uchun qator oraliqlari 2 hilda tortiladi. Barg

hosilini olish uchun qator oralari 70 sm dan tortilib, nihollarni 20 sm oraliqda, urug‘ni

olish uchun qator oralari 90 sm dan tortilib, nihollarni 25 sm oraliqda ekiladi.

O‘simlikni oziqlantirish vegetatsiyasining ikkinchi oyidan boshlanadi. Mavsum

davomida sug‘orish (oktyabr oyigacha) o‘simlikni holatidan kelib chiqib amalga

oshiriladi. O‘simlikning o‘ziga xos xususiyatlardan biri shundaki, steviya 10

0

S dan

past bo‘lgan haroratda o‘sishdan to‘xtaydi. Bu uning tashqi muhitga bo‘lgan

munosabati va uning juz’iy moslanishi (idoadaptatsiya)ni bildiradi. Steviyaning

hosildorligi gektar hisobida dastlabki yillarda 5-8 sentnergacha va keyingi yillarda

18-20 sentnerni tashkil etadi. Xulosa qilib aytganda, steviya o‘simligini bioekologik

xususiyatlaridan kelib chiqib, respublikaning Janubiy hududlari (Surxondaryo,

Qashqadaryo) hamda Samarqand va Toshkent viloyatlarida madaniy plantatsiyalarini

tashkil etish maqsadga muvofiq hisoblanadi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–1_ Апрель –2025

133

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.

B.Yo. To‘xtaev, T.X. Maxkamov, A.A. To‘laganov, A.I. Mamatkarimov,

A.V. Mahmudov, M.O‘. Allayarov

«Dorivor va ozuqabop o‘simliklar

plantatsiyalarini tashkil etish va xom-ashyosini tayyorlash bo‘yicha yo‘riqnoma»

Toshkent – 2015 y.

2.

A.A. Lobanova, V.V. Budaeva, G.V. Sakovich – «Химия растителного

сыря» 2004.-№1.-S.47-52.

3.

I. G. Axmetov i dr – «Молодой учёный» Международный научный журнал

№ 14 (148) Kazan – 2017 g.

4.

O.V. Bulavinova – Нетрадитсионные растения – заменители сахара при

диабете – Студенческая научно-практическая конференция «Образование,

Наука, Производство – 2017» Ставропол, 1517 февраля 2017 g., 229-231.

5.

O.V. Korpacheva Zinыch, Yu.A. Chernaya – « Екстракты стевии

сахароземенители с лечебными свойствами» Kiev – 2010 g.

6.

Yu.N. Korshakovskaya, V.S. Tarasenko – Стевия медовая -перспективная

лекарственная култура для борбы с сахарным диабетом – Лекарственные

растения: биоразнообразие, технологии, применение: сборник научных статей

по материалам И Международной научно-практической конференции. –

Гродно: ГГАУ, 2014, 141-144.

Internet saytlar:

1.

www.lexs.uz

2.

www.herbal-grass.com

3.

www.herbalrussia.ru

4.

www.reseachgate.net

5.

www.stevita.ru

6.

https://agro-olam.uz/steviya/

Most read articles by the same author(s)

Abdurahmonov Muhammadmo’ydin Bohodirjon o’g’li, Yulbasov Avazbek Muhtarovich, Nazirjonov Ibrohimjon Anvarjon o’g’li3, Sultonov Xumoyun Mahmudjon o’g’li4, RESPUBLIKAMIZ HUDUDLARIDA TERAK (POPULUS L.) QALAMCHALARNI TAYYORLASH VA EKISH , Modern education and development: Vol. 24 No. 1 (2025)

Nazirjonov Ibrohimjon Anvarjon o’g’li, Rustamova Gulnoza Yusufjonovna, Ismatullayeva Malika Yoqibjon qizi, Inomjonov Shuxratbek Nematjonovich, DORIVOR NA’MATAK TO’G’RISIDA MA’LUMOT VA NA’MATANING DORIVORLIK XUSUSIYATLARI , Modern education and development: Vol. 24 No. 1 (2025)