MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–5_ Март –2025
72
BOSHLANGʻICH TA’LIMDA TABIIY FANLARDAN SINFDAN
TASHQARI ISHLARNI TASHKIL ETISH
Alimardonova Mo‘tabar Xolmoʻminovna
Shahrisabz davlat pedagogika instituti
“Tabiiy fanlar” kafedrasi oʻqituvchisi
Umirova Mohinur Mirzo qizi
Shahrisabz davlat pedagogika instituti
“Boshlangʻich ta’lim” yo‘nalishi 3-bosqich talabasi
Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlangʻich ta’limda tabiiy fanlardan
sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishning ahamiyati xususida fikr yuritiladi.
Kalit so‘zlar: ekologiya, atrof-muhit, tabiat, tajriba, ekologik madaniyat,
ko‘rgazmalilik, kreativlik.
Annotation: This article discusses the importance of organizing
extracurricular activities in primary education.
Key words: ecology, environment, nature, experience, ecological culture,
exhibitionism, creativity.
KIRISH
Boshlangʻich ta’lim jarayonini sifatli tashkil etish orqali, kelajak umidi
bo‘lmish yoshlarni har tomonlama zukko va teran fikrlaydigan shaxs sifatida kamol
toptirishga erishish mumkin. Mamlakatimizda yosh avlodni sifatli ta’lim olishlari
uchun ko‘plab imkoniyatlar yaratilmoqda. Ta’lim tizimimiz tubdan isloh qilinmoqda.
Bunga misol tariqasida umumiy o‘rta ta’lim maktablardagi Milliy o‘quv dasturi
asosida yaratilgan yangi tahrirdagi darsliklarni misol qilib keltirishimiz mumkin.
Ushbu darsliklardagi asosiy yangilik va o‘zgarish esa nazariya va amaliyotning
birgalikdagi uyg‘unligi desak adashmagan bo‘lamiz. Ya’ni bundan ko‘rinib turibdiki,
o‘quvchilar darsda o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma, malakalarni amaliyotda qo‘llab
hayotga tadbiq etib borishadi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLARI
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–5_ Март –2025
73
Tadqiqot jarayonida ko‘plab ilmiy-uslubiy qo‘llanmalar, boshlangʻich sinf
darsligi va boshqa adabiyotlardan foydalanildi.
MUHOKAMA
Boshlangʻich sinf tabiiy fanlar darsligida ham nazariya va amaliyot uygʻunligi
aks etgan. Bundan ko‘rinib turibdiki, nazariy olingan bilimlar, amaliyotda o‘z isbotini
topadi. O‘quvchi darsda o‘zlashtirgan har bir tushunchasini amaliyotga tatbiq etib
boradi. Boshlangʻich ta’limda tabiiy fanlar darsligi ham bir nechta fanlarni o‘zida
mujassam etgan fan hisoblanadi. O‘quvchilar dastlabki asosiy va zarur bilimlarni
asta-sekinlik bilan o‘zlashtira boradilar. Boshlangʻich ta’limda tabiiy fanlardan
sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish orqali, o‘quvchilarda ushbu fanga bo‘lgan
qiziqishlarini yanada oshirishga erishish mumkin. Bundan tashqari o‘quvchilar dars
jarayonida nazariy olgan bilimlarini amaliyotda sinovdan o‘tkazib ko‘rishadi.
Boshlangʻich ta’limda tabiiy fanlardan sinfdan tashqari ishlarni quyidagicha tashkil
etish mumkin:
•
“Yosh tabiatshunoslar” to‘garagini tashkil etish.
Ushbu to‘garakni tashkil etish orqali, o‘quvchilarni tabiiy fanlarga bo‘lgan
mehrini va qiziqishini oshirishga erishish mumkin. Qolaversa, ushbu to‘garakda dars
jarayonlarida o‘tilgan mavzularni yanada mustahkamlash, shu bilan bir qatorda
o‘quvchilar bilan amaliy mashgʻulotlarni tashkil etish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
•
“Yosh ekologlar” volontyorlik jamoasini tashkil etish.
O‘quvchilarda atrof-muhitni asrab-avaylash, tabiatga bo‘lgan mehrini yanada
oshirish ko‘nikmasini shakllantirish uchun ushbu jamoa shakllantirilsa, maqsadga
muvofiq bo‘ladi. Ushbu jamoani tashkil etishdan koʻzlangan asosiy maqsad,
boshlangʻich sinf o‘quvchilarida ekologik madaniyatni shakllantirish, atrof-muhitni
asrab-avaylash ko‘nikmasini shakllantirish, tabiatga bo‘lgan mehrini yanada oshirish
hisoblanadi. Agar o‘quvchilarda ekologik madaniyat bolalik paytlaridanoq
shakllantirilsa, o‘quvchilarda atrof-muhitni asrab-avaylash ko‘nikmasi ham yanada
mustahkalanib boraveradi. Shu kabi ko‘nikmalar insonlar ongida qancha ko‘p
shakllansa, ekologiya bilan yuzaga keladigan turli muammolar soni ham asta-sekin
kamayib boradi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–5_ Март –2025
74
•
Tabiatga sayohat sinfdan tashqari darslarni tashkil etish.
Hafta davomida bir marta yoki 1 oy mobaynida 2 yoki 3 marta o‘quvchilar
bilan birgalikda, tabiat qo‘yniga sayohat tashkil etish orqali o‘quvchilarda tabiat,
olam haqidagi tushuncha-tasavvurlarni yanada oshirishga erishish mumkin bo‘ladi.
•
Fan yuzasidan turli viktorina, olimpiada, bellashuvlar tashkil etish.
O‘quvchilarni tabiiy fanlar yuzasidan o‘zlashtirgan bilimlarini baholash va
aniqlash maqsadida tabiiy fanlar yuzasidan o‘quvchilar o‘rtasida turli viktorinalar, fan
olimpiadalari tashkil etish yaxshi samara beradi. Ushbu jarayonni tashkil etish orqali,
o‘quvchilarni yanada o‘qib izlanishga undash mumkin. Bunda o‘quvchilar o‘rtasida
sog‘lom raqobatni yuzaga keltirish mumkin bo‘ladi. O‘quvchilarni bilim saviyasi va
fikrlash doirasi yanada kengayadi.
•
Maktabda turli ko‘rgazmali namoyishlarni tashkil etish.
Tabiiy fanlar yuzasidan ko‘rgazmalilik muhitini maktab hududida tashkil
etish natijasida, barcha o‘quvchilarni har tomonlama iqtidorlarini yuzaga chiqarishga
erishiladi. Bunda haftada 1 kun turli ko‘rgazmali chiqishlar, tadbirlar tashkil etish
ko‘zda tutiladi.
XULOSA
Shuni taʼkidlash joizki, ayniqsa boshlangʻich ta’lim jarayonida tabiiy
fanlardan sinfdan tashqari ishlarini tashkil etish, judayam ahamiyatli jarayondir.
Chunki sinfdan tashqari ishlar vositasida o‘quvchilarni tabiiy fanlarni o‘rganishga
bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirishga erishiladi. O‘quvchilarni bilim saviyasi,
nazariya va amaliyotni birgalikda o‘zlashtirish ko‘nikmasi shakllanadi.
Boshlangʻich sinf o‘quvchilariga tabiiy fanlarni sodda, oson usulda oʻrgatish
usullarini ishlab chiqish va ushbu jarayonni amalga oshirishda kreativlik bilan
yondashish ham katta samara beradi. Boshlang‘ich ta’limda tabiiy fanlardan sinfdan
tashqari ishlarni tashkil etishda har bir o‘qituvchining mahorati va ijod-korligi ham
muhim ahamiyat kasb etadi. Sinfdan tashqari ishlar qanchalik qiziqarli va mazmunli
tashkil etilsa, o‘quvchilarni fanni o‘zlashtirishga, o‘rganishga bo‘lgan ishtiyoqi va
harakati yanada oshadi desak adashmagan boʻlamiz. Zero yosh avlod Vatan ertasi,
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–5_ Март –2025
75
kelajak umididir. Yoshlarni sifatli bilim olishi va kamol topishi esa yurtning
yuksalishi va ravnaq topishida muhim rol o‘ynaydi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Boshlang‘ich sinf “Tabiiy fanlar” darsligi;
2. Abdullayeva M., Bahriyeva G. “Boshlangʻich ta’lim tabiiy fanlarni o‘qitishda
sinfdan tashqari ishlar”;
3. Kayumova K. “Boshlangʻich sinflarda tabiiy fanlarni o‘qitish”;
4. Xalikova G., Saydova Sh. “Boshlangʻich sinflarda tabiiy fanlarning o‘qitilishi”;
5. Nuriddinova M. “Tabiatshunoslik o‘qitish metodikasi”, Toshkent – “O‘qituvchi”
nashriyoti.