MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–5_ Март –2025
150
ABDULLA ORIPOV IJODI VA OʻZBEK ADABIYOTI
MASALALARI
Termiz Davlat Pedagogika Instituti
Oʻzbek tili va adabiyoti
yoʻnalishi 1-bosqich talabasi
Ismoilova Bahora Eshdavlat qizi
Annotatsiya: Ushbu maqolada Abdulla Oripovning ijodi va oʻzbek
adabiyotidagi oʻrni tahlil qilindi. Unda shoirning poetik maktabi va uning zamonaviy
oʻzbek adabiyotiga ta’siri kabi masalalar koʻrib chiqildi. Shuningdek, adibning
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi muallifi sifatidagi roli hamda tarjimonlik
faoliyatiga qoʻshgan hissasi, jumladan, Dantening "Ilohiy komediya" asarining
tarjima qilinishi va adabiyotimizdagi qator yutuqlari bayon qilindi.
Kalit soʻzlar: Abdulla Oripov, oʻzbek adabiyoti, poetik tafakkur, tarjimonlik,
jahon adabiyoti, davlat madhiyasi, mustaqillik.
Oʻzbek adabiyotining yorqin vakillaridan biri, Oʻzbekiston Qahramoni
unvoni sohibi, Oʻzbekiston xalq shoiri, tarjimoni hamda jamoat arbobi Abdulla
Oripov XX asr oʻzbek adabiyoti va she’riyatida chuqur iz qoldirdi. Adibning talabalik
yillarida yozilgan "Tilla baliqcha", " Men nechun sevaman Oʻzbekistonni" singari ilk
she’rlari adabiyotimizga yangi iste’dod kirib kelayotganligidan darak berdi.
Abdulla Oripov oʻzbek sheʼriyatiga XX asrning 60- yillarida sobiq sovet
jamiyatida esa boshlagan ilk shabbodalar elchisi sifatida namoyon boʻldi. U dastlabki
sheʼrlaridanoq milliy she’riyatimizda yangi poetik tafakkurning qaror topishi yoʻlida
ijod qildi. Oripovning dastlabki she’rlaridagi romantik kayfiyat asta-sekin o‘z o‘rnini
falsafiy mushohadalarga bo‘shatib, shoirning hayotda ro‘y berayotgan voqea va
hodisalarga munosabati faol tus oldi. Shu oʻrinda «Tilla baliqcha», «Qo‘riqxona»,
«Genetika», «Olomonga» kabi she’rlar Oripovning lirik she’riyat ufqlarini hayot
muammolari tasviri hisobiga kengaytirib borayotganidan darak berdi. Xuddi shu
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–5_ Март –2025
151
narsa Oripovning doston janrida ham ijod qilishi va liro-epik tasvir imkoniyatlaridan
samarali foydalanishiga sababchi bo‘ldi. Abdulla Oripov «Jannatga yo‘l» (1978),
«Hakim va ajal» (1980), «Ranjkom» (1988) kabi dostonlarida ma’naviyat
masalalariga alohida e’tibor berib, kishilarning ruhiy olamidagi ayrim qusurlar bilan
ilmiy-texnik taraqqiyot va tafakkurning parvozi o‘rtasidagi ziddiyatni yoritib berdi.
Barchamizga ma'lumki, Abdulla Oripov Oʻzbekiston Respublikasi Davlat
Madhiyasi muallifidir. Adib madhiyamizda xalqimizning ezgu orzu-umidlari hamda
kelajakka mustahkam ishonchini teran ifodalagan. Unda mardona va sharaflarga boy
o‘tmishimiz, milliy an’ana va qadriyatlarimiz, tinchlik, osoyishtalik, millatlararo
totuvlik va birodarlik kabi umuminsoniy tuyg‘ularni tarannum etgan.
Abdulla Oripov nafaqat iste’dodli shoir, balki, tarjimon ham edi. U jahon
adabiyotining taniqli vakillaridan boʻlgan adiblarning, jumladan, Dantening " Ilohiy
komediya " asari "Doʻzax" qismini, A.S.Pushkin, N.A.Nekrasov, T.G.Shevchenko,
L.Ukrainka, R.Hamzatov, Q.Quliyev hamda M.Bayjiyev asarlarini oʻzbek tiliga katta
mahorat bilan tarjima qilgan. Ushbu tarjimalari orqali jahon adabiyoti namunalari
bilan birgalikda ularning madaniyati, dunyoqarashini ham adabiyotimizga olib kiradi.
Shu oʻrinda aytish joizki, shoirning oʻz asarlari ham rus, ingliz, bolgar, turk, ukrain,
turkman, ozarbayjon singari qator xorijiy tillarga tarjima qilingan.
U mustaqillik yillarida adabiyotning rang-barang tur va janrlarida ijod eta
boshladi. Shu davrda tarixiy adolatning tiklanishi, o‘tmishda yashagan sarkardalar va
allomalar xotirasining e’zozlanishi A.Oripovni Amir Temurning O‘rta Osiyo xalqlari
tarixiy taqdirida o‘ynagan buyuk rolini ko‘rsatuvchi «Sohibqiron» (1998) she’riy
dramasini yozishiga turtki boʻldi. Xalq shoiri bu asarida qariyb uch asr davomida
hukm surgan qudratli Temuriylar saltanatining asoschisi va XV asr Sharq Uyg‘onish
davrining boshlanishiga ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy sharoit yaratgan Amir
Temur obrazini gavdalantirdi.
Adibning oʻtgan asrning 70-yillaridan keyin yozgan asarlarida hayot va inson,
jamiyat va tabiat haqidagi falsafiy mushohadalarning tobora chuqurlashib
borganligini sezish mumkin. Kuchli ehtirosli tuygʻular ularda oʻzining yuksak
talqinini topadi. Bu bora bora teran fikr bilan yuksak badiiylikning asosiga aylanib,
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–5_ Март –2025
152
shoirning ijodiy kamolotga erishganidan darak beradi. Adibning "Saylanma" toʻplami
esa buning yaqqol isbotidir.
Ardoqli shoirimiz Abdulla Oripov o'z asarlarida Vatanni chuqur va samimiy
tarannum etishi bilan ham tanilgan. Uning she’rlarida O‘zbekistonning go‘zalligi,
tarixi va madaniyatiga havas bilan to‘lib-toshgan va u ko‘pincha o‘z xalqining
matonati va ruhini nishonlaydi. Oripovning Vatanga bo‘lgan muhabbati uning yurt va
uning xalqining mohiyatini chuqur va hissiyot bilan qamrab olgan lirik va hayajonli
tilida namoyon bo'ladi.
Shoirning vatan madhi joʻsh urgan she’rlaridan biri "Oʻzbekiston" qasidasidir:
Yurtim, senga she’r bitdim bu kun,
Qiyosingni topmadim aslo.
Shoirlar bor, o‘z yurtin butun —
Olam aro atagan tanho.
Ular she’ri uchdi ko‘p yiroq,
Qanotida kumush diyori,
Bir o‘lka bor dunyoda, biroq
Bitilmagan dostondir bori:
Faqat ojiz qalamim manim,
O‘zbekiston, Vatanim manim.
Xulosa qilib aytganda, zamonaviy oʻzbek she’riyatining " Navoiy"si
boʻlgan taniqli shoir Abdulla Oripov adabiyotimizda oʻz asarlari va tarjimonlik
faoliyatidagi tengsiz ijod namunalari ila oʻchmas iz qoldirdi. Uning sheʼrlari sodda,
ravon, haqchil. Bir oʻqishdayoq quyma satrlar qalblarga singib ketadi. Yozuvchi
tabiatni sevadi, ardoqlaydi. Oʻquvchini ham tabiatni sevishga chorlaydi. Kundalik
hayotimizda koʻrib turadigan oddiy holatlarni sheʼrga shunday mahorat bilan
joylaydiki, bir oʻqishdayoq koʻz oʻngizmizda tanish holat gavdalanadi. Bu har bir
insonga oʻzgacha zavq bagʻishlaydi, xotiralarni uygʻotadi. Adibning ijodiy asarlari
hozirgi kunda ham oʻz oʻrnini yoʻqotmagan va barchamiz uchun bebaho xazina boʻlib
qoladi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–5_ Март –2025
153
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.Ilmlar.uz- Abdulla Oripov hayoti va ijodi, she’rlari, asarlari haqida
https://ilmlar.uz/abdulla-oripov-hayoti-va-ijodi-sherlari-asarlari-haqida/
2.innovativepublication.uz- Abdulla Oripov ijodida vatan madhi
https://innovativepublication.uz/index.php/jelsi/article/view/674
3.Kun.uz- Marhum shoir Abdulla Oripov hayoti va ijodi
https://m.kun.uz/news/2016/11/05/marum-soir-abdulla-oripov-aeti-va-
izodi?q=%2Fuz%2Fnews%2F2016%2F11%2F05%2Fmarum-soir-abdulla-oripov-
aeti-va-izodi
4.uz.wikipedia.org- Abdulla Oripovning tarjimai holi, she’riy toʻplamlari va
adabiyotdagi oʻrni haqida umumiy malumotlar
https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Abdulla_Oripov
5.Tafakkur.net- Abdulla Oripovning tarjimai holi, adabiyotdagi oʻrni va ijodiy
yutuqlari
https://tafakkur.net/abdulla-oripov.haqida
6. Yoʻldoshev Q., Qodirov V., Yoʻldoshbekov J. Adabiyot 9-sinf darslik. Toshkent
"Oʻzbekiston" NMIU 2019. 209-211 betlar