MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–5_ Март –2025
45
TERMINOLOGIYA VA UNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
(NEMIS VA O’ZBEK TILLARI MISOLIDA)
Islamov Dilshod Narmaxammatovich
O’R QK “Tinchlik yo
ʻ
lida hamkorlik” Markazi
Roman-german tillari kafedrasi katta o
ʻ
qituvchisi
Annotatsiya: Ushbu maqolada terminologiya sohasining tilshunoslikda
tutgan o’rni, rivojlanish bosqichlari, unga qo’yiladigan talablar, terminologiyaning
zamonaviy tendensiyalari, tilshunoslik sohasining turli bo’limlari bilan bog’ligi,
nemis va o’zbek tillarida terminologiya sohasining ahamiyati va o’ziga xos
xususiyatlari borasida so’z boradi.
Аннотация: В данной статье рассматривается роль области
терминологии в языкознании, этапы ее развития, требования к ней,
современные тенденции терминологии, ее связь с различными разделами
области языкознания, значение и особенности области терминологии в
немецком и узбекском языках.
Abstract: This article discusses the role of the field of terminology in
linguistics, its stages of development, the requirements placed on it, modern trends in
terminology, its connection with various branches of linguistics, and the importance
and specific features of the field of terminology in German and Uzbek.
Kalit so’zlar: termin, terminologiya, leksikologiya, semantika, kognitiv
terminologiya, funksiya, kommunikativ funksiya, monosemiya, polisemiya,
komposita, sotsiolingvistika, stilistika, ilmiy matn.
Ключевые слова: термин, терминология, лексикология, семантика,
когнитивная терминология, функция, коммуникативная функция, моносемия,
полисемия, композит, социолингвистика, стилистика, научный текст.
Key words: term, terminology, lexicology, semantics, cognitive terminology,
function, communicative function, monosemy, polysemy, composite, sociolinguistics,
stylistics, scientific text.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–5_ Март –2025
46
Tilshunoslik – tilni ilmiy nuqtai nazardan oʻrganuvchi fan. Uning tarkibiy
qismlaridan biri bo’lgan terminologiya muayyan soha doirasidagi tushunchalarni
ifodalovchi maxsus so’z va iboralarni o’rganadi. Terminologiya tilshunoslikda
muhim o’rin tutadi, chunki u tilning leksik tizimini boyitadi, ilmiy bilimlarni aniq va
ixcham tarzda ifodalashga yordam beradi, soha mutaxassislari o’rtasida o’zaro
tushunishni ta’minlaydi.
Terminologik leksika umumxalq tili leksikasining ajralmas
qismi sifatida u bilan birga rivojlanadi, jamiyat va til taraqqiyotidagi barcha
jarayonlarni boshdan kechiradi. Maʼlum bir soha yoki fan yuqori darajada taraqqiy
etgandagina oʻsha tilda maxsus terminologiya vujudga keladi. Shu o’rinda
terminologiya so’ziga quyidagicha ta’rif berib o’tamiz:
Terminologiya
(termin va …
logiya) 1) leksikaning bir sohasi; muayyan fan, texnika, ishlab chiqarish
tarmogʻining, sanʼat, ijtimoiy faoliyat sohasining tegishli tushunchalar tizimi bilan
bogʻliq terminlari majmui; 2) tilshunoslikning terminlarni oʻrganuvchi sohasi.
Terminologiya tor maʼnoda maʼlum bir sohaga oid maxsus leksika ham hisoblanadi.
Terminologiyaning til lug’at tarkibidagi roli haqida ikki dunyoqarash mavjud.
Birinchi g’oyaga ko’ra, terminologiya adabiy til leksikasining mustaqil qatlami
tarzida e’tirof etilsa, ikkinchi ta’limotga muvofiq u adabiy til so’z boyligi tarkibidan
ajratiladi, “alohida turuvchi” obyekt tarzida baholanadi va nutqning turlari (sheva,
jargon, jonli so’zlashuv)ga tenglashtiriladi. V.P.Danilenkoning ta’kidlashicha,
terminologiya deganda umumadabiy tilning mustaqil funksional turi, ya’ni an’anaviy
fan,ilm yoki texnika tili nazarda tutiladi. Fan tili umumadabiy tilning funksional
sistemalaridan biri sifatida jonli so’zlashuv tili va badiiy adabiyot tili tushunchalari
bilan bir qatorda turadi.
Terminologiyaning tilshunoslik sohasida o’ziga xos bo’lgan muhim vazifalari
mavjud. Ushbu vazifalarni quyida ko’rib chiqamiz.
Aniqlikni ta’minlash (Ta’riflash funksiyasi): Terminlar muayyan sohada
ishlatiladigan tushunchalarni aniq va qisqa ta’riflashga xizmat qiladi. Har bir termin
aniq bir tushunchani ifodalashi va uning xususiyatlarini belgilashi kerak. Bu
xatoliklarni oldini olish va mutaxassislar o’rtasida aniq tushunishni ta’minlash uchun
juda muhimdir.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–5_ Март –2025
47
Tizimlashtirish (Tizimlashtirish funksiyasi): Terminologiya soha
doirasidagi bilimlarni tizimlashtirishga yordam beradi. Terminlar o’rtasidagi o’zaro
munosabatlar tushunchalar o’rtasidagi aloqalarni aks ettiradi, soha haqida yaxlit
tasavvur hosil qiladi. Misol uchun, tibbiyotda "yurak", "qon tomirlari", "qon aylanish
tizimi" kabi terminlar birgalikda yurak-qon tomir tizimini tavsiflovchi tizimni tashkil
qiladi.
Muloqotni osonlashtirish (Kommunikativ funksiya): Terminologiya
soha mutaxassislari o’rtasida muloqotni osonlashtiradi. Umumiy terminologiya soha
vakillariga bir-birlarini tushunishga, o’z tadqiqotlari haqida aniq ma’lumot
almashishga, yangi g’oyalar va texnologiyalarni muhokama qilishga imkon beradi.
Bilimni saqlash va uzatish (Bilimni saqlash va uzatish funksiyasi):
Terminologiya ilmiy bilimlarni saqlash va kelajak avlodlarga uzatishda muhim rol
o’ynaydi. Darsliklar, ilmiy maqolalar, monografiyalar va boshqa o’quv materiallarida
terminlar orqali bilimlar aniq va ixcham tarzda taqdim etiladi. Bu esa o’quvchilarga
ularni o’rganishni osonlashtiradi va soha bo’yicha bilimlarini oshirishga yordam
beradi.
Terminlarni termin sifatida qaralishi uchun talab etadigan o’ziga xos
jihatlarga ega. Ishonchli va yaxshi termin quyidagi talablarga javob berishi keradir.
Ilk o’rinda albatta, aniq ma’nolilik, ya’ni, monosemiyani ta’kidlab o’tmoqni joiz deb
bilamiz. Termin bir ma’noli bo’lishi va turli talqinlarga yo’l qo’ymasligi kerak. Bir
so’z bir nechta tushunchani ifodalaganda, chalkashlik yuzaga kelishi mumkin. Keying
o’rinni ixchamlik va qisqalik xususiyati egallaydi. Termin qisqa va esda qolarli
bo’lishi kerak. Bu terminni oson yodlash va uni nutqda tez ishlatish imkonini beradi.
Undan so’ng muvofiqlik va tizimlilik xususiyatini ta’kidlamoq joizdir. Termin
sohaning umumiy tizimiga mos kelishi kerak. Yangi terminlar mavjud terminlar bilan
mantiqiy bog’liq bo’lishi va ularning orasida hech qanday ziddiyat bo’lmasligi kerak.
Navbatdagi xususiyatini umumiylik yoki standartlik tashkil etadi. Termin iloji
boricha ko’pchilik mutaxassislar tomonidan qabul qilinishi va ishlatilishi kerak.
Standartlashtirilgan terminologiya soha bo’yicha xalqaro muloqotni osonlashtiradi.
Hamda so’nggi xususiyati bu motivlanganlikdir. Termin o’zining tarkibiy qismlari
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–5_ Март –2025
48
orqali tushunchaning mohiyatini aks ettirishi kerak. Bu terminni tushunish va eslab
qolishni osonlashtiradi.
Nemis va o’zbek tillari bir-biriga qarindosh bo’lmagan tillar hisoblanib, bu
ikki til o’rtasida so’z ko’payish, so’z boyish jarayonlari bir-biridan farqlanadi. Tilda
so’zlarning yaxlit ma’no kasb etishi hamda ushbu so’zlarning ma’lum bir aniq sohaga
mansub ekanligini. Yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek, terminologiya sohasi
o’rganadi. Nemis va o’zbek tillari turli genetik oilalarga mansub bo’lishiga qaramay,
terminologiyaning rivojlanishi va qo’llanilishida o’ziga xos xususiyatlarga ega.
Nemis tilida tilshunoslik sohasining rivojlanishi muhim rol o’ynaganligi
sababli, nemis terminologiyasi uzoq tarixga ega. Nemis terminlari aniqligi,
standartlashtirilganligi va ixchamligi bilan ajralib turadi. Ko’pgina nemis terminlari
murakkab so’zlardan (Komposita yoki Zusammensetzung) iborat bo’lib, bu ularning
ma’nosini tushunishni osonlashtiradi. So’z va terminlarning yasalish prinsiplari
leksikologiya bo’limida alohida o’rganiladi.
O’zbek tili miqyosida ham olib qaraydigan bo’lsak, o’zbek tili mustaqillikdan
so’ng terminologiya sohasida sezilarli rivojlanishga erishdi. O’zbek terminologiyasi
ko’proq chet (rus, ingliz) tillaridan o’zlashgan terminlardan iborat. Shu bilan birga,
o’zbek tilida yangi terminlar yaratish va mavjud terminlarni moslashtirish bo’yicha
faol ishlar olib borilmoqda. Bu borada tilshunos olim H.Dadaboyev chuqur tadqiqot
ishlarini amalga oshirgan. O’zbek tilida terminologiyaning rivojlanish bosqichlari,
prinsiplari hamda xususiyatlari borasida “O’zbek terminologiyasi” nomli o’quv
qo’llanma yaratgan bo’lib, ushbu o’quv qo’llanma orqali har bir o’rganuvchi o’zbek
tili terminologiyasi borasida batafsil ma’lumotlarga ega bo’lishi mumkin.
Umuman olganda yuqorida tilga olingan ikkala tilda ham terminologiyani
standartlashtirishga e’tibor qaratiladi, lekin nemis tilida bu jarayon uzoqroq tarixga
ega. Nemis tilida DIN (Deutsches Institut für Normung) kabi tashkilotlar
terminologiyani tartibga solishda muhim rol o’ynaydi. O’zbekistonda esa bu vazifani
O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tilshunoslik instituti qoshidagi
Terminologiya qo’mitasi bajaradi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–5_ Март –2025
49
Terminologiya har ikki til tilshunosligining bir qismi sifatida quyidagi
jihatlarga e’tibor qaratadi va bevosita ta’sir qiladi: Bizga ma’lumki, nemis tili va
o’zbek tili tilshunoslogida leksikologiya bo’limi alohida o’ringa egadir. Ikkala tilda
ham leksikologiya borasidagi o’ziga xosliklar, o’xshash jihatlar va farqli taraflar
mavjud. Leksikologiyada terminlar tilning leksik tarkibini boyitadi va uning
rivojlanishiga hissa qo’shadi. Yangi tushunchalar paydo bo’lishi bilan yangi terminlar
yaratiladi, bu esa tilning lug’at boyligini oshiradi. Tilshunoslik tarmog’ining
semantika
bo’limida terminlar ma’no masalalarini o’rganishda muhim rol o’ynaydi.
Terminning ma’nosi uning sohadagi o’rnini belgilaydi va terminlar o’rtasidagi
munosabatlar tushunchalar o’rtasidagi aloqalarni aks ettiradi. Stilistika tarmog’i
nuqtai nazaridan terminlar ilmiy uslubning o’ziga xos xususiyatlarini yaratishda
ishtirok etadi. Ilmiy matnlarda terminlardan aniq, rasmiy va neytral uslubda
foydalanish talab etiladi. Bu jarayon so’zlardan o’z o’rnida to’g’ri foydalanish sababli
amalga oshiriladi. Tarjimashunoslik sohasida ham terminlar tarjima jarayonida
muhim ahamiyatga ega sanaladi. Terminlarning aniq tarjimasi sohadagi
ma’lumotlarning to’g’ri uzatilishini ta’minlaydi va xalqaro muloqotni osonlashtiradi.
Bu holat ikki va undan ortiq tillar o’rtasida nafaqat tilni o’zlashtirishga, balki uning
madaniyati bilan ham tanishishga imkon yaratadi. Sotsiolingvistika sohasida
terminlar ahamiyatli rol o’ynaydi, muayyan soha mutaxassislarining ijtimoiy guruhini
belgilab beradi va ularning kasbiy o’ziga xosligini shakllantirishga yordam beradi.
Shu sababli, tilshunoslikning har bir bo’limi uchun terminlarning o’rni beqiyosdir.
Hozirgi kunda terminologiya sohasida o’ziga xos zamonaviy tendensiyalar
mavjud bo’lib, ushbu tendensiyalar quyidagi jarayonlarda ko’zda tashlanmoqda:
1
.
Terminologiyani globallashtirish va internatsionalizatsiya
: Fan va
texnikaning rivojlanishi bilan terminlarning xalqaro miqyosda qo’llanilishi tobora
muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ingliz tili ko’plab sohalarda xalqaro terminologiya
tili sifatida ustunlik qilmoqda.
2. Terminologiyani standartlashtirish
: Turli sohalarda terminologiyani
standartlashtirishga e’tibor kuchaymoqda. Standartlashtirish terminlarning aniqligini,
bir xilligini ta’minlaydi va xalqaro hamkorlikni osonlashtiradi. ISO (International
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–5_ Март –2025
50
Organization for Standardization) kabi tashkilotlar terminologiyani standartlashtirish
bo’yicha faol ish olib bormoqda.
3. Terminologik lug’atlar yaratish
: Turli sohalar bo’yicha terminologik
lug’atlar yaratish va ularni doimiy yangilab borish muhim. Zamonaviy lug’atlar
nafaqat terminlarning ta’rifini, balki ularning kelib chiqishini, grammatik
xususiyatlarini, sinonimlarini va boshqa tillardagi ekvivalentlarini ham o’z ichiga
olishi kerak.
4. Avtomatlashtirilgan terminologiya tizimlari:
Terminologik ma’lumotlarni
yig’ish, saqlash, qayta ishlash va tarqatish uchun avtomatlashtirilgan tizimlardan
foydalanish terminologik ishning samaradorligini oshiradi. Bunday tizimlar
tarjimonlar, texnik yozuvchilar va boshqa mutaxassislarga katta yordam beradi.
5. Kognitiv terminologiya:
Bu yo’nalish terminlarni insonning kognitiv
tuzilishi va bilish jarayonlari bilan bog’liq holda o’rganadi. Kognitiv terminologiya
terminlarning ma’nosini tushunish va ularni samarali ishlatishga yordam beradi.
Biz izlanish olib borayotgan nemis va o’zbek tillarida terminologiya, ularning
yasalish prinsiplari hamda rivojlanish bosqichlari kabi masalalar juda qizg;in
mavzulardan biri sanaladi. Albatta, nemis va o’zbek tillari bir-biriga qarindosh
bo’lmagan tillar ekanligini hisobga olgan holda, har ikkala tilda ham terminlar va
ularning o’ziga xos xususiyatlari turli-tuman desak also mubolag’a bo’lmaydi.
Xulosa o’rnida shuni ta’kidlab o’tmoq joizki, terminologiya tilshunoslikning
muhim qismi bo’lib, tushunchalarni aniq ifodalash, sohalararo muloqotni
osonlashtirish va bilimlarni saqlashga xizmat qiladi. Bundan tashqari tilning leksik
tizimini boyitadi, ilmiy bilimlarni aniq va ixcham tarzda ifodalashga yordam beradi,
soha mutaxassislari o’rtasida o’zaro tushunishni ta’minlaydi. Shunday ekan, nafaqat
nemis va o’zbek tillari uchun, balki barcha tillar uchun terminologiyani o’rganish va
rivojlantirish tilshunoslikning muhim vazifalaridan biri bo’lib qoladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
Arntz R, Heribert P, Klaus-Dirk Sch. Einführung in die
Terminologiearbeit. 7., vollst. überarb. und akt. Aufl. Hildesheim, 2014
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–5_ Март –2025
51
2.
DTT = Deutscher Terminologie-Tag e.V. (Hg.) (2016): Terminologiearbeit
– Best Practices 2.0. Köln. (auch engl. Version mit Erscheinungsjahr 2020
verfügbar).
3.
Dadaboyev H. O
ʻ
zbek terminologiyasi, Toshkent, 2019.
4.
Whewell W. The philosophy of the inductive sciences founded upon their
history. Vo. I-II. - London,1967.
5.
Даниленко В.П. Русская терминология. Опыт лингвистического
описания.- М.,: Наука, 1977.
6.
Мадвалиев
А.Ўзбек
терминологияси
ва
лексикографияси
масалалари.Т.:Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2017.
Ҳожиев А. Термин танлаш мезони.1996.