MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–3_ Апрель –2025
54
ITUZUM (SOLANUM NIGRUM L.) NING DORIVORLIK
XUSUSIYATLARI
ЛЕЧЕБНЫЕ СВОЙСТВА ПАСЛЁНА ЧЁРНОГО (SOLANUM
NIGRUM L.)
Yursunova Oʻgʻiloy Mamitali qizi
Fargʻona Davlat Universiteti
biologiya yoʻnalishi 2- bosqich talabasi
Annotatsiya: Ituzum-(Solanum nigrum L) o‘simligi xalq taboboti va ilmiy
tibbiyotda keng qo‘llaniladi. Uning barglari, mevalari va ildizlari tibbiy
xususiyatlarga ega bo‘lib, og‘riq qoldiruvchi, yallig‘lanishga qarshi va
tinchlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Ituzum tarkibidagi alkaloidlar va flavonoidlar
organizmga foydali ta’sir ko‘rsatib, jigar va oshqozon-ichak kasalliklarini
davolashda ishlatiladi. Shuningdek, u teri kasalliklarida va immunitetni
mustahkamlash uchun ham qo‘llanadi.
Kalit soʻzlar: alkaloid , vitamin, poya, barg, buyraksimon, begona o‘t , ildiz,
glikoalkaloid, shifobaxsh gultoji , tuxumsimon, urug‘, gul, meva, saponin.
Аннотация: Черный паслен-(Solanum nigrum L) широко используется в
народной и научной медицине. Его листья, плоды и корни обладают лечебными
свойствами,
оказывая
обезболивающее,
противовоспалительное
и
успокаивающее действие. Алкалоиды и флавоноиды, содержащиеся в черном
паслене, оказывают благоприятное воздействие на организм и применяются
при лечении заболеваний печени и желудочно-кишечного тракта. Кроме того,
он используется при кожных заболеваниях и для укрепления иммунитета.
Ключевые слова: алкалоид, витамин, стебель, лист, почковидный,
сорняк, корень, гликоалкалоид, лекарственное растение, семяпочка, семя,
цветок, фрукты, сапонин
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–3_ Апрель –2025
55
Annotation: Solanum nigrum-(Solanum nigrum L) is widely used in both
traditional and scientific medicine. Its leaves, fruits, and roots possess medicinal
properties, providing analgesic, anti-inflammatory, and sedative effects. The
alkaloids and flavonoids found in black nightshade have beneficial effects on the div
and are used in the treatment of liver and gastrointestinal diseases. Additionally, it is
applied in the treatment of skin disorders and for boosting immunity.
Keywords: alkaloid, vitamin, stem, leaf, kidney-shaped, weed, root,
glycoalkaloid, medicinal plant, ovule, seed, flower, fruit, saponin.
KIRISH
Ituzum
(Solanum nigrum L.
) bo‘yi 75-100 sm ga yetadigan bir yillik-begona
o‘t. Poyasi tik o‘sadi, ba’zan yotib o‘sadi. Bargi to‘q yashil, uzunchoq-tuxumsimon,
rombsimon, o‘rtasidan uchiga biroz siqilib boradi. Qirrasi tishsimon qirqilgan, ba’zan
silliq. Gultoji oq rangli, urug‘lari sariq, buyraksimon shaklda. Ituzum iyun oyidan
sentyabrgacha gullaydi, mevasi iyul-noyabr oylarida pishadi. U begona o‘t sifatida
bog‘lar, poliz. g‘o‘za va boshqa ekinlarning orasida tarqalgan. Mevasining sharbatida
saponin alkaloidi, lasonin, solalgargin, qand, pektin. 7-10% tanid moddalari mavjud.
Pishgan mevasi vitaminlarga boy, 89 mg%A va 1630 mg% C vitaminlari mavjud(1-
rasm).
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–3_ Апрель –2025
56
1- rasm. Ituzum-
( Solanum nigrum L.)
umumiy koʻrinishi.
Toksikologik xususiyatlari.
Solanum nigrum
ning shifobaxsh xususiyatlariga qaramay, uni ehtiyotkorlik
bilan ishlatish zarur. Chunki o‘simlikning tarkibidagi steroid glikoalkaloidlar,
xususan, solasonin yuqori dozalarda hujayra membranalariga zarar yetkazishi
mumkin. Bu esa oshqozon-ichak shilliq qavati shikastlanishi, asab tizimi buzilishi va
og‘ir holatlarda nafas olish yetishmovchiligiga olib kelishi mumkin. Shu sababli,
tibbiyotda ushbu o‘simlikdan foydalanishda aniq dozalar va xavfsizlik choralari joriy
etilishi lozim
Ituzum-
(solanum nigrum L.)
shifobaxshligi haqida.
Ituzum
-(Solanum nigrum L.)
o‘simligining shifobaxsh xususiyatlari va
tibbiyotdagi ahamiyati beqiyosdir. Ushbu o‘simlik fitokimyoviy moddalar, jumladan,
alkaloidlar, flavonoidlar, saponinlar, taninlar va glikozidlarga boy. Tadqiqotlar shuni
ko‘rsatadiki, glikoalkaloidlar, xususan, solasonin va solamargin o‘simlikning asosiy
bioaktiv komponentlaridir. Bu moddalar ayniqsa saratonga qarshi tadqiqotlarda katta
qiziqish uyg‘otgan. So‘nggi yillarda Ituzumning o‘sma hujayralariga ta’siri chuqur
o‘rganildi. In vitro va in vivo tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ushbu o‘simlik ekstrakti
bachadon bo‘yni saratoni, ko‘krak bezi saratoni va oshqozon osti bezi saratoni kabi
turli o‘sma hujayralari o‘sishini bostirishga qodir. Bu ta’sir mexanizmlari orasida
apoptoz (o‘sma hujayralarining dasturlangan o‘limi) va avtofagiya induktsiyasi,
shuningdek, metastazni oldini olish jarayonlari kuzatilgan. Ushbu o‘simlik insonlarda
uchrovchi turli xil kasalliklarga davo bo‘la oladi. U kuchli yallig‘lanishga qarshi va
antioksidant xususiyatlarga ega. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, o‘simlik tarkibidagi
polifenollar va polisakkaridlar fermentlarining faolligini bostiradi. Bu esa
organizmda yallig‘lanish jarayonlarini kamaytirishga va saraton rivojlanishining
oldini olishga yordam beradi.
XULOSA
Ituzumning ko‘plab shifobaxsh xususiyatlari mavjud bo‘lib, ular orasida
saratonga qarshi, yallig‘lanishga qarshi, antioksidant, jigarni himoya qiluvchi va asab
tizimini qo‘llab-quvvatlovchi ta’sirlar bor. Shunga qaramay, o‘simlikdan tibbiyotda
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–3_ Апрель –2025
57
foydalanish uchun xavfsizlik choralarini yanada chuqurroq o‘rganish lozim.
Kelajakdagi tadqiqotlar ushbu o‘simlik asosida samarali va xavfsiz dori vositalarini
ishlab chiqish, aniq dozalar belgilash va yangi terapevtik qo‘llanilish yo‘nalishlarini
aniqlashga qaratilishi kerak.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.Tojiboyev, Sh.J., Qarshiboyeva, N.H. (2015). Botanika (yuksak o‘simliklar
sistematikasi). Namangan.
2. Pratov, O‘. (2010). Botanika (morfologiya, anatomiya, sistematika, geobotanika).
Toshkent.
3. Sobirov, I.A. (2023). Farmakognoziya. Andijon.
4. (2018). O‘zbekistonning foydali o‘simliklari. Guliston.
.