MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–2_ Март –2025
409
O'ZBEKISTON QO'RIQXONALARI. HISOR QO'RIQXONASI
TALABA:Shahrisabz davlat pedagogika instituti Boshlang'ich ta'lim
yo'nalishi Abdurashidova Elnura
ILMIY RAHBAR:Alimardonova Mo'tabar
ANNOTATSIYA:Yer yuzida yildan - yil tabiat burchaklariga inson qo’li
etmagan yerlar kamayib bormoqda, ya'ni tabiatdagi cho’l, toğ va o’rmonlarning asl
qiyofasini ko’rishga imkoniyat qolmayapti. Tabiatning asl muhitini va unda
yashayotgan barcha jonzotlarni saqlab qolish uchun davlat tomonidan
Qo’riqxonalar tashkil qilingan.
KALIT SO'ZLAR:Qo'riqxona, milliy bog', fauna,o'simliklar, Hisor
qo'riqxonasi.
Annotation: Every year in the corners of the Earth is declining, which is not
possible to see the deserted lands in nature, that is, there is no opportunity to see the
deserts, the tables in nature. The state established by the state to save the original
nature of nature and all living things that live in it.
Keywords: Nature Reserves, National Garden, Fauna, Plant, Gissar Nature
Reserve.
Qoʻriqxona — belgilangan qonunlarga muvofiq, davlat tomonidan ajratilgan,
alohida ilmiy yoki mahaliy ahamiyatga ega boʻlgan (tipik yoki noyob landshaft,
oʻsimliklar va hayvonotning dunyosi, foydali qazilmalar va b.), tabiiy obyekt
joylashgan yer (hudud) yoki suv kengliklari; i. t. va madaniy-maʼrifiy maqsadlar
uchun uzoq mud-datga ajratilgan va toʻlaligicha xoʻjalik ishlaridan xoli tabiiy
majmua.
20-asrning 90-y.larida BMTning "Milliy bogʻlar va ular maqomidagi
qoʻriqxonalar roʻyxati"ga 2618 alohida qoʻriqlanadigan hududlar (yer may-doni 4
mln. km2dan ortiq va Yer yuzidagi quriqlikning 3% ini tashkil qiladi) kiritilgan
hududi va uning atrofidagi bel-gilangan chegaradagi muhofaza qilinadigan zonalarda
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–2_ Март –2025
410
qo'riqxona tabiiy majmuasiga zarar yetkazadigan yoki tabiiy obyektlarga xavf
tugdiradigan har qanday faoliyat (ov qilish, baliq tutish, daraxt kesish, foydali qazil-
malarni kavlash, oʻt oʻrish, mol boqish va boshqalar), shuningdek, Qo'riqxona
faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan sanoat va qo'shma korxonalar obyektlari qurilishi ham
taqiqlanadi. Qo'riqxona hududiga maʼmuriyatning ruxsatisiz begona odamlar
kiritilmaydi.
Oʻzbekistonda qoʻriqxonalarning tashkil qilinishi, faoliyati, taʼminoti va
muhofazasi Oʻzbekiston Respublikasining 2004 y. 3 dekabrdagi "Muhofaza
etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida"gi qonuni bilan tartibga solinadi.
Qoʻriqxonalarda reja asosida ilmiy tadqiqot ishlari olib boriladi, tabiat yilnomalari,
ilmiy hisobotlar (yillik, besh yillik) tuziladi, tavsiyanomalar, qoʻriqxona hududi va
milliy bogʻlarda qoʻriqxona tartibiga rioya qilish talab va qoidalari ishlab chiqiladi
Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Qishloq
va suv xoʻjaligi vazirligining Ovchilik xoʻjaliklari, qoʻriqxonalar va milliy bogʻlar
boshqarmasi, Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasi tasarrufida 8 ta davlat
qoʻriqxonasi bor: Zomin togʻ-oʻrmon davlat qoʻriqxonasi, Badaytoʻqay davlat
qoʻriqxonasi, Qizilqum davlat qoʻriqxonasi, Zarafshon davlat qoʻriqxonasi, Surxon
davlat qoʻriqxonasi, Hisor davlat qoʻriqxonasi, Chatqol bio-sfera qoʻriqxonasi, Kitob
davlat geologiya qoʻriqxonasi. Oʻzbekistonda, shuningdek, milliy bogʻ va buyurtma
qoʻriqxonalar faoliyat olib boradi
Qo‘riqxonalar va milliy bog‘lar kuni 1997 yilda Yovvoyi hayvonlarni
muhofaza qilish markazi va Jahon yovvoyi tabiat jamg‘armasi tashabbusi bilan ta’sis
etilgan. Qo‘riqxonalar va milliy bog‘larning xodimlari o‘simliklar va hayvonot olami
genetik fondini asrashga harakat qiladilar, tadqiqotlar o‘tkazadilar, muhofaza
etiladigan zonalarga brakonyerlar kirmasligini nazorat qiladilar.
Hozirgi vaqtda davlat O‘zbekiston Muhofaza etiladigan tabiiy hududlari
tizimini belgilagan. Ushbu tizimga quyidagilar kiradi: qattiq qo‘riqlash rejimi
o‘rnatilgan 6 qo‘riqxona;
7 milliy bog‘;
jayronlarni ko‘paytirish uchun 1 parvarishxona – “Jayron” ekomarkazi;
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–2_ Март –2025
411
u yoki bu darajada faoliyat ko‘rsatuvchi 10 buyurtma qo‘riqxonasi;
12 davlat tabiiy yodgorligi; va
2 biosfera rezervati (Ugam Chatqol davlat biosfera rezervati 2018 yil 31
dekabrdagi 1062 son qarori, Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati. O‘zbekiston
Respublikasi Hukumatining 2011 yil 26 avgustdagi 243-son Qarori bilan «Baday –
To‘g‘ay» davlat qo‘riqxonasini tugatish asosida tashkil etilgan)
Qo’riqxona- bu akvatoriya yoki territoriya, xo’jalikdan butunlay ajratiigan yer
maydoni bo’lib hisoblanadi. Qo’riqxonalar- tabiatning ilmiy laboratoriyalari bo’lib, u
erda tabiat rivojlanish qonuniyatlarining murakkab tekshirishlari va kuzatishlari
o’tqaziladi. Qo’riqxonalarda ayrim hayvon zotlari va o’simlik turlari o’rganiladi,
hamda bu yerda insonning har qanday ta'siri umuman ta'qiqlanadi.
O'zbekistonda, birinchi Qo’riqxona- 1929 yilda Turkistonning ğarb qismida
tashkil qilingan bo’lib, 8000 gektar (ga) maydoniga ega. Keyinchalik yer maydoni
15600 ga kengaytirilgan. U hozirda Zomin nomini olgan.
Ikkinchi Qo’riqxona - 1941 yilda_Orol daryosi qirğoqlarida tashkil etilgan
bo’lib, 300000 gektar (ga) maydoniga ega.
Uchinchi Qo’riqxona - 1947 yilda Toshkent oblastiningOhangaron va
Parkent tumanlari atrofida tashkil qilingan bo’lib, maydoni 22000 gektardan 35686
ga kengaytirilgan va hozirda Chotqol nomi bilan ataladi.
1961 yilda O'zbekiston Fanlar Akademiyasining Qo’riqxonasi tashkil qilindi,
hozirda Surhondaryo Qo’riqxonasi deyiladi.
1971 yilda respublikada 3 ta Qo’riqxona: Qoraqalpoqda- Baday Qo’riqxonasi,
Buhoroda- Qorako’l va Qizilqum Qo’riqxonasi tashkil qilingan.
1975 yilda yana 4 ta Qo’riqxonalar tashkil etildi. Vardanzi (Buhoroda),
Nurota (Nurotada), Qizilqum (Qashqadaryoda), Zarafshon (Samarqandda).
1976 yilda Qashqadaryoda Miroqchi Qo’riqxonasi , 1977 yilda Jizzaxda
Arnasoy,1978 yilda Farğonada Abdusamat, 1986 yilda Surhondaryo Qo’riqxonasi
tashkil etilgan, yer maydoni 245002 gektarga ega, uning tarkibiga Orol Payğambar
Qo’riqxonasi qo’shildi.Yuqorida aytib o’tilgan Qo’riqxonalardan boshqa
respublikamiz territoriyasida yana bir qancha Qo’riqxonalar bor. Ulardan tashqari
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–2_ Март –2025
412
milliy boğkarimiz, tabiiy yodgorliklarimiz ham bor. Har qaysi Qo’riqxonada ma'lum
bir o’simlik turlari va hayvon zotlari saqlanadi, ularning yashashi, ko’payishi,
iiziologiyasi, tabiati o’rganiladi
Hisor davlat qo‘riqxonasi
O‘zbekistonning janubiy-sharqiy qismida,
Qashqadaryo viloyatining Shaxrisabz, Yakkabog‘ va Qamashi tumanlari hududida,
Hisor tog‘ tizmasining g‘arbiy yonbag‘irlarida, dengiz satxidan 1750 m dan 4366 m
gacha balandlikda joylashgan.
Qo‘riqxona janubiy-sharqda Surxondaryo viloyati, sharqda Tojikiston
Respublikasi bilan chegaradosh.
Hisor davlat qo‘riqxonasi 1983 yilda Qashqadaryo viloyatidagi ikki mustaqil
Miroqi va Qizilsuv qo‘riqxonalarini birlashtirish natijasida O‘zbekiston Ministrlar
Sovetining 09.09.1983 y. № 521 sonli qaroriga asosan tashkil etilgan.
Umumiy yer maydoni 80986,1 ga. Shundan, 2000 gektar ekoturizm uchun
ajratilgan qo‘riqlanma zona hisoblanadi. Qo‘riqxona 4 ta bo‘limga bulingan:
- G‘elon bo‘limi yer maydoni - 18838,1 ga.
- Miraki bo‘limi, yer maydoni - 11821,0 ga.
- Tanxozdaryo bo‘limi yer maydoni - 20233,0 ga.
- Qizilsuv bo‘limii yer maydoni - 30094,0 ga.
Qo‘riqxona hududi 17 ta sarxad, 54 ta aylanish bulakchasi (kvartallardan)
iborat.
Hisor davlat qo‘riqxonasi Pomir-Oloy tog‘ tizimiga kiradigan Hisor
tizmasining shimoliy-g‘arbiy kismida joylashgan.
Uning butun hududi yagona massiv sifatida sharqdan g‘arbga 37 km,
shimoldan janubga 90 km ga cho‘zilgan.
Tog‘ yotqiziqlari ichida paleozoy jinslari ko‘p uchraydi.
Cho‘qqilarining balandligi 2500 metrdan 4421 metrgacha. Jumladan, Xazrati
Sulton tog‘i - 4266 m, Xo‘ja-kirshavor - 4303 m, To‘rtqo‘ylik – 4366 m, Bibi-O‘lmas
tog‘i – 4349 m.
O‘zbekistonning eng baland nuqtasi ham qo‘riqxonaning To‘rtqo‘ylik
tog‘idagi dengiz sathidan 4421 metr balandlikda joylashgan nomsiz cho‘qqidir.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–2_ Март –2025
413
Qo‘riqxona hududida mezazoy-kaynazoy davri yotqiziqlarida karst jarayonlari keng
tarkalgan va o‘ralar, daralar, tokcha va g‘orlar ko‘plab uchraydi. Ushbu tog‘ daryolari
va soylari chukur daralarni (kononlar) hosil qiladi.
Hisor davlat qo‘riqxonasi hududida balandligi 4500 metrgacha bo‘lgan
cho‘qqilar: Hazrati Sulton, Xo‘ja qirshivor, To‘rtqo‘ylik, Bibi O‘lmas, Nomsiz
cho‘qqilari joylashgan bo‘lib, ular Surxondaryodagi Xo‘japirpir ota, Xo‘japiryak
hamda Osmon talash cho‘qqilari bilan yonma-yon qad ko‘targan, ularning soni jami
yettita.
Mazku tog‘ cho‘qqilarining etagida turgan odam cho‘qqiga yaqin bo‘lgan
boshqa ikki yoki uchta cho‘qqini albatta ko‘ra oladi. Shuning uchun ularni «etti aka-
uka», deyishadi.
Mamlakatimizning eng baland cho‘qqisi – Nomsiz cho‘qqi. Bu cho‘qqiga
hozirgi kungacha ham hech kim chiqolmagan. Shuning uchun unga hozirgi kungacha
nom qo‘yilmagan. Uning balandligi dengiz sathidan 4421 metrni tashkil qiladi.
Nomsiz cho‘qqi Hisor davlat qo‘riqxonasining G‘ilon bo‘limida joylashgan.
Abadiy muzliklar mavjud bo‘lgan ushbu cho‘qqilardan To‘palangdaryo va
Oqsuv daryolari boshlanadi. Bu yerda ancha yirik Botirboy muzligi joylashgan, uning
maydoni 1600 gektar. Oqsoy daryosining yuqori irmog‘i va uzunligi 9-10 km bo‘lgan
Xoliqdod soyi Botirboy muzligidan boshlanadi.
Hisor tog‘ tizmasi dengiz va okeanlardan o‘zoqda joylashgan, shu sababli
qo‘riqxona hududi tez o‘zgaruvchan iqlim sharoitiga ega va meteorologik
ko‘rsatkichlar tez-tez o‘zgarib turadi.
Kuz va qish oylarida yillik yog‘inning 64% yog‘ishi kuzatiladi. May oydan
sentyabr oyigacha yog‘inlarning kamligi yoki umuman bo‘lmasligi o‘simliklar
vegetatsiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Qo‘riqxona hududining turli geografik kesimdagi relefda joylashishi bu yerda
shamol yo‘nalishini o‘zgarishiga sabab bo‘ladi, ya’ni kechasi tog‘dan pastlikka qarab,
kunduzlari esa pastlikdan yuqoriga shamol esishi kuzatiladi.
Qo‘riqxona hududidagi daryolar Surxondaryo viloyati va Tojikiston
Respublikasida joylashgan Severtsev hamda Botirboy muzliklaridan (3155 gektar)
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–2_ Март –2025
414
boshlanadi. Ularning eng yiriklari Oqsuv, Tanxoz va Qizildaryo daryolari
hisoblanadi. Daryolar kor, muz, yer osti suvlari va yog‘inlardan to‘yinadi, ularnining
o‘zanlarida katta-kichik sharsharalar mavjud.
Oqsuv daryosining asosiy irmoklaridan biri hisoblangan Tamshush daryosi
dengiz satxidan 3500 metr balandlikda joylashgan Xo‘jaqulbars koyalaridan
boshlanib, qor, yomg‘ir va buloklar suvlaridan to‘yinadi. Qo‘koshsoy, Zardolisoy,
Shoyurti, Layloqcha, Maydanak, Yurtikalon kabi 32 ta katta-kichik soylar suvidan
tashkil topadi va Oqsuv daryosiga ko‘shiladi
Tanxozdaryoning uzunligi 104 km., suv yig‘adigan maydoni 459 kv.km.ni
tashkil etib, u dengiz satxidan 2200-3500 metr balandlikda joylashgan Otatush,
Ulug‘dara, Chot, Xo‘jagardon, Sarituz, Qarankul, Okdaryo, Qashkabulok kabi 27 ta
katta-kichik soy suvlari hisobiga hosil bo‘ladi. Ushbu daryo o‘zani bo‘ylab
Qorakamar, Almati, Kosatarosh, Sho‘rxasan, Kamar. Ommag‘on, Xitoy, Hazara va
boshka qishloqlar joylashgan.
Hududning sersuv manbalaridan biri Qizilsuv daryosi dengiz satxidan 4000-
4300 metr balandlikda joylashgan Avg‘oyi-kalon dovonidan boshlanadi, uning
uzunligi 110 km.ni, suv yig‘adigan maydonining satxi esa 650 kv.km.ni tashkil etadi.
U tog‘ cho‘qqilaridagi qorlarning erishi xamda Kizilbulok, katta-kichik Qal’asoy,
Oqsuv, Shilhazor, Avg‘oyi-kalon kabi soylar suvidan xosil bo‘ladi.
Hisor ko‘riqxonasi hududida katta-kichik 10 ga yaqin ko‘llar bor. Jumladan,
G‘ilon bo‘limida 3 ta, Miraki bo‘limida Z ta, Tanxzdaryo bo‘limida 1 ta va Qizilsuv
bo‘limida Z ta ko‘l mavjud. Bugungi kunga qadar ular to‘liq o‘rganilmagan, faqatgina
ko‘llarning dengiz satxidan balandligi, sathining eni va bo‘yi aniqlangan xolos.
Ko‘riqxona xududidan boshlanib Qashkadaryo viloyati bo‘ylab okayotgan
Okdaryo, Tanxozdaryo va Qizildaryolar Qashqadaryo vohasi xududi axolisining 35-
40% ini ichimlik suvi bilan ta’minlaydi. Daryolarning hayotbaxsh suvi Kitob,
Shaxrisabz, Yakkabog‘, Chiroqchi, Qamashi, G‘uzor, Qarshi, Koson tumanlarida
kishlok xo‘jaligi maxsulotlarini yetishtirishda, bog‘lar barpo etishda va boshqa
xo‘jalik tarmoqlarida foydalaniladi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–2_ Март –2025
415
Hisor davlat ko‘riqxonasi o‘simliklar dunyosi juda boy va xilma-xil bo‘lib,
ularni muhofaza qilish va o‘rganish ko‘riqxona xodimlarining asosiy vazifalaridan
biridir. Qo‘riqxona xududida 970 turdagi o‘simliklar o‘sishi aniklangan. Ular 81
oilaga kiruvchi 384 turkumga mansub.
Ulardan kamyob va yo‘kolib borayotgan 30 tur o‘simlik O‘zbekiston
Respublikasi “Qizil Kitobi”ga kiritilgan. dilband lola, ulug‘vor lola, nor shirach, oq
parpi, sunbul kovrak, O‘zbekiston chinniguli shular jumlasidandir.
Pomir-Oloy tot tizimida endemik hisoblangan o‘simliklarning turi 80 dan
ortiq bo‘lib, ulardan qo‘rikxona xududida Kichik va Katta yuno, Aleksey piyozi,
Fedchenko piyozi, Tog‘bargli piyoz, Rozinbax piyozi, O‘zbekiston chinniguli,
Bobrov va Kudryashev astragallari, Olta, Tubergen, Chimyon lolalari o‘sadi.
Ko‘riqxona hududida o‘sadigan o‘simliklarning 250 turdan ortig‘i dorivor va
ozuqabob hisoblanadi. Ulardan qirkbo‘g‘im, zira, zirk, oltin tomir, chakanda, rivoch,
buymadaron, shuvok, toron, saleb, ruyan, sumbul, kiyik o‘ti, kizilpoycha xalq
tabobatida, Oshanin piyozi, tog‘bargli piyoz, rivoch, zira, alqor kabilar maxalliy xalq
tomonidan ozuqabob o‘simlik sifatida ko‘p ishlatiladi.
Muxofaza etiladigan tabiiy hududlar va u yerdagi bioxilma-xillikni asrab-
avaylashga doir qo‘riqxona xodimlari tomonidan ommaviy axborot vositalari orqali
hamda mahallalar aholisi bilan muntazam ekologik targ‘ibot sohasidagi tadbirlar
ko‘lamini kengaytirish.
Ekotarg‘ibot ishlarini mahalla faollari, OAV, ta’lim maskanlari, xalqaro va
boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirish.
“Hisor davlat qo‘riqxonasi” nomli o‘simlik va hayvonot dunyosi tug‘risidagi
fotoal’bomni kengaytirilgan qo‘shimcha yangi ma’lumotlar bilan boyitilgan
variantini tayyorlash (o‘zbek, rus va ingliz tillarida).
Hisor davlat qo‘riqxonasidagi o‘simlik va hayvonot olami to‘g‘risidagi
ma’lumotlarni maktab uquvchilari uchun o‘quv dasturlarini kiritish maqsadida
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Oliy va o‘rta maxsus
ta’lim va Xalq ta’lim vazirliklarining hamkorligini yo‘lga qo‘yish.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–2_ Март –2025
416
Qo‘riqxona tabiiy majmualari to‘g‘risida aholining turli yosh qatlamlarini
hisobga olgan holda tayyorlangan buklet, risola va boshqa ma’lumot manbalari
hamda tarqatma materiallarning ommabopligiga erishishish.
Hisor davlat qo‘riqxonasi flora va faunasi, ekoturistik salohiyati hamda
boshqa maqsadlarga muljallangan videolavhalar tayyorlash va namoyish etilishini
ta’minlash.
“Qor qoplon” to‘g‘risida multfilm yaratish uch tilda.
XULOSA
:
Qo`riqxonalarda turli ilmiy ishlar olib boriladi. Olimlar tabiat qonunlarini,
o`simliklar
bilan
hayvonlarning
hayotini
o`rganadilar.
O`simliklar
va
hayvonlarniko`patirushuchunengyaxshi sharoitlar yaratadilar. Hayvonlar ancha
ko`payib qolgan joylardan ular bemalol yashay oladigan joylarga ko`chirishadi.
Olimlar qadam yetmaydigan joylarda vertalyotlar yordamida kuzatishadi.
Vertalyotlar yordamida oziq solingan qoplar hayvonlarga tashlanadi. Kasal hayvonlar
qo`riqxonalarda davolanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI:
1. Safarova R.G., Abdullayeva B.S . Boshlang’ich ta‘lim konsepsiyasi.-Toshkent,
2019.
2. O’zbеkistоn Rеspublikasining Ta‘lim to’g’risidagi Qоnuni. (1997-yil 29-avgustda
qabul qilingan).