Authors

  • Tursunova Nafisa Sobirovna

Author Biography

  • Tursunova Nafisa Sobirovna

    Qashqadaryo viloyati  Qarshi shahar 5-umumiy ôrta ta’lim maktabning amaliyotchi psixologi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.119257

Abstract

Maktab — bu oʻquvchilar uchun bilim olish, rivojlanish va ijtimoiy koʻnikmalarni shakllantirishning eng muhim joylaridan biridir. Ammo, maktabda ham zoʻravonlikning mavjudligi bu jarayonni sezilarli darajada buzishi mumkin. Zoʻravonlik — bu jismoniy, ruhiy yoki emosional zarar etkazishga yoʻnaltirilgan xatti-harakatlar toʻplamidir. Maktabda zoʻravonlik nafaqat oʻquvchilarning bir-biriga nisbatan qoʻllanadigan shaxsiy hujumlar, balki oʻqituvchilarga nisbatan ham boʻlishi mumkin.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-22

Часть–5_ Март –2025

279

BIZ ZOʻRAVONLIKKA QARSHIMIZ

Tursunova Nafisa Sobirovna

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar 5-umumiy ôrta ta’lim maktabning

amaliyotchi psixologi

Maktabda zoʻravonlik va uning ta’siri

Maktab — bu oʻquvchilar uchun bilim olish, rivojlanish va ijtimoiy

koʻnikmalarni shakllantirishning eng muhim joylaridan biridir. Ammo, maktabda

ham zoʻravonlikning mavjudligi bu jarayonni sezilarli darajada buzishi mumkin.

Zoʻravonlik — bu jismoniy, ruhiy yoki emosional zarar etkazishga yoʻnaltirilgan

xatti-harakatlar toʻplamidir. Maktabda zoʻravonlik nafaqat oʻquvchilarning bir-biriga

nisbatan qoʻllanadigan shaxsiy hujumlar, balki oʻqituvchilarga nisbatan ham boʻlishi

mumkin.

Zoʻravonlikning turlari

Maktabda zoʻravonlikni bir necha turga ajratish mumkin:

1.

Jismoniy zoʻravonlik

: Bu turdagi zoʻravonlik oʻquvchilarning bir-

biriga yoki oʻqituvchilarga nisbatan qoʻl koʻtarish, turli xil jismoniy hujumlar qilishni

oʻz ichiga oladi. Misol uchun, urish, itarish yoki haqoratlash kabi xatti-harakatlar.

2.

Psixologik yoki emotsional zoʻravonlik

: Bu, oʻquvchining ruhiy

holatini yoʻqotishiga olib keladigan harakatlardir. Bularga masxara qilish, kamsitish,

izolyatsiya qilish yoki tahdid qilish kiradi. Psixologik zoʻravonlik koʻpincha jismoniy

zoʻravonlikdan kamroq koʻrinadi, ammo uning ta’siri oʻquvchining oʻzini anglashiga

va ijtimoiy hayotiga salbiy ta’sir qiladi.

3.

Kiber-zoʻravonlik

: Internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali amalga

oshiriladigan zoʻravonlik turi boʻlib, oʻquvchilar oʻzaro onlayn xabarlar, videolar,

yoki suratlar orqali haqoratli xatti-harakatlarga duchor boʻlishadi.

4.

Zoravonlikni koʻrish (viktim-blaming)

: Ba’zan oʻquvchilar

zoʻravonlikka uchraganlarida ular ayblanadi yoki bunday holatlar inkor qilinadi. Bu


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-22

Часть–5_ Март –2025

280

holat, oʻquvchilarning oʻzini noqulay his qilishiga va qoʻllab-quvvatlash tizimlariga

ishonchni yoʻqotishiga olib kelishi mumkin.

Zoʻravonlikning ta’siri

Maktabda zoʻravonlikning salbiy ta’siri juda keng boʻlishi mumkin, va uning

ta’siri nafaqat jismoniy, balki emotsional va ijtimoiy sohalarga ham katta zarba

beradi.

1.

Psixologik salbiy ta’sir

: Zoʻravonlikka duchor boʻlgan oʻquvchilarda

xavotir, depressiya, oʻz-oʻziga ishonchsizlik va oʻzini past baholash kabi holatlar

yuzaga kelishi mumkin. Bu oʻquvchilar oʻzlarini izolyatsiya qilishi, maktabdan

qochishi yoki akademik yutuqlarda pasayish boʻlishi mumkin.

2.

Akademik natijalarga ta’sir

: Zoʻravonlik oʻquvchilarning diqqatini

jamlashiga va oʻqishdagi muvaffaqiyatlariga toʻsqinlik qiladi. Ular maktabda oʻzini

xavfsiz his qilmasliklari sababli, darslarga nisbatan qiziqishlarini yoʻqotishi mumkin.

3.

Sosial aloqalarga ta’sir

: Zoʻravonlik, oʻquvchilarning doʻstlar

orttirishiga toʻsqinlik qiladi. Bunday oʻquvchilar maktabda oʻzini yakkalanib,

tashqariga chiqishga yoki boshqa oʻquvchilar bilan ijtimoiy aloqalarni oʻrnatishga

qiynalishadi.

4.

Maktabda umumiy atmosfera

: Maktabda zoʻravonlikning mavjudligi

oʻquvchilarning oʻzaro munosabatlariga salbiy ta’sir qiladi. Bunda maktab jamoasida

qoʻrquv, stress va xavotir muhitining yuzaga kelishi mumkin. Bu esa, maktabning

umumiy atmosferasini buzadi va barcha oʻquvchilarning rivojlanishiga salbiy ta’sir

koʻrsatadi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-22

Часть–5_ Март –2025

281

Zoʻravonlikning sabablarini oʻrganish

Maktabda zoʻravonlikni kamaytirish uchun uning sabablarini chuqur tahlil

qilish zarur. Zoʻravonlikni keltirib chiqaruvchi omillar orasida:

Uyda yoki oilada zoʻravonlik

: Oila muhitidagi zoʻravonlikni koʻrgan

bolalar, bunday xatti-harakatlarni maktabda ham namoyon etishlari mumkin.

Ijtimoiy ta’sirlar

: Media, ijtimoiy tarmoqlar va doʻstlar orasida

zoʻravonlikni normal holat deb koʻrsatuvchi ta’sirlar.

Kam rivojlangan ijtimoiy va emotsional koʻnikmalar

: Ba’zi

oʻquvchilar oʻz hissiyotlarini boshqarish, muammolarni hal qilish va boshqa

oʻquvchilar bilan muloqot qilish boʻyicha etarli koʻnikmalarga ega emaslar.

Maktabdagi qoʻllab-quvvatlash tizimlarining zaifligi

: Maktabda

zoʻravonlikka qarshi kurashish uchun yetarlicha oʻqituvchilar, psixologlar yoki

boshqa yordam koʻrsatuvchi shaxslar boʻlmasligi.

Bularning barchasi maktabda zoʻravonlikning oldini olish va unga qarshi

kurashish uchun aniq, samarali dasturlar va strategiyalarni ishlab chiqishni taqozo

etadi. Maktabda zoʻravonlikni kamaytirish va xavfsiz muhit yaratish uchun ta’lim

olish, jamoaviy ishlash va oʻquvchilarni oʻzaro hurmatga asoslangan muloqotga

undash juda muhimdir.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-22

Часть–5_ Март –2025

282

Bolalarning oʻzi himoyalanmagan, zaif ijtimoiy qatlam boʻlishlariga qaramay,

koʻp hollarda tabiiy ofatlar, harbiy harakatlar hududida qolib ketadilar, jismoniy,

emotsional va jinsiy zoʻrlanish qurboniga aylanadilar. BMTning bergan

maʼlumotlariga koʻra har yilda 14 yoshgacha boʻlgan bolalarning 2 mln.ga yaqini ota

onalar zoʻravonligidan qiynaladilar. Ularning har oʻntadan biri hayotdan koʻz

yumadi, ikki mingtasi esa hayotni oʻz joniga qasd qilish bilan yakunlaydi.

Zoʻravonlik bir necha koʻrsatkichlar boʻyicha klassifikasiyalanadi:

ochiq va yopiq (kimdir oshkor qiladi, kimdir yashiradi);

hozirda ham davom etayotgan yoki oʻtmishda sodir boʻlgan;

birlik yoki koʻplikda, uzoq yillar davom etuvchi;

sodir etilayotgan joy va muhitga koʻra zoʻravonlik: uyda qarindoshlar

tarafidan, maktabda pedagog yoki bolalar tomonidan, koʻchada bolalar yoki notanish

kattalar tarafidan boʻlishi mumkin.

Asanova ishlarida taklif etilgan quyidagi zoʻrlik klassifikatsiyasi keng

tarqalgan: Jismoniy zoʻravonlik 18 yoshgacha bshlgan bolalarga nisbatan koʻrsatilgan

tasodifiy boʻlmagan jarohatning har qaysisi. Jismoniy zoʻravonlik yuzga urish,

itarish, boʻgʻish, yumdalash, kamar yoki arqon bilan kaltaklash, ogʻir predmetlar va

pichoqlar bilan jarohatlar yetkazish shaklida namoyon boʻladi. Jismoniy zoʻravonlik

oʻz ichiga bolalarni narkotik, alkogol moddalariga jalb qilishni, zaharlovchi yoki

hushsizlantiruvchi tibbiy preparatlar (masalan, vrach tomonidan yozib berilmagan

uyqu chaqiruvchilarni, shuningdek choʻktirishga urinishlarni ham qamrab oladi.

Jinsiy zoʻravonlik bolalar (qiz yoki oʻgʻillarni) kattalar yoki boshqa bolalar

tomonidan oʻzining jinsiy ehtiyojlarini qondirish, manfaat olish maqsadida ulardan

foydalanishidir. Jinsiy zoʻravonlik oʻz ichiga har qanday jinsiy aloqani, jinsiy

organlarning tana kontaktini, bolalarni fohishabozlikka, pornobiznesga jalb qilishni,

bolaning oldida jinsiy organlarni yalangʻoch holda koʻrsatish va unga sezdirmasdan

yechinayotganida kuzatish kabi hollarnmi qamrab oladi. Bolaning zarurat va

qiziqishlariga eʼtiborsizlik ota onalar yoki ayrim sabablarga koʻra ularning oʻrnini

bosuvchi shaxslar tomonidan bolaning ovqatga, qiyinishga, uy joyga, taʼlim olishga,

tibbiy yordamga boʻlgan majburiy taʼminlanishi kerak boʻlgan zarurat va ehtiyojlarini


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-22

Часть–5_ Март –2025

283

taʼminlamaslik. Bolani baxtsiz hodisalarga olib keluvchi qarovsiz qoldirishlar

yuqoridagilarga misol boʻla oladi.

Psixologik zoʻravonlik doimiy yoki vaqti vaqti bilan bolani haqoratlash,

oʻqituvchi, tarbiyachilar, ota-onalar tarafidan koʻrsatiladigan qoʻrqituvlar; uning

insoniylik gʻururini kamsitish, ularni u qilmagan ishda ayblash, bolaga muhabbatning

yoʻqligini, unga adovatni namoyish etish. Shuningdek, bu zoʻravonlik turiga doimiy

yolgʻon va bolaga qoʻyilayotgan talablar uning yoshiga mos emasligi ham kiradi.

Emotsional zoʻravonlik. Ayrim tadqiqotchilar har qanday zoʻravonlik asosida

emotsional zoʻravonlik, xoʻrlanganlik yotadi degan fikrdalar. Odatda jabrlanuvchi

bola bir vaqtning oʻzida zoʻravonlikning bir qancha turini boshdan oʻtkazadi.

Masalan, zoʻravonlik qurboni boʻlgan kattalar va bolalar koʻpincha jismoniy

(kaltaklash) va emotsional (oʻldirish yoki mayib qilish qoʻrqituvlari) zoʻrlashni

boshdan kechiradilar. Bolalar ustidan zoʻravonlik va eʼtiborsizliklar boʻlishiga

ijtimoiy, hamda madaniy sharoitlar ham olib keladi: jamiyat ongida aniq jismoniy

jazo bahosini yoʻqligi, OAVda zoʻravonlikni namoyish etilishi. Tadqiqotlar ota

onalarda norozilikni, asabiylashishni va bulardan keyin zoʻrlashni keltirib

chiqaruvchi bolalarda mavjud bir qator xususiyatlarni aniqladilar.

Zoʻrlik qurboni boʻlish ehtimoli yuqori boʻlgan bolalar quyidagi

xususiyatlarga ega:

istalmagan bolalar, shuningdek, ota onasi undan oldingi bolani

yoʻqotgandan keyin tugʻilgan bolalar;


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-22

Часть–5_ Март –2025

284

boshqalardan tashqi qiyofasi bilan ajralib turuvchi yoki ota-onalariga

maʼqul boʻlmagan xususiyatli bolalar (masalan, bolaning boshqa jinsda ekanligi);

Oʻsmirlik yoshiga kelib bu xolat ularda jinsiy qiziqishlarning sekinlashuviga

olib keladi.

A) xafagarchilikka asos boʻlmagan narsalarga ҳam kulgi boʻldim deb qarashi,

oʻz g’ururini oʻzgalar oldida toptalishi, oʻzini “erga” urilgan deb qarashi va undan

uyalishi, oʻzgalar tomonidan oʻzini xoʻrlangandek xis qilishi.

B) xali uni tanqid qilmasliklaridan oldin, yaxshisi ular bilan umunosabat

oʻrnatmaslik

V) xoʻrlanishdan qoʻrqishi tufayli hammadan oʻzini chetga tortishi G) aslida

oʻzgalar tomonidan qabul qilinishini oʻylash.

D) oʻz xatolaridan qayg’urishi va muvaffaqiyatlarni kamsitish, oʻzini oʻzi

past baholashidan azoblanishi va boshqa begonalar bilan kechadigan har qanday

aloqadan qiynaladi atrofdagilar ularni “ortiqcha” deb oʻylaydi va oʻsmirlik davriga

xos boʻlgan giperkompenoʻiatsiya reaktsiyasi ularda uchraydi.

Ye) ota – ona yoki oila a’zolarining shahvoniy hayotga ichkilikka berilishini

Yo) oila a’zolari ichida sudlangan odamning uchrashi.

J) tengqurlarining salbiy ishlarga (haqorat qilishga, ichishga, chekishga, qoʻli

egrilikka) oʻrgatishi va hakozo.

Z) madniy – ma’rifiy ishlab chiqarishi va jamoatchilikni kamchiliklari.

Oʻsmirlik

– organizm taraqqiyotidagi shiddat va notekislik bilan

xarakterlanib bu davrda tananing intensiv tarzdagi rivojlanishi va suyaklarning qotishi

roʻy beradi. Yurak va qon tomir xarakterlarida ham notekislik roʻy beradi va u bolani

fe’lining oʻzgaruvchan, dinamik va ba’zan noma’qulliklar va noqulayliklarni keltirib

chiqaradi, bular albatta asab tizimiga ham ta’sir koʻrsatadi. Bola tezda

achchiqlanadigan yosh tormozlanishi yuz berganda anchagacha depressiya holatidan

chiqmaydigan tushkunlikda ham qolishi mumkin.

Bolalar agressiv xatti-harakat namunalarini quyidagi uch asosiy manbaga

asoslanib toʻplaydi:


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-22

Часть–5_ Март –2025

285

1.Nosogʻlom oila muhiti.

Bu kabi oilalarda ota-ona bilan farzand oʻrtasidagi

munosabatning ijobiy psixologik iqlimda emasligi, farzandlar oʻrtasidagi

kelishmovchiliklar, oiladagi mojarolar, nizolar, oilaviy hamohanglikni mavjud

emasligi bolalarda agressiv hulq-atvorni shakllanishiga olib keladi. Bolalardagi

agressivlikning namoyon boʻlishi oilaviy muhitning ta’sir darajasiga bogʻliq

hisoblanadi.

2.Tengdoshlar guruhi.

Bolalar oiladan tashqarida oʻz tengqurlari bilan

boʻlgan munosabatda ham agressiv xatti-harakatlarni oʻzlariga singdiradilar.

Koʻpgina hollarda bolalar tengdosh doʻstlarining xatti-harakatlarini kuzatgan tarzda,

oʻzlarini agressiv boshqarishga urinadilar.

3.Ommaviy axborot vositasi.

Bugungi kunda bolalarga ta’sir etayotgan eng

kuchli quroldir. Bu borada internetning ta’siri kuchayib bormoqda.

Bolalar internet aloqalari orqali oʻzlarining xususiyatlariga toʻgʻri

kelmaydigan ma’lumotlar bilan ham tanishmoqdalar. Shu oʻrinda oynai jahon orqali

namoyish etilayotgan turli jangari fil’mlar, koʻrsatuvlar ham bolalarda agressiv

xususiyatlarni tarkib topishga ta’sir qilmoqda. Psixologik kuzatuvlarga koʻra,

oiladagi iqlim, ota-ona oʻrtasidagi oʻzaro munosabat, ota-ona bilan bola oʻrtasidagi

munosabat, oilaviy hamohanglik yoki aksincha kelisha olmaslik, opa-singillari, aka-

ukalari bilan yaqinlik darajasi, farzandi tomonidan qilingan notoʻgʻri, yanglish xatti-

harakatlarga nisbatan ota-onaning ta’sirlanishi – oilada shaklllanib kelayotgan

agressiv xatti-harakatlarini belgilab beruvchi omillar boʻlib hisoblanmoqda.

ADABIYOTLAR ROʻYXATI:

1. Abdullayev, A. (2020). «Zoʻravonlik va uning maktabda tarqalishi: Psixologik va

sotsiologik tahlil.» Oʻzbekiston psixologiya jurnali, 5(2), 45-58.

2. Ibragimov, F. (2019). «Maktabda zoʻravonlikning oldini olishda oila va

maktabning roli.» Oʻzbekiston pedagogika va ta’lim innovatsiyalari, 12(1), 123- 136.

3. Kamilov, Sh. (2021). «Oʻquvchilarda psixologik zoʻravonlikni kamaytirishning

usullari.» Psixologik ta’lim (3), 78-92.

4. Mamatov, B. (2022). «Internet zoʻravonligining ta’siri va unga qarshi kurashish

usullari.» Jahon ta’limi va internet psixologiyasi, 7(4), 50-67.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-22

Часть–5_ Март –2025

286

5. Shamshodov, X. (2018). «Maktabda oʻquvchilar oʻrtasidagi zoʻravonlikning

sabablari va oldini olish usullari.» Oʻquvchi va jamiyat, 4(3), 102-115.

6. Sharipov, D. (2023). «Zoʻravonlikka qarshi kurashishda oʻqituvchilarning roli.»

Pedagogika va metodika (9), 111-124.