Authors

  • Hamida Orislanova

Author Biography

  • Hamida Orislanova

    UrDU mustaqil izlanuvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.119319

Keywords:

Antroponimika Beruniy qadimgi xalqlar grammatik tuzilish sodda antroponimlar yasama antroponimlar qo‘shma antroponimlar etimologiya.

Abstract

Ushbu maqolada Abu Rayhon Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asaridagi antroponimlarning grammatik tuzilishi o‘rganiladi.
Asardagi shaxs nomlari grammatik jihatdan sodda, yasama va qo‘shma nomlarga ajratilib tahlil qilinadi. Antroponimlarning lug‘aviy o‘zagi,
ularning semantik va morfologik xususiyatlari ko‘rib chiqiladi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-22

Часть–4_ Март –2025

310

ABU RAYHON BERUNIYNING “QADIMGI XALQLARDAN QOLGAN

YODGORLIKLAR” ASARIDAGI AYRIM ANTROPONIMLARNING

GRAMMATIK TUZILISHI

UrDU mustaqil izlanuvchisi

Hamida Orislanova

Annotatsiya. Ushbu maqolada Abu Rayhon Beruniyning “Qadimgi

xalqlardan qolgan yodgorliklar” asaridagi antroponimlarning grammatik tuzilishi

o‘rganiladi.

Asardagi shaxs nomlari grammatik jihatdan sodda, yasama va qo‘shma nomlarga

ajratilib

tahlil

qilinadi.

Antroponimlarning

lug‘aviy

o‘zagi,

ularning semantik va morfologik xususiyatlari ko‘rib chiqiladi.

Аннотация: В данной статье изучается грамматическое строение

антропонимов в труде Абу Райхана Беруни «Памятники минувших поколений».

Личные имена в произведении классифицируются на простые, производные и

сложные антропонимы. Рассматриваются лексическая основа антропонимов,

их семантические и морфологические особенности.

Annotation: This article examines the grammatical structure of

anthroponyms in Abu Rayhan al-Biruni’s work

"Monuments of Past Generations"

.

Personal names in the work are classified into simple, derived, and compound

anthroponyms.

The

lexical

roots

of

anthroponyms,

as well as their semantic and morphological features, are analyzed.

Kalit so‘zlar: Antroponimika, Beruniy, qadimgi xalqlar, grammatik tuzilish,

sodda antroponimlar, yasama antroponimlar, qo‘shma antroponimlar, etimologiya.

Ключевые слова: Антропонимика, Беруни, древние народы,

грамматическая

структура,

простые

антропонимы,

производные

антропонимы, сложные антропонимы, этимология.

Keywords: Anthroponymy, Biruni, ancient peoples, grammatical structure,

simple anthroponyms, derived anthroponyms, compound anthroponyms, etymology.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-22

Часть–4_ Март –2025

311

1. Kirish.

Bugungi kunda

jahon tilshunosligida ham, o‘zbek tilshunosligida

ham antroponimika sohasi ko‘plab tadqiqotlar uchun o‘rganish obyekti bo‘lib

kelmoqda. Antroponimika [antropo..+yun. onyma] onomastikaning kishi ismlari,

ularning kelib chiqishi, tarqalishi va sh.k masalalarni o‘rganuvchi bo‘limi

[A.Madvaliyev, D.Xudoyberganova − O‘zbek tilining izohli lug‘ati – I tom A-D, 89].

Antroponimlar xalq tili, madaniyati va ma’naviyatining eng qadimiy merosi bo‘lib,

ularda shu xalqning o‘tmish tarixi, tili, turmush tarzi, diniy-falsafiy qarashlari,

e’tiqodi, orzu-armonlari aks etadi. Tilshunos olim E.Begmatov ham buni alohida

ta’kidlab quyidagicha fikr yuritadi: “Antroponimlar xalqning tarixi va ma’naviyatini

o‘zida mujassamlashtirgan leksik birliklar hisoblangani uchun ularning ma’no,

yuzaga kelish, rivojlanish, qo‘llanish xususiyatlarini tadqiq etish muhim ilmiy

ahamiyatga ega” [Бегматов Э.A.,2013:78]. Shu sababali ham antroponimika xuddi

toponimika, zoonimika, etnonimika kabi onomastikaning ajralmas tarkibiy qismi

hisoblanadi. Antroponimlarga qiziqish, ularni tahlil qilib o‘rganish uzoq tarixga borib

taqaladi. Dastlabki ilmiy asarlarda shaxs ismlarining kelib chiqishi, ularning ma’no

qatlamlari va ijtimoiy ahamiyati haqida fikr yuritilgan. Masalan, yunonistonlik

mashxur faylasuf Platonning “Kratil” asarini antroponimikaning tarixiy poydevori

sifatida ko‘rish mumkin, ammo u ismlarni tadqiq qilishda falsafiy nuqtai nazardan

tahlil qilganligi ta’kidlanadi. Antroponimika XIX-XX asrlarda onomastikaning

tarkibiy qismi sifatida shakllandi. O‘zbek tilshunosligida ham bu yo‘nalish o‘tgan

asrning 60-70 yillarida rivojlanib, qator ilmiy asarlar yaratildi. Shunga qaramay,

tilshunos olim E.Begmatov aytganidek: “…o‘zbek antroponimlarning bir qator

nazariy va amaliy muammolari o‘zining ilmiy asosi va teran tadqiqini kutmoqda.

Masalan, antroponimlar semantikasi va motivatsiyasi, antroponimlarni tasnif

qilishning ilmiy tamoyillari, antroponimlarni qardosh va noqardosh tillar bilan

qiyosiy o‘rganish, antroponimlarni davrlashtirish tamoyillari, o‘zbek tarixiy

antroponimiyasi, antroponimlarning turli uslublarida, ayniqsa, antroponimiya fondiga

ijtimoiy-lisoniy, milliy-madaniy, falsafiy-etnik jihatdan yondashish masalalari,

antroponimlarning izohli, imloviy transkriptsiya lug‘atlarini tuzishning leksikografik

talab va tamoyillari, tarixiy yozma obidalar tilidagi antroponimlarni o‘rganish, o‘zbek


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-22

Часть–4_ Март –2025

312

tili antroponimikasini yaratish muammolari va boshqalar” [Бегматов Э.A.,2013:4,5].

Ushbu maqolamizda Abu Rayhon Beruninyning “Qadimgi xalqlardan qolgan

yodgorliklar” asaridagi bazi antroponimlarni grammatik tuzilishini tahlil qilishga

harakat qildik.

2. Metodologiya.

Malumki,

inson hayotining bir qismi bo‘lgan antroponimlar

jamiyat hayotida ham muhim o‘rin tutadi, shu sababli kishi nomlari xalq tarixining

bir qismidir. Ularda xalqlarning turmush tarzi, tarixi, tili, madaniyati o‘z aksini topadi.

Shu tufayli tarixiy asarlarni antroponimik tahlil qilish shu davrda yashagan

xalqlarning dunyoqarashi haqida qimmatli ma’lumot beradi. Chunki har bir xalqning

urf-odatlari, turmush tarzi, diniy ishonchlari ularning ismlarida namoyon bo‘ladi.

Asardagi antroponimlarni tahlil qilish jarayonida tasviriy va tasniflash metodlaridan

foydalanildi. Bilamizki, tasviriy metod barcha ijtimoiy-tarixiy va tabiiy fanlarda keng

qo‘llaniladi. Shunga ko‘ra bu metod boshqa metodlar orasida qo‘llanish ko‘lami

jihatidan eng yuqori o‘rinda turadi. “Tasviriy metodning asosiy vazifasi shundaki, u

muayyan sinxron aspektga tegishli lisoniy birliklarni, hodisalarni tasvirlash,

tavsiflash jarayonida ularni tahlil qilib boradi, tildagi vazifasini, oʻrnini, qoʻllanishini,

tuzilishini, oʻziga xosliklarini aniqlaydi, umumlashtiradi, xulosalar chiqaradi”

[Rasulov Ravshanxoʻja, 257].

3. Natijalar.

Abu Rayhon Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan

yodgorliklar” asarida qo‘llanilgan antroponimlarni grammatik tuzilishi jihatidan

tahlil qilish, o‘sha davr antroponimika ko‘lamini belgilashga va uni hozirgi davr

antroponimlarining tuzilishi bilan taqqoslab tadqiq etish uchun boy manba bo‘la

oladi. O‘tgan asrda o‘zbek nomshunosligi mustaqil soha sifatida shakllanganligi bois

uning tarkibiga kiruvchi antroponimikaga oid ilmiy tadqiqotlar ham kengaydi. Shu

davrdan boshlab o‘zbek antroponimiyasi xilma-xil yo‘nalishda o‘rganila boshlandi.

O‘zbek antroponimiya sohasini tadqiq qilishda E.Begmatov va uning shogirdlari

tomonidan qilingan ilmiy izlanishlar bu sohaning rivojlanishiga katta hissa qo‘shdi.

Xususan, N.Husanov, M.Norqulova, G‘.Sattorov va S.Rahimovlarning tadqiqotlarida

o‘zbek ismlarining lisoniy tarkibi, o‘z va o‘zlashgan qatlamlari, ismlarning lisoniy


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-22

Часть–4_ Март –2025

313

tuzilishi va yasalishi, ismlarning ma’nosi, ismlar imlosi, mintaqaviy antroponimiyaga

xos ba’zi xususiyatlar va boshqalar yoritib berilgan.

4. Muhokama.

Abu Rayhon Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan

yodgorliklar” asaridagi antroponimlar negizida yotgan lug‘aviy o‘zaklar, yasama va

qo‘shma leksema kabi so‘z shakllari turli-tumandir. Mana shu xususiyat asardagi

antroponimlarni grammatik tuzilishiga ko‘ra o‘rganishni va ularning lisoniy tabiatini

ochishni talab qiladi. Beruniy asaridagi antroponimlarni grammatik tuzilishiga ko‘ra

3 guruhga ajratish mumkin:

1. Sodda tuzilmali (tub) antroponimlar.

2. Yasama tuzilmali antroponimlar.

3. Qo‘shma tuzilmali antroponimlar.

Sodda tuzilmali antroponimlar.

Sodda tuzilmali antroponimlar grammatik

strukturasiga ko‘ra yasama va qo‘shma tuzilmali antroponimlarga qarama-qarshi

qo‘yiladi. Bunda asosiy mezon antroponim tarkibi bitta so‘zdan iborat ekanligidir.

“Sodda antroponimlar ular uchun asos bo‘lgan leksemaning tuzilishiga mos keladi va

mohiyatan tub nomlardir” [Бегматов Э.A.,2013:217]. Asardagi antroponimlarning

bir qismini sodda tub nomlar tashkil qiladi. Masalan, Adnon, Adrian, Bilqis, Varvara,

Galen, Gomer, Daniyol, Dovud, Doro, Yevklid, Yelisey, Dosifey, Jafna, Zevs, Ioann,

Iraj, Konstantin, Kambiz va boshqalar.

Yasama tuzilmali antroponimlar.

Antroponimlarning kelib chiqishi,

shakllanishi va ma’nosi insoniyatning madaniyati, dini, urf-odatlari va tili bilan

chambarchas bog‘liq. Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida

sodda tuzilmali antroponimlar bilan bir qatorda yasama tuzilmali nomlarni ham

uchratamiz. Yasama antroponimlar boshqa so‘zlardan yoki so‘z qismlaridan hosil

qilinadi. Asarda uchrovchi ayrim yasama antroponimlar nisbiylikni, mansublikni yoki

biror joyga, hududga, makonga oidlikni ifodalovchi –iy qo‘shimchasidan hosil

bo‘lganini ko‘ramiz.

Balxiy, Bobiliy, Saraxsiy va Ko‘hiy kabi antroponimlarda asos qism joy

nomini bildirib, shaxsning o‘sha joyga mansubligini ko‘rsatadi. Buxturiy

antroponimida -iy qo‘shimchasi ismning ijtimoiy mansubligini bildirsa, Sufyoniy


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-22

Часть–4_ Март –2025

314

antroponimida mazkur qo‘shimcha shaxsning kelib chiqishi, qaysi avlodga yoki

qabilaga tegishliligini ifodalagan.

Qo‘shma tuzilmali antroponimlar.

Qo‘shma

antroponimlar ikki yoki undan

ortiq so‘zning birlashuvidan tashkil topadi va bu qismlar birgalikda yangi ma’no hosil

qiladi. Ko‘pincha shaxsning nasl-nasabi, ijtimoiy mavqeyi yoki diniy e’tiqodini aks

ettiradi. Asarda Beruniy tilga olgan xalqlar, xususan, hind, fors, arab va boshqa

madaniyatlarda ikki yoki undan ortiq so‘zning birlashuvi orqali hosil qilingan

qo‘shma ismlar keng tarqalgan. Masalan,

Ardashir

antroponimi fors tilidan olingan

bo‘lib, qadimgi Eron shohlaridan birining nomidir. Ism ikki asosiy qismdan iborat:

1.

“Arda” – bu qadimgi fors tilida “adolatli”, “pok” yoki “toza” ma’nosini

anglatadi.

2.

“Shir” – bu forscha so‘z bo‘lib “sharaf”, “qahramon” yoki “shoh”

ma’nosini bildiradi. Ism umumiy ma’noda “adolatli shoh” yoki “pok shoh” degan

ma’nolarni ifodalagan.

Amirtayus

ismi sanskrit tilidan olingan bo‘lib, buddaviylik madaniyatida

muhim ahamiyatga ega bo‘lgan tushunchani ifodalaydi. Bu ism ham ikki qismdan:

1.

Amrita – sanskritcha so‘z bo‘lib “o‘lmaslik”, “abadiylik” ma’nosini

anglatadi.

2.

Ayus – sanskrit tilida “hayot” yoki “umr” degan ma’noni bildiradi.

Umumiy ma’noda “abadiy hayot” yoki “cheksiz umr” deb talqin qilingan.

Afrosiyob

antroponimi ham fors-tojikcha qo‘shma ism hisoblanib, ikki

qismdan iborat:

1.

Afro

– bu so‘z qadimgi fors tilida “yuqori”, “baland”, “ulug‘”

ma’nolarini bildiradi.

2.

Siyob (Siyavush)

– forscha “Siyovush” yoki “Siyob” so‘zidan kelib

chiqqan bo‘lib, “qora otliq”, “zulmat otliq” yoki “zodagon” ma’nolarini anglatadi.

5.Xulosa.

Beruniy asaridagi antroponimlarni grammatik tuzilishiga ko‘ra

tahlil qilish natijasida ularning tarixiy, lingvistik va madaniy jihatlari aniqlandi.

Sodda, yasama va qo‘shma antroponimlar orqali qadimgi xalqlarning nomlash

tamoyillari

va

ismlarning

shakllanish

xususiyatlari

ochib

berildi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-22

Часть–4_ Март –2025

315

Bu tadqiqot Beruniyning ilmiy merosini chuqurroq o‘rganish hamda o‘zbek

antroponimikasining rivojlanishiga hissa qo‘shish imkonini beradi.

FODALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Begmatov E.A. O‘zbek antroponimikasining nazariy asoslari. – Toshkent: Fan,

2013.

2.

Rasulov

R.

Umumiy

tilshunoslik.

– Toshkent: O‘zMU, 2010.

3. Husanov N. O‘zbek onomastikasi asoslari. – Toshkent: Fan, 2004.

4. Norqulova M. O‘zbekcha antroponimlarning struktur-semantik xususiyatlari. –

Toshkent:

O‘zMU,

2017.

5. Sattorov G‘. O‘zbek ismlarining lisoniy tadqiqi. – Samarqand: SamDU, 2015.

6. Rahimov S. O‘zbek tarixiy antroponimlari. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2020.