MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–5_ Март –2025
400
MAKTABGACHA TA’LIMDA ,,KEYS- STADY TEXNALOGIYASI
“ QO’LLASH
Farg’ona viloyati O’zbekiston tumani 56-Dmtt direktor o’rinbosari
Boratova O’g’iloy Sodiqjon qizi
ANNOTATSIYA: Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tizimida keys-stady
texnalogiyasi qo’llash xususiyatlari ishlab chiqilgan. Keys-stady texnologiyasining
asosiy maqsadi o’quv didaktik vazifalari, mavjud muammoli vaziyatlarni hal qilish
orqali ularning ilmiy–ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish. Bolalarda bilimlarni
kundalik turmush tarzi bilan bog’lashni, bolalarning fikrlash qobiliyatini o’stirish,
o’qitish samaradorligini oshirish uchun xizmat qiladigan ta’lim metodlaridan biri
hisoblanadi.
Kalit so’zi: Pedagogik-texnologiya, ta’lim-tarbiya, model, texnologiya,
izlanuvchanlik, bilim, ko’nikma, malaka, kompitensiya, keys-stadi, ilmiy-ijodiy,
KIRISH
“Agar mendan sizni nima qiynaydi?” deb so‘rasangiz, farzandlarimizning
ta’lim va tarbiyasi deb javob beraman.
Sh.Mirziyoyev
Bugungi kunda yurtimizda maktabgacha ta’lim tizimiga o’qitish sohadagi
zamonaviy innovatsion texnologiyalarni ta’lim tizimiga joriy qilish, ta’lim faoliyatida
tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarni hamkorligini ta’minlash, ta’lim oluvchilarning
mustaqil bilim olish ko‘nikmalarini rivojlantirish ta’lim oldida turgan muhim
vazifalardan biridir.
Maktabgacha ta'lim sifatini ta'minlash uchun olib borilyotgan islohatlar va
maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga bo’lgan davlat talablari asosida
maktabgacha ta'lim, jumladan pedagoglarni o’qitish dasturini ishlab chiqishda
ko’mak berdi.Maktabgacha ta’lim tizimini taʼlim mazmunini takomillashtirishga oid
qabul qilingan hukumat qarorlari, samaradorligini oshirishni, tez taraqqiy etib
borayotgan jamiyat uchun har tomonlama rivojlangan barkamol avlodni tarbiyalab
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–5_ Март –2025
401
yetishtirishni talab qiladi. Shu oʼrinda ta’lim texnalogiyalarining kirib kelishi va
qoʼllanishi davr talabi bilan bevosita bogʼliqdir.
Kuzatuvlar shuni koʼrsatadiki, aksariyat hollarda tarbiyachi faoliyat
jarayonida faqat oʼzi ishlaydi, tarbiyalanuvchilar esa kuzatuvchi boʼlib qolaveradilar.
Taʼlimning bunday koʼrinishi bolalarning aqliy tafakkurini oʼstirmaydi, faolligini
oshirmaydi, taʼlim jarayonidagi ijodiy faoliyatini soʼndiradi. Shuningdek, ilgʼor
pedagogik texnologiya asosida tashkil etilgan darslar oʼquvchilarni bilimlarining
yaxlit oʼzlashtirilishiga yordam beradi, o’quvchi tafakkurini oʼstiradi, mustaqil,
ijodiy fikrlashga oʼrgatadi. Zero, barkamol avlod tarbiyasi jamiyat madaniy-maʼrifiy
taraqqiyotining, millat maʼnaviy kamolotining muhim belgisidir. Aynan amaliy
vaziyatlarni hal qilishda qo‘llaniluvchi keys-stadi texnologiyasi kelgusi faoliyat
jarayonida yuzaga keluvchi vaziyatlarning yechimini oldindan topishga o‘rgatuvchi,
yangi yechimlarni ishlab chiqishga yo‘naltiruvchi pedagogik teхnologiyalardan
biridir.
Keys stady texnalogiyasi inglizcha “Case study” so’zlaridan olingan.Bunda
“Case”-yashik
,quti,g’ilof,jild,study-o’rganish,tadqiq
qilish,ilm
bilan
shug’ullanish,o’quv fani,saboq olish,o’qish ma’nolarini bildiradi.
Keys-stadi” texnologiyasi dastlab 1870 yilda AQShning Garvard
universitetining huquq maktabida, 1924 yilda biznes maktabida qo’llanilgan. Hozirda
texnologiya xorijiy mamlakatlarda iqtisodiyot, biznes sohalarida ham keng
qo’llanilmoqda. Rossiyada esa u
o’tgan asrning 80-yillarida dastlab MDUda, keyinchalik esa boshqa ta’lim
muassasalarida ham faol qo’llanila boshlandi. O’zbekistonda
“Keys-stadi” metodi ta’lim jarayoniga mustaqillik yillaridagina tadbiq etildi.
Xorijiy ta’limida keyslarni qo’llashga nisbatan shunday yondoshuv
mavjud;keys– real hayotning “bir parchasidir” (ingl. “True life”). Chet ellardagi
biznes-maktablarda odatiy vaziyatlarni o’rganishga o’quv vaqtining o’rtacha 25
%dan 90 %gacha bo’lgan qismi ajratiladi.
Masalan, Chikago universiteti biznes-maktabida o’quv vaqtining 25 %
keyslar ulushiga,Kolumbiya universitetida, 30 %, Uortonda esa – 40 % to’gri keladi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–5_ Март –2025
402
Mashgulotlarni ushbu uslub bo’yicha o’tkazishga ajratiladigan soatlar soni bo’yicha
Garvard yetakchilik qiladi. Oddiy
talaba ta’lim davrida 700 tagacha keyslarni ko’rib chiqadi va buning uchun
o’quv vaqtining 90%gacha qismini sarflaydi
Keyslarni quyidagi turlarga ajratish mumkin:
- baholash, tahlilga o‘rgatuvchi;
- muammoni yechish, qaror qabul qilishga o‘rgatuvchi;
- umumiy tarzda muammoni yechishga o‘rgatuvchi keyslar
Keys-stadi texnologiyasi
nazariy bilimlarni amaliy vazifalarda hal qilishga yo‘naltirilgan tizimdir
Keys stadi texnologiyasining asosiy vazifalari:
1.Bunda o‘quv jarayonining vazifasi ma’lum bo‘lib qolgan an’anaviy
tizimdan chetga chiqish va bitta aniq qarorni qabul qilmasdan mantiqiy fikrlagan
holda turli-xil javoblar variatini topish bilan ifodalanadi.
2.Ta’limning maqsadi tayyor bilimlarni egallashga emas, balki mustaqil
o‘rganishga, talaba bilan o‘qituvchini hamkorligini ta’minlashga qaratilgan.
3.Keys -stadi texnologiyasi orqali nafaqat bilim olinadi, balki kasbiy
ko‘nikma va malakalar ham egalaniladi.
4.Ushbu jarayonda hayotda sodir bo‘ladigna voqealar asosida modul ishlab
chiqiladi. Muammoni hal qilish davomida o‘qituvchi yordamchi, yo‘naltiruvchi
vazifasini bajaradi.
5.Texnologiyasining mohiyati nafaqat bilim egallash, balki amaliy
ko‘nikmalarni shakllantirish, rivojlantirish, hayotiy vaziyatlarni o‘rganish, olingan
bilimlarni tadbiq qilishdan iboratdir.
6.Keys- stadi texnologiyasida an’anaviy ta’limdagi kamchiliklar bartaraf
qilinadi, yani quruq izohlashlar o‘rnini, ijodiy tortishuvlar egalaydi, dars jarayonini
xuddi teatr tomashasini eslatadi.
Keys-stadi texnologiyasi ta’limda interfaol uslub bo‘lib talabalarda darsga
bo‘lgan qiziqishni kuchaytiradi, nazariy materiallarni amaliy tadbiq qilishni
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–5_ Март –2025
403
ko‘zlaydi, ta’lim jarayoniga nisbatan ijodiy motivlarni shakllantiradi. Shu bilan
birgalikda bu uslub tarbiyachi siymosini yangicha talqin qiladi, uni ijodiy izlanishga
bolalarda tasviriy faoliyatni ijodiy-qobiliyatlarini fikrlashga yangilik yaratishga
undaydi.Chunki
tasviriy faoliyat vositasida bolalarning ijodkorligi,ijodiy fikr,tasavvur,idrok
etish qobiliyatlari shakllanadi.
Tasviriy faoliyat bo’yicha maktabgacha ta’lim tashkiloti keys stadi
texnologiyasini qo’llash orqali bolalar predmetlar bilan uzviy bog’lanadilar,ularning
o’ziga xos sifatlari,shakli,rangi katta-kichikligi bilan tanishadilar,bu esa bolalarni
sensor tarbiyalashga ko’rgazmali obrazli fikr yuritishga imkon beradi.
Bolalar ishlarida o’z hayotida,jamiyatda bo’layotgan voqea hodisalarni aks
ettiradilar,ulardan mamnun bo’ladilar,hayajonlanadilar.Tasviriy faoliyat jarayonida
bolalarda irodaning sifatlari boshlangan ishning oxiriga yetkazish,oldiga maqsad
qo’yib ,o’shani bajarishga intilish qiyinchiliklarni yengish,o’rtoqlariga
yordamlashish kabi xususiyatlar tarbiyalanadi.Jamoa ishini yaratish jarayonida
bolalarga bir-biriga yordam,kelishib ishlash kabi sifatlari,ishni baholash jaryonida
ularda o’rtoqlarining ishga nisbatan real munosabatda bo’lish,to’g’ri baholash,o’z
ishidan va o’rtoqlarining ishidan xursand bo’lish kabi axloqiy sifatlar shakllanadi.
XULOSA
Maktabga bolalarni tayyorlashda tasviriy faoliyat keys stady texnologiyasi
katta ahamiyat kasb etadi.Sababi,an’anaviy ta’lim jarayonidagi tasviriy faoliyatdan
ko’ra keys stady texnalogiyasida olib borilgan tasviriy faoliyat jarayoni bolalarda
idrok tassavur shakllanishi sezilarlui darajada ortadi . Maktab tasviriy faoliyat
darslari va mehnat darslarini muvaffaqiyatli egallashlariga asos bo’ladi.Ularni o’quv
faoliyatiga tayyorlaydi:pedagogni tinglashga,uning ko’rsatmalarini bajarishga
o’rgatadi.Oldiga qo’yilgan vazifani hal etishda,uning asosiy va muhim hal etish
yo’llarini izlab topishbu o’quv faoliyatning asosiy sababchilaridan biridir.Tasviriy
faoliyat jarayonida o’z ishini nazorat qilib borish,maktabda vazifalarni bajarishda
ham rol o’ynaydi.Shuningdek,bola tasviriy faoliyat jarayonida psixologik jihatdan
ham tayyorlanib boradi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–5_ Март –2025
404
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1.Ashura D.Yuldasheva Z “Ta’lim tizimida innovatsion texnologiyalarni qo’llash-
zamon talabi” “xalq ta’limi”j Toshkent 2016 №16-17
2. “Ilk qadam” davlat dasturi T:2018.
3. Maktabgacha ta’limga qo’yiladigan davlat talablari.T.2019.
4. Amirova G.A.Sulaymonov A.P. Djurayeva B.R. Maktabgacha ta’lim
muassasalarida applikatsiya mashg’ulotlari.T.2014
5. D.T.Sabirova. Maktabgacha yoshdagi bolalarda tasviriy savodhonlik
elementlarini shakllantirish.(13.00.01.-Pedagogika nazariyasi va tarixi ixtisosligi
bo’yicha yozilgan dissertatsiyaning avtoreferati) T.2007