MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–2_ Март –2025
417
O’SIMLIKLARNING YORUG’LIK REJIMIGA MOSLASHISHI
Talaba:Shahrisabz davlat pedagogika instituti Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi
Alimova Xumora
Ilmiy rahbar:Alimardonova Mo'tabar
ANNOTATSIYA:Sayoramizning turli xududlarida yorug’lik sharoiti
nihoyatda xilma-xil bo’ladi. CHunonchi, yorug’lik bilan kuchli darajada
ta’minlangan baland tog’, dasht, cho’l-biyobonlardan tortib, yorug’lik bilan juda
kam ta’minlangan g’orlar va havzalargacha mavjud.
KALIT SO'ZLAR:Pauna, o'simliklar,tog',dasht.
Annotation: Light conditions in different regions of our Sayor are extremely
diverse will be. For example, a heavy mountain highly equipped with light, From the
steppe, from desert trips, very low-income caves with light and are available to basins
Keywords: Paauna, Plants, Mountains, Dasht
O’simliklar tarqalgan turli xududlarda yorug’lik intensivligi turlicha
bo’lishidan tashqari, yorug’lik spektrining tarkibi, o’simliklarning yoritilish
davomiyligi, turli intensivlikdagi yorug’likning doimiy va vaqtinchalik tarqalishi farq
qilinadi. SHularga muvofiq holda o’simliklarning yorug’likka nisbatan moslashishi
ham har xil bo’ladi.
Yorug’likka talabiga qarab, o’simliklarning uch asosiy guruhga farq qilinadi. Bular
yorug’sevar o’simliklar (geliofitlar), soyasevar yoki soyada o’suvchi o’simliklar
(stsiofitlar) va yorug’likka (soyaga) chidamli o’simliklardir. Birinchi ikki guruhga
mansub o’simliklar ekologik optimumining xolatiga qarab farq qilinadi. Yorug’sevar
o’simliklar quyosh nuri kuchi ta’sir etadigan yorug’lik sharoitida normal o’sib,
soyaga chidamsiz bo’ladi. Shunga ko’ra, bu xildagi o’simliklar ochiq joy yoki
yorug’lik bilan yaxshi ta’minlangan ekologik xudud o’simliklari qatoriga kiritiladi.
Chunonchi, dasht va o’tloq o’tlari, alьp o’tloqlari o’simliklari, qirg’oq va suv o’tlari,
barg to’kadigan o’rmonlardagi bahorgi o’t o’simliklar, ochiq yyerlardagi ko’pchilik
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–2_ Март –2025
418
madaniy o’simliklar va begona o’tlarning bir guruhsi shular jumlasidandir Soyasevar
yoki soyada o’suvchi o’simliklar yorug’lik bilan kam ta’minlangan oblastlar
optimimum hisoblanadi, ular kuchli darajadagi yorug’likni yoqtirmaydi. Bu guruh
o’simliklarga kuchli darajada soyalangan joylarda tarqalgan o’simlik turlari kiradi.
Bizda o’stiriladigan ko’plab xona va oranjyereya o’simliklari hamsoyasevar
o’simliklarga kiradi,
Yorug’likka chidamli o’simliklar yorug’likka munosabatiga ko’ra keng
ekologik amplitudaga ega bo’lib, ularni soyaga chidamli o’simliklar ham deyish
mumkin. Odatda, bu guruhga mansub o’simliklar quyosh nuri bevosita tushadigan
sharoitda yoki shunga yaqin joylashgan yyerlarda yaxshi o’sadi va rivojlanadi lekin
yorug’lik kam tushadigan sharoitga ham yaxshi moslasha oladi. Shunga ko’ra, bu
guruh o’simliklar keng tarqalgan bo’lib, mutanosib guruh hiooblanadi. Tarqalgan
joyning yorug’lik sharoitiga muzofiq ravishda o’simliklarda tegishli moslanishlar
paydo bo’ladi. Masalan, anatomik-morfologik moslashish turlicha yorug’lik
sharoitida o’sadigan o’simliklarning tashqi ko’rinishini ifodalaydigan eng muhim
belgilardan biri hisoblanadi. CHunonchi, bu xildagi o’simliklar barg plastinkasining
o’lchami nihoyatda keskin farq qiladigan bo’ladi. Lekin o’simlikning bu belgisi
naslning morfologik xususiyatiga bog’liq bo’lsada, o’simliklar tomonidan
o’zlashtiriladigan radiatsiya miqdori asosan barg plastinkalari sathiga bog’liq bo’ladi.
Yorug’sevar o’simliklarning bargi, odatda, soyada o’sadigan o’simliklarnikiga
qaraganda maydaroq bo’ladi. Buni muayyan bir tizimtik guruhga mansub bo’lgan,
lekin turli yoruglik sharoitida o’sadigan o’simliklarda yaqqol ko’rish mumkin. Shuni
ham aytish kerakki, o’simliklar barg plastinkasining joylashishi yorug’lik haddan
tashqari kuchli yoki aksincha kuchsiz bo’lgan sharoitda keskin darajada o’zgarib
turadi. Masalan, yorug’sevar (geliofit) lar, odatda, barg plastinkalarini yorug’lik
kuchli tushadigan kunduzgi soatlarda gorizontga nisbatan katta burchak hosil qilib,
vertikal holatda tutib turadi. Bunday holatni ko’p tarqalgan cho’l o’simliklarida va
daraxtlardai akatsiya va boshqalarda kuzatish mumkin. Yana Shuni ham aytish
kerakki, yorug’sevar o’simliklar barg plastinkasini yorug’lik kuchli tushadigan
tomondan mumkin qadar burib olishga harakat qilsa, soyada o’sadigan o’simliklar
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–2_ Март –2025
419
esa yorug’likdan maksimal darajada foydalanadigan holatda tutib turadi. Qalin
o’rmonlarning pastki yarusida o’sadigan o’simliklarda buni yaqqol ko’rish mumkin.
Ular barg plastinkasini daraxtlar orasidan tushadigan kuchsiz yorug’lik tomonga
qaratib olgan bo’ladi. O’simliklarning yorug’likga moslashuvini yorug’likni qabul
qiluvchi asosiy organi hisoblangan barglarining tuzilishidan ham ko’rish mumkin.
Masalan, ko’pchilik geliofitlarda barg plastinkasining yuzasi unga tushadigan
nurlarni qaytaradigan bo’ladi, ya’ni bu xildagi barglarning ustki yuzasi xuddi
laklanganga o’xshash yaltiroq bo’ladi. Lavr, magnoliya kabi o’simliklarning bargi
ana shunday tuzilgan. Kaktus, sutlama kabi o’simliklarning bargi och tusli g’ubor
bilan qalin qoplangan bo’ladi. Soyada o’sadigan o’simliklarning bargida esa odatda,
bu xildagi himoya vositalari bo’lmaydi.O’simliklarning yorug’lik rejimiga nisbatan
moslashishini fiziologik jihatdan kuzatish mumkin. Ma’lumki, yorug’sevar
o’simliklar o’sish va rivojlanish jarayonida soyada o’sadigan o’simliklarga qaraganda
yorug’lik tanqisligidan keskin ta’sirchan bo’ladi. Masalan, yorug’lik yetishmay
qolgan sharoitda ularning poyasi yorug’lik tomonga intilib, bo’yiga cho’zilib o’sadi.
Buni ayniqsa yorug’sevar o’simliklardan hisoblangan lianada yaqqol ko’rish
mumkin.Olimlar tomonidan olib borilgan kuzatishlarga qaraganda, soyada o’sadigan
o’simliklarking bargida yorug’sevar o’simliklarning bargidagiga qaraganda xlorofill
ko’p bo’ladi. Buni barglarning tashqi ko’rinishidan ham yaqqol bilish mumkin.
CHunki soyada o’sadigan o’simliklarning bargi ko’pincha to’q yashil rangda bo’ladi.
Yorug’da o’sgan o’simliklarning 1 g bargi tarkibida 1,5-3 mg xlorofill bo’lgani holda,
soyada o’sgan o’simliklarning tegishlicha bargida 4-6 mg va hatto 7-8 mg gacha
xlorofill bo’lishi aniqlangan
Yorug’lik va fotosintez
Ma’lumki, yashil o’simliklarda anorganik
moddalardan organik moddalar hosil bo’ladi va biosfyerada kislorodning yagona
ajralish reaktsiyasi boradi. Bunda qisman fotoavtotroflar, ya’ni prokariotlar ishtirok
etadi. Yashil o’simliklar yerkin holdagi mustaqil avtotrof organizmlar bo’lib, ular
fitotsenoz va bigeotsenozning yagona bir asosi hisoblanadi. Faqat shular tufayligina
ekotizimning boshqa biologik komponentlari yashashi mumkin bo’ladi.Fotosintez
jarayoni yorug’lik enyergiyasi yutilishi hisobiga boradi. SHunga ko’ra, xlorofill
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–2_ Март –2025
420
quyosh enyergiyasini o’zlashtiruvchi hiooblanadi. Yorug’likni o’zlashtirish
jarayonida nurli enyergiya radiatsiyasi potentsial enyergiyaga aylanadi. O’simlik
organizmida boradigan bu jarayonda karbonat kislota va suvning parchalanishi sodir
bo’lib, keyinchalik organik moddalar sintezlanadi. Barglardaga radiatsiya balansida
biriichi navbatda bir qismi bargning o’zida o’zlashtiriladigan, bir qismi atmosferaga
tarqaladigan va bir qismi barglar orqali o’tkaziladigan radiatsiyani hisobga olish
kerak. Bunda ularning’ o’zaro nisbati barglarning morfologiyasi va anatomiyasiga,
sathining xaraktyeriga va boshqalarga bog’liq. Radiatsiya balansining ba’zi
komponentlarini dub (eman)ning gorizontal holatda joylashgan bargi misolida ko’rib
chiqamiz. Uning ustki yuzasidan radiatsiyaning 27% qaytadi, 24% barg orqali o’tadi,
49% o’zlashtiriladi, bargning orqa tomonida yuqoridagiga muvofiq 29, 25 va 46% ii
tashkil etadi. Yashil barglar quyosh nurli enyergiyasining o’rtacha 75% ni
o’zlashtiradi. Lekin undan fotosintez jarayonida foydalanish koeffitsienti ancha kam.
Tabiiy sharoitda, quyosh nuri yaxshi yoritib turgan vaqtda fotosintez uchun quyosh
nurining taxminan 1-2%, yorug’liq ancha kamaygan vaqtda 10% gacha qismi
sarflanadi. Barglar tomonidan o’zlashtirilgan nurli enyergiyaning qolgan 90-99%
issiqlik enyergiyasiga aylanadi va transpiratsiya hamda boshqa jarayonlar uchun
sarflanadi. Fotosintez jarayonida fotokimyoviy reaktsiyalar, fermentativ reaktsiyalar
boradi. Bundagi diffuziya jarayonlari ham muhim ahamiyatga ega bo’lib, bunda
xloroplastlar bilan tashqi atmosfera o’rtasida karbonat angidrid bilan kislorod
almashinadi Fotosintez intensivligi har xil birlikda ifodalanadi. Ko’pincha u barglar
vaqt birligida maydon birligi hisobiga o’zlashtirgan karbonat kislota miqdorida
ifodalanadi. Boshqa hollarda uni to’qimalarning quruq va nam massasini hisobga
olgan holda ifodadan mumkin. Fotosintez intensivligini quruq massa birligiga
nisbatan xisoblashda C02 assimilyatsiyasi miqdorlari taqqoslanadi. Bu esa o’simliklar
tomonidan organik moddalar ishlab chiqarilishini xaraktyerlash imkonini beradi. O’z
navbatida o’simliklar bilan fitotsenozlarning mahsuldorligini ifodalaydigan
chog’ishtirma matyerial olinganligi uchun u ekologiya maqsadlarida muhim
ahamiyatga ega. Agar fotosiitez bargning yuza birligiga nisbatan hisoblansa, u vaqtda
yeritiladigan yuza assimilyatsion faoliyatining samaradorligi hisobga olinadi. Bu
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–2_ Март –2025
421
ko’rsatkich ko’p jihatdan bargning anatomik-morfologik xossalariga bog’liq bo’lib, u
assimilyatsiya qiluvchi mazkur organlar tomonidan quyosh enyergayasi va karbonat
angidrid o’zlashtirilishi samaradorligi haqida xulosa chiqarishga imkon beradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Yernst-Detlef Schulze, Yerwin Besck, Klaus Mullyer-Hohenstein. Plant Ecology.
Springyer Byerlin. Heidelbyerg, 2005.
2. Berezina N.A., Afanasьeva N.B. – Ekologiya rasteniy. M.: Akademiya, 2009. -400
s.
3. Larxer V. – Ekologiya rasteniy. M.: Mir, 1978. -384 s.
4. Yergashev A.E., Sheraliev A.SH., Suvonov X.A., Yergashev T.A. –Ekologiya va
tabiatni muhofaza qilish. Toshkent “Fan”. 2009.
5. Gorishina T.K. - Ekologiya rasteniy. M. “Visshaya shkola”. 1979.
6. Kul`tiasov I.M. - Ekologiya rasteniy. Moskva. 1978.
7. Kul`tiasov I.M., Axunov X.M.-O’simliklar ekologiyasi. T. O’qituvchi. 1980.
8. Chernova N.M., Bilova L.M. - Ekologiya. M. “Prosveshenie”. 1981