Authors

  • Ataxanov Samandar Salimjon o‘g‘li

Author Biography

  • Ataxanov Samandar Salimjon o‘g‘li

    Namangan davlat pedagogika instituti Tarix yo‘nalishi
    1-bosqich talabasi
    E-mail:
    samandarataxanov151@gmail.com
    Tel: +99895-571-41-06

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.118411

Keywords:

Mirzo Ulug‘bek Sohibqiron Shohrux Gavharshodbegim Ziji jadid Ko‘rgon Samarqand.

Abstract

Ushbu maqolada Mirzo Ulug‘bekni Movarounnahrda hukmronlik qilganligi, uni siyosiy faoliyati. Mamlakatda olib borgan islohati, davlat boshqaruvida tutgan o‘rni. Olib borgan qurilish ishlari va ilm fanga qo‘shgan hissasi va bugungi kunda Mirzo Ulug‘bek xotirasi uchun qilinayotgan ishlar haqida qisqacha bayon etilgan.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–4_ Апрель –2025

215

MUHAMMAD TARAG‘AY ULUG‘BEK DAVRIDA

MOVAROUNNAHRNING SIYOSIY, IJTIMOIY, IQTISODIY VA

MADANIY YUKSALISHI

Ataxanov Samandar Salimjon o‘g‘li

Namangan davlat pedagogika instituti Tarix yo‘nalishi

1-bosqich talabasi

E-mail:

samandarataxanov151@gmail.com

Tel: +99895-571-41-06

Annotatsiya: Ushbu maqolada Mirzo Ulug‘bekni Movarounnahrda

hukmronlik qilganligi, uni siyosiy faoliyati. Mamlakatda olib borgan islohati, davlat

boshqaruvida tutgan o‘rni. Olib borgan qurilish ishlari va ilm fanga qo‘shgan hissasi

va bugungi kunda Mirzo Ulug‘bek xotirasi uchun qilinayotgan ishlar haqida

qisqacha bayon etilgan.

Kalit so‘z: Mirzo Ulug‘bek, Sohibqiron, Shohrux, Gavharshodbegim, Ziji

jadid Ko‘rgon, Samarqand.

Annotation: In this article, the ruling of Mirza Ulugbekni in Movarounnahr,

his political activities. His reforms in the country, his role in state administration. A

brief description of the construction works and his contribution to science, as well as

the work being done in memory of Mirzo Ulugbek today.

Key words: Mirzo Ulugbek, Sahibqiron, Shahrukh, Gavharshadbegim, Ziji

Jadid Korgon, Samarkand.

Аннотация: В данной статье рассматривается правление Мирзы

Улугбекни в Моваруннахре, его политическая деятельность. Его реформы в

стране, его роль в государственном управлении. Краткое описание

строительных работ и его вклада в науку, а также работ, проводимых в

память о Мирзо Улугбеке сегодня.

Ключевые

слова:

Мирзо

Улугбек,

Сахибкирон,

Шахрух,

Гавхаршадбегим, Зиджи Джадид Коргон, Самарканд.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–4_ Апрель –2025

216

Kirish.

Sohibqiron avlodlari ichida ko‘plab, Temuriylar Amir Temurga

munosib davomchi bo‘la olishdi. Shohrux Mirzo, Mirzo Ulug‘bek, Abu Said Mirzo,

Sulton Husayn Bayqaro, Zahiriddin Muhammad Boburlar munosib voris sanalishadi.

Bular ichida Amir Temurning suyukli nabirasi Muhammad Tarag‘ay Ulug‘bek

alohida ajralib turadi. Ulug‘bek o‘zining ilm-fanga mehri bilan Temurbekning qolgan

nabiralaridan ajralib turar edi. Bundan tashqari Sohibqiron Mirzo Ulug‘bekni

ardoqlar edi.

Mirzo Ulug‘bek shaxsiyatiga to‘xtalishdan avval uni ota-onasiga to‘xtalib

o‘tishimiz joiz. Otasi Shoxruh Mirzo bo‘lib, u 1377-yil 20-avgust kunni tavvallud

topgan. Onasi Tag‘oyi Turkon Og‘o bo‘lib, Amir Temurni xos kanizlaridan biri

bo‘lgan. Shoxruh Mirzo tarbiyasi bilan, Saroymulkixonim shug‘ullanadi. Mirzo

yoshligidan diniy kitoblar ko‘p o‘qib, dindor bo‘lganligi uchun Sohibqiron bu

o‘g‘liga nisbatan e’tiborli emas edi, shu boisdan ham vafoti chog‘ida valiahd

tayyorlamganligi bejiz emas. 20 yoshida Mirzo Shoxruh otasini harbiy yurishlarida

ishtrok eta boshlaydi. 1397-yilda Temurbek o‘g‘ilini Xuroson, Seiston, Jurjon,

Mozandaron hududlariga hokim etib tayinlanadi. Shoxruh bu hududlarni

1405-yilgacha hokim sifatida boshqardi. 1407-yildan o‘zini hukmdor sifatida e’lon

qilib, Amir Temurdan so‘ng boshlangan o‘zaro urushlarga barham berolgan. U

hukmdorligi davrida qoraqo‘yunli turkmanlardan Eronni qaytarib olib, markzaiy

hokimiyatga bo‘ysundirishga muvaffaq bo‘ladi. 1447-yil nabirasi Sulton Muhammad

isyonini bostirish payitida vafot etadi.

1488-yilda Sohibqiron Amir Temur Shoxruh Mirzoga (kelib chiqishi

Chingizxonning Kushlik ismli sarkardasini avlodi) G‘iyosiddin tarxonning qizi

Gavharshodbegimni olib beradi. Begim oqila va tadbirli ayol edi.[1] Gavharshod

begim davlat ishlarida faol bo‘lib, mamlkatda katta nufuzga ega edi. Shohrux Mirzo,

Abulqosim Boburlarga o‘zini ta’sirini, bevosita balki, bilvosita o‘tkaza olgan. 1457-

yil Abu Said Mirzo Hirot taxtini egallagach, begimni ayovsizlarcha qatl ettiradi.[2]

1394-yil 22-marta Eronning Sultoniya shahrida ularning ilk farzandi Mirzo

Ulugbek dunyoga keladi. Aynan Mirzo Ulug‘bek tug‘ilgan kezda Mardin qal’asini

olish chog‘ida Umarshayx Mirzo halok bo‘ladi. Aynan, Ulug‘bekni tug‘ilishi Mardin


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–4_ Апрель –2025

217

aholisini qatlomdan saqlab qoladi. Unga Sohibqiron tomonidan otasining ismi

Muhammad Tarag‘ay nomi beriladi. Ulug‘bekni tarbiyasi esa Saroymulkixonim

zimmasiga yuklatiladi. Ko‘pchilik, olimlar tomonidan Ulug‘bek va onasi

Gavharshodbegim o‘rtasidagi munosabatlar iliq bo‘lmagan. Poyon Ravshanov

tomonidan bunga sabab sifatida, Ulug‘bek doim Samarqandda bo‘lganligi va Hirotga

kam kelganligini izohlaydi.1398-yilda olim Shayx Olim Ozariy ustoz etib tayinlanadi

va unga ustozi ilm javohirlaridan saboq bera boshlaydi. Ulug‘bekni ilmga mehri

o‘zgacha edi. U Samarqanddagi, otasining Hirotdagi kutubxonalaridan foydalana

olardi. 1404-yilda Sohibqiron Sulton Muhammad Mirzoni qizi Og‘obegimni

Ulug‘bekga unashtirib qo‘yadi.

1404-yil Amir Temur Toshkent, Sayram, Avliyota, Ashpardan toXitoy

chegarasigacha bo‘lgan hududlarini 10 yoshli Ulug‘bekga suyurg‘ol etib beradi. Amir

Temur o‘zi bilan Mirzo Ulug‘bekni Xitoy yurishiga ukasi Ibrohim Mirzo bilan birga

olib ketadi. Biroq, Sohibqiron 1405-yil vafot etganidan so‘ng, Movarounnahrda

hokimiyat Xalil Sultonga o‘tgach Ulug‘bek otalig‘i Shohmalik bilan Xurasonga otasi

oldiga ketishga majbur bo‘ladi. Bu yillarda Ulug‘bek Xurason viloyatlarida hokim

vazifasini bajaradi. 1409-yil Shoxruh Mirzo Movarounnahrda hokimiyatni Xalil

Sultondan tortib olgach, Ulug‘bekni Samamarqand hukmdori etib tayinlaydi. Biroq,

Xorazm, Farg‘ona, Xisor, Turkiston hududlari Mirzo Ulug‘bekga itoat qilmas edi. 15

yoshli Ulug‘bek faqat Samarqand, Buxoro, Nasaf bilan chegaralanib, Turkiston

hokimi Shayx Nuriddin, Farg‘ona hokim amir Xudaydodlar Ulug‘bek hokimiyatini

tan olmas edi. 1410-1414-yillarda Shayx Nuriddin isyonni bostirilib, Xorazm Oltin

O‘rda tarkibidan qaytarib olindi, Farg‘ona hududlari Mirzo Ulug‘bekka otasi

ko‘magida bo‘ysundirildi. Bundan tashqari Ulug‘bek Qo‘shg‘argacha bo‘lgan

hududlargacha boradi. Ulug‘bek 1425-yilda ukasi Jog‘iy Mirzo bilan Mog‘ulistonga

yurish qildi va g‘alaba qozondi. 1427-yilda esa Dashti Qipchoq xonni Baroqi

o‘g‘londan mag‘lubiyatga uchrab, otasi ko‘magida bir o‘limdan qoladi. Shundan,

so‘ng Ulug‘bek otasi Shoxruh Mirzo vafotiga qadar harbiy yurishlarda ishtirok

etmaydi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–4_ Апрель –2025

218

Ulug‘bek qolgan umrini ilm-fanga bag‘ishlaydi, ammo 1447 – 1448-yillarda

Xurosondagi jiyanlaridan ota meros tatxtini qaytarib olish mqasadida, Shohrux

Mirzoni o‘gli ukasi Boysung‘ur Mirzonni o‘g‘illari Alouddavla va Abulqosim

Boburlarga qarshi urush olib bordi. 1448-yil o‘g‘li va o‘zining birlashgan 50 ming

qo‘shini bilan Tarnob jangida jiyani Aloddavlani qo‘shinini mag‘lub qildi. Ulug‘bek

Movarounnahrdagi ichki kurashlar tufayli ortga qaytishga majbur bo‘ldi va

Abdulatifni Hirotga noib etib qoldiridi. Abdulatif Hirotni 15 kun boshqarib, Blaxga

qaytdi va otasiga qarshi isyon ko‘tardi. 1449-yilda esa isyonkor o‘g‘li Abdulatifga

qarshi kurash olib boradi. Biroq, o‘g‘lidan mag‘lubiyatga uchragach, fitnachilar

qutqusiga uchgan o‘g‘il buyrug‘i bilan 1449-yilning kuzida Said Abbos tomonidan

qatl etiladi. Ulug‘bek o‘ldirilganidan olti oy o‘tar-o‘tmas Abdulatif ham Ulug‘bekni

sarkardasi Bobo Husayn Bahodir tomonidan qatl etiladi va padarkushning boshi uzoq

muddat Mirzo Ulug‘bek madrasasi peshtoqiga osib qo‘yiladi.

Ulug‘bek Mirzoning besh o‘g‘li va yettita qizi bo‘lgan, ammo qizlarini

ayrimlarini ismi bizgacha yetib kelmagan. Asosan, beshta xotini va oltita joriyasi

bo‘lgan. Ulardan faqat uch xotinini ismi ko‘rsatilgan xalos. Birinchi xotini Sulton

Muhammad Mirzoni qizi O‘g‘i begim, ikkinchi qizi Sohibqiron davrida qo‘g‘irchoq

xon bo‘lgan, Mahmudxonni qizi Xon o‘go edi. Uchinchi xotini Xusn Nigor xon

bo‘lib, u Xalil Sultonni qizi hisoblanadi. Ulug‘bek ikkinchi xotinni olganidan so‘ng,

Ko‘rag‘on ya’ni xonning kuyovi unvonini olgan. Ulug‘bekni yettita qizi bo‘lib, ularni

ayrimlarini ismi bizgacha ma’lum bular Habiba Sulton, Sulton Baxt, Robiya Sulton

begim, Og‘a Tug‘on Shoh kabilarini ismlari yetib kelgan xalos. Bundan tashqari

Ulug‘beknni beshta o‘g‘li bo‘lib, Ibodulla Mirzo(1412-1417), Abdulla Mirzo (1420-

1433), Abdurahmon Mirzo (1421-1432), Abdulatif Mirzo(1428-1450), Abdulaziz

Mirzo(1430-1450) bo‘lgan. 3 ta farzandlari erta vafot etganligi bois, Abdulatif Mirzo

taxt vorisi etib tayinlanadi.

Mirzo Ulug‘bek avlodlari:

– Ibodulla Mirzo 1412-1417.

– Abdulla Mirzo 1420-1433.

– Abdurahmon 1421-1432.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–4_ Апрель –2025

219

– Abdulatif 1428-1450:Abdurazzoq Mirzo, Ahmad Mirzo, Mahmud Mirzo,

Jo‘giy Mirzo, Muhammad Boqiy Mirzo

– Adulaziz Mirzo

Ulug‘bek taxtga o‘tirgan kezlaridanoq ilm-fanga va olimlarga homiylik

qilishga harakat qiladi. Uning hukmdorligi davrida, Samarqand sharqning ilm

markzalaridan biriga aylandi. Mirzo Ulug‘bek umri davomida astronomiya, musiqa,

tarix, gometirya, matematika fanlari bilan shug‘ullandi. Astaronomiyaga oid “Ziji

jadidi Ko‘ragon”, tarixga oid “ Tarixi arba ulus” ya’ni “ To‘rt ulus tarixi” asarini

yozdi. Musiqaga oid esa beshta risola yozdi. Ulug‘bek Samarqandda Qozizoda

Rumiy, G‘iyosiddin Koshiy, Ali Qushchi kabi zamonasining yirik olimlarini to‘play

oldi. Ulug‘bek bundan tashqari o‘z davrida astronomik kuzatishlar maqasadida

Samarqandda rasadxona qurdirdi. 1424-1429-yillarda silindir shakldagi rasadxona

Obirahmat arig‘i yonida qad rostlaydi. Rasadxona o‘z kutubxonasida o‘n besh mingga

yaqin kitobni jamlay olgan edi.[3]

Mirzo Ulug‘bek Movarounnahrdagi iqsodiy ahvolga ham e’tibor qaratdi.

Ulug‘bek mamalakatdagi savdo-sotiqni barqarorlashtirish maqsadida 1427-

1428-yillarda mis pullarni tartibga keltirish uchun pul islohatini o‘tkazadi. 1420-

yillarda ham Ulug‘bek tomonidan Buxoro va Samarqand hududlarida mis tangalar

zarb etilib, muomlaga kirtilgan. Biroq, 1427-1428-yilda mis tangalarni oldingiga

nisbatan ko‘p va yangi ko‘rinishda zarb etilishi pul islohati o‘tkazganligidan daloalt

beradi. Ulug‘bek zarb ettirgan mis tangalar Shahrisabz, Samarqand, Termiz, Qarshi,

Andijon, Buxoro va Shohruxiya hududlarida zarb etilgan.[4] Bu pul islohati bozor

munosabatlarini tartibga solishga yordam berib, savdoni rivojlantirgan. Ulug‘bek

davrida bundan tashqari yangi soliq turi tamg‘a savdogarlarga joriy etilgan. Aynan,

Abdulatif otasiga qarshi tarafdor yig‘ish maqsadida Balx hokimligi davrida

savdogarlardan tamg‘a soliqni olishni bekor qilgan.[5]

Mirzo Ulug‘bek davrida mamlkatda ilm fanga e’tibor qaratilishi, natijasida bir

qator hududlar Samarqand, Buxoro, G‘ijduvonda madrasalar qurildi. Qurilishda o‘z

nomi bilan ataluvchi Ulug‘bek hammomi ham bunyod etildi. Registon ansambilini ilk


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–4_ Апрель –2025

220

inshoati Ulug‘bek madrasasi ham aynan Ulug‘bek davrida qad rostlashi, Ulug‘bekni

Registon ansambilini shakillanishida tutgan o‘rni borligini anglatadi.

O‘z davrining buyuk allomasi, Mirzo Ulug‘bek hammisha ardoqda va uning

xotirasi hamisha qalbimizdadir. Mirzo Ulug‘bek ham hukmdor va olim sifatida 40 yil

saltanatni boshqardi. Uning davrida ilm-fan gullab-yashnadi. Ilm ahli hamisha

qo‘llab-quvvatlandi. Olim siaftida Ulug‘bek 1018 ta yulduzni kordinatalarini aniqlay

oldi. 55 yoshida qatl etilgan bo‘lsada, o‘z umrini ilm fanga va mamlakat

obodonchiligiga sarf etdi.

Mirzo Ulug‘bek vafotidan so‘ng, Samarqandlik olimlar birin-ketin, Yaqin

Sharq va O‘rta Sharq hududlariga ketishdi. Ular Ulug‘bek merosi va Samarqandda

to‘plangan ilmlarni o‘zlari bilan olib ketishdi. 1473-yil Ali Qushchi Istambulga boradi

va u yerda rasadxona qurdiradi. XVII asrda yashagan ingliz olimi va astronomi Jon

Girvs 1638-yilda Istanbulga kelib, Ulug‘bek Ziji bilan tanishadi va bir nusxasini o‘zi

bilan Angilyaga olib ketadi. 1648-yil va 1650-yillarda Mirzo Ulug‘bek Ziji ingliz

tilida nashr qilinib, maqola ham yoziladi. Ulug‘beknni Zijini 15 ta nusxasi bizgacha

yetib kelgan bo‘lib, ularni fors tilidagi nusxalari ham bor. O‘zbekiston

Sharqshunoslik instituti qoshida Ulug‘bekni o‘zini tuzatishlari bilan 1439-yilda

nastaliq yozuvida yozilgan “Ziji Ko‘ragoniy” asari saqlanadi va ushbu asar to‘lig‘icha

o‘rganilib chiqilmagan.

Mirzo Ulug‘bek ijodi Chor hukumatidan boshlanib Turkistonda o‘rganila

boshlandi. 1908-yilda Ulug‘bek rasadxonasini V.L.Vyatkin tomonidan Ulug‘bek

rasadxonasi qoldiqlari topib o‘rganildi. 1966-yilda Ulug‘bek ijodiga bag‘ishlab,

Ulug‘bek yulduzi nomli kino film suratga olindi. Mustaqillikdan so‘ng Ulug‘bek

ijodiga alohida e’tibor qaratildi. 1994-yilda respublikamizda va jahonda Mirzo

Ulug‘bekni 600 yillik yubeleyi keng nishonlandi va Samarqand va Toshkentda Mizro

Ulug‘bekni xotirasiga atab haykallar o‘rnatildi.

Xulosa o‘rnida shuni aytib o‘tish joizki, Mirzo Ulug‘bek hayoti va ilmiy

faoliyati o‘zbek xalqi uchun muhim. Chunki, Ulug‘bek yaratgan ilmiy meros jahon

ommasi tomonidan keng o‘rganlib borilmoqda. Shu boisdan ham biz Ulug‘bek

faoliyatiga befarq qaray olmaymiz va uning ijodini o‘rganishimiz shart.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–4_ Апрель –2025

221

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Файзиев T. Темурий маликалар. – T.: А. Қодирий номидаги халқ мероси

нашриёти, 1994. – 26 б.

2. Erkinjonov E., Xakimjonov A., Ubaydullayev S. Movarounnahrda Temuriy,

Chig‘atoy va Shayboniylarning siyosiy kurashi. //«ОБРАЗОВАНИЕ И НАУКА В

XXI ВЕКЕ». 2023. №37. – 557 b.

3. Мухамаджонов A. Амир Темур ва Темурийлар салтанати. – Т.: Қомуслар бош

таҳриряати, – 157 б.

4. Тўхтаев И. Темур ва Темурийлар сулоласининг тангалари. –Т:. Фан,1992, Б

22-23.

5. Азамат Зиё. Ўзбек давлатчилиги тарихи: энг қадимги даврдан Россия

босқинига қадар. – T.: Шарқ, 2001. – 367 б.

6. Akbarov Raxmatillo Murtozali o‘g‘li. (2025). “Lenin yo‘li” gazetasi – Ikkinchi

jahon urushi tarixini yoritishda muhim manba.

JOURNAL OF NEW CENTURY

INNOVATIONS

,

74

(1), 38-42.

https://scientific-jl.com/new/article/view/7025

7. Акбаров, Р. (2023). Ikkinchi jahon urushi yillarida o‘zbek milliy matbuotida

sog‘liqni saqlash masalasi. История и культура центральной Азии, 1(1), 485–490.

извлечено от

https://inlibrary.uz/index.php/history-culture/article/view/17209

8. Акбаров, Р. (2023). Вопрос электрификации Узбекистана в годы Второй

мировой войны (по данным узбекской национальной прессы). Актуальные

проблемы

истории

Узбекистана,

1(1),

443–455.

извлечено

от

https://inlibrary.uz/index.php/history-of-uzbekistan/article/view/16527