Authors

  • Abdurahmonov Muhammadmo’ydin Bohodirjon o’g’li
  • Yulbasov Avazbek Muhtarovich
  • Nazirjonov Ibrohimjon Anvarjon o’g’li3
  • Sultonov Xumoyun Mahmudjon o’g’li4

Author Biographies

  • Abdurahmonov Muhammadmo’ydin Bohodirjon o’g’li

    ‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti

    Andijon filiali ilmiy xodimlari

  • Yulbasov Avazbek Muhtarovich

    O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti

    Andijon filiali ilmiy xodimlari

  • Nazirjonov Ibrohimjon Anvarjon o’g’li3

    O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti

    Andijon filiali ilmiy xodimlari

  • Sultonov Xumoyun Mahmudjon o’g’li4

    O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti

    Andijon filiali ilmiy xodimlari

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.118294

Keywords:

Terak (Populus L.) nihol agrotexnik talablar rivojlanish qalamcha

Abstract

Maqolada Terak  (Populus L.)ning  kelib chiqish tarixi haqida ma’lumotlar berilgan va Respublikamiz sharoitlarda qalamchlaridan ko‘paytirish va rivojlanishi to‘g’risida so‘zlangan.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–1_ Апрель –2025

124

RESPUBLIKAMIZ HUDUDLARIDA TERAK (POPULUS L.)

QALAMCHALARNI TAYYORLASH VA EKISH

Abdurahmonov Muhammadmo‘ydin Bohodirjon o‘g‘li

1

Yulbasov Avazbek Muhtarovich

2

Nazirjonov Ibrohimjon Anvarjon o‘g’li

3

Sultonov Xumoyun Mahmudjon o‘g’li

4

muhammadmoydinabdurahmonmov@gmail.com

1

avazbekakayulbarsov@gmail.com

2

nazirjonovi@mail.ru

3

xumoyunsu@gmail.com

4

O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti

Andijon filiali ilmiy xodimlari

Annotatsiya:

Maqolada Terak (

Populus

L.)ning kelib chiqish tarixi haqida

ma’lumotlar berilgan va Respublikamiz sharoitlarda qalamchlaridan ko‘paytirish va

rivojlanishi to‘g’risida so‘zlangan.

Kalit so‘zlar:

Terak (

Populus

L.), nihol, agrotexnik talablar, rivojlanish,

qalamcha

Annotation:

The article provides information about the history of the origin

of the poplar plant (Populus L.), and examines issues of its propagation and

development by cuttings in the conditions of our republic.

Keywords:

Poplar (Populus L.), germination, agrotechnical requirements,

development, cuttings

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida o’tkazilgan 2023 yil 7-aprel

kuni videoselektor yig'ilishida “Yashil makon” dasturi doirasida amalga

oshirilayotgan ishlar ham muhokama qilindi. Ma'lumki, loyiha doirasida bahor

mavsumida 125 million tup ko'chat ekish rejalashtirilgan bo'lib, aprel oyi yakuniga

qadar tumanlardagi yirik mahallalarga 20-30 ming, o'rtalariga - 10-15 ming,


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–1_ Апрель –2025

125

kichiklariga – 3-5 ming, shaharlardagi har bir mahallada ham shuncha tup terak

qalamchalari ekish tavsiya etildi. Hozirgi paytda yurtimizning turli iqlim va tuproq

sharoitida terakning 40 ga yaqin turi, 90 dan ortiq navi parvarishlangan. Terak ham

boshqa ardoqli daraxtlarimiz kabi qadriyatlarimiz timsoliga aylangan. Uni etishtirish

bo'yicha esa, qadimdan katta tajriba to'plangan. Qishloqdagi har bir xonadonda

osmonga bo'y cho'zgan teraklar shovullab o'sib, havoning sofligini, yangi uylar

yog'ochini

ta'minlab

kelgan.

Terak

(

Populus

L.)

toldoshlar

oilasiga

mansub

daraxtlar

turkumi

Hozirgi paytda yurtimizning turli iqlim

va tuproq sharoitida terakning 40 ga yaqin turi, 90 dan ortiq navi parvarishlab kelinadi

terak barcha turdagi daraxtlar orasida eng yaxshi havo tozalovchi hisoblanadi.

Karbonat angidridni o'ziga singdirib, igna bargli daraxtlarga nisbatan 10 baravar ko'p

kislorod hosil qiladi. Ayni paytda o'zidan zararli mikroblarni o'ldiruvchi fitontsidlar

ham ishlab chiqaradi Bu turdagi daraxtlar manzarali bo'lishi va joy tanlamasligi

sababli ihota va o'rmon muhofazasi, ko'kalamzorlashtirish ishlarida muhim

ahamiyatga ega.

Terakning tez o'sishi tabiiy resurslarni qisqa vaqt ichida to'ldirish

imkonini beradi. Uning yuz yilgacha yashayligan turlari ham bor Masalan, mirzaterak

va oqterak 30 yilgacha rivojlanib, 60-70 yil davomida yashaydi. Yog'ochi 8-10 yilda

yetiladi va gektaridan 500–900 kub metrgacha yog'och mahsuloti olinadi. Bu mebel

va tsellyuloza-qogoz sanoati uchun muhim xomashyo sanaladi. oshqacha aytganda,

uylar va ariqlar yonida, avtomobil` yo'llari va piyodalar. Terak ko'chatini

yetishtirishning o'zi moliyaviy manfaat keltiradi. Bizda, asosan, ko'kterak, oqterak,

mirzaterak, kaliforniya kabi turlari ekiladi.

Terak ko'chatini yetishtirish uchun

quydagi usulda qalamcha tayyorlash va yetishtirish tavsiya etiladi.

- terakning bir yillik novdalarini kesish oktyabr oyining oxiri - noyabr oyining

boshidan terakda bahorgi vegetatsiya jarayoni boshlangunga qadar amalga oshiriladi;

- Kesib olingan novdalardan 20-25 santimetrlik qalamchalar tayyorlanadi.

Qalamchalarni bog‘ qaychisi bilan 45 daraja ostida kesish lozim. Bu orqali ularning

chirishining oldi olinadi;

- qalamchalar erta bahorda kuzgi ekish kabi jo'yaklarga ekiladi va darhol

sug‘oriladi;


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–1_ Апрель –2025

126

- kuzda tayyorlangan qalamchalar orasi 60-70 sm bo‘lishi kerak;

- terak qalamchalari jo'yaklarda 20 santimetrdan qoldirilib, tik holatda

qadaladi. Bunda qalamchadagi kurtaklar yuqoriga qaragan holatda bo'lishi, qadalgan

qalamchalarda bitta yoki ikkita kurtak tuproq ustida qolishi lozim.

1 – rasm kuzda tayyorlab bahorda ekish uchun tayyorlangan

qalamchalar

Terak boshqa barcha turdagi daraxtlar orasida megapolislarda eng yaxshi

havo tozalagich vazifasini o'taydi. Yuqorida qayd etilganidek, terak havodan karbonat

angidridni yutadi va kislorod ishlab chiqaradi, bu, ayniqsa, osmonni qum-chang

qoplagan paytlarda juda asqotadi. barcha turdagi teraklar juda tez o'sadi va shahar

uchun foydali hisoblangan yashil massani ortiradi. Bundan tashqari, ular eng qiyin

sharoitlarda tirband bo'lgan magistral yo'llar bo'ylab yoki sanoat korxonalari

hududida yashab qolishga qodir va o'ta chidamli. Ularning uchib yuradigan tuklari

bilan bog'liq muammo aslida juda oson hal qilinadi. Buning uchun tuk hosil

qilmaydigan terak turlarini tanlash yoki pitomniklarda faqat ushbu yoqimsiz

xususiyatdan mahrum bo'lgan erkak nihollarni ko'paytirishning o'zi kifoya. Terak

(onalik tupidagi) paxmog'i ana shu chang va gulchanglarni o'ziga singdirib oladi

(adsorbtsiya) va tashuvchi sifatida ko'z va burun shilliq pardalari orqali allergiyaga

moyil odamlarda allergik holatni yuzaga keltiradi. Shunga ko'ra, terakning

allergenligi bilvosita hisoblanadi. Tadqiqot natijalari asosida, mahalliy tuproq-iqlim

sharoitlariga moslashtirilgan allergensiz daraxt va butalar ro'yxati shakllantirildi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–1_ Апрель –2025

127

2-rasm Terak qalamchalarni ekilish jarayoni

Unga muvofiq, aholi yashash joylari va yo'l chekkalarida “Mirza terak”,

“Qizil terak”, “Tog' terak”, “Turang'il terak”, “Oq terak”, “Bolle terak”, “Kaliforniya

teragi”, “Baqa (baxofena) terak” turlari asosida olingan navlar tavsiya qilinadi.

Aksincha, allergiyani qo'zg'atishda adsorbentlik xususiyati yuqori bo'lgan “Qora

terak” va “Ko'k terak” navlarini ekish tavsiya etilmaydi. Teraklar ekiladigan maydon

va uning atrofida sarv, xurmo, zaytun, qayin, yong'oq kabi daraxt va butalarni

etishtirish allergiya nuqtai nazaridan maqbul sanalmaydi. Shuningdek, gulchangi

allergiya qo'zg'atuvchi hisoblanadigan shuvoq, qichitqi o't kabi yovvoyi o'tlardan

terakzorlarni tozalab turish lozim. Terak daraxtlarining allergik ta'sirini kamaytirish

maqsadida, ularni kashtan, oddiy eman, dala chinori, oq akatsiya kabi kam allergenli

daraxtlar bilan birgalikda ekish maqsadga muvofiq bo'ladi. Terak nafaqat xalq

xo'jaligi va sanoat ishlab chiqarishida, balki obodonlashtirish, ihota maydonlarini

tashkil etish va ekologik tozalikni ta'minlashda ham muhim ahamiyatga ega. Lekin u

oq yoki ko'k terak bo'lishidan qat'i nazar, mutaxassislarning tavsiyalariga amal qilgan,

yer tuproq va iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda ekilsa, yanada foydali bo'ladi,

yurtimizni yashillikka burkashga ko'proq xizmat qiladi. Xulosa qilib aytganda

bugungi kunda yurtimizda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxt

ekish uchun Respublikamiz yerlariga eng ma’qbul daraxt ekish kam xarajat talab

qiladi va samarali deb hisoblaymiz.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–1_ Апрель –2025

128

FOYDALANILGAN ADBIYOTLAR

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 oktyabrdagi PQ-

4850-son «O‘zbekiston Respublikasida o‘rmon xo‘jaligi tizimini 2030

yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to‘g’risida» gi Qarori

2.

O‘zbekiston Respublikasining “O‘rmon to‘g’risida”gi Qonuni. O‘zbekiston

Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish

bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g’risida” gi 2017 yil 7 fevraldagi PF-

4947-sonli farmoni //O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017 y., 6-

son, 70-modda.

3.

Dendrologiya A.K.Qayumov, E.T.Berdiyev, Toshkent Fan texnologiya

2012 yil B. 25–28

4.

https://agronet.uz/terak-ekish/

5.

https://uz.women-community.com/12603759-poplar-tips-for-planting-and-

care-outdoors

Most read articles by the same author(s)

Abdurahmonov Muhammadmo’ydin Bohodirjon o’g’li, Yulbasov Avazbek Muhtarovich, Nazirjonov Ibrohimjon Anvarjon o’g’li, Sultonov Xumoyun Mahmudjon o’g’li, DORIVOR STEVIYA O’SIMLIGI TO’GRISIDA QISQACHA MA’LUMOT , Modern education and development: Vol. 24 No. 1 (2025)