MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–2_ Март –2025
372
ICHKI ISHLAR ORGANLARI XODIMLARINI MA’NAVIY
TARBIYALASH: ZAMONAVIY KO‘NIKMALAR VA USULLAR
Raximov Sherbek Kamolovich
O‘zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti
Maxsus fanlar sikli o‘qituvchisi, mayor
Annotatsiya: Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar
organlarini xalqchil va professional jihatdan tayyorlash, aholining huquq va
erkinliklarini himoya qilish, jamiyatda qonun ustuvorligini taʼminlash, inson
huquqlarini muhofaza qilish kabi masalalarga qaratilgan keng qamrovli islohotlar
tahlil qilinadi. Shuningdek, maqolada ichki ishlar organlarining yangi
konsepsiyalari, qonunchilikdagi o‘zgarishlar, xodimlarning kasbiy madaniyatini
oshirish, maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tashkil etishning yangi mexanizmlari va
aholining ishonchini oshirish borasidagi chora-tadbirlar yoritib berilgan.
Kalit so‘zlar: Ichki ishlar organlari, islohotlar, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar,
kasbiy madaniyat, konsepsiya, kodeks.
Annotation: This article analyzes the comprehensive reforms related to the
professional and people-oriented training of the internal affairs bodies of the
Republic of Uzbekistan, protecting the rights and freedoms of citizens, ensuring the
rule of law in society, and safeguarding human rights. The article also highlights the
new concepts of internal affairs bodies, legislative changes, the enhancement of
professional culture among employees, new mechanisms for organizing spiritual and
educational work, and measures to increase public trust.
Keywords: Internal Affairs Bodies, Reforms, Spiritual and Educational Work,
Professional Culture, Concept, Code.
KIRISH
Har bir jamiyatning taraqqiyoti va barqarorligini ta’minlashda ichki ishlar
organlari muhim o‘rin tutadi. Ularning faoliyati faqat qonunlarni bajarish va
huquqbuzarliklarni oldini olish bilan cheklanib qolmay, balki jamiyatdagi ma’naviy
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–2_ Март –2025
373
qadriyatlarni himoya qilish va rivojlantirishga ham qaratilgan. Ichki ishlar organlari
xodimlari, o‘zaro ishonch, adolat va hurmatga asoslangan axloqiy normalarga bog‘liq
bo‘lib, ularning ma’naviy kamolotini shakllantirish har tomonlama ahamiyatga
egadir. Shu bois, ichki ishlar organlaridagi xodimlarni ma’naviy tarbiyalash
zamonaviy dunyoda muhim vazifa va chaqiriqlarning biridir.
Zamonaviy jamiyatda, axloqiy tushunchalar va ma’naviy qadriyatlar juda
muhimdir, chunki ichki ishlar organlari xodimlari jamiyatdagi huquqbuzarliklarni
tushunish, ularga to‘g‘ri munosabatda bo‘lish va muammolarni hal etishda o‘zlarining
axloqiy va ma’naviy negizlariga tayangan holda ish olib borishlari kerak. Shuning
uchun, xodimlarning ma’naviy tarbiyasini oshirish uchun yangi ko‘nikmalar va
usullarni joriy qilish zarur.
Bugungi kunda, ma’naviy tarbiyalash jarayonida psixologiya, pedagogika va
axloqni rivojlantirish sohasidagi ilmiy yutuqlardan foydalanish mumkin. Ichki ishlar
organlari xodimlari, faqat ish vaqtida emas, balki shaxsiy hayotlarida ham ma’naviy
nuqtai nazardan yetuk va barkamol shaxs bo‘lishlari kerak. Buning uchun ichki ishlar
organlari sohasidagi xodimlarning ma’naviy kamolotini ta’minlashga qaratilgan
zamonaviy usullar, metodlar va treninglar muhim ahamiyatga ega.
Keng ko‘lamli islohotlar ichki ishlar organlarini mamlakatimizda tinchlikni
va osoyishtalikni taʼminlash, fuqarolar huquqlarini himoya qilish hamda huquq-
tartibotni mustahkamlashda asosiy vazifalarni bajaruvchi muhim tizimga aylantirdi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning taʼkidlashicha:
“Agar davlatning asosi
qonun bo‘lsa, uni amalda amalga oshiradigan eng samarali tizim ichki ishlar
sohasi hisoblanadi”
[1].
Maqolada, ichki ishlar organlari xodimlarini ma’naviy tarbiyalashda
zamonaviy usullar va ko‘nikmalarning ahamiyati, ularning professional va shaxsiy
rivojlanishiga qanday ta’sir qilishi haqida so‘z yuritiladi.
ADABIYOTLAR TAHLILI
Ichki ishlar organlari xodimlarini ma’naviy tarbiyalash, jamiyatdagi huquqiy
tartibni saqlash va axloqiy normalarga amal qilishda muhim ahamiyatga ega.
O‘zbekistonda ichki ishlar organlari xodimlarini ma’naviy tarbiyalash sohasida ilmiy
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–2_ Март –2025
374
tadqiqotlar va amaliy ishlanmalar mavjud bo‘lib, ular xodimlarning axloqiy va
ma’naviy darajasini oshirishga qaratilgan zamonaviy usullarning qo‘llanilishini
ko‘rsatadi. Bu maqolada, olimlarining adabiyotlari asosida ichki ishlar organlari
xodimlarini ma’naviy tarbiyalashdagi zamonaviy ko‘nikmalar va usullar tahlil
qilinadi.
Ma’naviy tarbiyaning nazariy asoslari
Ma’naviy tarbiyaning nazariy asoslarini o‘rganishda, O‘zbekistonda
pedagogika va psixologiya sohasida katta ishlarni amalga oshirgan olimlar orasida
Sh.M.Niyozovning
“Ma’naviy tarbiyalashning pedagogik asoslari”
(2012) nomli
asarini yodga olish kerak. Muallif, axloqiy va ma’naviy kamolotga ega shaxsni
tarbiyalashning asosiy prinsiplari va usullarini ko‘rib chiqadi. Uning fikricha, ichki
ishlar organlarida xizmat qiluvchi xodimlarning ma’naviy tarbiyasi, nafaqat qonunlar
va qoidalarga amal qilish, balki insonparvarlik va insof kabi qimmatlar asosida
shakllanishi kerak. Buning uchun, pedagogik va psixologik usullardan foydalanish
zarur.
Ichki ishlar organlari xodimlarini ma’naviy tarbiyalash usullari
Ichki ishlar organlari xodimlarini ma’naviy tarbiyalashda zamonaviy usullar
va ko‘nikmalarni joriy qilish zarur. H.Yu.Karimov va Sh.F.G‘afurovning
“Huquqni
muhofaza qilish organlarida ma’naviy tarbiya”
(2017) asarida, ichki ishlar
organlaridagi xodimlarni ma’naviy tarbiyalashga qaratilgan zamonaviy pedagogik va
psixologik metodlar tahlil qilingan. Ular, axloqiy treninglar, guruhli muhokamalar va
mavzuli seminarlarning samaradorligini ta’kidlaydilar. Ushbu metodlar xodimlarning
kasbiy faoliyatini yangi va innovatsion shaklda rivojlantirishga yordam beradi.
Ma’naviy axloqni mustahkamlash
Ichki ishlar organlari xodimlarining ma’naviy axloqini mustahkamlashda
umumiy axloqiy va kasbiy standartlarning ahamiyatini o‘rganish zarur.
Q.R.Abdurazzoqovning
“Huquqni muhofaza qilish organlarida axloqiy kamolot
va professional muammolar”
(2017) asarida axloqiy kamolotning ichki ishlar
xodimlarining professional faoliyatiga ta’siri ko‘rib chiqilgan. Ma’lumki, yuqori
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–2_ Март –2025
375
axloqiy standartlarga ega bo‘lgan xodimlar nafaqat o‘z ishini muvaffaqiyatli bajaradi,
balki jamiyatda o‘z modelini ko‘rsatadi.
Ichki ishlar organlari xodimlarini ma’naviy tarbiyalashda zamonaviy usullar
va ko‘nikmalarning qo‘llanilishi muhim ahamiyatga ega. Adabiyotlar tahlili shuni
ko‘rsatmoqdaki, ma’naviy tarbiyalashning samarali usullari jumlasiga psixologik
treninglar, axloqiy treninglar, interaktiv ta’lim vositalari va internet platformalari
kiradi. Ushbu usullar ichki ishlar organlarining xodimlarining shaxsiy va professional
rivojini ta’minlash, ularning ish samaradorligini oshirish va jamiyatdagi tartibni
saqlashda muhim rol o‘ynaydi.
METODOLOGIYA
Ichki ishlar organlari xodimlarini ma’naviy tarbiyalashdagi tadqiqotlar uchun
asosiy metodologiya faoliyat va shaxsning ma’naviy kamolotini tahlil qilishga
qaratilgan. Metodologik yondashuvda quyidagi prinsiplar va usullar ishlatilgan:
Pedagogik usullar
: Ma’naviy tarbiyalashda pedagogika va psixologiyaning
asosiy prinsiplariga asoslanish, masalan, shaxsiy rivojlanishga qaratilgan individual
va guruhli treninglar, axloqiy-etika o‘quvlarini o‘tkazish.
Psixologik yondashuv
: Xodimlarning emotsional va axloqiy holatini
baholash uchun psixologik testlar, stressga qarshi muvozanatni saqlash treninglari,
psixologik konsultatsiyalar o‘tkazish.
Metodologiya, ilmiy tadqiqotlar orqali, ichki ishlar organlari xodimlarining
ma’naviy kamolotini rivojlantirishdagi samarali usullarni ishlab chiqish va ularni
hayotga tatbiq qilishga qaratilgan.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va uning organlari katta va
murakkab tuzilishga ega. Ularning asosiy vazifasi – qonun ustuvorligini taʼminlash,
fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, jinoyatchilikka
qarshi kurashishdir. Inson huquqlari, uning hayoti, erkinligi va shaʼni –
O‘zbekistonda
oliy
qadriyat
hisoblanadi.
Shu
maqsadda,
2016-yil
16-sentabrda “
Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”
gi qonun qabul qilindi [2].
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–2_ Март –2025
376
Ichki ishlar organlarining faoliyatini yaxshilashda parlament va jamoatchilik
nazoratining yangi mexanizmi joriy etildi. Endilikda ichki ishlar organi boshlig‘idan
tortib, profilaktika inspektorlariga qadar barcha mansabdorlar xalq oldida hisobot
berishadi, bu esa aholining ishonchini oshiradi. Xalqning muammolarini tinglash va
hal qilish tizimi yaratilib, samarali ishlashga imkon yaratildi.
Shuningdek, Respublika ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibining intellektual
va kasbiy darajasini oshirish, ularga ortiqcha vazifalar yuklanishini bartaraf etish
uchun sohaviy xizmatlar o‘rtasida vazifalar aniq belgilanib, samaradorlikni oshirishga
xizmat qilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-apreldagi “Ichki ishlar
organlarining jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish
sohasidagi faoliyatini yana-da takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-
tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5050-son qarori bilan
“Ichki ishlar organlarida
maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tashkil etish Konsepsiyasi”
tasdiqlandi [3].
Ichki ishlar organlarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tashkil etish konsepsiyasi
ushbu sohadagi ishlarning ustuvor yo‘nalishlari va asosiy prinsiplari asosida ishlab
chiqilgan bo‘lib, avvalo, ichki ishlar organlari tizimida xizmat qilayotgan barcha
xodimlar va harbiy xizmatchilarning umumiy dunyoqarashi, siyosiy ongi, maʼnaviy
va intellektual salohiyatini yuksaltirish, ularda vatanparvarlik, g‘urur, iftixor, kasbiga
nisbatan sadoqat va yuqori masʼuliyat hislarini oshirish bilan bog‘liq vazifalarni
belgilab beradi.
Konsepsiya milliy va xalqaro huquq normalari asosida ichki ishlar organlarida
maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni samarali tashkil etish tizimini yana-da takomillashtirish,
xodimlarning maʼnaviy salohiyati va mafkuraviy immunitetini kuchaytirish, ularning
ongida Vatan taqdiri hamda kelajagi uchun daxldorlik tuyg‘ularini mustahkamlash
bilan bog‘liq faoliyatning ustuvor yo‘nalishlarini aks ettiradi.
Xodimlarning maʼnaviy-ruhiy tayyorgarligini oshirish, faol hayotiy
pozitsiyasi, intellektual salohiyatini, Ona Vatan taqdiriga bo‘lgan masʼuliyatini
mustahkamlash, g‘oyaviy va axborot xurujlariga qarshi immunitetini kuchaytirish,
ularni fuqarolik burchi va konstitutsion majburiyatlarini sadoqat va fidoyilik bilan
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–2_ Март –2025
377
vijdonan bajarishga yo‘naltirish bo‘yicha maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tashkil etish
ushbu konsepsiyaning asosiy mazmunini ifodalaydi.
Konsepsiyaga ko‘ra, ichki ishlar organlarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar
“
Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish — oliy burchimiz!”
konseptual
g‘oyasi asosida tashkil etilib, unda davlat mustaqilligini himoya qilish, huquq-
tartibotni mustahkamlash, jamoat xavfsizligini taʼminlash hamda fuqarolarning
huquqlari va erkinliklarini muhofaza qilish ustuvor vazifa sifatida belgilanadi [3].
Mazkur g‘oyaning asosiy mazmun-mohiyati fuqarolarning tinchligi va
mamlakatda qonun ustuvorligini taʼminlash uchun har qanday huquqbuzarlikka
qarshi kurashishda o‘z jonini ayamaydigan, vatanparvarlik, fidoyilik, sadoqat va
halollik fazilatlariga ega xodimlarni shakllantirishdan iborat.
“Ichki ishlar organlarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tashkil etish
Konsepsiyasi” ichki ishlar organlari xodimlarining maʼnaviy va intellektual
salohiyatini oshirish, ularda vatanparvarlik, sadoqat va masʼuliyat hislarini
kuchaytirishga qaratilgan. Konsepsiya, shuningdek, xodimlarni huquqbuzarliklarga
qarshi kurashishda, fuqarolik burchini vijdonan bajarishda va g‘oyaviy immunitetini
mustahkamlashda tayyorlashni maqsad qiladi. Asosiy g‘oya – davlat mustaqilligini
himoya qilish, huquq-tartibotni mustahkamlash va jamoat xavfsizligini taʼminlashda
fidoyi va halol xodimlarni shakllantirishdir.
2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot
strategiyasi
17-maqsadi: “Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning yangi
qiyofasini shakllantirish va ularning faoliyatini xalq manfaatlari, inson qadr-
qimmati, huquq va erkinliklarini samarali himoya qilishga yo‘naltirish”, deb
nomlanib, unda “Ichki ishlar organlarini xalqning ishonchli himoyachisi sifatida
xalqchil professional tuzilmaga aylantirish hamda aholi bilan maqsadli
ishlashga yo‘naltirish”
, vazifasi belgilangan [4].
Bu xodimlarning o‘z vakolatlarini bajarishda professionalizmning o‘zi yetarli
emasligini, maʼnaviy va maʼrifiy tayyorgarlik muhim vosita sanalishini bildiradi.
Ichki ishlar organlari xodimlarining maʼnaviyati, deganda ular o‘zini xalq vakili, deb
bilgan holda, ona Vatan tuprog‘ini, suvini, musaffo osmonini va jamiki boyliklarini
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–2_ Март –2025
378
ko‘z qorachig‘iday asrashi, fuqarolarning huquq va erkinliklarini vijdonan, imon-
eʼtiqod, sadoqat, ishonch, halollik, dovyuraklik, beg‘arazlik, hurmat, fidoyilik va
aqliy teranlik bilan himoya qilishga qaratilgan ichki ruhiy va aqliy olami majmuini
tushunishi kerak.
Zamon ichki ishlar tizimidagi taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan
tinglovchi va kursantlarni sobitqadam, yuksak maʼnaviyat va qonun ustuvorligi
asosida yashaydigan mutaxassis qilib yetishtirish, adolat, halollik, dovyuraklik hamda
haqiqiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga eʼtibor qaratishni, kasbiy, ruhiy va
jangovar tayyorgarligini oshirishga qaratilgan tadbirlarni yangi sifat bosqichiga
ko‘tarishni talab etmoqda [5].
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
2022-yil
28-yanvardagi
“2022 – 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi
to‘g‘risida”gi PF-60-son
ijrosini taʼminlash, shuningdek, ichki ishlar
organlarini aholining ishonchli himoyachisi sifatida xalqchil professional tuzilmaga
aylantirish, ularning fuqarolar, jamoat tashkilotlari hamda keng jamoatchilik bilan
yaqin hamkorlikda, o‘zaro ishonch va hamjihatlik ruhida ishlashini taʼminlash,
mahallalar, aholi turar joylari va butun yurtimizda qonun ustuvorligi, tinchlik-
osoyishtalikni yana-da mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2023-yil 20-yanvarda
“Ichki ishlar organlarini xalqchil
professional tuzilllaga aylantirish va aholi bilan yana-da yaqin hamkorlikda
ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”
gi PQ-
10-sonli Qarori qabul qilindi [6].
Mazkur qarorga ko‘ra ichki ishlar organlari xodimlarini
“Inson qadri uchun”
tamoyili asosida davlatning yuksak maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega, o‘z burchiga
sodiq, vatanparvar va xalqparvar vakili etib tarbiyalash orqali aholining chinakam
roziligiga erishish;
ichki ishlar organlari xodimlarida xizmat vazifalariga halol, vijdonan, Vatan
va xalq oldidagi burchini chin dildan his etgan holda, yuksak masʼuliyat bilan
yondashish, jamiyatda umumeʼtirof etilgan odob- axloq normalariga so‘zsiz amal
qilish tuyg‘usini shakllantirish;
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–2_ Март –2025
379
ichki ishlar organlarida sodir etilishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya xatti-harakatlar,
suiisteʼmolchilik va korrupsiya holatlarining barvaqt oldini olish, huquq-tartibot
tizimi obro‘siga salbiy taʼsir ko‘rsatuvchi nizoli vaziyatlarni yuzaga keltirmaslik
belgilab berildi.
“Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilllaga aylantirish va aholi
bilan yana-da yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-
tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-10-sonli Qarorning 1-ilovasiga asosan
“Ichki ishlar
organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi Kodeksi”
tasdiqlandi.
Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi
Kodeksining asosiy maqsadi xodimlarning xizmat vazifalariga halol, vijdonan, Vatan
va xalq oldidagi burchini chin dildan his etgan holda, chuqur masʼuliyat va
tashabbuskorlik hissi bilan yondashish, ularda yuksak maʼnaviy-axloqiy fazilatlar,
vatanparvarlik va o‘z kasbiga sadoqattuyg‘usini shakllantirish, sodir etilishi mumkin
bo‘lgan nojo‘ya xatti-harakatlar, suiisteʼmolchilik va korrupsiya holatlarining barvaqt
oldini olish haqida kasbiy bilimlarni berishdan iborat.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi PQ-10-sonli
Qarori ichki ishlar organlarini xalqchil va professional tuzilmaga aylantirish,
shuningdek, aholi bilan yaqin hamkorlikda ishlashni taʼminlashga qaratilgan. Qaror,
ichki ishlar organlari xodimlarini Vatan va xalq oldidagi burchiga sodiq, maʼnaviy-
axloqiy fazilatlar bilan tarbiyalash, ularning xizmat intizomi va kasbiy madaniyatini
oshirishni maqsad qiladi. Bundan tashqari, korrupsiya va suiisteʼmolchilikka qarshi
kurashish, jamiyatda odob-axloq normalariga rioya qilishga eʼtibor qaratilgan.
Shuningdek, IIV Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash
departamentining faoliyatini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilangan
bo‘lib, bu nomzodlarni tanlashda adolat, yosh rahbarlar zaxirasini shakllantirish,
jangovar tayyorgarlikni oshirish, ijtimoiy himoya tizimini raqamlashtirish, maʼnaviy-
maʼrifiy ishlarni tizimli va uzluksiz tashkil etish kabi masalalarni qamrab oladi.
Bularning barchasi ichki ishlar organlarining samarali faoliyatini taʼminlashga
qaratilgan.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–2_ Март –2025
380
So‘nggi yillarda O‘zbekiston ichki ishlar organlarini yanada xalqchil va
professional tuzilmaga aylantirishga katta eʼtibor qaratilmoqda. Buning natijasida
ichki ishlar organlari fuqarolar huquqlarini himoya qilish, jamoat xavfsizligini
taʼminlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish va qonun ustuvorligini taʼminlashda
asosiy rol o‘ynaydigan tizimga aylangan.
Shuningdek, ichki ishlar organlarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar
tayyorlash tizimi takomillashmoqda. Xodimlar kasbiy madaniyat, xizmat intizomi, va
vijdonan ishlash kabi tamoyillar asosida tarbiyalanmoqda. Korrupsiya va
suiisteʼmolchilikka qarshi kurashish, shuningdek, shaxsiy tarkibning jangovar
tayyorgarligini oshirish va ijtimoiy himoya tizimini raqamlashtirish kabi vazifalar
belgilangan.
Ichki ishlar organlari xodimlarini ma’naviy tarbiyalashga qaratilgan
zamonaviy ko‘nikmalar va usullarning amalga oshirilishi birqatar ijobiy natijalarga
erishishga yordam berdi. Bu natijalar, o‘z navbatida, ichki ishlar organlarining
samaradorligini, xodimlarning axloqiy va kasbiy darajasini oshirishga qaratilgan
uzluksiz jarayonning ahamiyatini namoyon etadi. Kelgusida bu sohada qo‘shimcha
rivojlanish uchun yanada aniq va samarali usullar ishlab chiqish zarur.
Xodimlarning ma’naviy-axloqiy savodxonligini oshirish
. Zamonaviy
treninglar, psixologiya va pedagogika asosida tashkil etilgan ma’naviy tarbiyalash
usullari natijasida ichki ishlar organlari xodimlarining axloqiy savodxonligi va
faoliyatdagi mas’uliyat hissi aniq oshdi. Xodimlar o‘z kasbini va uning ahamiyatini
to‘g‘ri tushunib, jamiyatga bo‘lgan xizmatlarining kerakli darajadagi aniqligi va
mas’uliyatini his qilishmoqda.
Vatanparvarlik va sadoqat tuyg‘ularining kuchayishi
. Ichki ishlar
organlaridagi ma’naviy-ma’rifiy ishlarning asosiy maqsadi sifatida, vatanparvarlik va
sadoqat tuyg‘ularining yuksalishi ko‘zlangan edi. Odatda, bu kabi tarbiyalash usullari
fuqarolarning huquqlarini himoya qilish, jamoat xavfsizligini ta’minlash va ichki
ishlar organlarining xalq bilan muloqotda ishonchni oshirishga olib keladi.
Qat’iy xizmat intizomi va kasbiy madaniyatning oshishi
. Ichki ishlar
organlari xodimlarining xizmat intizomi va kasbiy madaniyatida ijobiy o‘zgarishlar
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–2_ Март –2025
381
kuzatildi. Zamonaviy usullar, psixologik treninglar, maxsus dasturlar xodimlarning
faoliyatini professional darajada olib borish va muammolarni hal qilishda yuqori
samaradorlikka erishishga imkon beradi. Bu natijalar, ichki ishlar organlarining ish
tartibini yaxshilash va xolislik, haqiqiy adolatni ta’minlash uchun muhim ahamiyat
kasb etadi.
Korrupsiyaga qarshi immunitetni mustahkamlash
. Ichki ishlar
organlaridagi ma’naviy tarbiyalash jarayoni korrupsiyaga qarshi immunitetni
kuchaytirishga ko‘maklashdi. Xodimlar o‘z vazifalariga sog‘lom, vijdonan va
o‘zlarining fuqarolarga ko‘rsatgan namunasi orqali adolatlilikni, hurmatni, halollikni
jadallashtirishga intilishmoqda. Bu esa o‘z navbatida, ichki ishlar organlarining
jamiyatdagi nufuzini oshiradi.
Sifatli va muvaffaqiyatli tarbiyalanish tizimi
. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar
tartibini uzluksiz olib borish natijasida ichki ishlar organlari xodimlarini axloqiy-
ruhiy savodxonlikning turli yo‘nalishlariga mos ravishda tarbiyalashga imkon berdi.
Bu holda, ichki ishlar organlariga yangi xodimlarni jalb qilish va ularni keyinchalik
nafaqat kasbiy, balki ma’naviy jihatdan ham rivojlantirish uchun muhit yaratish
muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
Xalq bilan ishlash va ishonchning ortishi
. Ichki ishlar organlarining xalq
bilan yaqin aloqalar o‘rnatish va ular bilan ishlash tizimi o‘zining ijobiy samarasini
ko‘rsatdi. Xodimlar, xalq bilan ishlashda,
“Inson qadri uchun”
tamoyili asosida
davlatning yuksak maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega, o‘z burchiga sodiq, vatanparvar
va xalqparvar vakili etib tarbiyalash orqali aholining chinakam roziligiga erishish
maqsad qilingan, bu xalqning ichki ishlar organlariga ishonchini oshiradi. Bu esa
jamiyatda qonun ustuvorligini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlashda ichki
ishlar organlarining rolini yanada mustahkamlaydi.
Joriy qilinayotgan usullar va metodlar bilan bo‘lgan ishlarning kelajakdagi
samaralaridan yanada yuqori natijalar kutish mumkin.
XULOSA VA TAVSIYALAR
Umuman olganda, O‘zbekiston ichki ishlar organlarida amalga oshirilayotgan
islohotlar, davlat mustahkamligini, fuqarolar huquq va erkinliklarini samarali himoya
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–2_ Март –2025
382
qilishni, shuningdek, huquq-tartibotni taʼminlashni maqsad qilgan tizimli
o‘zgarishlarni o‘z ichiga oladi. Bu jarayon ichki ishlar organlarining xalqchil va
professional tuzilmalarga aylanishi uchun muhim qadamlardir.
Shu bilan birga, zamonaviy metodlar va usullarning amalga oshirilishi
samarali bo‘lishini va ahamiyatli natijalarni olishni davom ettirish uchun uzluksiz
takomillashtirish va monitoringni talab etadi.
Ichki ishlar organlarini professional tuzilmagan aylantirish borasida
quyidagi tavsiyalar muhim ahamiyatga ega:
Ma’lumotni va tarbiyalash usullarini tizimli yo‘lga qo‘yish
. Ichki ishlar
organlari xodimlarining ma’naviy tarbiyasi va kasbiy savodxonligini yanada oshirish
uchun, zamonaviy treninglar, psixologiya va pedagogika asosidagi metodikalar
tizimli va uzluksiz shakllantirilishi kerak. Ma’lumot beruvchi materiallar va mashqlar
doimiy ravishda yangilanib, amaliy tahlillar asosida ishlab chiqilishi zarur.
Kasbiy madaniyat va axloqiy tayyorgarlikni mustahkamlash
. Har bir
xodimning kasbiy madaniyati va axloqiy qadriyatlari o‘ziga xos yo‘nalishlarda
treninglar va kurslar orqali har qachongiga rivojlantirilishi lozim. Bu, o‘z navbatida,
xizmatning ko‘rsatilgan sifatini va jamiyatda ichki ishlar organlariga bo‘lgan
ishonchni oshiradi.
Innovatsion
texnologiyalar
va
raqamlashtirishni
joriy
etish
.
Texnologiyalarning rivojlanishi, ayniqsa, maʼnaviy tarbiyalash sohasida faoliyatni
samarali tarzda tashkil qilish uchun ham muhim omil hisoblanadi. Raqamli platforma
va onlayn tarbiyalash jarayonlarini joriy etish, ishlarning sifatini oshirish va ishchi
jarayonlarni optimizatsiyalashga yordam berishi mumkin.
Farqlantirilgan psixologik va psixoterapevtik ko‘mak
. Ichki ishlar
organlarining xodimlariga ixtiyoriy psixologik yordam berish imkoniyatlarini
oshirish, ularning ma’naviy-ruhiy holatini yaxshilashga, shuningdek, har qanday
stress va tajribalarga ta’sir qilishga yordam beradi. Psixologik yo‘nalishdagi samarali
va manzilli tadbirlarning amalga oshirilishi ko‘pchilik muammolarni bartaraf etishga
yordam beradi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–2_ Март –2025
383
Fuqarolar bilan aloqalarni mustahkamlash
. Ichki ishlar organlari
xodimlarining fuqarolar bilan ishlash qobiliyatini yanada rivojlantirish va ularni
fuqarolarga yangi, o‘zgarishlarga javob berish ko‘nikmalarini ishlab chiqish muhim.
Buning uchun, shahar va hududlarda axborot eshittirish va jamoat tashabbuslariga
intilgan holda, tizimli tadbirlar tashkil etilishi kerak.
Maʼnaviy-axloqiy monitoring va baholash tizimini joriy etish
. Ichki ishlar
organlarining xodimlari uchun belgilangan mavjud ko‘nikmalarni va axloqiy huquqiy
standartlarni tizimli tarzda baholash va monitoring qilish muhimdir. Bu natijalarga
amal qilishda uzluksiz ko‘rib chiqish va tahlil qilish mumkin bo‘lgan natijalarni
taqdim etadi.
Zamonaviy ko‘nikmalar va usullar orqali ichki ishlar organlarining
xodimlarini ma’naviy tarbiyalash nafaqat ularning kasbiy savodxonligini oshirish,
balki jamiyatga bo‘lgan ishonchni mustahkamlashga ham yordam beradi. Shunday
ekan, yanada samarali va barqaror natijalarga erishish uchun, ichki ishlar
organlaridagi tarbiyalash va tahsil tizimini doimiy ravishda takomillashtirish muhim
ahamiyatga ega.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
O‘zbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonuni.
2016-yil 16-sentabr.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026-yillarga
mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi
PF-60-son Farmoni. 2022-yil 28-yanvar,
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarining jamoat
xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini
yana-da takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”
PQ-5050-son qarori. 2021-yil 2-aprel.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarini xalqchil
professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yana-da yaqin hamkorlikda ishlashga
yo‘naltirish
bo‘yicha
qo‘shimcha
chora-tadbirlar
to‘g‘risida”gi
PQ-10-son qarori. 2023-yil 20-yanvar.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–2_ Март –2025
384
5. Mirziyoyev Sh.M. Ichki ishlar organlari xodimlari bayramida tabrik nutqidan.
2022-yil 25-oktabr.
6.
. Qobilov Sh. Davlat va xalq tayanadigan asosiy ustun – qonun
uning kuchini amalda namoyon etadigan eng samarali tizim esa ichki ishlar sohasi.
2023-yil. 25-oktabr.