Authors

  • G'oziyev Murodjon Shokirjonovich
  • Tillaboyeva Shoira

Author Biography

  • G'oziyev Murodjon Shokirjonovich

    Farg’ona davlat universiteti talabasi

    Tillaboyeva Shoira

    g-mail: tillaboyeva@gmail.com

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.118442

Keywords:

Jismoniy shaxslarning daromad solig‘i deklaratsiyalash mexanizmi daromadlarni deklaratsiya asosida soliqqa tortish soliqlarni unifikatsiyalash soliq hisobotlarini soddalashtirish yashirin iqtisodiyot.

Abstract

Aholi daromadlariga soliq solishda deklaratsiyalash mexanizmining ob’ektiv zaruriyati bo‘yicha ko‘plab jahon va mahalliy olimlar, tadqiqotchilar fikrlari o‘rganilib, O‘zbekistonda rasmiy e’lon qilingan statistik ma’lumotlar asosida soliqqa tortilishi darajasi tahlili o‘tkazildi. SHuningdek, daromadlarni deklaratsiyalash to‘g‘risida ijtimoiy tarmoqlarda o‘tkazilgan so‘rovnomaga asosan soliq to‘lovchilarning fikrlari jamlandi. Deklaratsiyalash mexanizmini ob’ektiv zaruriyatidan kelib chiqib, mamlakatda qamrovini kengaytirish borasida takliflar berildi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–4_ Апрель –2025

20

DAROMADLARNI SOLIQQA TORTISHDA

UMUMDEKLARATSIYALASH TIZIMINING OBYEKTIV ZARURIYATI

Farg’ona davlat universiteti talabasi

Tillaboyeva Shoira

g-mail: tillaboyeva@gmail.com

Ilmiy rahbari: Ğoziyev Murodjon Shokirjonovich

Annotatsiya: Aholi daromadlariga soliq solishda deklaratsiyalash

mexanizmining ob’ektiv zaruriyati bo‘yicha ko‘plab jahon va mahalliy olimlar,

tadqiqotchilar fikrlari o‘rganilib, O‘zbekistonda rasmiy e’lon qilingan statistik

ma’lumotlar asosida soliqqa tortilishi darajasi tahlili o‘tkazildi. SHuningdek,

daromadlarni deklaratsiyalash to‘g‘risida ijtimoiy tarmoqlarda o‘tkazilgan

so‘rovnomaga asosan soliq to‘lovchilarning fikrlari jamlandi. Deklaratsiyalash

mexanizmini ob’ektiv zaruriyatidan kelib chiqib, mamlakatda qamrovini kengaytirish

borasida takliflar berildi.

Kalit so‘zlar: Jismoniy shaxslarning daromad solig‘i, deklaratsiyalash

mexanizmi, daromadlarni deklaratsiya asosida soliqqa tortish, soliqlarni

unifikatsiyalash, soliq hisobotlarini soddalashtirish, yashirin iqtisodiyot.

Abstract: Many foreign and local scientists’ and researchers’ views on the

objective necessity of the self-assessment mechanism in personal income taxation

were studied, and the level of income taxation in Uzbekistan was analyzed on the

basis of officially published statistics.

Key words: Personal income tax, declaration of incomes, income taxation on

the basis of self-assessment, unification of taxes, simplification of tax returns, the

shadow economy.

KIRISH

O‘zbekistonda o‘tgan 3 yillik davomida chiqarilayotgan soliq qonunchiligiga

oid hujjatlar, xususan, yangi tahrirdagi Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi

Prezidentining 2023 yil 7 fevraldagi PF-4947, 2024 yil 30 oktyabrdagi PF-6098-sonli


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–4_ Апрель –2025

21

Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 7 yanvardagi 1-sonli qarorlari asosida

soliq ma’muriyatchiligining zamonaviy uslublarini joriy etish, yashirin iqtisodiyot

darajasini pasaytirish, soliq yukini kamaytirish hisobiga tadbirkorlik faoliyatini

yuritish uchun teng raqobat sharoitlarini yaratish, soliqqa tortish tizimini

soddalashtirish siyosatini davom ettirish, tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun qulay

sharoitlar yaratish va investitsiya muhitini yaxshilash chora tadbirlari belgilanib,

mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha davlat byudjetiga soliq tushumlarini to‘liqligini

ta’minlagan holda soliqlarni unifikatsiyalash va soliq hisobotlarini soddalashtirish

bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, yangi tahrirdagi Soliq

kodeksining tegishli moddalariga rivojlangan mamlakatlar amaliyotida keng

qo‘llaniladigan deklaratsiya asosida soliq solinadigan daromadlar turlariga

(yakka

tartibdagi tadbirkorlar, ularning yollanma ishchilari, oilaviy tadbirkorning oila

a’zolari, hunarmand uyuushmasi a’zolari tomonidan olingan daromadlar)

qo‘shimcha kiritilishi bilan deklaratsiyalash mexanizmi orqali daroma solig‘iga

tortish amaliyotida uzoq kutilgan keyingi qadam qo‘yildi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Jismoniy shaxslarning daromadlariga soliq solishda deklaratsiyalash

mexanizmining zarurligi bo‘yicha ko‘plab xorij va mahalliy olimlar, tadqiqotchilar va

xorijiy moliyaviy institutlari tomonidan ilmiy izlanishlar olib borilgan.

Xususan, Usui (2002) tomonidan ta’kidlanishicha, daromadlarga soliq

solishda soliq to‘lovchilarning ixtiyoriylik asosida daromadlari to‘g‘risida soliq

organlariga deklaratsiyalarni taqdim etish bu demokratik fuqarolik jamiyatining

ko‘rinishi bo‘lib, 2020 yillarda Dr. Carl S. Shoup ning missiyasi davomida uning

takliflari bilan YAponiya davlatida shakllangan deklaratsiyalash tizimi (“self-

assesment tax system”) ning joriy qilinishi soliq to‘lovchilar bilan soliq organlari

orasidagi munosabtlarni yangi ko‘rinishga olib chiqdi hamda YAponiya davlat

byudjeti hissasida daromad solig‘ining fiskal ahamiyatini oshishiga sabab bo‘lgan.

Mamlakatda daromadlarni deklaratsiyalash tizimining joriy qilinishi soliq

organlari va soliq to‘lovchilar orasida yangicha munosabat shakllantirdi. Bu

tizimning afzalligi albatta soliq organlarining daromadlarni yig‘uvchanligini oshirishi


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–4_ Апрель –2025

22

bilan bir qatorda daromadlarni yig‘ish xarajatlarini kamaytirishi bo‘ldi (Australian

Treasury’s final report, 2020).

Ko‘plab siyosiy tashkilotlar va tadqiqotchilar tomonidan mamlakatlarda

korrupsiya, ta’magirlik kabi ilatlarni kamaytirishi va davlat mulkini talon taroj

bo‘lishini oldini olish uchun davlat xizmatchilarining daromadlari va xarajatlari

to‘g‘risidagi deklaratsiyalash mexanizmini joriy qilish lozimligi to‘g‘risida fikrlar

bildirilgan. Jumladan, Hoppe (2021), Tytko (2022) lar tomonidan ko‘plab Evropa

mamlakatlarida, xususan Ukrainada daromalar va xarajatlar to‘g‘risida deklaratsiya

taqdim etilishi samarali moliyaviy nazoratning mexanizmi hisoblanib, mamlakatda

korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar iqtisodiy va moliyaviy sohalarda kuchayib

borayotgan, davlat mulkini talon taroj qilish ortib borayotgan, qarindosh va urug‘

aymoqchilik davlat boshqaruv tizimlarida ko‘payib borayotgan paytlarda deklaratsiya

masalasi juda dolzarb masala ekanligi to‘g‘risida fikrlar bildirilgan. Bundan tashqari,

BMT ning Giyohvandlik va jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi (2020)

tomonidan davlat xizmatchilarini deklaratsiyalash mexanizmlari bo‘yicha o‘tkazilgan

o‘rganish natijalariga ko‘ra, Indoneziya mamlakati mavjud davlat xizmatchilarining

daromadlari va mol mulklari to‘g‘risidagi deklaratsiyalash tizimi takomillashgan

sanoqli tizimlardan biri ekanligi, mazkur tizim qo‘llanilishi orqali davlat

xizmatchilarining faoliyati to‘liq nazoratga olinganligi, korrupsiya, manfaatlar

to‘qnashuvi, pulni yuvish va terorizmga qarshi kurashishda samarali mexanizmligi

ma’lum qilingan.

Mamlakatimizda ham so‘ngi yillarda aynan shu yo‘nalishda ya’ni davlat

xizmatchilarining daromadlarini deklaratsiyalanishi bo‘yicha dastlabki qadamlari

tashlanmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirzieyovning

PF- 5729-sonli Farmonida, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat

siyosatining ustuvor yo‘nalishlari o‘rta muddatli istiqbolda texnik infratuzilmani va

zarur dasturiy ta’minotni yaratishga oid zaruriy chora-tadbirlarni amalga oshirishni

nazarda tutgan holda davlat xizmatchilari daromadlarini deklaratsiya qilish tizimini

bosqichma- bosqich joriy etish bo‘yicha chora tadbirlar belgilandi. Davlatimiz rahbari

tomonidan ham korrupsiyaga qarshi kurashishda eng samarali usul sifatida davlat


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–4_ Апрель –2025

23

xizmatchilarining daromadlarini deklaratsiyalash zarurligiga to‘xtalganligini

inobatga olsak, mavzuning dolzarbligini anglab olishimiz mumkin bo‘ladi.

Jismoniy

shaxslarning

daromadlarini

soliqqa

tortish,

shuningdek,

deklaratsiyalash tizimi bo‘yicha ko‘plab O‘zbekiston iqtisodchi olimlari va

izlanuvchilari tomonidan o‘tgan davrlar davomida muntazam tadqiq qilib borilgan.

Jumladan, Niyazmetovning monografiyasi (2023) va doktorlik dissertatsiyasi (2021)

da daromadlarni deklaratsiyalash tizimiga alohida e’tibor qaratilgan. Xususan,

Niyazmetov tomonidan O‘zbekiston soliq tizimi xalqaro soliq amaliyotidan

farqlantiruvchi omillardan biri, bu daromadlarni umumdeklaratsiyalash asosida

soliqqa tortish mexanizimining mavjud emasligi hamda O‘zbekistonda mavjud

daromadlarga deklaratsiya asosida soliq solish mexanizmi keng qamrovli emasligi

tanqid qilingan. SHuningdek, o‘tkazilgan tahlil natijalariga ko‘ra, O‘zbeksitonda

jismoniy shaxslarning daromad solig‘ining davlat byudjetidagi ulushini oshirish

potensiali yuqoriligi va buning uchun mazkur soliq yukini ko‘tarish hisobiga emas,

balki soliq to‘lovchilar sonini ko‘paytirish va bazasini kengaytirish orqali amalga

oshirilishi, bunda esa aynan daromadlarni deklaratsiya asosida soliqqa tortish

mexanizmi eng samarali instrument hisoblanishi to‘g‘risida ilmiy xulosa qilingan.

Bundan tashqari, Usmonova (2022) tomonidan jismoniy shaxslarning daromadlarini

soliqqa tortishda umumdeklaratsiyalash tizimiga bosqichma-bosqich o‘tish

zaruriyatini amalga oshirishda, mavjud deklaratsiyalash tizimini takomillashtirish va

deklaratsiya asosida soliqqa tortiladigan daromadlar ko‘lamini kengaytirish va soliq

solinadigan daromadga ega bo‘lgan barcha jismoniy shaxslarning yillik

daromadlarini deklaratsiyalash asosida soliqqa tortishni joriy etish zarurligi ma’lum

qilingan. Deklaratsiyalash tizimini joriy qilishda, ijtimoiy chegirmalarni ishlab

chiqish, daromad solig‘i bazasidan mol-mulk va er soliqlari uchun to‘langan

soliqlarni chegirish imkoniyatlarini yaratish hamda soliqqa tortilmaydigan

daromadlar miqdorini tiklash va uni kelgusi davrda iste’mol savatiga yaqinlashtirish

orqali amalga oshirilishi bo‘yicha takliflar berilgan.

Mazkur tadqiqotimizda, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari, deklaratsiya taqdim etayotgan soliq


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–4_ Апрель –2025

24

to‘lovchilar ma’lumotlari, shuningdek kutubxona kataloglari, akademik maqolalar,

internet manbalari va boshqa ma’lumotlar manbalariga tayanilgan holda tadqiq

qilindi.

Tadqiqotda yig‘ilgan ma’lumotlar (miqdoriy va sifat ma’lumotlari)ni tahlil

qilish, qiyoslash, ya’ni yillar davomida ko‘rsatkichlarning o‘zgarishini tahlil qilish,

tarkibiy tahlilni amalga oshirish uchun tadqiqotlar metodologiyasining tasviriy

statistika va so‘rovnoma usullaridan foydalanildi.

TAHLIL VA NATIJALAR

O‘zbekistonda aholi daromadlarini soliqqa tortilishini tanqidiy tahlili.

Mamlakatimida amaldagi soliq qonunchiligiga ko‘ra, jismoniy shaxslarning

daromadlari 3 xil usulda soliqqa tortilib kelinmoqda. Bular, to‘lov manbaida ushlab

qolish, yakka tartibdagi tadbirkorlarga belgilangan qat’iy daromad solig‘i asosida

soliqqa tortish va daromad solig‘i tushumi hissasida nisbatan kam tushum beradigan

deklaratsiya asosida soliqqa tortish mexanizmi hisoblanadi.

Biroq amalga oshirilayotgan chora tadbirlarga qaramasdan, o‘tkazilgan tahlil

natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonda aholi daromadlarini soliqqa tortish darajasi

hanuzgacha past darajada (2024 yil bo‘yicha 3,9%) qolmoqda (1-diagramma). SHu

kabi, O‘zbekiston Respublikasi Statistika qo‘mitasi tomonidan taqdim etilgan

ma’lumotlarni Davlat soliq qo‘mitasidagi daromad solig‘i to‘lovchi jismoniy shaxslar

soni bo‘yicha mavjud ma’lumotlar bilan tahlil qilinganida, jami daromad solig‘i

to‘lovchi jismoniy shaxslar sonini iqtisodiy faol aholi soniga nisbati, 2022-2024 yillar

davomida 29,3% - 39,7% ni tashkil qilmoqda (1-jadval).

Aholi daromadlarini soliqqa tortilishi darajasi (Respublika statistika va soliq

qo‘mitasi ma’lumotlari asosida muallif tomonidan mustaqil tayyorlandi)

* Soliqdan to‘liq va qisman ozod etilgan soliq to‘lovchilar daromadlari bilan

birga.

** Mehnat faoliyatidan olingan daromadlar va shaxsiy iste’mol uchun o‘zida

ishlab chiqarilgan xizmatlardan olingan daromadlari.

Yuqoridagi diagramma va jadvaldan ko‘rinib turibdiki, Respublikada amalda

bo‘lgan aholi daromadlarini soliqqa tortish tizimi samaradorligi talab darajasida


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–4_ Апрель –2025

25

emas. Jahonning rivojlangan mamlakatlari amaliyotida qo‘llanilib kelinayotgan

daromadlarni deklaratsiyalash mexanizmini takomillashtirish, ommalashtirish orqali

soliq to‘lovchilar va ularning daromadlari to‘liqroq qamrab olish hamda bu orqali

jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining fiskal ahamiyatini oshirish

imkoniyati yuqoriligini ko‘rishimiz mumkin.

Daromadlarni deklaratsiya asosida soliqqa tortishning O‘zbekistondagi

mavjud tizimi, bu boradagi munosabatlarida mavjud muammolar, deklaratsiya

asosida

soliqqa tortish masalalalarida fuqarolarga qiyinchilik tug‘dirayotgan

aspektlar bo‘yicha fikr va takliflar olish maqsadida “Google forms” orqali

(https://docs.google.com/forms/u/0/) so‘ronovnoma tashkil qilindi va ijtimoiy

tarmoqlarda xususan, www.facebook.com va telegram ijtimoiy tarmog‘idagi

guruhlarda so‘rovnomada ixtiyoriy ishtirok etishligi bo‘yicha taklif etildi.

Mazkur so‘ronomada jami 21 nafar, shundan 18-30 yosh oralig‘ida 3 nafar,

31-

55 yosh oralig‘ida 17 nafar hamda 65 yoshdan yuqori yoshdagi 1 nafar soliq

to‘lovchilar ishtirok etdi. SHundan 18 nafari erkak kishi va 3 nafari ayol kishi bo‘lib,

10 nafari magistr va undan yuqori, 10 nafari bakalavr hamda 1 nafari o‘rta maxsus

ma’lumotga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar ishtirok etdi.

1-

diagramma. So‘rovnoma ishtirokchilarining daromad manbaalari haqida


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–4_ Апрель –2025

26

Mazkur so‘rovnomada ishtirok etgan shaxslarning to‘liq 21 nafari mehnatga

haq to‘lash tarzidagi daromad manbaiga ega bo‘lib, 1 nafarida tadbirkorlik

faoliyatidan olingan daromad, 1 nafarida mol-mulkini ijaraga berishdan olingan

daromad, 1 nafarida divident va foiz ko‘rinishidagi daromad, 1 nafarida

xorijdan kelgan daromad, 1 nafarida o‘ziga tegishli mol-mulkni sotishdan olgan

daromad hamda 3 nafarida qolgan boshqa daromad manbalariga ega ekanligi qayd

etildi (2-diagramma). Ishtirokchilarning 21 nafaridan 14 nafari deklaratsiya asosida

soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirish va keng joriy qilinishda ijobiy fikr

bildirgan paytda, 7 nafar shaxslar bu tizim bo‘yicha salbiy fikrda ekanligini,

daromadlari haqida deklaratsiya to‘ldirish jarayoni oshiqcha ovoragarchilikdan iborat

ekanligini ma’lum qildi (3-diagramma).

2-

diagramma. Deklaratsiya taqdim etilishiga ishtirokchilarning munosabati


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–4_ Апрель –2025

27

3-

diagramma. Deklaratsiyada daromadlari to‘liq taqdim etilishi.

Deklaratsiya asosida soliqqa tortilishda, ushbu shaxslardan 15 nafari

daromadlari haqida deklaratsiya taqdim etishni fuqarolik burchi sifatida ko‘rib, soliq

organlariga to‘liq ma’lumotlar taqdim etishligini, 3 nafari soliq organiga ma’lum

bo‘lib qolish ehtimoli mavjud daromadlarini ko‘rsatishligi va qolgan 3 nafari soliq

organiga umuman daromadlari haqida ma’lumot taqdim etmasligini va buni adolatsiz

tizim ekanligini ko‘rsatib o‘tishdi (4-diagramma).

Soliq organlariga yillik daromadlari haqida deklaratsiya taqdim etishdan

asosiy maqsad so‘rovnomada ishtirok etgan shaxslarning deyarli teng yarmi, 11 nafari

uchun daromadlari haqida soliq organiga ma’lum qilgan holda soliq to‘lash bo‘lsa,

qolgan

10 nafar shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda imtiyozlar olish

maqsadida deklaratsiya taqdim etishayotganligini ko‘rsatishgan.

SHuningdek, so‘rovnomada ishtirok etgan soliq to‘lovchilar tomonidan soliq

organlariga deklaratsiya taqdim etilishida muammo bo‘layotgan masalalar sifatida 8

nafar soliq to‘lovchilar – deklaratsiyani taqdim etishda, elektron kalit talabi

mavjudligi; 6 nafari – deklaratsiyani taqdim etishda, olgan daromadlari haqida ham

qo‘shimcha hujjatlar talabi mavjudligi; 4 nafari –soliq qonunchiligini murakkabligi

va deklaratsiyani to‘ldirishda malaka darajalarini etishmasligi hamda 4 nafari – soliq

organlarida malakali mutaxassislar mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lum qilishdi.

Deklaratsiya topshirilishida eng qulay usul sifatida 15 nafar tomonidan

shaxslar elektron shaklda jo‘natilishini tanlanib, shundan 8 nafari tomonidan bu

jarayonda elektron kalitsiz amalga oshirilish tarafdorligini, 3 nafar shaxslar

tomonidan soliq organiga bevosita tashrif buyurish orqali amalga oshirilishini hamda

1 nafar fuqaro tomonidan soliq organiga deklaratsiya topshirimaslik tarafdori

ekanligini ko‘rsatib o‘tilgan.

O‘tkazilgan so‘rovnomalarda deklaratsiya asosida soliqqa tortishda

qo‘shimcha taklif va firklarga quyidagi sharxlar so‘rovnomachilar tomonidan

berilgan:


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–4_ Апрель –2025

28

“Fuqarolarga deklaratsiya to‘ldirishning moxiyatini to‘g‘ri va sodda qilib

tushuntirish lozim. Oxirgi muddatidan avval topshirgan deklaratsiya va to‘langan

soliq miqdori uchun rag‘batlantirish tizimini joriy etish lozim.” (so‘rovnomada

ishtirok etgan 1-shaxs, erkak kishi, yoshi 31-55 oralig‘ida)

“Har kanday xisobotni topshirishda qulaylik va soddalik bo‘lishi kerak.”

(so‘rovnomada ishtirok etgan 2-shaxs, erkak kishi, yoshi 31-55 oralig‘ida)

“Deklaratsiya topshirganlarga skidka berish kerak. Daromadi malum

minimumga etmaganlarga qarab, ijtimoiy nafaqalarni berish tartibini kiritish kerak.

Kambag‘allikni qancha ekanligi bevosita soliq idoralari tomonidan hisobi yuritilishi

kerak. Umuman soliq to‘lamaganlarga nafaqa berishni to‘xtatish kerak. Soliq

deklaratsiyasi asosida odamlarni soliq to‘lashga o‘rgatish kerak.” (so‘rovnomada

ishtirok etgan 3-shaxs, erkak kishi, yoshi 65 dan yuqori)

“Umuman mantiqsiz, zaruriyatsiz deb hisoblayman, faqat ortiqcha

ovoragarchilikdan o‘zga narsa emas”. (so‘rovnomada ishtirok etgan 12-shaxs, erkak

kishi, yoshi 18-30 oralig‘ida)

“Hamma daromadlar soliq hisobotlarida ko‘rsatilayapti deklaratsiyaga

topshirish shart emas”. (so‘rovnomada ishtirok etgan 15-shaxs, erkak kishi, yoshi 31-

55 oralig‘ida)

“Bu qoida barchaga teng qo‘llanilishi kerak. Yig‘ib olingan soliqni halqa yana

qaytib kelishi mexanizmlarida oshkoralikka ergashish kerak. Daromadi katta bo‘lgan

oligarxlarni ko‘proq soliq to‘lashiga (vertical equity) ga erishilganidan so‘ng, bu

tizimni amalga oshirsa bo‘ladi”. (so‘rovnomada ishtirok etgan 17-shaxs, erkak kishi,

yoshi 31-55 oralig‘ida)

MUHOKAMA

Bozor iqtisodiyotiga asoslangan iqtisodiyotda mulkchilik shakllari turli tuman

bo‘lib, fuqarolarning daromadlari turli manbalar orqali shakllanmoqda. Ayrim

daromad manbalarini soliqqa tortishda, to‘lov manbaidan ushlab qolish

(“tax

withholding system”)

tizimi etarli emasligi, umuman olganda, to‘lov manbaida

ushlab qolish tizimi tadbirkorlik sub’ektlari uchun mavjud sharoitlarda iqtisodiy

jihatdan o‘zini oqlamasligi, soliq organlari tomonidan aholi daromadlari va yirik


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–4_ Апрель –2025

29

xarajatlari o‘rtasidagi nomuvofiqlikni doimiy nazorat qilib borishlik uchun

daromalarni umumdeklaratsiyalash mexanizmi joriy qilinmaganligi mamlakatimizda

yashirin iqtisodiyotni yuqori darajada qolishiga sabab bo‘lishligi tahlillar orqali

ma’lum bo‘ldi (1-diagramma va 1-jadval).

O‘tkazilgan so‘rovlar shuni ko‘rsatmoqdaki, fuqarolarning o‘z daromadlarini

to‘liq ko‘rsatmaslik kabi insonga xos bo‘lgan faktorlardan tashqari hozirda mavjud

tor doiradagi deklaratsiya taqdim etish holatlarini ommalashmayotganligiga quyidagi

sabablarni ko‘rsatishimiz mumkin:

1.

Aholi daromadlarini deklaratsiya asosida taqdim etilishi qonun hujjatlari

bilan aniq mustahkamlanib qo‘yilmaganligi, aholining ijtimoiy holidan, daromadlari

miqdorini inobatga olmagan holda bir qator imtiyozlar mavjudligi, xususan, o‘zini

o‘zi band qilgan fuqarolar daromadlari soliqdan to‘liq ozod qilinganligi;

2.

To‘lov manbaida soliqqa tortilmasdan qolgan daromadlarini aniqlash va

ushbu daromadlarni soliqqa tortish bo‘yicha deklaratsiya taqdim etmaslik holatida

soliq organlari tomonidan etarli darajada javobgarlik choralari qo‘llash imkoniyati

cheklanganligi;

3.

Elektron ravishda deklaratsiya taqdim etish faqatgina elektron kalit

orqali amalga oshirilishi, daromadlari haqidagi hujjatlarni

(soliq to‘lovchining ushbu

hujjatlarni olishda, qo‘shimcha xarajat va vaqt sarflashga majburligi)

dasturiy

mahsulga yuklash talabi mavjudligi, har bir o‘ziga xos holatlar bo‘yicha dasturiy

mahsulda qadamma-qadam aniq ko‘rsatmalar joriy qilinmaganligi;

4.

Hududiy soliq organlarida bevosita deklaratsiya to‘ldirish jarayoni

bo‘yicha onlayn rejimda maslahat ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar

ajratilmaganligi;

5.

Soliq to‘lovchilarning daromadlari miqdori ularning oila a’zolari soni bilan

birgalikda hisoblanganda yashash minimumidan past bo‘lganda soliqqa tortmaslik

amaliyoti, shaxsning qaramog‘idagi oila a’zolari sonidan kelib chiqqan holda barcha

uchun standart chegirmalar joriy qilinmaganligi fuqarolar tomonidan soliq

organlariga daromadlari va ma’lum turdagi xarajatlari (misol tariqasida, tibbiy

xarajatlar uchun sarflanganda) ni hisobini yuritmaslik va o‘z navbatida bu haqida


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–4_ Апрель –2025

30

deklaratsiya taqdim etmasligiga sabab bo‘lmoqda.

XULOSA

O‘tkazilgan tahlil natijalariga ko‘ra, mamlakatimiz soliq siyosatida aholi

daromadlarini umumdeklaratsiya asosida soliqqa tortish mexanizmining mavjudligi

ob’ekti zaruriyati hisoblanadi va ushbu mexanizm asosida soliqqa tortish qamrovini

kengaytirish uchun quyidagilarni amalga oshirish maqsadga muvofiq:

-

Aholi daromadlarining bosqichma-bosqich umumdeklaratsiyalash

mexanizmini joriy qilish orqali soliqqa tortish amaliyotini joriy qilinishi zarur. Bunda

barcha aholi uchun dastlab ixtiyoriylik asosida keyinchalik majburiy tartibda, 1-

bosqichda (2022 yildan), davlat organlari mansabdor shaxslarining daromadlari va

yirik xarajatlari bo‘yicha, 2-bosqichda (2023 yildan), yillik oboroti 10 mlrd. so‘mdan

ortiq tadbirkorlik sub’ektlari ta’sischilarini daromadlarini deklaratsiyalash, 3-

bosqichda (2025 yildan), aholi qatlamining yillik eng kam bazaviy hisoblashning 300

baravaridan yuqori daromad topgan shaxslarga

( daromadlaridan jismoniy

shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘lov manbaida ushlab qolinganligidan

qat’iy nazar)

majburiy tartibda daromadlari haqida soliq organlariga deklaratsiya

topshirish majburiyatini qonunchilikka kiritish;

-

Soliq deklaratsiyalarini oilaviy (turmush o‘rtog‘i bilan birgalikda)

taqdim etish imkoniyatini yaratish;

-

Barcha fuqarolar uchun iste’mol savatchasidan kelib chiqqan holda

yagona standart soliq chegirmalarini joriy qilish, daromad manbai oila a’zolarini ham

inobatga olgan holda birgalikda kun kechirishida iste’mol savatchasidan kam

bo‘lgan daromad miqdorini soliqdan ozod qilish, bunda 1-guruh nogironlariga hamda

oila qaramog‘ida yashayotgan shaxslar (farzandlari, ota-onalari) sonidan kelib chiqib,

chegirma miqdorini standartdan yuqoriroq belgilash hamda davlat tomonidan

aholining daromad manbai belgilangan miqdordan past bo‘lgan taqdirda, aholi

daromadlaridagi bu ijtimoiy tengsizlikni qisqartirish maqsadida taqdim etilgan

deklaratsiyalar asosida davlat tomonidan fuqarolarga manzilli subsidiyalar ajratish va

aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlash, shu orqali davlat aholining kam

ta’minlangan qatlamini alohida nazoratga olish va ularni kunlik hayot kechirishi


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–4_ Апрель –2025

31

nazoratga olish imkoniyatini yaratish;

-

Aholining ijtimoiy jihatdan qo‘llab quvvatlash maqsadida, yillik

daromadlarining 10 foizidan ortiq qismi soliq to‘lovchining sog‘ligini tiklash uchun

yo‘naltirilgan (tibbiy xarajatlar uchun sarflangan) taqdirda 10 foizdan ortgan

daromadlariga nisbatan daromad solig‘i bazasidan chegirish imkoniyatini taqdim

etish;

-

Aholining ijtimoiy-iqtisodiy holatini inobatga olinmagan holatda

berilgan barcha imtiyozlarni bekor qilish;

-

O‘zbekiston

Respublikasi

rezidentlari

bo‘lgan

fuqarolarining

daromadlari, ayniqsa chet-eldan tadbirkorlik, xizmat ko‘rsatish faoliyatidan olgan pul

mablag‘lari kelib tushishini alohida nazoratga olish va Respublika bo‘yicha maxsus

dasturiy mahsul orqali fuqarolar kesimida topgan daromadlari haqidagi ma’lumotlar

bazani shakllanitirilishi, yil yakunida deklaratsiya taqdim etmagan yoki to‘liq taqdim

etmagan shaxslarga nisbatan javobgarlik muqarraligini ta’minlash hamda soliq organi

tomonidan aniqlangan soliqni yashirish, soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash holatlari

bo‘yicha barcha imtiyozlarni bekor qilgan holda soliqni oshirilgan amaldagi

stavkadan ikki karra ko‘p (24%) stavkada hisoblash va undirish mexanizmlarini joriy

qilish;

-

YAkka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan to‘lanayotgan qat’iy soliq

o‘rniga soliq solishni unifikatsiyalash maqsadida yaxlit tizim, deklaratsiya asosida

daromad solig‘iga tortish mexanizmini joriy qilish, tadbirkorlarga buxgalteriya

hujjatlarini to‘liq yuritilishi va soliq deklaratsiyalarini topshirilishida amaliy yordam

ko‘rsatish.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES):

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 07 fevraldagi “O‘zbekiston

Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” gi

PF-4947-sonli Farmoni.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “YAshirin iqtisodiyotni qisqartirish

va soliq organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar

to‘g‘risida” gi PF-6098-sonli Farmoni.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–4_ Апрель –2025

32

3.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirzieyovning 27.05.2022 yildagi

“O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada

takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida” gi PF-5729-sonli Farmoni.

4.

O‘zbekiston Respublikasi yangi tahrirdagi Soliq kodeksi (O‘RQ-599,

30.12.2021 ).

5.

Usui Nobuaki (2022), “Penetration of self-assessment system for income tax,

half-a-century’s experience in Postwar Japan”.

6.

Australian Treasury’s final report (2024), Report on aspects of Income tax Self-

assessment. (http://www.dcita.gov.au/cca)