Ikkinchi jahon urushi yillarida o‘zbek milliy matbuotida sog‘liqni saqlash masalasi

inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
Отрасль знаний
CC BY f
485-490
39
13
Поделиться
Акбаров, Р. (2023). Ikkinchi jahon urushi yillarida o‘zbek milliy matbuotida sog‘liqni saqlash masalasi. История и культура центральной Азии, 1(1), 485–490. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/history-culture/article/view/17209
Р Акбаров, Наманганский государственный университет

Исследователь

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ikkinchi jahon urushining boshlanishi Sovet Ittifoqi mamlakatlarida davlat va jamiyat hayotini keskin burilishiga olib keldi. Mamlakat hayoti harbiy izga o‘ta boshladi. Ishlab chiqarish bevosita yoki bilvosita front manfaatlariga xizmat qila boshladi. Urush yillarida front uchun eng muhim jabhalardan biri – bu tibbiyot sohasi bo‘ldi. Fashizm ustidan qozonilgan g‘alabada tibbiyot sohasi vakillarining ham alohida o‘rni bor


background image

485

2. [Электрон ресурс:] “Нақшбанд туризм фестивали – 2018”.

https://www.religions.uz/news/detail?id=1050

(18.06.2018)

3. [Электрон ресурс:]

Menjelajahi Kota Cantik Uzbekistan - Muslim

Travelers 2018

//

https://www.youtube.com/watch?v=Ze_5J89XMdU

(24.09.2018)

4.

[Электрон ресурс:]

Muslim

Travelers

2018

-

Samarkand,

Uzbekistan

https://www.youtube.com/watch?v=qxA_o0qcjfk

(12.12.2018)

5. [Электрон ресурс:] «NetTV» телеканали Ўзбекистонда зиёрат

туризми ривожига ҳисса қўшмоқда //

http://muslim.uz/index.php/yangiliklar-

2016/uzbekistan/item/10615

(26.08.2017)

6. Ўзбекистоннинг ижтимоий-иқтисодий ҳолати. Туристик оқим–2019.

https://stat.uz/uz/default/choraklik-natijalar/9388-2019

. (05.08.2022)

7. Усмонов Р. Малайзия Ўзбекистон мустақиллигини тан олган

Жануби-Шарқий Осиёдаги биринчи давлатдир.

IKKINCHI JAHON URUSHI YILLARIDA O‘ZBEK MILLIY

MATBUOTIDA SOG‘LIQNI SAQLASH MASALASI

Akbarov R.M.

tadqiqotchi

Namangan Davlat universiteti

Ikkinchi jahon urushining boshlanishi Sovet Ittifoqi mamlakatlarida davlat

va jamiyat hayotini keskin burilishiga olib keldi. Mamlakat hayoti harbiy izga o‘ta
boshladi. Ishlab chiqarish bevosita yoki bilvosita front manfaatlariga xizmat qila
boshladi. Urush yillarida front uchun eng muhim jabhalardan biri – bu tibbiyot
sohasi bo‘ldi. Fashizm ustidan qozonilgan g‘alabada tibbiyot sohasi vakillarining
ham alohida o‘rni bor.

Urush yillarida O‘zbekistonda 120 dan ortiq gospitallar faoliyat yuritgan.

Harbiy gospitallarda 1941-yil oktabridan 1945-yil 1-iyuliga qadar 164 ming 382
nafar yarador askar va ofitserlar davolangan [1]. O‘zbekiston tibbiyot xodimlari
ham respublikadagi anashu gospitallarda ham aholi orasida, ham frontda Qizil
Armiya saflarida fidokorona xizmat qildi.

Tibbiy yordamni tashkil etish urush davrining asosiy vazifalaridan biri

bo‘ldi. Buning uchun yetarli tibbiyot xodimlari bazasini shakllantirish lozim edi.
Urush davrida tibbiyot kurslari ko‘paytirildi, ularda o‘qish muddati qisqartirildi.
Kurslar bitiruvchilari turli jarohatlar uchun birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish,
harbiy harakatlarda jabrlanganlarni tashish, og‘ir bemorlarni parvarish qilish va
hokazolar bo‘yicha o‘qitildi.

Ikkinchi jahon urushi yillarida kichik tibbiyot xodimlari tayyorlashda Qizil

Yarim oy jamiyati tashkilotlari katta o‘rin tutdi. Jumladan, O‘zbekiston SSRda
tashkilot tomonidan urush yillarida 7000 hamshira, 16700 sanitariya drujinachilari,
10 mingdan ortiq tibbiyot instruktori va sanitarkalar tayyorlandi. Evakuatsiya
shifoxonalarida jamiyatning 230 hamshirasi, 2000 drujinachi ayollar ishlagan.
Jamiyatning 17000 dan ortiq o‘qitilgan faollari ixtiyoriy ravishda yaradorlar bilan


background image

486

O‘zbekiston gospitallarida va saralash stansiyalarida ishlashgan. Urushning
boshida 2500 hamshira va drujinachi ayollar o‘z ixtiyori bilan frontga jo‘nab ketdi
va front va armiya bo‘linmalarida fidokorona jang qildi, ularning ko‘plari hukumat
mukofotlari bilan taqdirlandi [2].

1941-1945-yillar davomida o‘zbek tilida nashr etilgan front va frontorti

gazetalarida bir qator o‘zbek tibbiyot xodimlarining nomlari mashhur bo‘lgan edi.
Xususan, harbiy vrach sifatida Stalingrad uchun bo‘lgan janglarda boshdan
oxirigacha qatnashgan Xolmat Rahimov, sanitarlardan buxorolik Rahima Alimova
[3], sanitariya instruktori katta serjant Xalil Jalilov, Mamasoli Jo‘rayev, Mirsayid
Usmonov, kichik leytenant Isamuhammad Ernazarov, Sobirov, Serjant Samin
Uzoqov, Safar Abduraimovlar singari jasur jangchilar qurol ko‘tarish bilan birga
frontdagi yaradorlarni jang maydonlaridan olib chiqish, ularga birinchi tez tibbiy
yordam berish ishida ko‘rsatgan jasoratlari uchun bir necha bor hukumat
tomonidan orden va medallar bilan mukofotlanganlar.

O‘zbekiston SSR tashkil etilganligining 20 yilligi munosabati bilan sog‘liqni

saqlash ishlarini rivojlantirish sohasida ko‘rsatgan xizmatlari uchun O‘zbekiston
SSR Oliy Sovetining Prezidiumi 92 kishiga xizmat ko‘rsatgan vrach degan faxriy
nom berdi.[4] “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1944-yil 17-may sonida berilgan
xabariga qaraganda, SSSR Oliy Soveti Prezidiumining farmoni bilan Toshkent
okrug 340-gospitalining 75 yilligi munosabati bilan va Qizil Armiyaning yarador
va kasal oddiy askarlar hamda ofitserlar tarkibini davolash sohasida qilgan
xizmatlari uchun bir qator meditsina xizmati xodimlari taqdirlangan. Ulardan
gospital boshlig‘i Aleksey Nikolayevich Sirnev “Ikkinchi daraja vatan urushi
ordeni” bilan, 3 kishi “Mehnat qizil bayroq ordeni” bilan, 7 kishi “Qizil yulduz
ordeni” bilan, 8 kishi “Xurmat belgisi” ordeni bilan, 4 kishi “Shavkatli mehnat
uchun” medali bilan mukofotlanganlar.[5]

Mamlakatda urush yillarida yarador jangchilarning hayotini saqlab qolish

uchun ko‘ngilli ravishda qon berish (donorlik) harakati kuchaydi. Masalan,
“Dushmanga qarshi olg‘a” front gazetasining 1944-yil 23-dekabr sonida berilgan
ma’lumotga ko‘ra, frontdagi birgina gospitalda dastlab 3 ta donorlik qiluvchi
shaxslar bo‘lgan bo‘lsa, keyinchalik ularning soni 22 tani tashkil etgan [6].
O‘zbekistondagi “Gematologiya va qon quyish ilmiy-tadqiqot instituti” tomonidan
butun urush davomida frontning tibbiy muassasalariga jami 1.600 tonna
konservalangan qon yetkazib berilgan [7].

Ikkinchi jahon urushi davri milliy matbuot sahifalarida tibbiy sohadagi

maqolalar tahlili shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekistonda aholi orasida yuqumli
kasalliklarning tarqalishi kuchaygan. Buning bir qator o‘ziga xos sabablari bor
albatta.

O‘zbekistonga ko‘plab aholining ko‘chirib keltirilishi (ularning salomatlik

darajasi turlicha bo‘lgan), aholi turmush darajasining keskin tushishi, urush
sharoitida sanitariya qoidalariga rioya qilishi darajasining pasayishi va boshqa
ko‘plab omillar tufayli mamlakatda yuqumli kasalliklarning tarqalishi avj olgan.
Aholi orasida ich terlama, tepkili terlama, dizenteriya, yozgi bolalar ich ketishi, sil
va boshqa kasalliklarning tarqalishi havfli tus olgan.


background image

487

Jumladan, birgina Namangan oblastida ich terlamasi bilan kasallanganlar

soni 1941-yil iyul oyida 9 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, 1942-yil iyunda 46 nafar,
iyul oyida esa 54 nafarga ko‘paygan. Bezgak (malyariya) kasaliga chalinganlar
soni esa, 1941-yil iyulda 1540 kishini, 1942-yil iyunda 2698 kishini, iyulda esa
4049 kishini tashkil etgan.[8] Ikkinchi jahon urushi davrida ko‘plab vrach va
hamshiralarning frontga jalb etilishi frontortidagi aholiga tibbiy hizmat ko‘rsatish
darajasini anchagina pasaytirgan.

Ikkinchi jahon urushi davri matbuoti aholiga yuqumli kasalliklar to‘g‘risida

tibbiy bilimlar berishda eng muhim vosita vazifasini ham bajargan. Matbuot
sahifalarida kasalliklar va ularga qarshi kurashish choralari to‘g‘risidagi tibbiy
bilimlar berib borilgan; aholini sanitariya qoidalariga rioya qilish, uy va
ko‘chalarni ozoda saqlashga chaqiradigan maqolalar tez-tez chop etib turilgan.
Shahar va qishloqlar ozodalagini ta’minlashga xizmat qiladigan qaror va
farmoyishlar gazetalar orqali aholiga yetkazilgan. Bundan tashqari ko‘cha va
mahallalarda davra suhbatlari, uylarda tushuntirish ishlari ham olib borilgan.

Aholini yuqumli kasalliklar to‘g‘risidagi bilimlarini oshirish maqsadida

gazetalarda vrach va shifokorlarning “Vrach maslahati” turkumi bilan tibbiy
bilimlar berib borilganini ko‘rish mumkin. Jumladan, urush yillarida vrach
V.Rahimovning “Ich terlamasi haqida”, “Tepkili terlama haqida” [9],
Iskandarovning “Ich burug‘ kasalidan saqlaningiz” [10] kabi maqolalarda
kasalliklarning keltirib chiqaradigan omillar, kasallikning belgilari, oqibatlari
hamda davolash usullari haqida ma’lumotlar berilgan. Vrach V.Rahimovning
“Tepkili terlama” sarlavhali maqolasida tepkili terlamani “urush vaqtining
terlamasi” deb ataladi. “…… bu kasallikning aynan urush vaqtida kuchayishi,
urush vaqtida odamlar bir joydan ikkinchi joyga ko‘chiriladi, tinch vaqtdagidan
ko‘ra zichroq yashashga to‘g‘ri keladi. Kishilar zicha yashaganda odatda shahsiy
gigiyena va tozalik qoidalariga yetarli e’tibor berilmaydi. Mana bu hol aholi
orasida yuqumli kasalliklar, ayniqsa, tepkili terlama paydo bo‘lishiga yo‘l ochishi
mumkin” [11] deyiladi. Bu kabi maqolalarda aholini yuqumli kasalliklardan
saqlanish uchun tozalikka rioya qilishga chaqiriladi.

Ikkinchi jahon urushi yillarida tibbiyot sohasida amalga oshirilgan ilmiy

tadqiqot ishlarida ham yuqumli kasalliklarni aniqlash va davolash masalalari
asosiy o‘rinda bo‘lgan. Masalan, V.M.Molotov nomidagi Toshkent Meditsina
instituti ilmiy kengashida 1944-yilda Tropik kasalliklar klinikasining dotsenti
vrach Tursunxo‘ja Najmiddinov meditsina fanlari doktori degan ilmiy darajini
olish uchun “Surunkali bezgakni aniqlash va uning klinik manzarasi” mavzusida
dissertatsiya yoqlagan [12]. Surunkali bezgak kasalligi ungacha bo‘lgan davrda
faqat O‘zbekistondagina emas, balki butun Ittifoqda kam darajada o‘rganilgan.

Urush yillarida yuqumli kasalliklarning tarqalishini oldini olish maqsadida

oblastlarda partiya va ijroiya komitetlari tomonidan hududlardagi ozodalikni
saqlash uchun turli qaror va farmoyishlar qabul qilingan. Misol uchun, “Stalin
haqiqati” gazetasining 1942-yil 18-dekabr sonida berilgan ma’lumotga qaraganda
Namangan shahrida yuqumli kasalliklarga qarshi kurash tadbirlari haqida
Namangan shahar soveti ijrokomi majburiy farmoyish chiqaradi. Unga ko‘ra:


background image

488

– Fuqarolarning umumiy yotoqxonalar, musofirxonalar, davlat, kooperativ,

jamoat va xususiy kishilarning uylariga joylashish, shuningdek, uy va xonalarni
o‘zgartirish mahalida ularning sanitariya ishlovidan majburiy ravishda o‘tishlari
talab etiladigan bo‘ldi;

bozorlarda

dizinfeksiya

kamerasidan

o‘tkazilganligi

haqidagi

ma’lumotnomasini ko‘rsatmasdan turib, tutilgan narsalarni sotish taqiqlangan;

– Umumiy yotoqxonalari bo‘lgan muassasa va korxonalarning hamma

turuvchilarini har 10 kunda sanitariya ishloviga jalb etish tartibi yo‘lga qo‘yildi;

– Shahar sog‘liqni saqlash bo‘limiga barcha kasallarni majburiy tartibda

davolash vazifasi yuklandi.

– Shahar hammomlarining grafik bo‘yicha ishlashini ta’minlash dolzarb

vazifalardan qilib belgilandi [13].

Keyinchalik Namangan oblastida shahar partiya komitetining 1945-yil 24-

martdagi majburiy qarori bilan Bezgak paydo bo‘lishi va shaharda bezgak kasali
bilan og‘rishni kamaytirish maqsadida Namangan shahrida va shahar atrofida 3
kilometr doirada sholi ekish man etilgan. Shu doirida ekilgan sholi aniqlanganda,
darhol yo‘q qilinishi bilan birga, ushbu qarorni buzgan kishilar sud javobgarligiga
tortilishi belgilab qo‘yildi [14]. Chunki, sholi ekilgan maydonda chivinlar ko‘p
bo‘ladi va ular yuqumli kasalliklar, xususan, bezgak kasalini tashuvchi vazifasini
bajaradi.

1943-yil 30-aprelda Samarqand oblast ijroiya komitetining “Shaharlarda,

rayon markazlari va qishloq joylarda sanitariya rejimiga rioya qilish” haqidagi
majburiy farmoyishi [15] ham oblastdagi ko‘cha va trotuarlarda, xovlilarda,
umumiy foydalanish joylari va boshqalardagi ozodalik ishlarini tartibga solishga
qaratilganini ko‘rish mumkin.

Toshkent shahar Sovetining ijroiya komiteti shahar hududini ozoda saqlash

va sanitariya qoidalariga rioya qilish haqidagi 1944-yilning may oyida chiqargan
qaroriga ko‘ra, shaharda 15-apreldan 20-oktyabrgacha bo‘lgan davrda kuniga ikki
marta (ertalab soat 4 dan 7 gacha va kechqurun soat 18 dan 20 gacha) ko‘cha va
trotuarlarga suv sepilishi shart qilib qo‘yildi [16].

Ko‘rilayotgan davrda shahar va qishloqlardagi ozodalikni saqlash, yuqumli

kasalliklarga qarshi kurash maqsadi bilan chiqarilgan qaror va farmoyishlarning
umumiy jihatlari quyidagilardan iborat edi:

har bir hovlida xojatxona, axlat yashchigi va iflos suvlarni to‘kadigan

chuqur bo‘lishi hamda bularning sanitariya talablariga javob beradigan holda
saqlanishi talab etildi.

Ko‘chalarga, trotuarlarga, hovlilarga yuvindi suvlarni to‘kish, kirlarni deraza

va balkonlarga osib qo‘yish, ariq va xovuzlarda cho‘milish, kiryuvish, hayvon
sug‘orish va boshqa shu kabi ishlar taqiqlandi.

Qaror va farmoyishlarni buzishda aybdor bo‘lgan kishilarga jarima,

majburiy xizmat yoki jinoiy javobgarlikka tortilishi belgilab qo‘yildi.

Ikkinchi jahon urushi davrida sovet hukumatining aholi orasida yuqumli

kasalliklarning tarqalishiga qarshi kurash siyosati asosan ikki omilni hisobga olgan
holda amalga oshirildi. Birinchidan, Qizil Armiyaga sog‘lom rezervlar berish.


background image

489

Ikkinchidan, sanoat va qishloq xo‘jaligida mehnat unumini oshirish kabi urush
davri talablarini bajarish.

Amalga oshirilgan tadqiqotning natijalaridan kelib chiqib, quyidagi

xulosalarga kelish mumkin:

– Urush yillarida O‘zbekistonga Ittifoqning boshqa hududlaridan ko‘plab

gospitallar ko‘chirib keltirildi yohud yangidan vujudga keltirildi. Ko‘rilayotgan
davrda respublikada 120 dan ortiq gospitallar faoliyat yuritdi.

– Urush davridagi og‘ir turmush tarzi va boshqa omillar tufayli aholi orasida

tepkili terlama, ich terlamasi, dizinteriya, sil, yozgi bolalar ich ketishi va boshqa
shu kabi yuqumli kasalliklarning tarqalishi avj oldi. Buning oldini olish uchun
matbuot sahifalarida tibbiy bilimlar berib borildi.

– Mahalliy partiya va ijroiya komitetlari yuqumli kasalliklarga qarshi kurash

choralari to‘g‘risida qaror va farmoyishlar chiqardi. Aholi to‘planadigan joylar,
jamoat xovuzlari, quduqlar, do‘kon va oshxonalar, xalq istirohat joylari va qizil
choyxonalarning sog‘liqni saqlash qoidalariga muvofiqligi nazorat ostiga olindi.

Yakuniy xulosa sifatida, tibbiyot xodimlari mamlakat mudofaasi uchun

mislsiz mehnatlari bilan g‘alabani tezlashtirishda katta hissa qo‘shdi. Urush davri
iborasi bilan aytganda hamma narsa front uchun xizmat qildi.

Adabiyotlar:

1. Shadmanova S.B. Ikkinchi jahon urushi yillarida O’zbekistonda

gospitallar faoliyati. / Ikkinchi jahon urushi va O’zbekiston xalqi: tadqiqotlar.
Ilmiy maqolalar to’plami. 2-jild. –T.: “O’zbekiston” nashriyoti, 2022. –B.239

2.

O’zbekiston

Qizil

Yarim

oy

jamiyati

tarixi.

https://redcrescent.uz/uz/about-us/history/

3. Ўзбек қизининг ботирлиги.//Душманга қарши олға.1944. 3 февраль. –

Б.3

4. Шамсутдинов Р. Иккинчи жаҳон уруши ва фронт газеталари. 2-

китоб. – Тошкент: Akadem nashr, 2017. –Б.196

5. Қизил Ўзбекистон . –№.96 (6008). 1944, 17 май. –Б.1
6. Донорлар. // Душманга қарши олға. –№.101 (262). 1944, 23 декабръ. –

Б.4

7. Mo‘minov T.T. Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabada O‘zbekiston tibbiyot

sohasining

tarixiy

hissasi.

Arxiv

hujjatlari

asosida.

//

https://archive.uz/post/ikkinchi-jahon-urushidagi-galabada-ozbekiston-tibbiyot-
sohasining-tarixiy-hissasi-arxiv-hujjatlari-asosida

8. Наманган вилоят давлат архиви. Жамғарма – 595, рўйхат – 1, иш –

514.

9. Рахимов В. Тепкили терлама. // Қизил Ўзбекистон. –№.60 (5660).

1943

10. "Қизил Ўзбекистон" Қуйибўзсув ГEСи қурилишида. махсус сон –

№.10. 1943, 1 июль. –Б.2

11. Рахимов В. Тепкилитерлама. // ҚизилЎзбекистон. –№.60 (5660).

1943.


background image

490

12. Т.Х. Нажмиддинов – медицина фанларидоктори. // Қизил

Ўзбекистон.–№.96 (6008). 1944, 17 май. –Б.4

13. Наманган шаҳрида юқумли касалликларга қарши кураш тадбирлари

ҳақида Наманган шаҳар совети ижрокомининг мажбурий фармойиши. //
Сталин ҳақиқати. –№.291 (2430). 1942, 18 декабр. –Б.2

14. Безгакка қарши кураш чоралари ҳақида. // Сталин ҳақиқати. –№.66

(3317). 1945, 24 апрель. –Б.2

15. Ленин йўли. –№.99 (3427). 1943, 11 май. –Б.2
16. Шахар озодалигини таъминлайдиган муҳим қарор. // Қизил

Ўзбекистон. –№.96 (6008). 1944, 17 май. –Б.4

XIVA XONLIGI TARIXSHUNOSLIGI MASALASIGA OID BA’ZI

MULOHAZALAR

Raxmanova M.Sh.

magistr

O‘zbekiston Milliy universiteti

Ma’lum hudud yoki davr tarixini o‘rganish va tadqiq etishda dastlab

birlamchi manbalar: arxeologik va etnografik ma’lumotlar, mahalliy tarixchilar
yozib qoldirgan asarlar hamda sayyohlar, elchilar va savdogarlarning esdalik
hamda kundaliklariga murojaat qilinadi. Ushbu manbalarni har tomonlama
o‘rganish, tahlil qilish orqali tarixni bugungi kunda talqin qilishga erishishimiz
mumkin.

O‘zbek davlatchilik tarixining ajralmas qismi bo‘lgan, to‘rt yuz yildan ortiq

tarixga ega bo’lgan Xiva xonligi qo‘ng‘irotlar sulolasi davri tarixshunosligini
yoritish, turli davrlarda amalga oshirilgan tadqiqotlar natijalari asosida davlatchilik
muammolari o‘rganilib, haqqoniy baho berish muhim vazifalardan biriga aylangan.

XIX asr – XX asrning bоshlarida O`rta Оsiyoga, jumladan Хiva хоnligiga

kеlgan sayyohlar, оlimlar, harbiylar va bоshqa davlat vakillarining yozgan asarlari,
mamlakatning o`sha davr tariхi, хo`jaligi, ijtimоiy-siyosiy va madaniy hayotini
o`rganishda asоsiy manba bo`lib хizmat qiladi.

Xiva xonligi tarixini o‘rganishda sovet tarixchi-sharqshunoslari yevropalik

sayyohlar ma’lumotlariga tayangan holda hudud tarixini yoritishgan. Xususan,
Rossiya Fanlar Akademiyasi muxbir a’zosi N.I.Veselovskiy Xiva xonligi tarixi va
tarixiy-geografiyasiga bag’ishlangan asarida Xiva xonligida mavjud mansab va
unvonlarga ham to‘xtalib o‘tgan. Lekin asosiy e’tibor O‘rta Osiyo xususan,
Xorazm xalqining “qoloq”ligi hamda o’zaro ichki sinfiy kurashlarga qaratilgan[1].

Turkiston arxeologiya to‘garagi asoschilaridan biri, sharqshunos olim

V.V.Bartold Xiva xonligi tarixini o‘rganishga katta hissa qo‘shgan yirik olim
hisoblanadi. Uning shaxsiy fondida Xiva xonligi hayoti hamda Xiva shahri tarixiga
doir 200 varoqdan ko֥‘proq materiallar mavjud.

Sovet davri tarixchisi P.P. Ivanov 1936-yilda Leningradda M.E. Saltikov-

Shedrin nomidagi davlat kutubxonasining qo‘lyozmalar bo‘limidan 1873-yilda olib
ketilgan, lekin kutubxona ro‘yxatiga kiritilmagan Xiva xonlarining arxiv

Библиографические ссылки

Shadmanova S.B. Ikkinchi jahon urushi yillarida O’zbekistonda gospitallar faoliyati. / Ikkinchi jahon urushi va O’zbekiston xalqi: tadqiqotlar. Ilmiy maqolalar to’plami. 2-jild. –T.: “O’zbekiston” nashriyoti, 2022. –B.239

O’zbekiston Qizil Yarim oy jamiyati tarixi. https://redcrescent.uz/uz/about-us/history/

Ўзбек қизининг ботирлиги.//Душманга қарши олға.1944. 3 февраль. – Б.3

Шамсутдинов Р. Иккинчи жаҳон уруши ва фронт газеталари. 2- китоб. – Тошкент: Akadem nashr, 2017. –Б.196

Қизил Ўзбекистон . –№.96 (6008). 1944, 17 май. –Б.1

Донорлар. // Душманга қарши олға. –№.101 (262). 1944, 23 декабръ. – Б.4

Mo‘minov T.T. Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabada O‘zbekiston tibbiyot sohasining tarixiy hissasi. Arxiv hujjatlari asosida. // https://archive.uz/post/ikkinchi-jahon-urushidagi-galabada-ozbekiston-tibbiyotsohasining-tarixiy-hissasi-arxiv-hujjatlari-asosida

Наманган вилоят давлат архиви. Жамғарма – 595, рўйхат – 1, иш – 514.

Рахимов В. Тепкили терлама. // Қизил Ўзбекистон. –№.60 (5660). 1943

"Қизил Ўзбекистон" Қуйибўзсув ГEСи қурилишида. махсус сон – №.10. 1943, 1 июль. –Б.2

Рахимов В. Тепкилитерлама. // ҚизилЎзбекистон. –№.60 (5660). 1943.

Т.Х. Нажмиддинов – медицина фанларидоктори. // Қизил Ўзбекистон.–№.96 (6008). 1944, 17 май. –Б.4

Наманган шаҳрида юқумли касалликларга қарши кураш тадбирлари ҳақида Наманган шаҳар совети ижрокомининг мажбурий фармойиши. // Сталин ҳақиқати. –№.291 (2430). 1942, 18 декабр. –Б.2

Безгакка қарши кураш чоралари ҳақида. // Сталин ҳақиқати. –№.66 (3317). 1945, 24 апрель. –Б.2

Ленин йўли. –№.99 (3427). 1943, 11 май. –Б.2

Шахар озодалигини таъминлайдиган муҳим қарор. // Қизил Ўзбекистон. –№.96 (6008). 1944, 17 май. –Б.4

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов