Authors

  • Aktamova Aziza Utkir qizi

Author Biography

  • Aktamova Aziza Utkir qizi

    Toshkent davlat transport universiteti talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.118457

Keywords:

sheʼriy ijodida ijod jasurlik adolatlilik teran fikrlik xalqparvarlik adabiyotshunos

Abstract

Maqsud Shayxzodaning butun ijodi chuqur siyosiy publitsistik ruh bilan to‘la. Uning sheʼriy, dramatik asarlari qaysi mavzuga bag‘ishlangan bo‘lmasin, zamona bilan hamohangdir. Shuning uchun ham shu tipdagi ijodkorning bevosita publitsistika janrida xizmat qilishi tasodifiy hol emas. Uning zo‘r badiiy janrga ega bo‘lgan publitsistik maqolalari va nutqlari bu isteʼdodli adib ijodining mazmundorligi va rang-barangligidan yorqin nishonadir.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–3_ Апрель –2025

323

MAQSUD MAQSUMBEK OʻGʻLI SHAYXZODA (MAQSUD

SHAYXZODA)

Aktamova Aziza Utkir qizi

Toshkent davlat transport universiteti talabasi

Annotatsiya: Maqsud Shayxzodaning butun ijodi chuqur siyosiy publitsistik

ruh bilan to‘la. Uning sheʼriy, dramatik asarlari qaysi mavzuga bag‘ishlangan

bo‘lmasin, zamona bilan hamohangdir. Shuning uchun ham shu tipdagi ijodkorning

bevosita publitsistika janrida xizmat qilishi tasodifiy hol emas. Uning zo‘r badiiy

janrga ega bo‘lgan publitsistik maqolalari va nutqlari bu isteʼdodli adib ijodining

mazmundorligi va rang-barangligidan yorqin nishonadir.

Kalit soʻzlar: sheʼriy ijodida, ijod, jasurlik, adolatlilik, teran fikrlik,

xalqparvarlik, adabiyotshunos

Shayxzoda sheʼriy ijodida, asosan, zamonaviy mavzularda qalam tebratdi,

dramaturgiyasida esa, tarixiy o’tmishga teran nazar tashlab, undagi zamonaviy

muammolarni yoritishga yordam beruvchi siymolar va voqealarga yangi badiiy hayot

bagʻishladi. U umrining so‘nggi yillarida Beruniy toʻgʻrisida so‘nggi sahna asarini

yozdi.

Shayxzoda, badiiy ijodning barcha tur va janrlarida asarlar yozibgina qolmay,

adabiyotshunos va tanqidchi sifatida ham samarali ijod qilgan. 1941-yildayoq „Genial

shoir“ monografiyasini eʼlon qilgan Shayxzoda umrining so’nggi kunlariga qadar

Navoiy hayoti va ijodi bilan muttasil shugʻullanib keldi.

Aslida qondosh ozarbayjon naslidan bo‘lib, keyinchalik o‘zbek xalqining

chinakam sevimli shoiri, yozuvchisi, dramaturgi, zabardast olimi sifatida dong

taratgan Maqsud Shayxzoda 1908-yili Ozarbayjonning Ganja viloyatiga qarashli

Oqtosh shahrida tug‘ildi. Otasi Maʼsumbek elu-yurtda katta obro‘ga ega shifokor edi.

U Navoiyning 500 yilligi munosabati bilan yozgan „Navoiyning lirik

qahramoni haqida“ (1948) maqolasidan keyin „Navoiy lirikasining baʼzi bir poetik


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–3_ Апрель –2025

324

usullari haqida“ (1959), „Ustodning sanʼatxonasida“ (3 qismli maqola, 1965—66),

„Gʻazal mulkining sultoni“ (1966), „Tazkirachilik tarixidan“ (1968) singari yirik

ilmiy tadqiqotlar yaratib, navoiyshunoslik fanini yangi taraqqiyot bosqichiga olib

chiqdi. Oʻzbek xalq ogʻzaki ijodining Fozil shoir singari namoyandalari, „Alpomish“,

„Shirin bilan Shakar“ kabi asarlari, oʻzbek mumtoz va zamonaviy adabiyotining

Bobur, Muqimiy, Furqat, Oybek, Gʻafur Gʻulom, Hamid Olimjon, jahon

adabiyotining Nizomiy Ganjaviy, Sh. Rustaveli, A.S. Pushkin, N.A. Nekrasov, A.N.

Ostrovskiy, T.G. Shevchenko, A.P. Chexov singari namoyandalariga bagʻishlangan

asarlar yozdi. Pedagog olim va shoir sifatida esa talaygina shoir, adabiyotshunos va

tanqidchilar avlodining yetishib chiqishiga munosib hissa qoʻshdi.

Shayxzoda adabiy bilim doirasining kengayishi, ijodining mumtoz jahon

yozuvchilari badiiy tajribasi bilan boyishida tarjima muxim roʻl oʻynadi.

U Sh. Rustavelining „Yoʻlbars terisini yopingan paxlavon“ (hamkorlikda)

eposi, U. Shekspirning sonetlari, A.S. Pushkinning sheʼrlari, „Mis chavandoz“

dostoni, „Motsart va Salyeri“ tragediyasi, M.Yu. Lermontovning sheʼrlari va „Kavkaz

asiri“ dostonini, shuningdek, Nizomiy, Fuzuliy, Mirza Fatali, Oxundov, Ezop, Esxil,

Gyote, Bayron, Mayakovskiy, Nozim Hikmat va boshqa yozuvchilarning ayrim

asarlarini oʻzbek tiliga katta mahorat bilan tarjima qildi.

U sanʼat va adabiyotni sevar, tarix va falsafaga qiziqardi, Oqtosh

ziyolilar bilan turli masalalarda suhbatlashardi. Yosh Maqsud Nizomiy va Firdavsiy,

Navoiy va Fuzuliy, Pushkin va Shekspir kabi buyuklar nomini ilk dafʼa ana shu

suhbatlarning birida eshitadi va bu muhit unga adabiyotga bo‘lgan qiziqishini

uyg‘otadi.

Maqsud Shayxzoda Oqtoshda ibtidoiy maktabni bitirgach, 1921-yili Boku

dorilmualliminiga o‘qishga kiradi va uni tugatgach Dog‘istonning Darband, Bo‘ynoq

shaharlarida muallimlik qilgan. U 1926-yili Adhem Fayziy tashkilotiga aʼzo etilgan

“Milliy firqa” tashkilotiga aʼzo bo‘lib, musovotchilar harakatida faol qatnashgani

uchun 1928-yili hibsga olinib, Toshkentga surgun qilingan. Umrining oxiriga qadar

shu yerda yashab, ijod qilgan. Albatta, sho‘ro hukumati Shayxzodani

O‘zbekistonda ham taʼqiblar va tahqirlardan benasib qoldirgani yo‘q.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–3_ Апрель –2025

325

Muhimi shundaki, Shayxzoda “toleʼ doim erkalamaganiga” qaramay,

umrining oxiriga qadar o‘zbek xalqining sadoqatli farzandi sifatida faoliyat ko‘rsatdi

va O‘zbekiston uning ikkinchi vatani bo‘lib qoldi.

Shayxzoda Toshkentga kelgach, avval Narimonov nomidagi texnikumda dars

beradi, keyin “Sharq haqiqati”, “Qizil O‘zbekiston”, “Yosh leninchi” gazetalarida

ishlaydi.

1929-yili yosh shoirning o‘zbek tilidagi dastlabki sheʼri “Sharq haqiqati”

gazetasi sahifalarida bosilib chiqadi. Oradan ko‘p o‘tmay, Shayxzodaning birinchi

to‘plami “O‘n sheʼr”, keyinroq “Undoshlarim” (1933), “Uchinchi kitob” (1934),

“Jumhuriyat” (1935) kabi to‘plamlari nashr etiladi.

Maqsud Shayxzoda “xalqimizning mehnat qahramonligi, kurash va jang,

ozodlik va do‘stlik, baxt va alam, yurtning go‘zal manzaralari va insonning maʼnaviy

jamoli mening qalamimga oshno, dilimga mazmun bo‘lib keldi” deb taʼkidlagan edi.

Shoirning bu fazilatlari, eng avvalo, hayotdagi, voqelikdagi va

odamlarimizning ruhiy olamidagi o‘zgarishlar, holatlarni ifodalashga qodir yangi,

betakror obrazlarida namoyon bo‘ldi. Bu Tarix –Yo‘l – Safar – Kema –Karvon, Xarita

(yer kurrasi va Vatani), Manzil, Raqam, Surʼat va Vaqt obrazlaridir. Bular bir-biri

bilan uzviy bog‘langan bo‘lib, insoniyat tarixi yaxlitdir va doim olg‘a qarab harakat

qiladi, bu insoniyat karvonini – kemani to‘xtatib bo‘lmaydi, u insoniyat orzusi – baxt-

saodat manzili sari harakat qiladi.

Buni Shayxzodaning o‘z kitoblariga “O‘n besh yillik daftari” yoki

“Chorak asr devoni” deb sarlavha qo‘yishidan ham bilish mumkin. Shoirning o‘zi

“Inson umri cheklangan muhlatli daftar”, demak bu daftarni foydali, ezgu ishlar –

“yozuvlar” bilan to‘ldirish lozim deydi. “Raqamlar” sheʼrida esa shunday satrlar bor:

“Men na munajjimman va na hisobdon va lekin ko‘raman sonlar mag‘zida osmoncha

maʼnolar, yurtni obodon”...

“Qo‘llar” sheʼrida qo‘llarda insonning borlig‘ini, uning ichki olamining

muhrini ko‘radi. Uningcha, “g‘oyat shafqatli, hayotbaxsh qo‘llar” ham “ayovsiz,

yovuz, go‘r kabi sovuq, tanbal” qo‘llar ham bor, qisqasi, har bir qo‘l “yurakning

navkarlaridir”, yurak neni buyursa, qo‘l shuni ijro etadi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–3_ Апрель –2025

326

Maqsud Shayxzoda ijodiy balog‘atidan dalolat beruvchi asarlardan biri

“Toshkentnoma” dostonidir. Adabiy jamoatchilik o‘z vaqtida bu dostonni shoirning

adabiyotimizning yirik ijodiy muvaffaqiyati sifatida baholadi. Chindan ham,

“Toshkentnoma” Shayxzoda dostonlari ichida eng barkamoli bo‘lib, unda shoir

shaxsiyatining o‘ziga xos qirralari ancha yorqin namoyon bo‘lgan. Dostondagi o‘ziga

xoslik shundaki, asar yaxlit voqea asosiga qurilgan emas.

Shayxzoda ko‘pqirrali isteʼdod sohibi edi. U sheʼrlar va dostonlar bilan

birga, juda yuksak badiiy quvvatga ega bo‘lgan dramalar ham yaratdi. Shayxzoda

umrining so‘ngida yozishga kirishgan, lekin tugatib ulgurmagan “Beruniy” dramasini

hisobga olmaganda ham, uning “Jaloliddin Manguberdi” va “Mirzo Ulug‘bek”

dramalari allaqachon xalqimizning badiiy mulkiga aylanib qoldi.

Shayxzoda ikkinchi jahon urushi yillarida yozgan “Jaloliddin

Manguberdi” tragediyasida (1944) o‘z yurtining ozodligi va mustaqilligi uchun

mo‘g‘ul istilochilariga qarshi kurashgan so‘nggi Xorazm shohining jangovar

jasoratini tarixan aniq va haqqoniy tasvirlagan. Oybek bilan G‘afur G‘ulom o‘sha

vaqtda asarga yuqori baho berishib: “Tarixiy jarayonning haqiqiy mazmunini, uning

ichki maʼnosini” ochib bergan, “Kompozitsiyasi pishiq, dramatik to‘qnashuvlarga

boy bir asar.

1946-yilgacha “Jaloliddin Manguberdi” dramasidan ayrim parchalar

“Armug‘on” to‘plamida bosilgan edi. Shundan keyin 43 yil davomida asar tilga

olinmadi va dunyo yuzini ko‘rmadi. Asar sahnadan olingandan keyin ko‘p utmay

Shayxzoda qamaldi. Bu asarga o‘tmish ideallashtirilgan degan siyosiy ayb qo‘yildi.

Musodara etilgan buyumlar ichida dramaning qo‘lyozmasi ham bor edi.

Muallif oqlanib, qaytib kelganidan keyin muayyan tashkilotlar “yo‘qoldi” degan

bahonalar bilan qo‘lyozmani qaytarib bermadilar.

Shayxzoda uni bir necha yil qidirishga majbur bo‘ldi va nihoyat, teatrning

sobiq suflyorlaridan uning bir nusxasini topishga muvaffaq bo‘ldi. Lekin shunda ham

asarning matni eʼlon qilinmay qolaverdi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–3_ Апрель –2025

327

Taqdirning o‘yinini qarangki, muallif bu asarining chop etilganini ko‘rmay

olamdan ko‘z yumdi. “Jaloliddin Manguberdi”ning to‘la matni birinchi marta Bokuda

ozarbayjon tilida Shayxzodaning ikki jildlik saylanmasida bosilib chiqarildi.

Faqatgina 1988-yildagina Jaloliddin Manguberdi” birinchi marta o‘zbek

tilida yozuvchining “Boqiy dunyo” degan kitobida to‘la bosilib chiqarildi.

Maqsud Shayxzodaning xalqimiz tarixiga, jumladan, Jaloliddin Manguberdi

taqdiri va kurashiga odilona yondoshganligi, haqiqatni himoya qilganligi

Prezidentimiz Islom Karimov imzosi bilan eʼlon qilingan O‘zbekiston Respublikasi

Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 24-sentyabrdagi “Jaloliddin Manguberdi

tavalludining 800-yilligini nishonlash to‘g‘risida” qarori ham yana bir bor

tasdiqlaydi.

Shayxzodaning yozuvchilik shuuri va ijodkorlik zehnining o‘tkirligi yana bir

bor isbotlandi. Maqsud Shayxzodaning o‘zbek adabiyotiga qo‘shgan yana bir ulkan

hissasi “Mirzo Ulug‘bek” tragediyasidir. Tragediya 1964-yili yozildi, o‘sha yili bu

asar Hamza teatri sahnasida qo‘yildi, keyinchalik uning asosida kinofilm yaratildi.

Maqsud Shayxzoda yuksak ilm egasi edi. Ayniqsa, u o‘zbek mumtoz

adabiyotini chuqur bilar edi. 1941-yilda Toshkentda nashr etilgan “Genial shoir”

to‘plami adabiyotshunos olim Shayxzodaning Navoiy ijodiga oid ilmiy

maqolalaridan tashkil topgan. Navoiy sheʼriyatining bu chuqur ilmiy tadqiq

navoiyshunoslikda hamisha alohida o‘rin egallab qoladi.

Shayxzoda Navoiy mahoratini, uning sanʼatkorligini teran o‘rganishni

boshlab bergan o‘tkir tadqiqotchi edi. Filologiya fanlari nomzodi, dotsent Maqsud

Shayxzoda Toshkent Davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti)da,

Toshkent Davlat pedagogika instituti (hozirgi Toshkent Davlat pedagogika

universiteti)da uzoq yillar davomida o‘zbek adabiyoti tarixidan o‘qigan maʼruzalari,

maxsus kurslari o‘zbek adabiyoti tarixi bo‘yicha eng qimmatli darslar edi.

Maqsud Shayxzodaning butun ijodi chuqur siyosiy publitsistik ruh bilan to‘la.

Uning sheʼriy, dramatik asarlari qaysi mavzuga bag‘ishlangan bo‘lmasin, zamona

bilan hamohangdir. Shuning uchun ham shu tipdagi ijodkorning bevosita publitsistika

janrida xizmat qilishi tasodifiy hol emas. Uning zo‘r badiiy janrga ega bo‘lgan


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–3_ Апрель –2025

328

publitsistik maqolalari va nutqlari bu isteʼdodli adib ijodining mazmundorligi va

rang-barangligidan yorqin nishonadir.

Isteʼdodli shoir mohir tarjimon ham edi. U jahon adabiyoti mumtoz

shoirlarining asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilishda katta xizmat qildi. Jumladan,

Shekspirning “Hamlet” va “Romeo va Julyetta” asarlari o‘zbek drama teatrlari

sahnasida Shayxzoda tarjimasida sahnalashtirildi.

Pushkin, Lermontov, Bayron sheʼrlarini o‘zbek o‘quvchisiga ilk bor taqdim

etgan shoirlar avlodi ichida Shayxzoda ham bor.

Shoir mahoratining o‘sishiga, uning jahon adabiyoti klassiklarining asarlarini

g‘oyat sevib o‘rgangani, ularning boy badiiy tajribasini ustalik bilan o‘zlashtirgani

ham sabab bo‘ldi. U G‘arbiy Yevropa va rus adabiyotini mukammal bilgani holda

o‘zining Vatan adabiyotini – Sharq sheʼriyati merosini ham to‘la o‘rgangan edi.

Maqsud Shayxzodani 50-yillar boshida mutlaqo asossiz ravishda qamoqqa

oladilar va 25 yilga surgun qiladilar. Stalin vafot etgach, tuhmat bilan nohaq

qamalganlarning ishi qayta ko‘rildi. Shu tariqa 1955-yili ko‘pgina fidoyi ziyolilarimiz

qatori Shayxzoda ham oqlanib chiqdi. Lekin 5 yillik qamoqxona azoblari natijasida

shoirning sog‘ligi juda yomonlashib qolgan edi. Shunga qaramay, umrining

oxirigacha 10 yil davomida baland uyning eng yuqori qavatida yashashga majbur

bo‘ldi. Ana shunday og‘ir sharoit va xastalikda ham hayotidan sira nolimay umrining

oxirigacha ijod qilishdan to‘xtamadi.

Yaxshi bilasiz, ziyo degani nur, yorug‘lik, oydinlik demakdir. Haqiqatan ham

ziyolilarimiz elga bilim, maʼrifat, madaniyat ulashish, taʼlim-tarbiya berishdek savob

ishlarga daʼvat etilgan...” Bu so‘z bilan go‘yo sehrlangan majlis zalida o‘tirganlar

gulduros qarsaklar chalib yuborishgan edi. U qisqa hayot kechirdi – 60 yoshga ham

to‘lmay, 1967-yil 19-fevral kuni uzoq vaqt davom etgan xastalikdan so‘ng olamdan

ko‘z yumdi. Shayxzoda ijodi eng gullagan paytda, shiraga to‘lgan vaqtda olamdan

ketdi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

Shayxzoda Maksud. Shoir qalbi dunyoni tinglar (Tanlangan asarlar) //

Toshkent, „Nihol“, 2008. – 28


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–3_ Апрель –2025

329

2.

Boboyev T. “Adabiyotshunoslik asoslari”. Toshkent. 2002. 558 b.

3.

Mamurova, F., & Boyxurozov, D. (2024, December). U YILLAR O

‘TGANLAR SAYXUNDAY OG ‘IR...(Maqsud Shayxzoda). In INTERNATIONAL

CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE (Vol. 1, No. 12, pp. 235-

239).

4.

Mamurova, F., & Ruzmatova, Z. (2024, October). PHILOSOPHER OF THE

POET, WISDOM. In INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN

DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS (Vol. 1, No. 9, pp. 89-92).

5.

Mamurova, F., & Aktamova, A. (2024, October). DEDICATION TO

MAQSUD SHAYKHZODA. In INTERNATIONAL CONFERENCE ON

INTERDISCIPLINARY SCIENCE (Vol. 1, No. 10, pp. 294-298).

6.

Islomovna, M. F. (2024, January). MAQSUD SHAYXZODA–IKKI XALQ

DILBANDI. In INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY

SCIENCE (Vol. 1, No. 1, pp. 263-266).

7.

Mamurova, F. I. (2021, May). ARTIST OF UZBEKISTAN MAKSUD

SHEIKHZADE. In E-Conference Globe (pp. 176-178).

8.

Islamovna, M. F. (2024, January). MAQSUD SHAYKHZADEH-TWO FOLK

DILBANDI.

In

INTERNATIONAL

CONFERENCE

ON

MODERN

DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS (Vol. 1, No. 1, pp. 189-

192).

9.

Islomovna, M. F. (2024). O‘ZBEK ADABIYOTINING ATOQLI

NAMOYANDALARIDAN BIRI MAQSUD SHAYXZODNING “JALOLIDDIN

MANGUBERDI” ASARI. Yangi O'zbekistonda Tabiiy va Ijtimoiy-gumanitar fanlar

respublika ilmiy amaliy konferensiyasi, 2(1), 89-92.

10.

Islamovna, M. F. (2024). THE CREATION OF MAQSUD SHAYKHZODA-

AS A GOLDEN LEGACY. " XXI ASRDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR,

FAN VA TAʼLIM TARAQQIYOTIDAGI DOLZARB MUAMMOLAR" nomli

respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi, 2(1), 90-93.