MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–2_ Март –2025
183
MAQSUD SHAYXZODA– SHOIR, DRAMATURG,
ADABIYOTSHUNOS
Toshkent davlat taransport universiteti
Boyxurozov Diyorbek Sherzod o‘gli
Annotasiya: Shayxzoda, badiiy ijodning barcha tur va janrlarida asarlar
yozibgina qolmay, adabiyotshunos va tanqidchi sifatida ham samarali ijod qilgan.
Kalit so'zlar: asarlar, dramaturg, tanqidchi, adabiyotshunos, iste'dod sohibi,
she'rlar, "Toshkentnoma", Forobiy qabristonida dafn etilgan.
Shayxzoda aql ma'nosidagina emas, siymo ma'nosida ham hammamizdan
ajralib turardi. Muxtor og'aning beozor savoli unga erish tuyulmadi. Aksincha,
hamma erda, hamma vaqt, hamma muhit va sharoitda qalbini obod qilgan faxr
tuyg'usini jo'shtirib yubordi. U suyunib, hatto faxrlanib, ozarbayjonlik ekanini,
Ozarbayjondan kelganini aytdi. Shu so'zlarni aytib turganida Maqsudning yuziga
xuddi osmondagi quyosh ko'chib tushgandek bo'ldi (Maqsud Shayxzoda haqida
xotiralar sahifasidan.
Maqsud Shayxzoda– shoir, dramaturg, adabiyotshunos, tarjimon, pedagog.
O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan san'at arbobi. Bokudagi dorilmualliminni tugatgan.
1927 yilda aksilinqilobiy tashkilot a'zosi sifatida hibsga olinib, 1928 yil fevralda
Toshkentga surgun qilingan. O'rta Osiyo universitetining Sharq fakultetida qisqa
muddat o'qigani (1928)dan keyin "Sharq haqiqati", "qizil O'zbekiston", "yosh
leninchi" gazetalari (1932), "Guliston" jurnali tahririyatlarida xizmat qilgan. Boku
pedagogika institutini tugatgan (1934). Toshkentda til va adabiyot institutida ilmiy
xodim bo'lib ishlagan. 1938 yildan Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika
institutida o'qituvchi.
"O'n she'r" (1932), "Undoshlarim" (1933), "uchinchi kitob" (1934), "yangi
devon" (1937), "jang va qo'shiq", "ko'ngil deydiki..."(1943), "o'n besh yilning daftari"
(1947), "yurt she'rlari" (1948), "yillar va yo'llar" (1961), "she'rlar" (1964) va boshqa
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–2_ Март –2025
184
she'riy to'plamlari nashr etilgan. U Doston janrida "meros", "tuproq va haq" (1936),
"ovchi qissasi", "Iskandar Zulqarnayn" (1940), "o'n birlar" (1943), "Ahmadjonning
hikmatlari", "uchinchi o'g'il" (1944), "Nurmat otaning tushi" (1947) singari liro-epik
asarlar yozdi. Shayxzoda qofiyaning yangi badiiy imkoniyatlarini kashf etib, o'zbek
she'riyatiga yangi vazn va shakl ko'rinishlarini olib kirgan. Shoir ijodiga xos bu
tamoyil uning, ayniqsa, "Toshkentnoma" (1958) lirik dostonida yorqin ifodasini
topgan.
"Jaloliddin Manguberdi" (1944), "Mirzo Ulug'bek" (1961) tragediyalari, bir
qancha ilmiy maqolalar, monografiyalar ("genial shoir", 1941) muallifi. U SH.
Rustavelining "yo'lbars terisini yopingan Pahlavon" (hamkorlikda) eposi, u.
Shekspirning sonetlari, A.S. Pushkinning she'rlari, "mis chavandoz" dostoni, "Mosart
va Saleri" tragediyasi, M.Yu. Lermontovning she'rlari va "Kavkaz asiri" dostonini
o'zbek tiliga tarjima qilgan.
Shayxzoda 1952 yilda hibsga olinib, 25 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan
va 1954 yilda ozod etilgan.
Maqsud Shayxzoda 1967 yilning 19 fevralida vafot etgan. Chig'atoy
qabristoniga dafn etilgan. "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni bilan taqdirlangan (2001).
Toshkentdagi ko'chalardan biri Shayxzoda nomi bilan atalgan.
U – o'lgan sharobdek beparvo, bejon,
Na mastlik keltirar va na hayajon.
Holbuki, bir chog'lar erkin parvozda
Elga sherik bo'lib o'ynab yugurgan,
Quyunning bo'lagi, ulkan miqyosda –
Bepoyon cho'llarda qumlar sovurgan.
Yoki oqshom payti shabboda bilan
Chinorlar tagida qizlarni o'pgan,
Daralar ichida yonganda gulxan,
Bir oz isingani olovga chopgan.
Bu bari bo'lgan gap. Bari haqiqat…
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–2_ Март –2025
185
Ammo eslanadi tushlarda faqat.
Sandiqda bo'g'ilgan bir parcha havo
Bir chog'lar erkinman deb qilgan da'vo…
Shunday: tinib qolgan bir kosa suvda
Sellarning, soylarning afsonasi bor,
O'ngib, xira bo'lgan siniq ko'zguda
Xushro'ylar husnining vayronasi bor,
Bugungi sukutda, tinglasang, dildor,
Kechagi to'ylarning taronasi bor.
Shayxzoda aql ma'nosidagina emas, siymo ma'nosida ham hammamizdan
ajralib turardi. Muxtor og'aning beozor savoli unga erish tuyulmadi. Aksincha,
hamma erda, hamma vaqt, hamma muhit va sharoitda qalbini obod qilgan faxr
tuyg'usini jo'shtirib yubordi. U suyunib, hatto faxrlanib, ozarbayjonlik ekanini,
Ozarbayjondan kelganini aytdi. Shu so'zlarni aytib turganida Maqsudning yuziga
xuddi osmondagi quyosh ko'chib tushgandek bo'ldi (Maqsud Shayxzoda haqida
xotiralar sahifasidan.
Shayxzoda Pushkinning "mis chavandoz", Lermontovning "Kavkaz asiri",
Mayakovskiyning "juda soz" dostonlari va ko'plab she'rlarini, Shekspirning
"Hamlet", "Romeo va Juletta" tragediyalari va sonetlarini, Nozim Xikmatning
she'rlarini, Ozarbayjon shoirlari asarlarini va o'zbek tiliga o'girdi.
Shayxzodaning o'zbek adabiyoti tarixi, o'zbek xalq og'zaki ijodiyoti, xususan,
Alisher Navoiy ijodini tadqiq etish borasida yaratgan ilmiy ishlari ham tahsinga
sazovordir. U filologiya fanlari nomzodi, dosent ham edi. Shayxzoda asarlari
dunyoning bir necha tillariga puxta o'girilgan.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
Mamurova, F., & Boyxurozov, D. (2024, December). U YILLAR O
‘TGANLAR SAYXUNDAY OG ‘IR...(Maqsud Shayxzoda). In INTERNATIONAL
CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE (Vol. 1, No. 12, pp. 235-
239).
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–2_ Март –2025
186
2.
Mamurova, F., & Ruzmatova, Z. (2024, October). PHILOSOPHER OF THE
POET, WISDOM. In INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN
DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS (Vol. 1, No. 9, pp. 89-92).
3.
Mamurova, F., & Aktamova, A. (2024, October). DEDICATION TO
MAQSUD SHAYKHZODA. In INTERNATIONAL CONFERENCE ON
INTERDISCIPLINARY SCIENCE (Vol. 1, No. 10, pp. 294-298).
4.
Islomovna, M. F. (2024, January). MAQSUD SHAYXZODA–IKKI XALQ
DILBANDI. In INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY
SCIENCE (Vol. 1, No. 1, pp. 263-266).
5.
Mamurova, F. I. (2021, May). ARTIST OF UZBEKISTAN MAKSUD
SHEIKHZADE. In E-Conference Globe (pp. 176-178).
6.
Islamovna, M. F. (2024, January). MAQSUD SHAYKHZADEH-TWO FOLK
DILBANDI.
In
INTERNATIONAL
CONFERENCE
ON
MODERN
DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS (Vol. 1, No. 1, pp. 189-
192).
7.
Islomovna, M. F. (2024). O‘ZBEK ADABIYOTINING ATOQLI
NAMOYANDALARIDAN BIRI MAQSUD SHAYXZODNING “JALOLIDDIN
MANGUBERDI” ASARI. Yangi O'zbekistonda Tabiiy va Ijtimoiy-gumanitar fanlar
respublika ilmiy amaliy konferensiyasi, 2(1), 89-92.
8.
Islamovna, M. F. (2024). THE CREATION OF MAQSUD SHAYKHZODA-
AS A GOLDEN LEGACY. " XXI ASRDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR,
FAN VA TAʼLIM TARAQQIYOTIDAGI DOLZARB MUAMMOLAR" nomli
respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi, 2(1), 90-93.