MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–3_ Апрель –2025
44
BANGIDEVONA ( DATURA STRAMONIUM L.)– TABIATNING
ZAHAR VA SHIFO MANBAI.
ДУРМАН ОБЫКНОВЕННЫЙ (DATURA STRAMONIUM L.) –
ПРИРОДНЫЙ ЯД И ИСТОЧНИК ИСЦЕЛЕНИЯ.
DATURA STRAMONIUM (DATURA STRAMONIUM L.) –
NATURE'S POISON AND SOURCE OF HEALING.
Yursunova Oʻgʻiloy Mamitali qizi
Fargʻona Davlat Universiteti
biologiya yoʻnalishi 2 - bosqich talabasi
Annotatsiya: Bangidevona (Datura stramonium L.)– tabiatda keng
tarqalgan, zaharli va shu bilan bir qatorda dorivor xususiyatlarga ega oʻsimlikdir.
Uning tarkibida kuchli ta’sirga ega alkaloidlar mavjud boʻlib, ular nafaqat xavf
tugʻdirishi, balki zamonaviy tibbiyotda ham qoʻllanilishi bilan mashhur. Ushbu
maqolada ushbu oʻsimlikning fanga ma’lum bo‘lgan xususiyatlari, uning foydali va
zararli jihatlari haqida umumiy ma’lumot beriladi.
Kalit soʻzlar: dorivor, zarharli, urug‘, poya, barg, gul, ildiz, giossiamin,
skopolamin, atropin, alkaloid, toksik, olein, palmitin, stearin.
Аннотация: Дурман обыкновенный (Datura stramonium L.) – широко
распространённое в природе растение, обладающее как ядовитыми, так и
лекарственными свойствами. В его составе содержатся мощные алкалоиды,
которые представляют опасность, но в то же время широко применяются в
традиционной медицине. В данной статье представлен общий обзор
известных свойств этого растения, а также его полезных и вредных аспектов.
Ключевые слова: лекарственный, ядовитый, семя, стебель, лист,
цветок, корень, гиосциамин, скополамин, атропин, алкалоид, токсичный, олеин,
пальмитин, стеарин.
Annotation: Datura stramonium (Datura stramonium L.) - is a widely
distributed plant in nature, known for its toxic and medicinal properties. It contains
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–3_ Апрель –2025
45
potent alkaloids that not only pose a risk but are also widely used in traditional
medicine. This article provides a general overview of the known characteristics of
this plant, highlighting both its beneficial and harmful aspects.
Keywords: medicinal, poisonous, seed, stem, leaf, flower, root, hyoscyamine,
scopolamine, atropine, alkaloid, toxic, olein, palmitin, stearin.
KIRISH
Bangidevona
(Datura stramonium L.)
—
Solanaceae
(ituzumdoshlarga)
mansub bir yillik begona oʻt. Poyasi tarqoq joylashgan tik shoxlanib oʻsadi.
Barglaring shakli tuxumsimon, bandli, barglar uchi qirrali bo‘ladi. Gullari ko‘pincha
oq rangda, barg qoʻltigʻida bittadan joylashadi (1-rasm). Mevasi yashil, tikan bilan
qoplangan toʻrt chanoqli, shakli tuxumsimon koʻsakcha. Mevasining uzunligi 4-5 sm
gacha boradi, 500 ga yaqin buyraksimon, qora tusli urugʻlarni beradi (2- rasm). May
oyidan boshlab iyungacha gullaydi va mevalaydi.
Urugʻidan koʻpayadi. Bargi, poyasi, ildizida giossiamin, skopolamin, atropin
kabi zaharli alkaloidlar mavjud.
O‘simlikning kimyoviy tarkibi
Barcha organlarida alkaloidlar mavjud bo‘lib, asosan giostsiamin, atropin,
skopolamin uchraydi. Barglarida 0,23-0,37%, poyalarda 0,06-0,24%, ildizlarda 0,12-
0,27%, gullarda 0,13-1,9%, urug‘larda 0,08-0,22% alkaloidlar mavjud. Shuningdek,
barglarida 0,04% gacha efir moyi, 0,1% gacha karotin va 1,7% taninlar bor. Urug‘lari
tarkibida 17-25% yog‘li moy bo‘lib, uning asosiy qismini linolen (45%), olein (40%),
palmitin (12%), stearin (2%) va lignoserin kislotalari kiradi. Bundan tashqari
tarkibida juda ko’p C vitamini bor.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–3_ Апрель –2025
46
1-
rasm. Bangidevona
(Datura stramonium L.
)
umumiy koʻrinishi
2- rasm. Quruq mevasi yetilgan payti .
Qo
ʻ
llanilish sohalari
Bangidevona tarkibida quyidagi alkaloidlar mavjud:
Atropin – markaziy asab tizimiga taʼsir qiladi, koʻz qorachigʻini kengaytiradi
va spazmlarni bartaraf etadi.
Skopolamin – tinchlantiruvchi va antispazmodik xususiyatlarga ega.
Giossiamin – asabiy taranglikni kamaytiradi va mushak spazmlariga qarshi
taʼsir qiladi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–3_ Апрель –2025
47
Nevrologiyada – Parkinson kasalligida mushak spazmlarini kamaytirish
uchun qoʻllaniladi.
Gastroenterologiyada – ichak va oshqozon spazmlarini bartaraf etuvchi dori
vositalarida ishlatiladi.
Anesteziologiyada – operatsiyadan oldin sekretsiyani kamaytirish uchun
ishlatiladi.
Shu bilan bir qatorda barglaridan revmatizm, nevralgiya kasalliklarini
davolashda ishlatiladigan dorilar tayyorlanadi.
Ilmiy tadqiqotlar Bangidevona
(Datura stramonium L.)-
o‘simligini ikki
tomonlama xarakterga ega ekanligini ko‘rsatadi — u ham dorivor, ham zaharli
hisoblanadi. Ushbu o‘simlik tarkibida tropan alkaloidlari atropin, giosiyamin,
skopolamin mavjud bo‘lib, ular kuchli ta’sirga ega. Bu birikmalar farmakologiyada
nafas yo‘llari kasalliklari, nevralgiya va mushak spazmlarini davolashda qo‘llanadi,
biroq ularning yuqori toksikligi qo‘llanilish doirasini cheklaydi.
Datura stramonium tarkibidagi alkaloidlar xavfli darajada yuqori
kontsentratsiyaga ega. Bitta urug‘ taxminan 0,1 mg atropin saqlashi mumkin va 100
dona urug‘ iste’moli o‘limga olib kelishi ehtimoli bor. Alkaloid miqdori
o‘zgaruvchanligi sababli dozani nazorat qilish mushkul. Epidemiologik ma’lumotlar
bir necha zaharlanish holatlarini qayd etgan, jumladan, 2022-yilda zaharlangan
mahsulot iste’mol qilgan odamlar orasida gallyutsinatsiya, chalkashlik va taxikardiya
kuzatilgan.
XULOSA
Bangidevona o‘simligi dorivor xususiyatlarga ega bo‘lsa-da, uning noto‘g‘ri
ishlatilishi zaharlanishga olib kelishi mumkin. Shu sababli, aholining xabardorligini
oshirish va xavfsiz foydalanish choralari muhim ahamiyat kasb etadi.
Kelajakdagi tadqiqotlar uning toksik ta’sirini kamaytirish, xavfsiz ekstraksiya
usullarini ishlab chiqish va tartibga solish tizimlarini takomillashtirishga qaratilishi
lozim. Shuningdek, tegishli nazorat mexanizmlarini joriy etish orqali bu o‘simlikdan
kelib chiqadigan xavflarni kamaytirish mumkin. Bundan tashqari, farmatsevtika va
an’anaviy tibbiyotda ushbu o‘simlikning shifobaxsh jihatlarini samarali va xavfsiz
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–3_ Апрель –2025
48
qo‘llashga e’tibor qaratish lozim. Kelajakda olib boriladigan tadqiqotlar uning toksik
ta’sirini kamaytirish yo‘llarini topishga, xavfsiz ekstraksiya texnologiyalarini ishlab
chiqishga va jamiyatda to‘g‘ri foydalanish madaniyatini shakllantirishga xizmat
qiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI
1.Armando T. Hunziker: The Genera of Solanaceae (o'zbek tilida: Ituzumdoshlarning
Turkumi). A.R.G. Gantner Verlag K.G., Ruggell, Lixtenshteyn 2001
2.Dorivor o‘simliklar – R. N. Ismoilov, N. M. Ismoilova. Toshkent: Fan, 2009.
3. Biologicheskie osobennosti i rasprostranenie perspektivnyx lekarstvennyx rastenii
// Pod redaktsiei T.A. Adylova. – Tashkent: Fan, 1981. – 158 s.
4.Armando T. Hunziker: The Genera of Solanaceae (o'zbek tilida: Ituzumdoshlarning
Turkumi). A.R.G. Gantner Verlag K.G., Ruggell, Lixtenshteyn 2001
5. "Farmakognoziya" – S. S. Salimov, A. A. Mavlonov. Toshkent: O‘zbekiston Fanlar
Akademiyasi, 2016.