Authors

  • Xaqnazarova Shaxnoza Shavkat qizi

Author Biography

  • Xaqnazarova Shaxnoza Shavkat qizi

    Qashqadaryo viloyati Kitob tumani 26 - umumiy o‘rta ta’lim maktabi amaliyotchi psixologi

     

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.119243

Keywords:

kasb tanlash kasbni sevish kasbga jalb etish kasb tanlash muammolari ijobiy yechim ota-ona ko‘magi pedagogik-psixologik tavsiyalar maktab bitiruvchisi.

Abstract

mazkur maqolada kasblarni tuzilishi va kasb tanlashdagi muammolar hamda ularni bartaraf etish yo‘llari haqida fikr va mulohazalar keltirib o‘tilgan.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-22

Часть–5_ Март –2025

359

MAKTAB BITIRUVCHILARINI KASBGA YO‘NALTIRISHNING

IJTIMOIY-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Xaqnazarova Shaxnoza Shavkat qizi

Qashqadaryo viloyati Kitob tumani 26 - umumiy o‘rta ta’lim maktabi

amaliyotchi psixologi

Annotatasiya: mazkur maqolada kasblarni tuzilishi va kasb tanlashdagi

muammolar hamda ularni bartaraf etish yo‘llari haqida fikr va mulohazalar keltirib

o‘tilgan.

Kalit so‘zlar: kasb tanlash, kasbni sevish, kasbga jalb etish, kasb tanlash

muammolari, ijobiy yechim, ota-ona ko‘magi, pedagogik-psixologik tavsiyalar,

maktab bitiruvchisi.

Kasb tanlash bu - inson hayotida muhim qarorni qabul qilishda ilk qadam

hisoblanadi. Inson umri davomida o‘zi tanlagan kasbdan mamnun bo‘lib yashashi,

anashu muhim qarorni qabul qilishiga bog‘liqdir. Maktabgacha va maktab ta’limi

vazirligi buyrug‘i bilan o‘quvchilarga o‘rgatiladigan bitta kasb-hunar turi va ular

amaliyoti yo‘lga qo‘yiladigan 208 ta umumiy o‘rta ta’lim muassasasi ro‘yxati

shakllantirildi. Tanlab olingan maktablarda o‘quvchilar qiziqishidan kelib chiqib,

quyidagi 3 yo‘nalishdan biri bo‘yicha kasb-hunar o‘rgatiladi:

- ishchi kasblar ( hududning ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatidan kelib chiqib,

tadbirkor va hunarmandlar jalb qilingan holda 64 turda);

- tadbirkorlik (21 turdagi ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalari

bo‘yicha);

- zamonaviy kasblar (10 dan ortiq axborot texnologiyalari va kreativ

industriya yo‘nalishi bo‘yicha).

2023-2024 o‘quv yilida 17 ming nafardan ortiq o‘quvchiga kasb-hunar

o‘rgatish rejalashtirilgan1 . Bundan ko‘rinib turibdiki mamlakatimizda bitiruvchilarni

kasbhunarga yo‘naltirish ishlari tizimli ravishda amalga oshirilmoqda. Biroq, hali


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-22

Часть–5_ Март –2025

360

maktablarda o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish borasida amalga oshirilishi

lozim bo‘lgan masalalar ko‘pdir. Bitiruvchi yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirishda

kasb tanlashda muammolarga duch kelinishi asosiy masalalardan biridir. Bu

muammolarni ijobiy yechimini topish uchun ta’lim muassasalarida maktab

bitiruvchilarini kasb-hunarga yo‘naltirish, kasblar olami bilan tanishtirishdan

boshlanadi. Bitiruvchilar kasblar haqida qancha ko‘p ma’lumotga ega bo‘lishsa

o‘quvchilarni kasb tanlash uchun imkoniyatlari shuncha katta hisoblanadi. Yuqori

sinf o‘quvchilarini qiziqishlari, mayllari, intilishlari, qobiliyatlari, iste’dodlari asosida

tanlagan kasblariga to‘g‘ri yo‘naltirish o‘spirinlar uchun katta hayotiy masaladir.

Bitiruvchirlarga o‘qituvchilar, ota-onalar jamoatchilik, o‘z kasbining ustalari,

murabbiylar alohida e’tibor berishlari kerak. Maktabni bitirgunicha hamma

o‘quvchilar kasbini qat’iy tanlaydi deya olmaymiz. Sababi maktab bitiruvchilarida

kasblarga har xil munosbatlar hosil bo‘lishi va maktabda o‘qish davrida kasb tanlash

bo‘yicha turli xil niyatlar paydo bo‘lishidir. V. A. Krutetskiy o‘spirinlarda

uchraydigan motivlardan quyidagilarni alohida ifodalaydi:

- biror o‘quv faniga qiziqish;

- vatanga foyda keltirish istagi (o‘ziga xos psixologik xususiyatini hisobga

olmagan holda);

- shaxsiy qobiliyatini ro‘kach qilish;

- oilaviy an’analarga rioya etish (vorislik);

- do‘stlari va o‘rtoqlariga ergashish;

- ish joyi yoki o‘quv yurtining uyiga yaqinligi;

- moddiy ta’minlanishining yaxshi ekani;

- o‘quv yurti ko‘rinishining chiroyliligi yoki unga joylashish osonligi.

Bundan tashqari boshqa motivlar ham masalan, o‘quvchining biror kasbga,

fanga moyilligi, maqsadi, unga intilishi, kasb to‘g‘risidagi ma’lumoti ham sabab

bo‘lishi mumkin. Maktab bitiruvchilarida kasblar haqida yaqol tasavvur bo‘lmasligi

sababli ular kasb tanlashda ko‘proq xatoga yo‘l qo‘yadilar. Bunga asosiy omil qilib

o‘z qobiliyatlarini oqilona baholay olmasligi va u yoki bu kasbni egallash uchun

qanchalik tez va aniq harakat qila olishlarini, bu ishga moslasha olishlari


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-22

Часть–5_ Март –2025

361

mumkinligini bilmasligidir. Anashunday muammolarni oldini olish va bartaraf etish

uchun imkoniyatlar mavjud.

Mamlakatimiz ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar ertangi yosh

avlodni har tomonlama tarbiyalab, kelajakda komil insonlar bo’lib yetishishlarini

ko’zda tutadi.Mustaqilligimizga erishgan yillarimizdanoq yurtimiz ertasi bo’lgan

yoshlarga katta e’tibor qaratila boshlandi va ularga birqator keng imkoniyatlar

yaratildi. Mamlakatimiz prezidenti Sh.Mirziyoyevning yoshlarnning kasb hunar

egallashi borasida bildirgan quyidagi fikrlari ayniqsa etiborga molikdir:

- Mahallalarda 1000 dan ziyod kasb-hunarga o’qitish markazlari tashkil

etiladi;

-Kasb-hunarga o’qitilgan har bir shaxs uchun o’quv markazlarida 1 million

so’mgacha subsidiya beriladi.Buning uchun budjetdan 100 milliard so’m ajratiladi;

-O’quv kurslarini tamomlab,o’z biznesini boshlamoqchi bo’lgan fuqarolarga

uskunalar xarid qilish uchun 7 million so’mgacha subsidiyalar beriladi;

Shuningdek,umumiy o’rta ta’lim muassasalarining 10-11-sinflari o’quvchilari

ta’lim olishlari bilan birgalikda ularga kasb-hunar o’rgatish, o’quvchilarning qiziqish

va qobiliyatlaridan kelib chiqqan holda kelajakda ularning ta’limini davom ettirishlari

yoki egallagan kasblari bo’yicha mehnat faoliyati bilan shug’ullanishlariga

sharsharoitlar yaratish bo’yicha chora tadbirlar tashkil qilindi.Ushbu chora tadbirlarga

muvofiq umumiy o’rta maktab,akademik litsey bitiruvchilarida aniq bir maqsadli

kasbiy motivlarni shakllantirish,kasbga yo’naltirish bo’yicha aniq metodikalar

o’tkazish va qaysi kasbga qobiliyatlari borligini aniqlash zarur. Chunki hozirgi kunda

ko’plab holatlarda farzandlar ota-ona majburiyatlaridan kelib chiqqan holda kasb

tanlashga majbur bo’lib kelmoqda. Bilamizki,ota-onalar o’zlari erisha olmagan

kasbini farzandlarida ko’rishni hohlaydi.Bu esa, ertangi kunda farzandlarining

majburan tanlagan sohalarida na yutuqqa erisha olishlarini bildiradi na kelajagiga

foyda berishiga ishonish mumkin.Bunda ,albatta, jamiyatimizda psixologik

bilimlarning yetishmasligini takror va takror ko’ramiz.Shuning uchun ham har biro

ota-ona

farzandlarini

qiziqish

va

qobilyatlariga

e’tiborli

bo’lishlari


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-22

Часть–5_ Март –2025

362

kerak.Farzandlarining kelajagiga bee’tibor bolmasliklari zarur va shart deb

hisoblayman.Qiziqish-insonlarning dunyoqarashi,e’tiqodlari,idealari,ya’ni uning oliy

maqsadlari,orzu niyatlari,orzu umidlari bilan bevosita muhim rol o’ynaydi hamda

ularning muvaffaqiyatli kechishini ta’minlash uchun xizmat qiladi. Yosh avlodni

kasb-hunarga yo'naltirish orqali, bo'lajak kasbiy qarorlarni shakillantirish, kasbni

erkin va mustaqil tanlashlari uchun kasb-hunarga yo'naltirish ishlariga mustahkam

zamin yaratuvchi ilmiy-amaliy tizim sifatida qarash lozim. Bu tizim orqali har bir

o'quvchi shaxsini kasbga yo'naltirishda individual xususiyatlarni ham xalq

manfaatlari nuqtai nazardan mehnat reurslarini to'laqonli ta'minlash zaruratini

hisobga olish kerak. Lekin bugungi kunda umumiy o'rta ta'lim maktablarida

o'quvchilarni kasbga yo'naltirishning ilmiy amaliy tizimi yetarlicha ishlab

chiqilmagan, ilmiy pedagogik asoslari talab darajasida yaratilmagan. Bundan tashqari

hozirgi kun talablari asosidagi tezkor yangiliklar, zamonaviy texnologik o'quv

qo'llanmalar, dars ishlanmalari, ko'rgazmali vositalarning kamligi,kasb tanlash mezon

va me'yorining belgilanganligi, kasb tanlash bo'yicha tezkor aloqning

o'rnatilmaganligi kabi muammolar dolzarb masalardan biridir. Kasb tanlash uchun

o'quvchi o'z imkonoyatlarini baholay olish ko'nikmasiga, ya'ni qiziqishi mos kasblar

bo'yicha ma'lumotga ega bo'lishi, bu kasblarning imkoniyatlari, kelajagi haqida

axbort va yangiliklardan xabrdor bo'lishi zarur.

Kasbga yonaltirishda har bir shaxsning individual xususiyatlari, qiziqishlarini,

shuningdek, jamiyatning qaysidir kasbga nisbatan ehtiyojini ta'minlash zarurligini

inobatga olgan holda tanlashni taqozo etadi. Kasbga to'g'ri yonaltirish shaxsning

hayotida to'g’ri yo'lni topishiga imkon beradi. O'quvchilarni mustaqil mehnat

faoliyatiga tayyorlash va ularning kasb-hunarni o'zlarining qobiliyatlariga yarasha

to'ri tanlashlariga erishish uchun maktab o'qituivchilarining pedagogik mahorati,

bilim saviyasi, perseptiv, akademik, kommunikativ kabi qobiliyatlari yuqori bo'lishi,

kasblar bilan bog'liq fan to'garaklarining faoliyatini rivojlantirish, maktablarda kasb -

hunar to'risidagi ma'ruzalarni tashkillash o'z natijasini beradi, shuningdek,

maktablarda " Kasbim faxrim", "Kasbim kelajagim dasturi" kabi mavzularda seminar

- trening mashg'ulotlari, suhbatlar va munozaralar o'tkazilishi, uchrashuvlar, kasb -


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-22

Часть–5_ Март –2025

363

hunarga oid ko'rgazmalar tashkil etilishi, o'quvchilarda kasb tanlashga qiziqish hamda

ishtiyoqini uyg'otadi. Umumta'lim maktablarida o'quvchilarni kasb hunarga

yo'naltirish ishlari maktab rahbariyati bilan birgalikda maktabning amaliy psixologi,

kasbga yo'naltiruvchi mutaxassislar va o'qituvchilar bilan birgalikda amalga

oshiriladi.

Xulosa o'rnida shuni aytish joizki, respublikamizda amalga oshirilayotgan

bunyodkorlik ishlarining zamirida davlatimizni yetakchi demokratik davlatlar

ko'rsatkichiga chiqarish bosh maqsadi yotibdi. O'quvchilarda o'zlarining qiziqishlari

asosida kasb tanlashga yo'llash bugunning dolzarb masalalaridir. Mehnat ta'limi

darslari va tabiiy fanlarni o'qitishda o'quvchilarni kasbga yo'llash imkoniyatlari

chegaralanganligi

sababli

ularni

to'garak

faoliyatida

amalga

oshirish

mumkin.To'garaklarda o'quvchilarni bajaradigan faoliyatidan kelib chiqib kasblarga

yo'naltirish imkoniyatlari kattadir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Г. Н. Эшчанова (2021). МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТЛАРИДА

ПЕДАГОГИК ИННОВАЦИЯЛАРНИНГ ЎРНИ. Academic research in

educational sciences, 2 (NUU Conference 1), 82-85.

2. Mirzaliyevna, S. Z. (2023). BOSHLANG ‘ICH SINF O ‘QUVCHILARINI

IJODKORLIKKA

O

‘RGATISHDA

XORIJIY

TAJRIBALARDAN

FOYDALANISH METODIKASI (O ‘QISH VA ONA TILI O ‘QISH

SAVODXONLIGI DARSLARI MISOLIDA”. Finland International Scientific

Journal of Education, Social Science & Humanities, 11(6), 598-603.

3. NNOVATIVE MODEL OF SHAPING STUDENTS' CREATIVE THINKING

SKILLS IN PRIMARY EDUCATION IN THE PROCESS OF CREATING

PROBLEM SITUATIONS AND ITS CONTENT. Innovativ achievements in skience

2022. Kalendarova Zarafshon KalbaevnaSenior Lecturer, Department of Education,

Kokand University, Kokand, Fergana region.

4. Parpiyev Odiljon Olimovich. (2023). RIVOJLANISH VOSITASI SIFATIDA

TRIZ TEXNOLOGIYASINING XUSUSIYATLARI . ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И

ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 24(1), 17–20.