Authors

  • Erkinova Zulfizar Ulug’bek qizi
  • Daminov Akmal Oxunjonovich

Author Biographies

  • Erkinova Zulfizar Ulug’bek qizi

    Toshkent tibbiyot akademiyasi 1-kurs talabasi

  • Daminov Akmal Oxunjonovich

    Toshkent Tibbiyot Akademiyasi gistologiya va tibbiy biologiya kafedrasi dotsenti

     

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.118448

Keywords:

Parazit chuvalchanglar inson salomatligi patogenezi asoratlar antigemint preparatlar sanitariya-gigiyena vaksinatsiya ekologik nazorat askaridlar teniyalar giardiyalar schistosomalar fasciola ta’sirlar o‘pka jigar neyrotsistiserkoz autoimmun kasalliklar parazit antigenlari fekal-oral yo‘l oziq-ovqat gigiyenasi ichak obstruksiyasi peritonit fibroz sirroz xolangit markaziy asab tizimi epileptik tutqanoqlar malabsorbsion sindrom immunosupressiya invaziya diagnostika kasalliklar tarqalish tibbiy madaniyat.

Abstract

Ushbu ilmiy maqola parazit chuvalchanglarning inson salomatligiga ta’sirini o‘rganishga bag‘ishlangan. Parazitlarning tasnifi, hayotiy tsikllari va mezbon organizmdagi ta’siri haqida ma’lumotlar keltirilgan. Tadqiqotda parazitlarning organizmga kirish yo‘llari, patologik jarayonlar, patogenezi va klinik asoratlari tahlil qilingan. Shuningdek, ularning mexanik, toksik, allergik va immunologik ta’sirlari aniqlangan. Parazitlarga qarshi kurash va profilaktika usullari, shu jumladan antigemint preparatlari, sanitariya-gigiyena choralari va vaksinatsiya samaradorligi ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari parazitli kasalliklarni davolash va profilaktika choralarini ishlab chiqish uchun muhim manba hisoblanadi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–3_ Апрель –2025

376

PARAZIT CHUVALCHANGLARNING INSON SALOMATLIGIGA

TA'SIRI

Erkinova Zulfizar Ulug’bek qizi

Toshkent tibbiyot akademiyasi 1-kurs talabasi

Ilmiy rahbar: Daminov Akmal Oxunjonovich

Toshkent Tibbiyot Akademiyasi gistologiya va tibbiy biologiya kafedrasi

dotsenti

Annotatsiya: Ushbu ilmiy maqola parazit chuvalchanglarning inson

salomatligiga ta’sirini o‘rganishga bag‘ishlangan. Parazitlarning tasnifi, hayotiy

tsikllari va mezbon organizmdagi ta’siri haqida ma’lumotlar keltirilgan. Tadqiqotda

parazitlarning organizmga kirish yo‘llari, patologik jarayonlar, patogenezi va klinik

asoratlari tahlil qilingan. Shuningdek, ularning mexanik, toksik, allergik va

immunologik ta’sirlari aniqlangan. Parazitlarga qarshi kurash va profilaktika

usullari, shu jumladan antigemint preparatlari, sanitariya-gigiyena choralari va

vaksinatsiya samaradorligi ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari parazitli

kasalliklarni davolash va profilaktika choralarini ishlab chiqish uchun muhim manba

hisoblanadi.

Kalit so’zlar: Parazit chuvalchanglar, inson salomatligi, patogenezi,

asoratlar, antigemint preparatlar, sanitariya-gigiyena, vaksinatsiya, ekologik

nazorat, askaridlar, teniyalar, giardiyalar, schistosomalar, fasciola, ta’sirlar, o‘pka,

jigar, neyrotsistiserkoz, autoimmun kasalliklar, parazit antigenlari, fekal-oral yo‘l,

oziq-ovqat gigiyenasi, ichak obstruksiyasi, peritonit, fibroz, sirroz, xolangit, markaziy

asab tizimi, epileptik tutqanoqlar, malabsorbsion sindrom, immunosupressiya,

invaziya, diagnostika, kasalliklar, tarqalish, tibbiy madaniyat.

1.

Parazit chuvalchanglar va ularning biologik xususiyatlari

Parazitizm biologik tizimlarda murakkab va o’zaro bog’langan jarayon bo’lib,

turli organizmlar o’rtasidagi hayotiy munosabatlarni ifodalaydi. Parazit

chuvalchanglar — metazoa turkumiga mansub bo’lib, odam kabi boshqa


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–3_ Апрель –2025

377

organizmlarda yashash, o’sish va ko’payish uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratadi va

uning resurslarini o’zlashtiradi. Ular inson organizmida turli patogenetik jarayonlarga

sabab bo’lishi mumkin. Parazitlar, masalan, askaridlar, trichinellalar, teniyalar va

schistosomalar o’ziga xos morfologik va fiziologik xususiyatlarga ega. Har bir

parazitning ko’payish sikli va biologik xususiyatlari o’ziga xosdir. Askaridlar ikki

turdagi ko’payish jarayoniga ega bo’lib, larvalarining migratsiyasi kabi fazalar

mavjud. Teniyalar va schistosomalar esa maxsus ekologik sharoitlar talab qiladi.

Parazitlarning morfologik va fiziologik moslashuvlari ularning mezbon organizmda

yashashga imkon beradi, bu esa kasalliklarning rivojlanishini murakkablashtiradi va

davolashni qiyinlashtiradi. Parazitlar organizmning immun tizimi bilan doimiy

kurashda bo’lib, survivalini ta’minlash uchun immunosupressiv mexanizmlarni

faollashtiradi.

2. Inson organizmiga parazit chuvalchanglar kirib borishi va infektsiya

mexanizmi

Parazit chuvalchanglarning inson organizmiga kirib borishi va infektsiya

mexanizmi kompleks va ko’plab biologik jarayonlar bilan bog’liq bo’lib, ular har bir

parazit turiga xos o’ziga xos fazalar va moslashuvlarni o’z ichiga oladi. Parazitlarning

mezbon organizmga kirish yo’llari turli xil bo’lib, ular tashqi muhitga moslashgan

tarzda ko’payish va invaziv shakllar hosil qilish orqali amalga oshadi. Yuqori

darajada infeksiyalashgan muhitda yashovchi parazitlar, odatda, atrof-muhit

sharoitlariga qarshi o’zlarini himoya qilish uchun ko’plab mexanizmlar ishlab

chiqadilar. Parazitlar orasida, masalan, askaridlar, trichinellalar, teniyalar va

schistosomalar kabi organizmlar mezbon tanasiga turli usullar orqali kirishadi va

o’zlarining bioximiya va fiziologiyasiga mos ravishda adaptatsiya qilishadi.

Askaridlar (Ascaris lumbricoides) kabi parazitlar, insonning ichak tizimiga

tuxumlar orqali kirib, ular gastointestinal tizimda o’sib rivojlanadi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–3_ Апрель –2025

378

Tuxumlar ichakni tark etganidan so’ng, ularning lardanlari organizmning boshqa

tizimlariga, xususan, qon tomirlaridan o’tib, o’pkaga kirib boradi va oxir-oqibatda

ichakka qaytib boradi. Shu tarzda, parazitlar o’z hayot tsiklini yakunlash uchun

ko’plab fiziologik va morfologik jarayonlardan o’tadi. Trichinella spiralis kabi

boshqa bir parazit, mushak to’qimalarida invaziv bo’lib, odam organizmiga

oziqlanish uchun kirib, muskulda qichishish va og’riqlarga olib keladigan jinsiy

tizimda rivojlanadi.

Parazitning organizmga kirish jarayonida, immun tizimi birinchi navbatda

unga qarshi himoya reaksiyasini boshlaydi. Biroq, ko’plab parazitlar, xususan,

teniyalar va schistosomalar, mezbonning immun javobini cheklash uchun

evolyutsiyalashgan mexanizmlarga ega. Masalan, teniya (Tenia solium)

o’zining yashash muhitini organizmda qulay sharoitga aylantirish uchun immun

tizimiga qarshi kimyoviy moddalardan foydalanadi, shu bilan birga uning invaziv

shakllari, xostning ichak mikrobiozini va immun tizimini bostiradi. Schistosomalar

esa mezbonning immun tizimini manipulyatsiya qilib, o’z hayot tsiklini davom

ettirish uchun uzoq muddatli yashashga imkon beradi. Shunday qilib, parazitlarning

inson organizmiga kirish mexanizmi, nafaqat biologik moslashuv va evolyutsion


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–3_ Апрель –2025

379

strategiyalarni, balki immun tizimiga qarshi muvozanatli tajovuzlarni ham o’z ichiga

oladi

3. Parazit chuvalchanglar va ularning ichki organlarga ta’siri

Parazit chuvalchanglar inson organizmiga kirgach, turli ichki organlarda

joylashib, organizmning fiziologik jarayonlariga ta’sir ko’rsatadi. Parazitizmning

patogenezida, parazitlarning ozuqa resurslarini so’rib olish va metabolik mahsulotlari

bilan organizmning normal faoliyatini buzishi asosiy rol o’ynaydi. Ichakdagi

parazitlar, masalan, askaridlar (Ascaris lumbricoides), ichakni shilliq qavati va

limfatik tizimni zararlaydi, bu esa iltihab va mexanik tiqilishlar, qonamalar keltirib

chiqaradi. Askaridlar oziq moddalarni yutish jarayonini kamaytirib, vitamin va

mineral etishmovchiligiga olib keladi. Teniyalar (Tenia solium va Tenia saginata) esa

ichakda yashashga moslashgan bo’lib, ulkan og’riqlar va dispeptik simptomlarni

yuzaga keltiradi. Ularning toksik chiqindilari allergik reaktsiyalarni kuchaytirishi

mumkin. Tenya tuxumlarini qon orqali boshqa organlarga, masalan, o’pkaga yoki

jigar tizimiga tarqatadi. Schistosomalar (Schistosoma mansoni) esa qon tomirlari

orqali o’zini joylashtiradi va o’pkaga, jigar va ichak tizimlariga migratsiya qiladi,

jigarni yallig’lantirishi, fibroz va sirroz rivojlanishiga olib keladi. Schistosomalarning

tizimli tarqalishi immun javobni kuchaytirib, ichakda yoki siydik tizimida

yallig’lanishlarni qo’zg’atadi. Parazitlar o’zlarining invaziv xususiyatlari orqali

immun tizimining javobini bostiradi va uzoq muddat davomida o’z faoliyatini davom

ettiradi. Shunday qilib, parazitli infektsiyalar patogenezida organik o’zgarishlar

parazitlar va mezbon organizmi o’rtasidagi murakkab o’zaro munosabatlarni

kuchaytiradi.

4. Parazitizmning klinik alomatlari va diagnostikasi

Parazit chuvalchanglar inson organizmiga kirib, rivojlanish jarayonida uning

ichki organlariga turli darajada ta’sir ko’rsatadi. Parazitizmning klinik alomatlari va

ularning diagnostikasi o’zaro bog’liq bo’lib, har bir parazit turining o’ziga xos

xususiyatlariga va mezbonning immun tizimi javobiga qarab farqlanadi. Parazitlar,

odatda, o’zining rivojlanish tsikllari davomida organizmda biologik jarayonlarni

buzadi, shu bilan birga, mezbonning umumiy sog’lig’iga salbiy ta’sir ko’rsatadi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–3_ Апрель –2025

380

Klinika va diagnostikasi jarayonlari parazitli kasalliklarning aniq identifikatsiyasini

ta’minlashda muhim o’rin tutadi.

Klinik alomatlar:

Parazitlar organizmda o’zlarining biologik faoliyatlarini boshlashlari bilan,

mezbonning turli tizimlariga salbiy ta’sir ko’rsatib, ko’plab klinik alomatlarni keltirib

chiqaradi. Askaridlar (Ascaris lumbricoides) kabi ichak parazitlari organizmga

kirganidan so’ng, bemor qorin og’rig’idan, diareya va qabziyatdan, shuningdek, ichak

tiqilishi kabi dispeptik simptomlardan shikoyat qiladi. Bu holatlarda, ascaridlarning

mexanik tiqilishi va organizmning yallig’lanishga qarshi reaksiyalari natijasida

og’riqlar kuzatiladi. Shuningdek, askaridlarning migratsiya jarayonida o’pkaga kirib

borishi, nafas olish tizimida o’zgarishlar keltirib chiqarishi mumkin, bu esa kishi

o’pkada quruq yo’tal, nafas qisishish yoki bronxit kabi simptomlarni sezishi mumkin.

Teniyalar (Tenia solium va Tenia saginata) esa, odam organizmida o’zining

ko’payish tsikllari orqali ichak tizimida yashashga moslashadi. Tenya infektsiyalari

qorin bo’shlig’ida og’riqlar, gaz to’planishi va dispeptik holatlar, masalan, ishtaha

yo’qolishi va qorin og’rig’ini yuzaga keltirishi mumkin. Teniya tomonidan

chiqarilgan toksinlar organizmda toksik reaktsiyalarni kuchaytiradi, bu esa allergik

reaktsiyalar, qizarish va qichishish kabi simptomlarga olib keladi. Bunday holatlar

bemorda tana haroratining ko’tarilishi, umumiy charchoq va bosh og’rig’iga olib

kelishi mumkin.

Schistosomalar (Schistosoma mansoni, Schistosoma haematobium) esa

tizimli ta’sir ko’rsatadigan parazitlar bo’lib, ular o’pkaga, jigar va ichak tizimlariga

kirib, yallig’lanish jarayonlarini keltirib chiqaradi. Schistosoma infektsiyalarining

eng ko’p uchraydigan simptomlari qorin og’rig’i, diareya, siydikda qon, jigar

kattalashishi va limfadenopatiyadir. Bunday infeksiyalar, shuningdek, jigar fibrozini

rivojlantirishi va siydik tizimida og’riqlarga olib kelishi mumkin. Schistosomalar

o’zlarining invaziv shakllari bilan qon tomirlarini zararlab, mezbonning qon aylanish

tizimida turli o’zgarishlarni yuzaga keltiradi, bu esa nafaqat yallig’lanish, balki


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–3_ Апрель –2025

381

o’simta yoki fibroz kabi uzun muddatli patologik holatlarning rivojlanishiga olib

keladi.

Diagnostika:

Parazitli kasalliklarni aniqlash jarayoni juda muhim bo’lib, unda klinik

belgilarning mavjudligi, laboratoriya tahlillari va maxsus diagnostik vositalari

yordamida aniqlik kiritish zarur. Parazitli infektsiyalarning diagnostikasi ko’plab

usullarni o’z ichiga oladi, jumladan, mikroskopik tekshiruvlar, serologik tahlillar va

PCR (polimeraza zanjir reaktsiyasi) usullari. Parazitlarning mavjudligini aniqlashda

birinchi navbatda bemorning stul namunalarini tekshirish zarur. Ichak parazitlari,

masalan, askaridlar va teniyalar, najasda tuxumlar yoki larvalar orqali aniqlanadi.

Schistosomalar esa tuxumlari siydik yoki najasda paydo bo’lishi mumkin. Agar

infektsiya jiddiy bo’lsa, serologik tahlillar orqali schistosoma kabi parazitlar

aniqlanishi mumkin. Serologik testlar parazitlarga qarshi antikorlarni aniqlashda

qo’llaniladi va parazitli kasalliklar diagnostikasida aniq va sezgir usul hisoblanadi.

Bu testlar orqali giardiya yoki trichinella infeksiyalarini aniqlash mumkin. PCR usuli

esa parazitlarning DNK-sini aniqlashga imkon beradi, bu usul subklinik yoki latent

shakldagi infektsiyalarni aniqlashda samarali bo’ladi. Bundan tashqari,

rentgenografiya yoki ultratovush tekshiruvlari ichki organlardagi patologik

o’zgarishlarni aniqlashda yordam beradi. Masalan, o’pka yoki jigar tizimida

parazitlarning keltirib chiqaradigan o’zgarishlari ko’rish mumkin. Shunday qilib,

parazitli infektsiyalarni aniqlashda klinik alomatlar va laboratoriya testlarining

kombinatsiyasi muhimdir. Bu diagnostika vositalari parazitli kasalliklarni aniqlash va

davolashda to’g’ri strategiyani tanlashda yordam beradi.

5. Parazit chuvalchanglar keltirib chiqaradigan patologik jarayonlar va

ularning patogenezi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–3_ Апрель –2025

382

Parazit chuvalchanglarning inson organizmida yashashi va ko‘payishi turli

patologik jarayonlarni keltirib chiqaradi, ular parazitning mezbon organizmga ta’siri

va immun javobning shakllariga asoslanadi. Parazitlar tomonidan yuzaga keltirilgan

patologik jarayonlar mexanik, toksik, allergik va immunologik ta’sirlar bilan bog‘liq.

Mexanik ta’sir:

Parazitlar organizmga kirgach, ularning rivojlanish

jarayonida organ va to‘qimalarga mexanik shikast etkazadi. Masalan, askaridlar

(Ascaris lumbricoides) ichakda zich o‘ramlar hosil qilib, ichak tiqilishi yoki

perforatsiyaga olib kelishi mumkin. Schistosomalar (Schistosoma mansoni) esa qon

tomirlarini zararlab, tromboz va emboliyaga sabab bo‘ladi. Parazitlar jigar, o‘pka,

yurak kabi organlarga mexanik shikast yetkazib, ularning funktsional buzilishiga olib

keladi.

Toksik ta’sir:

Parazitlar tomonidan ishlab chiqarilgan metabolik mahsulotlar

va toksinlar organizmni intoksikatsiyalashiga olib keladi. Masalan, teniyalar (Tenia

solium, Tenia saginata) va giardiyalar (Giardia lamblia) o‘z metabolik chiqindilari

orqali bosh og‘rig‘i, charchoq, ishtahasizlik va tana haroratining ko‘tarilishi kabi

umumiy simptomlarni yuzaga keltiradi.

Immunologik ta’sir:

Parazitlar organizmga kirganidan so‘ng, immun tizimi

bilan murakkab o‘zaro ta’sirga kiradi. Ko‘plab parazitlar, masalan, schistosomalar va

askaridlar, mezbonning immun javobini bostirish yoki manipulyatsiya qilish uchun

maxsus mexanizmlar rivojlantirgan. Parazitlarning antigenlari immunitetning turli

komponentlariga ta’sir qilib, organizmning tabiiy mudofaa mexanizmlarini

zaiflashtirishi yoki immunologik tolerantlikni yuzaga keltirishi mumkin. Ba’zi

parazitlar o‘z antigenlarini mezbonning o‘z to‘qimalariga o‘xshash qilib ishlab

chiqaradi, bu esa immun tizimni chalkashtirib, samarali himoyani qiyinlashtiradi.

Shunday qilib, parazit chuvalchanglar tomonidan yuzaga keltirilgan patologik

jarayonlar ularning biologik xususiyatlari va mezbon organizm bilan o‘zaro ta’siriga

asoslanadi. Bu jarayonlar murakkab bo‘lib, bir nechta omillarni o‘z ichiga oladi va

organizmning umumiy holatiga qarab o‘zgarishi mumkin.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–3_ Апрель –2025

383

Xulosa.

Parazit chuvalchanglarga qarshi kurashish uchun keng qamrovli

profilaktika va davolash choralarini amalga oshirish zarur. Bularning barchasi

samarali bo‘lishi uchun farmakologik, sanitariya-gigiyena, immunologik va ekologik

usullari birgalikda qo‘llanilishi lozim. Shunday qilib, parazit infektsiyalarining oldini

olish va ularni davolashda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan yondashuvlar mavjud.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. To‘xtayev A.T. “Gistologiya”. Toshkent: O‘qituvchi nashriyoti, 2019.

2. Bahodirov B.B., Ahmedov A.A. “Inson anatomiyasi”. Toshkent: Tibbiyot

nashriyoti, 2022.

3. Меrs А., Hejmаn D. “Medical Parasitology”. Elsevier Science, 2021.

4. Ash L.R., Orihel T.C. “Atlas of Human Parasitology”. American Society for

Clinical Pathology Press, 2019.

5. Garcia L.S. “Diagnostic Medical Parasitology”. ASM Press, 2020.

6. Cox F.E.G. “Modern Parasitology: A Textbook of Parasitology”.

Most read articles by the same author(s)