MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–3_ Апрель –2025
310
MAQSUD SHAYXZODANING IJODI – OLTIN MEROS SIFATIDA
Aktamova Aziza Utkir qizi
Toshkent davlat transport universiteti talabasi
Annotatsiya: Ushbu maqolada Maqsud Shayxzoda ijodi oʻzbek adabiyotida
asar qahramonlarining obrazida ifodalangan jasurlik, adolatlilik, teran fikrlik,
xalqparvarlik kabi sifatlar yoshlarni tarbiyalashdagi ahamiyati haqida soʻz borgan.
Kalit soʻzlar: ijod, jasurlik, adolatlilik, teran fikrlik, xalqparvarlik,
adabiyotshunos
Maqsud Shayxzodaning ijodi shu qadar qiziqki u faqat bir yo`nalishda emas
balki turli xil yo`nalishlarda juda qiziq faoliyat ko`rsatgan Shayxzoda ko‘p qirrali
iste’dod sohibi bo`lgan. U she’rlar va dostonlar bilan birga, juda yuksak badiiy
quvvatga ega bo‘lgan dramalar ham yaratadi. Shayxzoda umrining so‘ngida yozishga
kirishgan, lekin tugatib ulgurmagan “Beruniy” dramasini hisobga olmaganda ham,
uning “Jaloliddin Manguberdi” va “Mirzo Ulug‘bek” dramalari allaqachon
xalqimizning badiiy mulkiga aylanib qoldi. Shayxzoda ikkinchi jahon urushi yillarida
yozgan “Jaloliddin Manguberdi” (1944) tragediyasida o‘z yurtining ozodligi va
mustaqilligi uchun mo‘g‘ul istilochilariga qarshi kurashgan so‘nggi Xorazm
shohining jangovar jasoratini tarixan aniq va haqqoniy tasvirlagan. Oybek bilan
G‘afur G‘ulom o‘sha vaqtda asarga yuqori baho berishib: “Tarixiy jarayonning
haqiqiy mazmunini, uning ichki ma’nosini” ochib bergan deyishgan edi.1946
yilgacha “Jaloliddin Manguberdi” dramasidan ayrim parchalar “Armug‘on”
to‘plamida bosilgan edi. Shundan keyin 43 yil davomida asar tilga olinmadi va dunyo
yuzini ko‘rmadi. Asar sahnadan olingandan keyin ko‘p o’tmay Shayxzoda qamaladi.
Bu asarga o‘tmish ideallashtirilgan degan siyosiy ayb qo‘yiladi. Musodara
etilgan buyumlar ichida dramaning qo‘lyozmasi ham bor edi. Muallif oqlanib, qaytib
kelganidan keyin muayyan tashkilotlar “yo‘qoldi” degan bahonalar bilan
qo‘lyozmani qaytarib bermadilar. Shayxzoda uni bir necha yil qidirishga majbur
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–3_ Апрель –2025
311
bo‘ldi va nihoyat, teatrning sobiq suflyorlaridan uning bir nusxasini topishga
muvaffaq bo‘ladi. Lekin shunda ham asarning matni e’lon qilinmay qolaveradi.
Taqdirning o‘yinini qarangki, muallif bu asarining chop etilganini ko‘rmay olamdan
ko‘z yumdi. “Jaloliddin Manguberdi”ning to‘la matni birinchi marta Bokuda
ozarbayjon tilida Shayxzodaning ikki jildlik saylanmasida bosilib chiqarildi.
Faqatgina 1988 yildagina Jaloliddin Manguberdi” birinchi marta o‘zbek tilida
yozuvchining “Boqiy dunyo” degan kitobida to‘la bosilib chiqarildi. Shayxzodaning
yozuvchilik va ijodkorlik zehnining o‘tkirligi yana bir bor isbotlanadi. Maqsud
Shayxzodaning o‘zbek adabiyotiga qo‘shgan yana bir ulkan hissasi “Mirzo Ulug‘bek”
tragediyasidir. Tragediya 1964 yili yoziladi, o‘sha yili bu asar Hamza teatri sahnasida
qo‘yiladi, keyinchalik uning asosida kinofilm yaratiladi. Shayxzoda adabiyotshunos
va tanqidchi sifatida ham samarali qalam tebratib, oʻzbek xalq ogʻzaki ijodining Fozil
shoir singari namoyandalari, „Alpomish“, „Shirin bilan Shakar“ kabi asarlari, oʻzbek
mumtoz va zamonaviy adabiyotining Bobur, Muqimiy, Furqat, Oybek, Gʻafur
Gʻulom, Hamid Olimjon, jahon adabiyotining Nizomiy Ganjaviy, Sh.Rustaveli,
A.S.Pushkin, N.A.Nekrasov, A.N.Ostrovskiy, T.G.Shevchenko, A.P.Chexov singari
namoyandalariga bagʻishlangan asarlar yezadi. Pedagog olim va shoir sifatida esa
talaygina shoir, adabiyotshunos va tanqidchilar avlodining yetishib chiqishiga
munosib hissa qoʻshadi.
Maqsud Shayxzoda yuksak ilm egasi sifatida butun ijodi chuqur siyosiy
publitsistik ruh bilan to‘la bo’ldi. Uning she’riy, dramatik asarlari qaysi mavzuga
bag‘ishlangan bo‘lmasin, zamona bilan hamohangdir. Shuning uchun ham
ijodkorning shu tipdagi bevosita publitsistika janrida xizmat qilishi tasodifiy hol
emas. Uning zo‘r badiiy janrga ega bo‘lgan publitsistik maqolalari va nutqlari ushbu
iste’dodli adib ijodining mazmundorligi va rang-barangligidan yorqin nishonadir.
Iste’dodli shoir mohir tarjimon ham edi. U jahon adabiyoti mumtoz shoirlarining
asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilishda katta xizmat qiladi. Jumladan, Shekspirning
“Hamlet” hamda “Romeo va Juletta” asarlari o‘zbek drama teatrlari sahnasida
Shayxzoda tarjimasida sahnalashtiriladi. Shoir mahoratining o‘sishiga, uning jahon
adabiyotining klassik asarlarini g‘oyat sevib o‘rgangani, ularning boy badiiy
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–3_ Апрель –2025
312
tajribasini ustalik bilan o‘zlashtirgani ham sabab bo‘ldi. U G‘arbiy Yevropa va rus
adabiyotini mukammal bilgani holda o‘zining Vatan adabiyotini - Sharq she’riyati
merosini ham to‘la o‘rgangan edi. Maqsud Shayxzodani 50-yillar boshida mutlaqo
asossiz ravishda qamoqqa oladilar va 25 yilga surgun qiladilar. Stalin vafot etgach,
tuhmat bilan nohaq qamalganlarning ishi qayta ko‘rildi. Shu tariqa 1955 yili ko‘pgina
fidoyi ziyolilarimiz qatori Shayxzoda ham oqlanib chiqdi. Lekin 5 yillik qamoqxona
azoblari natijasida shoirning sog‘ligi juda yomonlashib qolgan edi. Shunga qaramay,
umrining oxirigacha 10 yil davomida baland uyning eng yuqori qavatida yashashga
majbur bo‘ldi. Ana shunday og‘ir sharoit va xastalikda ham hayotidan sira nolimay
umrining oxirigacha ijod qilishdan to‘xtamadi. Boshidan qanchadan-qancha
musibatli kunlar o‘tgan bo‘lmasin, u hech zorlanmagan. Uning iymon-e’tiqodi,
dunyoqarashi, yuqoridagi misralarda teran bayon qilingan. U hech qachon
alamzadalik bilan yashamadi. Aksincha, unga xiyonat qilgan, uni azob uqubatlarga,
jiddiy xastaliklarga duchor qilganlar haqida hech qayerda, hech narsa demagan.
Shayxzoda o‘zining insoniy fazilatlariga sodiq qolib, doimo xayrixohlik va balandlik
xislatlari bilan yuksalib yashadi.
Chunki uning chinakam, sodiq do‘stlari ham oz emas edi. Bular Oybek,
G‘afur G‘ulom, Hamid Olimjon, Komil Yashin, Mirtemir, Shukur Burxon kabilar edi.
Shayxzoda adabiy bilim doirasining kengayishi, ijodining mumtoz jahon yozuvchilari
badiiy tajribasi bilan boyishida tarjima muxim rol oʻynadi. U Sh.Rustavelining
„Yoʻlbars terisini yopingan paxlavon“ (hamkorlikda) eposi, U.Shekspirning sonetlari,
A.S.Pushkinning sheʼrlari, „Mis chavandoz“ dostoni, „Motsart va Salyeri“
tragediyasi, M.Yu.Lermontovning sheʼrlari va „Kavkaz asiri“ dostonini, shuningdek,
Nizomiy, Fuzuliy, Mirza Fatali Oxundov, Ezop, Esxil, Gyote, Bayron, Mayakovskiy,
Nozim Hikmat va boshqa yozuvchilarning ayrim asarlarini oʻzbek tiliga katta
mahorat bilan tarjima qildi. Yozuvchi, adabiy dramaturg, tarjima ustasi, buyuk
pedagog, tilshunos va adabiyotshunos Maqsud Shayxzoda nomidagi oʻquv zali va
ekspozitsiya gʻoyat nozik did va mohiyatan uygʻunlikda tashkil etilganini Shukur
Burxonovdek ulkan sanʼat dargʻasiyu, Jaloliddin Manguberdidek buyuk tarixiy
shaxslar siymolari ham aytib turibdi. Maqsud Shayxzodaning xalqimiz tarixiga,
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–3_ Апрель –2025
313
jumladan, Jaloliddin Manguberdi taqdiri va kurashiga odilona yondoshganligi,
haqiqatni himoya qilganligi Prezidentimiz Islom Karimov imzosi bilan e’lon qilingan
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 24 sentyabrdagi
“Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi qarori
ham yana bir bor tasdiqlaydi. Shoir 1967-yilning 19-fevralida xastalikdan vafot etadi.
Uning vafotidan so‘ng olti jildlik «Asarlar»i nashr etiladi. Mustaqillik yillarida
marhum Maqsud Shayxzoda ijodi va qilgan xizmatlari haqiqiy qadr topdi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
Maksud Shayxzoda zamondoshlari xotirasida, T., 1983 y.
2.
Shayxzoda Maksud. Shoir qalbi dunyoni tinglar (Tanlangan asarlar) //
Toshkent, „Nihol“, 2008. – 28
3.
Boboyev T. “Adabiyotshunoslik asoslari”. Toshkent. 2002. 558 b.
4.
Mamurova, F. I. (2021, May). ARTIST OF UZBEKISTAN MAKSUD
SHEIKHZADE. In
E-Conference Globe
(pp. 176-178).
5.
Mamurova, F. I., & ugli Abdubahabov, A. A. (2023). TWO FOLK
POETS.
“TRENDS OF MODERN SCIENCE AND PRACTICE”
,
1
(3), 23-30.
6.
Islomovna, M. F., & Abduvoxob o’g’li, A. A. (2023, January). Maqsud
Shayxzodaning Hayoti Va Ijodi. In
Interdisciplinary Conference of Young Scholars
in Social Sciences (USA)
(pp. 19-20).
7.
Mamurova,
F.
(2023).
MAQSUD
SHAYXZODANING
ADABIY
MEROSI.
Бюллетень студентов нового Узбекистана
,
1
(11), 9-11.