Authors

  • Maxammadanjonova Nilufar Muydinjon qizi
  • Xolikova Nafosat Shermuhammad qizi
  • Aminova Sohila Abduhalimovna

Author Biographies

  • Maxammadanjonova Nilufar Muydinjon qizi

    Chirchiq davlat pedagogika universiteti 4-kurs talabasi

    mkhmmdjnvnlfr@icloud.com

  • Xolikova Nafosat Shermuhammad qizi

    Chirchiq davlat pedagogika universiteti 4-kurs talabasi

    xolikovanafosat700@gmail.com

  • Aminova Sohila Abduhalimovna

    Chirchiq davlat pedagogika universiteti o’qituvchisi

    aminovasohila@gmail.com

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.119283

Keywords:

Adabiyot badiiy asarlar psixologik ilg`or namoyondalar ruhiy tahlilar psixik xarakter obrazlilik adabiy meros ijod labaratoriyasi teran nazar.

Abstract

Ushbu maqolada badiiy asalarning psixologik tahlili va uning ahamiyati haqida ma`lumotlar beriladi. Dunyo adabiyotining ilg'or namoyandalari ijod laboratoriyasiga teran nazar tashlaydigan bo'lsak, shu choqqacha yashab, asarlardan-asrlarga o'tib, ruhoniy olamimizdagi savollarga javob bo'lgulik adabiy merosning fazilatlari haqida so'z yuritganda, avvalo, inson psixikasini, xarakterini to'laqonli ochib berishi, obrazlilikni jiddiy ishlashi natijasi ekanligi ayonlashadi. Obrazli tafakkur - ruhiy tafakkurdan oziqlanadi. Ruhiy tafakkur - insonning "men"ida shakllanadi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-22

Часть–5_Март –2025

84

BADIIY ASARLARNING PSIXOLOGIK TAHLILI VA UNING

AHAMIYATI

Maxammadanjonova Nilufar Muydinjon qizi

Chirchiq davlat pedagogika universiteti 4-kurs talabasi

mkhmmdjnvnlfr@icloud.com

Xolikova Nafosat Shermuhammad qizi

Chirchiq davlat pedagogika universiteti 4-kurs talabasi

xolikovanafosat700@gmail.com

Aminova Sohila Abduhalimovna

Chirchiq davlat pedagogika universiteti o’qituvchisi

aminovasohila@gmail.com

ANNOTATSIYA.

Ushbu maqolada badiiy asalarning psixologik tahlili va

uning ahamiyati haqida ma’lumotlar beriladi. Dunyo adabiyotining ilg’or

namoyandalari ijod laboratoriyasiga teran nazar tashlaydigan bo’lsak, shu

chog’gacha yashab, asrlardan-asrlarga o’tib, ruhoniy olamimizdagi savollarga

javob bo’lgulik adabiy merosning fazilatlari haqida so’z yuritganda, avvalo, inson

psixikasini, xarakterini to’laqonli ochib berishi, obrazlilikni jiddiy ishlashi natijasi

ekanligi ayonlashadi. Obrazli tafakkur - ruhiy tafakkurdan oziqlanadi. Ruhiy tafakkur

- insonning "men"ida shakllanadi.

Kalit so`zlar:

Adabiyot, badiiy asarlar, psixologik, ilg’or namoyondalar,

ruhiy tahlilar, psixik xarakter, obrazlilik, adabiy meros, ijod labaratoriyasi, teran

nazar.

ABSTRACT

. This article provides information on the psychological analysis

of artistic works and their significance. If we take a closer look at the laboratory of

creativity of the leading figures of world literature, it becomes clear that when we talk

about the qualities of the literary heritage that has lived up to this time, passed

through works and centuries, and answered questions in our spiritual world, it is, first

of all, the result of a full disclosure of the human psyche and character, and the


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-22

Часть–5_Март –2025

85

serious work of imagery. Figurative thinking is nourished by spiritual thinking.

Spiritual thinking is formed in the "I" of a person.

Keywords

: Literature, works of art, psychological, leading figures, spiritual

analysis, psychic character, imagery, literary heritage, laboratory of creativity, deep

look.

АБСТРАКТНЫЙ.

В статье дана информация о психологическом

анализе художественных произведений и его значении. Если внимательнее

рассмотреть лабораторию творчества корифеев мировой литературы, то

станет ясно, что когда мы говорим о качествах литературного наследия,

дожившего до наших дней, прошедшего через произведения и века,

ответившего на вопросы в нашем духовном мире, то это, прежде всего,

результат полного раскрытия человеческой психики и характера, и серьезной

работы образности. Образное мышление питается духовным мышлением.

Духовное мышление формируется в «Я» человека.

Ключевые

слова:

Литература,

произведения

искусства,

психологический, корифеи, духовный анализ, психический характер,

образность, литературное наследие, лаборатория творчества, глубокий

взгляд.

KIRISH.

XX asr faqat fan-texnika asri bo’libgina qolmay, uning oxirgi

choragi ayniqsa, o’zbek adabiyoti uchun inson ruhiyati, “qalb dialektikasi”ni

badiiy tadqiq qilish, uning ichki va tashqi holatini sintezlashgan tarzda ifodalash

asri ham bo’lib qoldi. Psixologiya, ruhiyat, ichki dunyo, ruhiy kechinma kabi so’zlar

bir-biriga yaqin ma’noni anglatadigan sinonim so’zlar sifatida tushuniladi. Chunki

bu so’zlarning barchasi insonning subyektiv dunyosi – idrok, xotira, tafakkur, xayol,

his-tuyg’u va uning qobiliyati, iste’dodi, temperamenti, xarakteriga xos ruhiy

hodisalarni ifodalaydi. “Badiiy adabiyotni ruhiy faoliyat turlaridan biri deb atashga

imkon beradigan narsa shuki, ijodkor o’zining “faoliyati” yo’naltirilgan predmetni

o’z ongida o’zgartiradi va badiiy obrazda aks ettiradi”. Bunda asosiy masala asar

mazmunining subyektiv tomoni bo’lib, adabiyot va san’atning tarixiy taraqqiyotidan

keyingi o’rinlarda turadi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-22

Часть–5_Март –2025

86

ASOSIY QISM:

Inson gapirmagan lahzalarda ham nimadirlarnidir o’ylab,

so’zlab turgan bo’ladi, deydi buyuk mutafakkir, domishmand, hikmatlar egasi

Jaloliddin Rumiy. Mana qariyb yetti yuz yildirki, muazzam Sharqu G’arb badiiy-

falsafiy, estetik tafakkurini, o’zining diniy-ilohiy, ma’naviy-ma’rifiy qarashlari bilan

to’yintirib kelayotgan Rumiy hazratlarining butun insoniyatga yozib qoldirgan

bebaho merosi haqida bosh qotirganda, bugungi real va noreal badiiy asarlar

voqeligiga singib ketgan, siz va biz, umuman hammamiz haqimizdagi eng latif

tuyg’ularning

qalblarimizga

taskin

beruvchi

mutafakkirona

qarashlarning

haqqoniyligini hamda o’lmasligidan dalolat beradi. “Psixoanaliz” meditsinaning

psixatriya va psixologiya sohalarida qo’llaniladigan yangi yo’nalish, alohida termin

hisoblanadi. Unga ko’ra, insonning xatti–harakatlari va intilishlari aql va ongdan

ko’ra, irratsional – ya’ni aqldan tashqari ong ostida ro’y beradigan xohish-istaklar

bilan ko’proq bog’langandir. Bir qancha olim faylasuflar tomonidan Freydizm

nazariyasi fanning turli sohalari – falsafa, siyosat, yuridik, san’at, ta’lim

yo’nalishlariga tatbiq etishga qaratilgan. Shuningdek, tibbiyotda ruhiy bemorlarni

psixoanaliz usulida muolaja qilish bilan ham shug’ullanadi.

Jahon adabiyotida psixologik tahlil metodi XIX asr 70-80-yillarida G’arbiy

Yevropa va Rossiya ilmiy muhitida yuzaga keldi. Xususan, frantsuz olimi Emil

Ennekin adabiy tanqidning estopsixologik tamoyillarini ilgari suradi. U badiiy

matn ma’nosini idrok etishda o’quvchi psixologik jihatdan kitoblari yoqqan

yozuvchiga o’xshash bo’ladi, degan g’oyani ilgari suradi. Adabiyotshunoslikda XIX

asr oxiri, XX asr boshlarida “psixoanaliz” nazariyasiga asos solgan avstriyalik

olim Zigmunt Freyd qarashlariga ham e’tibor ancha kuchli. “Psixoanaliz”

“psixologik analiz”ning qisqartmasi emas. “Psixologik analiz” adabiyotshunoslikka

xos termin bo’lib, tadqiqotchining badiiy asarni psixologik metod asosida tadqiq

etishidir. Psixoanaliz nisbatan keng tushuncha hisoblanib, XX asrning 1-

choragigacha bo’lgan inson va uning ruhiyati haqidagi qat’iy qarashlarni rad etdi,

shaxs ruhiy olamining aqlga sig’maydigan murakkab jihatlarini farqlab berdi.

Xossatan, ongli jarayonlar ortida yashirin faoliyat – ong osti psixologiyasi

mavjudligini kashf etdi. “Inson faoliyatining Freydgacha bo’lgan psixologik


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-22

Часть–5_Март –2025

87

talqinlarida tadqiqot obyekti vazifasini asosan, ong va u bilan bog’liq jarayonlar

bajarar edi. Freyd esa mana shu ongli jarayonlar ortida yashirin faoliyat

mavjudligini kashf etdi va uni ong osti psixologiyasi, deb nomladi.

XULOSA.

Bizning fikrimizcha, yuqorida ta’kidlangan printsiplar ham

ko’proq yozuvchining uslubiga xos xususiyatlardir. Psihologik tahlilda esa

“Yozuvchi – matn – o’quvchi” muammosi turar ekan, badiiy asarni psixologik

jihatdan o’rganishda quyidagi tamoyillar inobatga olinishi lozim:

1. Psixologizm tabiatining murakkabligini hisobga olish; Psixologizmning

etika-estetika, falsafa, ijtimoiy tarix, fiziologiya va boshqa sohalar bilan o’zaro

aloqadorligi, psixologik metodning biografik, sotsiologik, struktural, germenevtik

tahlil metodlari bilan bog’liqlikda o’rganish usullarini tadbiq etish.

2. Muallif, xarakter (yoki matn), o‘quvchi munosabatlarining o’zaro

bog’liqligi; Avvalambor, badiiy asar yaratishda muallifning niyati, asarning ramziy

ma’nosi, muallif qanday shakl va vositalar asosida qahramon shaxsini yaxlit idrok

etishga erishishi mumkin, asarning asosiy ziddiyatlari – konflikt holatlari,

psixologik muhit - byurokratlik, keskinlik, tanglik, tajovuzkorlik kabi

muammolarga javob izlash. Tuyg’ular, fikrlarni muallif o’quvchiga qanday

yetkazadi, qahramonning hissiyotlari va ichki kechinmalari, imo-ishoralar,

fiziognomiya kabi holatlarning talqinini qahramonlar shaxsiyatida tahlil etish lozim.

O’quvchi asarni o’qir ekan, o’ziga keraklicha estetik zavq oladi. Lekin tadqiqotchi

muallif niyatini, asarning psixologik jarayonlarini anglamoqchi bo’lsa matnlarni

amaliy tahlil qilishda faol ishtirok etadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.

1.

Botirova Shahlo Isomiddinovna “Noan’anaviy qissalar badiiyati”

.”Renesans sari” Toshkent-2024. Quronov D. Adabiyot nazariyasi asoslari. – T.:

Navoiy universiteti, 2018 Yo‘ldoshev Q. O’zbek adabiy tanqidi: antologiya. –

T.:Turon-Iqbol, 2011. Boboev T. Adabiyotshunoslik asoslari. – T.: O’zbekiston,

2002. Quronov D., Z.Mamajonov, M.Sheralieva. Adabiyotshunoslik lug’ati. – T.:

Akademnashr, 2010. Umarov H. Adabiyotshunoslik nazariyasi. – T.: A.Qodiriy

nomidagi xalq merosi nashriyoti, 2004.

Most read articles by the same author(s)