Ko‘p yillik sport trenirovkasining dastlabki tayyorgarlik bosqichi barcha mutaxassis-olimlar tomonidan texnik-taktik mahoratga asos soluvchi fundamental bosqich deb tan olingan. Shunday ekan dastlabki tayyorgarlik bosqichidan boshlab tanlangan sport turiga xos harakat texnikasiga o‘rgatishda u harakatning mantiqiy xususiyatlarini ifodalovchi va bir-biriga uzviy bog‘liq bo‘lgan aniqlik hamda tezkorlik omillari e’tiborga olinishi muhim ahamiyat kasb etadi. . 11-12 yoshli bolalarda keskin o‘zgaruvchan yo‘nalish bo‘ylab to‘pni urib yugurib kelib basketbol savatiga tashlash tezligi, texnikasi va aniqligini baholash.