MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–3_ Апрель –2025
347
MIRZO ULUG‘BEK RASADXONASINING ME’MORIY TUZILISHI
Mushtariybegim XOLMIRZAYEVA
TDSHU, Sharq sivilizatsiyasi va falsafa fakulteti
2-bosqich talabasi
Ilmiy rahbar: I. Xudoynazarov
Annotatsiya: Ushbu maqolada Mirzo Ulug‘bek rasadxonasining meʼmoriy
tuzilishi va uning o‘z davridagi ilmiy-texnik yutuqlar bilan uyg‘unlashuvi tahlil
qilingan. Rasadxonaning sirkulyar shakli, yer ostiga joylashtirilgan seksant
qurilmasi va koshinkor naqshlari Markaziy Osiyo me’morchiligining o‘ziga xos
jihatlari sifatida ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, maqolada rasadxonaning qurilishida
matematik va astronomik bilimlarning qo‘llanilishi, uning ilmiy ahamiyati hamda
tarixiy o‘rni haqida aytib o‘tiladi. Ushbu maqola Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi orqali
meʼmorchilik va ilm-fanning uyg‘unlashuvini o‘rganishga qaratilgan.
Kalit so‘zlar: Observatoriya, sekstant, koshin, Mirzo Ulug‘bek, astronomiya,
Nosiriddin at-Tusiy, Ziji Ko‘ragoniy, Marog‘a, Jamshid-al Koshiy, Qozizoda Rumiy.
Annotation: This article examines the architectural structure of Mirzo
Ulugbek’s observatory and its harmonious integration with the scientific and
technical advancements of its era. The circular design of the observatory, the
underground sextant, and glazed ceramic decorations are analyzed as unique
features of Central Asian architecture. Additionally, the article discusses the
application of mathematical and astronomical knowledge in the construction of the
observatory, its scientific significance, and historical importance. The study aims to
explore the synthesis of architecture and science through the lens of Mirzo Ulugbek’s
observatory.
Keywords: Observatory, sextant, astrolabe, Mirza Ulugh Beg, astronomy,
Nasir al-Din al-Tusi, Zij-i Khwarizmi, Maragheh, Jamshid al-Kashi, Qazizada Rumi.
Аннотация: В данной статье рассматривается архитектурная
структура обсерватории Мирзо Улугбека и её гармоничное сочетание с
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–3_ Апрель –2025
348
научно-техническими достижениями своего времени. Круглая форма
обсерватории, подземный секстан и украшения из глазурованной керамики
анализируются как уникальные черты среднеазиатской архитектуры. Также
обсуждаются использование математических и астрономических знаний при
строительстве обсерватории, её научная значимость и историческая роль.
Статья направлена на изучение синтеза архитектуры и науки через призму
обсерватории Мирзо Улугбека.
Ключевые слова: Обсерватория, секстант, астролябия, Мирза
Улугбек, астрономия, Насир ад-Дин ат-Туси, Зиджи Хваризми, Марга,
Джамшид аль-Каши, Казизада Руми.
Mirzo Ulug‘bek tomonidan 1428-1429-yillarda Samarqandda dunyodagi eng
ulkan rasadxonalaridan biri qurildi. Ulug‘bek hali taxtga chiqmagan vaqtlarida
ustozlari yozuvchi va faylasuf Orif Ozariy va buyuk matematik Qozizoda Rumiy
boʻlgan. Keyinchalik rasadxona faoliyatida ularning ham xizmatlari asosiy o‘rin
tutgan. 1409-yilda Samarqand hukmdori boʻlgan Ulugʻbek ilm-fanni rivojlantirishga
astoydil bel bog‘ladi
1
. Oradan 10 yil oʻtib esa oʻzining orzusi – rasadxona tashkil
etishni amalga oshira boshladi. Ulugʻbek Qozizoda Rumiyni bu ulkan ishdagi asosiy
maslahatchisi deb tayinladi. Rasadxona shakliga ko‘ra, chuqurligi g‘orga o‘xshash
aylana shaklidagi uch qavatli bino bo‘lib, diametri 46,4 m tashkil etgan. Balandligi
esa kamida 30 metrni tashkil etganligi tahmin qilinadi. Shuningdek rasadxona o‘z
ichiga marmar kvadrantni ham oladi. Rasadxona oʻziga xos bino hisoblanib, uning
qurilishida asosiy rolni meʼmor emas, balki binoga oʻrnatilgan asboblarning
joylashuvi va hajmini aniqlagan olimlar o‘ynagan. Buni esa shubhasiz Ulugʻbek va
Rumiyga ta’minlagan. Qurilish qariyb uch yil davom etgan. 1428-1429-yillarda
rasadxona binosi tayyor holga keltirilgan
2
. So‘ngra asboblarni oʻrnatish va
moslashtirish ishlari boshlandi. Bu Ulugʻbekning farmoniga binoan, koshonlik
astronom va matematik Jamshid al-Koshiy (1373-1430) tomonidan amalga
1
Stephen F. Dale. Babur: Timurid Prince and Mughal Emperor, 1483-1530, Cambridge University Press, 2018 P-45
2
https://uzbekistan.travel/uz/o/qiyinchiliklar-orqali-yulduzlarga-ulugbek-rasadxonasi/
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–3_ Апрель –2025
349
oshirilgan. Ulugʻbek rasadxonasi Nosiriddin at-Tusiy tomonidan ishlab chiqilgan
Marogʻa rasadxonasining namunasi asosida qurilgan. Ulugʻbek rasadxonasi
meʼmorchiligi oʻsha davrda qurilgan boshqa binolardan farq qilgan. Ulugʻbek unga
yordam beradigan mohir meʼmor zarurligini anglab, Qozizoda Rumiy bilan
maslahatlashadi, undan tajribali va mohir meʼmor topishni soʻraydi. Qozizoda Rumiy
matematik va meʼmor Koshoniyni tavsiya qilgan. Inshootni qurishda yuqorida aytib
o‘tilganidek, Xulokuxon va Manguxon tomonidan barpo etilgan Marogʻa
rasadxonasidan namuna olingan. Marogʻa rasadxonasi meʼmori Nosiriddin at-Tusiy
chizmalaridan foydalanilgan
3
. Ulugʻbek rasadxonasi yerdan 21 metr balandlikdagi
tepalik ustida barpo qilingan. Sekstantning radiusiga koʻra hisoblaganda, bino
anchagina baland boʻlishi lozim edi. Biroq binoning tepalik ustida baland qilib
qurilishi uning qulash xavfini yuzaga keltirishini hisobga olib, binokorlar
sekstantning yarmini yer ostida qurish orqali bu muammoni hal qilishadi. Bu o‘z
navbatida sekstantning oʻlchami va balandligini xavfli darajada baland boʻlmagan
holda saqlashga imkon berdi. Sekstant G‘iyosiddin Jamshid boshchiligida o‘rnatiladi.
Samarqand sekstanti o‘sha davrda Sharqda ma’lum bo‘lgan sekstantlarning eng yirigi
hisoblangan. Ali Qushchi uning balandligini Istanbuldagi mashhur Ayo Sofiya
ibodatxonasining balandligiga (balandiligi 50 metr) qiyoslagan
4
. Rasadxona uch
qavatdan iborat boʻlgan. Ilk qavatda xodimlar yashagan. Barcha kuzatuvlarni koʻzdan
kechirish esa ikkinchi va uchinchi qavatlardan olib borilgan. Rasadxonaning tom
qismi tekis boʻlib, asboblarni binoning tomi ustida ham ishlatish imkoniyati bo‘lgan.
Ichki devorlarida osmon tasviri, yulduzlar xaritasi, togʻ, dengiz, mamlakatlar
tasvirlangan. Yer shari tasviri ham tushirilgan. Shuning uchun ham bu joy “Naqshi
jahon” deb nom olgan. Tashqi qismida an’anaviy koshinkor naqshlar, geometrik
shakllar, va arabeska (ornamental) uslubdagi bezaklar bilan qoplangan. Moviy va oq
rangdagi naqshlar binoga o‘ziga xos estetik ruh bergan. Aynan ushbu rangdagi
naqshlarni Shohizinda majmuasi va Registon ansambilida ko‘rishimiz mumkin.
3
Stephen F. Dale. Babur: Timurid Prince and Mughal Emperor, 1483-1530, Cambridge University Press, 2018 P-45
4
Barthold
, V. V.
Four Studies
on the
History
of
Central Asia
. Vol. I: A Short
History
of Turkestan. Tr. V. and T.
Minorsky.
Leiden
:
E.J. Brill
P-67
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–3_ Апрель –2025
350
Rasadxonaning aylana shaklda barpo etilganligi ham, o‘sha davrda astronomik
kuzatishlarni olib borishda qulaylikni ta’minlagan. Rasadxona me’morchiligida
astronomik, geometrik va matematik hisob-kitoblar asos bo‘lgan. Sekstantning
joylashuvi, balandligi ham aynan yulduzlarning joylashuvini kuzatishga moslab
o‘rnatilgan. Sekstantning aynan yer osti qismiga o‘rnatilishining asosiy sababi esa,
bino ichida harorat va namlikni ushlab turish, shuningdek kuzatishlarni aniqroq olib
borish hisoblangan. Inshoot bezaklari ko‘p hollarda kosmos, yulduzlar va dekoratif
elementlar uyg‘unligini aks ettirgan.
Xulosa qilib aytganda, Ulug‘bek rasadxonasi o‘z davrining ilmiy va meʼmoriy
yutuqlarini birlashtirgan yodgorlik hisoblanadi. Unda ilm-fan, meʼmorchilik va
estetik go‘zallik mukammal tarzda uyg‘unlashgan. Birinchidan, Ulugʻbek
rasadxonasi o‘zining noyob meʼmoriy uslubi bilan ajralib turadi. Uning qurilishida
Markaziy Osiyo meʼmoriy anʼanalari va o‘sha davr ilm-fan talablarini birlashtirgan
uslublar qo‘llanilgan. Ikkinchidan, binoning qurilishida matematik va astronomik
bilimlardan keng foydalanilgan. Rasadxonaning geografik joylashuvi, seksantning
o‘lchovlari va bino tuzilishi Ulug‘bek va uning jamoasining ilmiy masalalarda chuqur
bilimga ega ekanini ko‘rsatadi. Uchinchidan, Ulug‘bek rasadxonasi faqat kuzatuv
inshooti bo‘lmay, balki ilmiy markaz bo‘lib xizmat qilgan. Bu yerda tuzilgan “Ziji
Ko‘ragoniy” asari nafaqat Markaziy Osiyoda, balki dunyoda astronomiya rivojiga
katta ta’sir ko‘rsatgan.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
Stephen F. Dale. Babur: Timurid Prince and Mughal Emperor, 1483-1530
1.
Cambridge University Press, 2018 242p
2.
Barthold
, V. V.
Four Studies
on the
History
of
Central Asia
. Vol. I: A
Short
History
of Turkestan. Tr. V. and T. Minorsky.
Leiden
:
E.J. Brill
, 1956
https://uzbekistan.travel/uz/o/qiyinchiliklar-orqali-yulduzlarga-ulugbek-
4.
https://uz.advisor.travel/poi/Ulug%60bek-rasadxonasi-10899