MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–2_ Март –2025
191
OʻZBEK XALQ OGʻZAKI IJODINING FOZIL SHOIR
Toshkent davlat transport universiteti
Boyxurozov Diyorbek Sherzod o‘gli
Annotasiya: Shayxzoda, badiiy ijodning barcha tur va janrlarida asarlar
yozibgina qolmay, adabiyotshunos va tanqidchi sifatida ham samarali ijod qilgan.
Kalit so’zlar: asarlar, dramaturg, tanqidchi, adabiyotshunos, isteʼdod sohibi,
she’rlar, “Toshkentnoma”, Forobiy qabristonida dafn etilgan.
Aslida qondosh ozarbayjon naslidan bo‘lib, keyinchalik o‘zbek xalqining
chinakam sevimli shoiri, yozuvchisi, dramaturgi, zabardast olimi sifatida dong
taratgan Maqsud Shayxzoda 1908-yili Ozarbayjonning Ganja viloyatiga qarashli
Oqtosh shahrida tug‘ildi. Otasi Maʼsumbek elu-yurtda katta obro‘ga ega shifokor edi.
Shayxzoda sheʼriy ijodida, asosan, zamonaviy mavzularda qalam tebratdi,
dramaturgiyasida esa, tarixiy o’tmishga teran nazar tashlab, undagi zamonaviy
muammolarni yoritishga yordam beruvchi siymolar va voqealarga yangi badiiy hayot
bagʻishladi. U umrining so‘nggi yillarida Beruniy toʻgʻrisida so‘nggi sahna asarini
yozdi.
Shayxzoda, badiiy ijodning barcha tur va janrlarida asarlar yozibgina qolmay,
adabiyotshunos va tanqidchi sifatida ham samarali ijod qilgan. 1941-yildayoq „Genial
shoir“ monografiyasini eʼlon qilgan Shayxzoda umrining so’nggi kunlariga qadar
Navoiy hayoti va ijodi bilan muttasil shugʻullanib keldi.
U Navoiyning 500 yilligi munosabati bilan yozgan „Navoiyning lirik
qahramoni haqida“ (1948) maqolasidan keyin „Navoiy lirikasining baʼzi bir poetik
usullari haqida“ (1959), „Ustodning sanʼatxonasida“ (3 qismli maqola, 1965—66),
„Gʻazal mulkining sultoni“ (1966), „Tazkirachilik tarixidan“ (1968) singari yirik
ilmiy tadqiqotlar yaratib, navoiyshunoslik fanini yangi taraqqiyot bosqichiga olib
chiqdi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–2_ Март –2025
192
Oʻzbek xalq ogʻzaki ijodining Fozil shoir singari namoyandalari, „Alpomish“,
„Shirin bilan Shakar“ kabi asarlari, oʻzbek mumtoz va zamonaviy adabiyotining
Bobur, Muqimiy, Furqat, Oybek, Gʻafur Gʻulom, Hamid Olimjon, jahon
adabiyotining Nizomiy Ganjaviy, Sh. Rustaveli, A.S. Pushkin, N.A. Nekrasov, A.N.
Ostrovskiy, T.G. Shevchenko, A.P. Chexov singari namoyandalariga bagʻishlangan
asarlar yozdi. Pedagog olim va shoir sifatida esa talaygina shoir, adabiyotshunos va
tanqidchilar avlodining yetishib chiqishiga munosib hissa qoʻshdi.
1929-yili yosh shoirning o‘zbek tilidagi dastlabki sheʼri “Sharq haqiqati”
gazetasi sahifalarida bosilib chiqadi. Oradan ko‘p o‘tmay, Shayxzodaning birinchi
to‘plami “O‘n sheʼr”, keyinroq “Undoshlarim” (1933), “Uchinchi kitob” (1934),
“Jumhuriyat” (1935) kabi to‘plamlari nashr etiladi.
Maqsud Shayxzoda “xalqimizning mehnat qahramonligi, kurash va jang,
ozodlik va do‘stlik, baxt va alam, yurtning go‘zal manzaralari va insonning maʼnaviy
jamoli mening qalamimga oshno, dilimga mazmun bo‘lib keldi” deb taʼkidlagan edi.
Shoirning bu fazilatlari, eng avvalo, hayotdagi, voqelikdagi va
odamlarimizning ruhiy olamidagi o‘zgarishlar, holatlarni ifodalashga qodir yangi,
betakror obrazlarida namoyon bo‘ldi. Bu Tarix –Yo‘l – Safar – Kema –Karvon, Xarita
(yer kurrasi va Vatani), Manzil, Raqam, Surʼat va Vaqt obrazlaridir. Bular bir-biri
bilan uzviy bog‘langan bo‘lib, insoniyat tarixi yaxlitdir va doim olg‘a qarab harakat
qiladi, bu insoniyat karvonini – kemani to‘xtatib bo‘lmaydi, u insoniyat orzusi – baxt-
saodat manzili sari harakat qiladi.
Buni Shayxzodaning o‘z kitoblariga “O‘n besh yillik daftari” yoki “Chorak
asr devoni” deb sarlavha qo‘yishidan ham bilish mumkin. Shoirning o‘zi “Inson umri
cheklangan muhlatli daftar”, demak bu daftarni foydali, ezgu ishlar – “yozuvlar” bilan
to‘ldirish lozim deydi. “Raqamlar” sheʼrida esa shunday satrlar bor: “Men na
munajjimman va na hisobdon va lekin ko‘raman sonlar mag‘zida osmoncha maʼnolar,
yurtni obodon”...
“Qo‘llar” sheʼrida qo‘llarda insonning borlig‘ini, uning ichki olamining
muhrini ko‘radi. Uningcha, “g‘oyat shafqatli, hayotbaxsh qo‘llar” ham “ayovsiz,
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–2_ Март –2025
193
yovuz, go‘r kabi sovuq, tanbal” qo‘llar ham bor, qisqasi, har bir qo‘l “yurakning
navkarlaridir”, yurak neni buyursa, qo‘l shuni ijro etadi.
Maqsud Shayxzoda ijodiy balog‘atidan dalolat beruvchi asarlardan biri
“Toshkentnoma” dostonidir. Adabiy jamoatchilik o‘z vaqtida bu dostonni shoirning
adabiyotimizning yirik ijodiy muvaffaqiyati sifatida baholadi. Chindan ham,
“Toshkentnoma” Shayxzoda dostonlari ichida eng barkamoli bo‘lib, unda shoir
shaxsiyatining o‘ziga xos qirralari ancha yorqin namoyon bo‘lgan. Dostondagi o‘ziga
xoslik shundaki, asar yaxlit voqea asosiga qurilgan emas.
Shayxzoda ko‘pqirrali isteʼdod sohibi edi. U sheʼrlar va dostonlar bilan birga,
juda yuksak badiiy quvvatga ega bo‘lgan dramalar ham yaratdi. Shayxzoda umrining
so‘ngida yozishga kirishgan, lekin tugatib ulgurmagan “Beruniy” dramasini hisobga
olmaganda ham, uning “Jaloliddin Manguberdi” va “Mirzo Ulug‘bek” dramalari
allaqachon xalqimizning badiiy mulkiga aylanib qoldi.
Shayxzoda asarlari qardosh xalqlar va xorijiy tillarga tarjima qilingan. Shoir
tarjima jarayonida qardosh xalqlar va jahon adabiyoti namoyondalarining mahorat
maktabidan ta’lim olib, ilg‘or an’analarini o‘zida mujassamlashtirgan she’rlar
yozgan.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
Mamurova, F., & Boyxurozov, D. (2024, December). U YILLAR O
‘TGANLAR SAYXUNDAY OG ‘IR...(Maqsud Shayxzoda). In INTERNATIONAL
CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE (Vol. 1, No. 12, pp. 235-
239).
2.
Mamurova, F., & Ruzmatova, Z. (2024, October). PHILOSOPHER OF THE
POET, WISDOM. In INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN
DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS (Vol. 1, No. 9, pp. 89-92).
3.
Mamurova, F., & Aktamova, A. (2024, October). DEDICATION TO
MAQSUD SHAYKHZODA. In INTERNATIONAL CONFERENCE ON
INTERDISCIPLINARY SCIENCE (Vol. 1, No. 10, pp. 294-298).
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–2_ Март –2025
194
4.
Islomovna, M. F. (2024, January). MAQSUD SHAYXZODA–IKKI XALQ
DILBANDI. In INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY
SCIENCE (Vol. 1, No. 1, pp. 263-266).
5.
Mamurova, F. I. (2021, May). ARTIST OF UZBEKISTAN MAKSUD
SHEIKHZADE. In E-Conference Globe (pp. 176-178).
6.
Islamovna, M. F. (2024, January). MAQSUD SHAYKHZADEH-TWO FOLK
DILBANDI.
In
INTERNATIONAL
CONFERENCE
ON
MODERN
DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS (Vol. 1, No. 1, pp. 189-
192).
7.
Islomovna, M. F. (2024). O‘ZBEK ADABIYOTINING ATOQLI
NAMOYANDALARIDAN BIRI MAQSUD SHAYXZODNING “JALOLIDDIN
MANGUBERDI” ASARI. Yangi O'zbekistonda Tabiiy va Ijtimoiy-gumanitar fanlar
respublika ilmiy amaliy konferensiyasi, 2(1), 89-92.
8.
Islamovna, M. F. (2024). THE CREATION OF MAQSUD SHAYKHZODA-
AS A GOLDEN LEGACY. " XXI ASRDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR,
FAN VA TAʼLIM TARAQQIYOTIDAGI DOLZARB MUAMMOLAR" nomli
respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi, 2(1), 90-93.