MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–4_Март –2025
267
“PIYELONEFRIT BILAN KASALLANGAN HOMILADORLARDA
HOMILADORLIKNING KECHISHI VA TUG’RUQ ASORATLARINI
O’RGANISH”
Najmutdinova D.K (1), Аxrorova Saida(2)
Toshkent tibbiyot akademiyasi Oilaviy tibbiyotda akusherlik va ginekologiya
kafedrasi professori(1), magistr(2)
Annotatsiya:
Homiladorlik davrida piyelonefrit ona va homila uchun xavf
tug'dirishi sababli sog'liq uchun jiddiy muammo hisoblanadi. O'tkir piyelonefrit
tug'ruqdan oldin kasalxonaga yotqizilish holatlarining 1-2% qismini tashkil qilsa,
surunkali piyelonefrit va uning asoratlari natijasida 15-25% homilador ayollar
gospitalizatsiyaga muhtoj bo’lishadi. Bundan tashqari: anemiya, sepsis (15-20%),
o’tkir buyrak kasalligi va erta tug’ruq xavfi (20-50%) kabi jiddiy asoratlarga olib
Piyelonefrit homila bilan bog’liq quyidagi xavflarni yuzaga keltirishi
mumkin: Bu holat muddatiga yetmasdan tug’ilish, kam vaznlilik va o’tkir respirator
distress sindromi (O’RDS) sababli neonatal intensiv terapiyaga muhtojlik holatlari.
Kritik holatlarda onaning infeksiyasi homila o'limiga olib kelishi mumkin.
Yana bir dolzarb muammo sifatida pielonefritning takrorlanishi va
antibiotiklarga rezistentlik holatlatrini keltirish mumkin. Taxminan 20% ayollar
homiladorlik davrida takroriy infeksiyalarni boshdan kechirishi mumkin, bu esa
davolanishni murakkablashtiradi va buyraklarning uzoq muddatli shikastlanish
ehtimolini oshiradi.
Kalit so’zlar:
Siydik yo’li infeksiyasi (SYI), simptomsiz bakteriuriya,
respirator distress sindrom, anemiya, ultratovush tekshiruvi, bakteriologik ekma, E
coli bakteriyasi, grammanfiy bakteriyalar, antibakterial davo.
Piyelonefrit-homilador ayollar orasida ko’p uchraydigan infeksion kasallik
bo’lib,siydik yo’llarining eng oddiy yallig’lanishidan tortib sepsisgacha bo’lgan og’ir
asoratlarga olib keladigan,buyraklarning kosacha-jom sistemasing yallig’lanish
kasalligidir.(1,1) Hozirgi vaqtda shu narsa ma’lum bo’ldiki, ona organizmidagi
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–4_Март –2025
268
siydik yo‘llarining infeksion-yallig‘lanish jarayonining mavjudligi fetoplatsentar
kompleksda va homilaning siydik ajratish tizimida bir qator o’zgarishlar paydo
bo‘lishiga olib keladi.(2,1) O‘tkir piyelonefrit 12% homilador ayollarda, ko‘pincha
birinchi homiladorlikda, odatda uning ikkinchi yarmida (20-26 haftalarda) uchraydi.
Piyelonefritda homiladorlikning eng ko‘p uchraydigan asoratlariga homila tushishi,
gestoz, anemiya, yo‘ldosh yetishmovchiligi, homilaning surunkali gipoksiyasi yoki
uning ona qornida rivojlanishining kechikishi kiradi.(3,1)
Homiladorlik davrida piyelonefrit kasalligiga chalinish ehtimoli yuqori
bo’lib, bu jarayon asosan homilador ayol organizmida yuzaga keladigan fiziologik
va anatomik o’zgarishlarning rivojlanishi bilan izchil bog‘liq(1,2). Piyelonefritning
Yevropa Urologlar Assotsiatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan klassifikatsiyasi
quyidagicha:
-O’tkir (asoratlangan,asoratlanmagan)
-Qaytalanuvchi (asoratlangan,asoratlanmagan)
-Kateter o’rnatish bilan bog’liq bo’lgan (asoratlangan)
Qaytalanuvchi piyelonefrit- yiliga uch marotaba yoki 6 oy davomida kamida
ikki marotaba takrorlanuvchi kasallanishlar chastotasiga aytiladi.
Kateter o’rnatish bilan bog’liq bo’lgan piyelonefrit- so’nggi 48 soat ichida
siydik kateteri o’rnatilgan bemorlarda kuzatiladi.(4,1)
Piyelonefrit asosan ikkinchi va uchinchi trimestrlarda, taxminan 10-20%
holatlarda birinchi trimestrda uchraydi (1,2).
Piyelonefritning yuzaga kelishiga sabab bo’luvchi xavf omillar:
Ayollarda kuzatiladigan jinsiy a’zolarining yallig‘lanish kasalliklari.
Buyrakka infeksiya aksariyat hollarda :vulvit ( tashqi jinsiy a’zolarning
yallig‘lanishi), kolpit (qindagi yallig‘lanish) hamda bakterial vaginozda yuzaga
keladi. Kasallik qo‘zg‘atuvchilari infeksiya o‘choqlaridan gematogen yo‘l bilan
buyrak to‘qimasiga o‘tadi.
Simptomsiz bakteriuriya
. Bemorlarning siydigidan monoinfeksiya ajralib
chiqadi, bunda klinik simptomatika bo‘lmaydi. Siydik shartli patogen mikrofloraning
ko‘payishi uchun qulay muhit bo‘lganligi sababli, siydikning turib qolishi va orqaga
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–4_Март –2025
269
qaytishi sharoitida saprofit mikroorganizmlar faollashadi va piyelonefrit rivojlanadi.
Anamnezida
urologik
patologiyalarning
mavjudligi
yashirin
surunkali
bakteriuriyaning tezroq rivojlanishiga olib keladi.
Urodinamik o‘zgarishlar.
Homilador ayollarda progesteron darajasining
oshishi fonida kosacha-jom tizimi kengayadi, siydik pufagi gipotoniyasi (siydik
oqimining buzilishi) rivojlanadi. Homiladorlikning kechki bosqichida bo‘shashish
vaziyatni yanada og‘irlashtiradi. (5,1)
Yuqoridagi asosiy sabablardan taashqari quyidagilar umumiy sabablar ham
muhim ahamiyatga ega:
- Uzoq muddatli stress;
-Uzoq muddatli o‘ta toliqish;
-Vitamin-minerallar tanqisligi;
-Infeksiya o‘choqlari;
-Zaiflashgan immunitet (6)
Siydik namunalarida asosiy o’rinni egallaydigan uropatogen bu-Escherichia
Coli bo’lib, umumiy homiladorlar asoratlangan piyelonefrit holatlarining 80-95%ini
egallaydi. Boshqa mikroorganizmlar ham kamroq miqdorda o’rin tutadi. Jumladan,
Enterobacter aerogenes, Klebsiella pneumonia, Proteus mirabilis, Enterococcus
facealis va Streptococcus B guruhi.
Homiladorlik davridagi fiziologik o‘zgarishlar hamda proteinuriya va
glyukozuriya
darajasining
oshishi,
mikroorganizmlarning
ko‘payishini
rag‘batlantiradi. (1,3)
Quyidagi patologiyalar piyelonefrit rivojlanish xavfini yanada oshiradi:
-Qandli diabet
-Kamqonlik
-Buyrakning strukturaviy kasalliklari
-Ilgari siydik yo‘llari infeksiyasi (SYI) bilan kasallanganligi
-Ko’psuvlilik
-Yirik homila
-Ko’p homilalik
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–4_Март –2025
270
- Tartibsiz jinsiy faollik
-Past ijtimoiy-iqtisodiy maqom(2,2)
Past ijtimoiy sharoitli mintaqalarda homiladorlik paytida yuqumli
kasalliklarni boshqarish imkoniyatining yo’qligi, sog‘liqni saqlash xizmatlaridan
foydalanish darajasining pastligi, diagnostika uchun sharoitlarning yetarli emasligi
kabi bir qator omillar tufayli kasallikni boshqarish qiyin bo‘lishi mumkin. Ba’zi
sharoitlarda simptomsiz bakteriuriyani aniqlash uchun siydik ekmasi kabi
mikrobiologik diagnostika muassasalaridan foydalanish imkoniyati past bo‘lib, bu
oxir-oqibat erta tashxis qo‘yish va tezkor davolashga ta’sir ko‘rsatadi . Shuningdek,
ularda antibiotiklardan foydalanishni tartibga soladigan ma’lumotlar yetishmaydi.
Kanada kasalliklarni profilaktika qilish bo‘yicha ishchi guruhi , Amerika yuqumli
kasalliklar jamiyati va Buyuk Britaniya Sog‘liqni saqlash instituti tomonidan barcha
ayollar erta homiladorlikda kamida bir marta simptomsiz bakteriuriyaga tekshirilishi
va davolanishini tavsiya etadi (8,1)
Kasallikning klinik ko’rinishini bir necha guruhga bo’lib o’rgansa bo’ladi:
-
Maxalliy belgilar: bel sohasida og’riq, dizuriya
-
Umumiy simptomlar: isitma, ko’ngil aynish va qusish
-
Tizimli o’zgarishlar: yuqori tana harorati,qaltirash, gemodinamik
o’zgarishlar
-
-Organlar disfunksiyasi bilan bog’liq bo’lgan o’zgarishlar (4,2)
O‘tkir piyelonefritda infeksion jarayonning umumiy simptomlari ustunlik
qiladi.
Ko‘pincha yuqori harorat bilan kuchli qaltirash, bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi,
qusish kuzatiladi. Keyin tana harorati normal raqamlargacha pasayadi va bir vaqtning
o‘zida ko‘p ter ajraladi. Qaltirashlar oralig‘ida bemorlar lanj, adinamik bo‘ladilar.
Umumiy simptomlarga mahalliy simptomlar yetarlicha tez qo‘shiladi. Zararlangan
tomondagi bel sohasidagi og‘riqlar bo‘lib, kechasi kuchayadi. Og‘riqlar chuqur nafas
olganda, yo‘talganda kuchayishi mumkin. Siydik yo‘li bo‘ylab paypaslaganda
og‘riqlar seziladi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–4_Март –2025
271
Gestatsion piyelonefrit, odatda, birinchi marta tug‘adigan ayollarda
homiladorlikning ikkinchi yarmida yoki tug‘ruqdan keyingi birinchi haftada
boshlanadi. Infeksiya rivojlanish xavfi va siydikdagi mikroblar soni tug‘ruqdan
keyingi birinchi sutkada ayniqsa yuqori bo‘ladi. Bu qoldiq siydik miqdorining
ko‘payishi bilan bog‘liq. (1,3)
Gestatsion piyelonefrit diagnostikasida laboratoriya usullari asosiy
ahamiyatga ega. Siydik va qon tahlili orqali yallig‘lanish jarayonining boshlanishini
aniqlash mumkin. Siydikni bakterial tekshirish va Gramm bo‘yicha bo‘yash
(kasallikni qaysi qo‘zg‘atuvchi keltirib chiqarganini ko‘rsatuvchi mikrobiologik
usullar) qo‘llanilishi mumkin.(3,2)
Tahlillarda quyidagilar aniqlanadi:
-Leykotsituriya (siydikda leykotsitlar topilishi);
-Leykotsitoz (qonda leykotsitlar miqdorining ko‘payishi
-Kamqonlik (o’rta daraja)
-Bakteriuriya (siydikda bakteriyalarning paydo bo‘lishi).
Sog’lom odam siydigi odatda steril bo‘ladi, piyelonefritda esa, ayniqsa
homilador ayollarda, ko‘pincha bakteriyalar topiladi. Kasallik nima bilan tahdid
qilishini va siydik tahlili nima uchun muhimligini bilgan ayol o‘z sog‘lig‘iga
e’tiborliroq bo‘ladi.(3,3)
UTT - a’zolarning anatomik tuzilishini, devorlarining holatini, buyrak
kosachalari va jomchalarida zichlashish va kengayish borligini ko‘rsatadi. Homila
hamda yo;ldoshning ultratovush tekshiruvi homilaning o’z vaqtida normal,
nuqsonlarsiz rivojlanayotganligini ko’rsatadi.(3,4)
Homilaning o‘sishi va rivojlanishiga zararli ta’sir ko‘rsatishi sababli
homiladorlik davrida rentgenni diagnostikani qo‘llash taqiqlanadi.
Piyelonefritni davolash uchun 10-14 kunlik terapiya qabul qilingan bo‘lsada,
ayniqsa olib borilayotgan , yangi tadqiqotlar homiladorlarda terapiya
davomiyligining aniq muddatini aniqlashni qiyinlashtirmoqda.Homilador ayollarda
piyelonefritni davolash tanlovi qisman cheklangan. Homilador va homilador
bo‘lmagan ayollarda grammanfiy bakteriyalarni davolashning yangi usullari juda
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–4_Март –2025
272
kam bo‘lganligi sababli, mikroblarga qarshi dori-darmonlarga chidamlilik xavotirli
darajada o‘sib bormoqda.Kengaytirilgan spektrli β-laktamaza ishlab chiqaruvchi
bakteriyalarning ko‘payishi muammoni yanada kuchaytirmoqda, chunki homilador
ayollarda keng spektrli sefalosporinlar kabi mikroblarga qarshi vositalar samarasiz
bo‘lib qolmoqda.(7,2)
Homiladorlikda o‘tkir piyelonefritni davolash uchun optimal antibakterial
davo quyidagi shartlarga javob berishi kerak:
-To‘g‘ri o‘tkazilgan, istiqbolli, randomizatsiyalangan, ikki tomonlama
sinovlarda isbotlangan samaradorlikka ega bo’lishi
- Kuchli simptomatik belgilarni yuzaga chiqaruvchi uropatogenlarga qarshi
faollikga ega bo’lishi
-Davolash davri davomida to‘qimalar va qon zardobidagi konsentratsiyasini
yetarli darajada saqlab turish qobiliyatining mavjudligi
-Antibakterial vositalarga chidamlilikning rivojlanishi bilan bog‘liqlikning
yo‘qligi
-Arzon va yaxshi qabul qilinishi
-Rivojlanayotgan homila uchun xavfsiz bo’lishi.
Cochrane ma’lumotlar bazasini ko‘rib chiqish shuni ko‘rsatdiki, o‘rganilgan
barcha antibakterial vositalar infeksiyalarni tozalashda va erta tug‘ilish kabi asoratlar
chastotasini kamaytirishda samarali bo‘lgan. Quyidagi ko‘pgina tanlov vositalari
maqbul va samarali deb topiladi:
(homiladorlikda qo‘llash uchun AQSH FDA( Food and drug administration)
tasnifi bilan homiladorlikda piyelonefritni davolash uchun antibakterial vositalarni
dozalash sxemalariga misollar) (9)
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–4_Март –2025
273
Homiladorlik davrida o‘tkir piyelonefritning ona va homila uchun bir qancha
asoratlari mavjud. Ularga muddatidan oldingi tug‘ruq, homila ichi o‘sishining
chegaralanishi, o‘tkir respirator distress sindromi, sepsis, buyrakning o‘tkir
shikastlanishi eng kritik vaziyatlarda ona yoki homilaning o‘limi kiradi. Asoratlardan
biri, anemiya hisoblanib bemorlarning taxminan 25 foizida uchraydi. Piyelonefrit
bilan
kasallangan
ayollarning
taxminan
15-20
foizida
bakteriyemiya
kuzatiladi.Grammanfiy bakteriyalar endotoksinlarga ega bo‘lib, ular onaning qon
aylanish sistemasiga chiqarilganda sitokinlar, gistamin va bradikininlarning kaskadli
javob reaksiyasiga olib kelishi mumkin.
Eng ayanchli asoratlardan biri septikshokdir. Septik shok endotoksemiya
natijasida yuzaga keladi. Septik shok bilan og‘rigan bemorlarga intensiv terapiya,
ko‘pincha o‘pka arteriyasini kateterizatsiya qilish kerak. Bir vaqtning o‘zida
antibakterial va infuzion terapiya o‘tkazish kerak
Qaytalanuvchi piyelonefrit tug‘ruqdan oldin ayollarning taxminan 20 foizida
uchraydi. Qaytalanuvchi infeksiyani muhokama qilishda parvarish xarajatlari va
buyraklarning doimiy shikastlanishini inobatga olish kerak. Retsidivlar chastotasi va
retsidiv infeksiyani davolashdan keyin bemorlarni sinchkovlik bilan kuzatish va
supressiv terapiyani qo‘llash qaytalanuvchi infeksiyani maksimal kamaytirish
mumkin.
Homiladorlik davrida piyelonefrit bilan bog‘liq bo’lgan erta tug‘ruq xavfini
baholash qiyin. Parkland kasalxonasida (Dallas,AQSH) tug‘gan 368 ayolda
anamnezida homiladorlik davrida piyelonefrit kuzatilgan . Ulardan 19 tasi (5%) 37
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–4_Март –2025
274
haftadan kamroq vaqtda tug’gan va faqatgina 4ta homilador (1%) o‘tkir piyelonefrit
piyelonefrit tashxisi qo’yilgan paaytda tug’gan.Erta tug’ruq xavfi juda ko’p
uchramasada, ikkinchi va uchinchi trimestrlarda piyelonefrit bilan og‘rigan
ayollarning aksariyati bachadon qisqarishini boshdan kechiradi; Shu sababli, erta
tug‘ilish xavfi jiddiy qabul qilinadi.
Bachadon qisqarishlari bo‘lishiga qaramay, ko‘pincha bachadon bo‘yni kam
o‘zgaradi yoki umuman o‘zgarmaydi. Bachadon bo‘ynida o‘zgarish mavjud
bemorlar uchun tokolitik terapiyadan kamroq foydalanish taklif qilingan, chunki
tokoliz endotoksemiyaga javobni kuchaytirishi va homilador ayollarni o‘pka shishiga
moyil qilishi mumkin.(10)
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, homiladorlik davrida bakteriuriyani skrining
qilish va erta davolash muddatidan oldingi tug‘ruqlar va kam vazn bilan tug‘ilish
chastotasini 20% dan 55% gacha kamaytirishi va bu bilan bog‘liq neonatal o‘limni
5% dan 14% gacha kamaytirishi mumkin (9,2)
Quyida homiladorlar uchun piyelonefritning asoratlarini ona hamda bola
uchun alohida ko’rib chiqishimiz mumkin:
Ayol uchun asoratlar:
-Tug‘ruqning muddatidan oldin boshlanishi;
-Homiladorlikning o‘z-o‘zidan to‘xtashi;
-Buyrak
yetishmovchiligi,
shu
jumladan
surunkali
buyrak
yetishmovchiligining rivojlanishi, holatning zo‘rayishi;
-Urosepsis - og‘ir holat bo‘lib, bunda kasal a’zodan qonga tushgan
bakteriyalar bilan organizm zararlanadi;
-Kamdan-kam hollarda nefrotik sindrom.
Chaqaloq uchun oqibatlari:
-Homila ichi infeksiyasi;
-Gipoksiya (kislorod yetishmasligi);
-Chaqaloqning tug‘ilgandagi kichik vazni (9,3)
Past ijtimoiy sharoitda sifatli tibbiy yordam ko‘rsatishning yana bir
qiyinchiligi kasalliklarning oldini olishdagi qiyinchiliklardir. Birlamchi tibbiy
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–4_Март –2025
275
yordam ko‘rsatuvchi muassasalarning kasalliklar profilaktikasiga yondashuvlaridan
biri kasalliklar profilaktikasi usullaridan foydalanishdir. Homilador ayollarda
simptomsiz bakteriuriyaning mavjudligi homiladorlik davrida piyelonefrit xavfini
oshiradi . Ba’zi tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, simptomsiz bakteriuriyani muntazam
skrining va davolash bilan siydik yo‘llari infeksiyalari va ularning homiladorlik
davridagi asoratlarini kamaytirish mumkin Biroq, skrining va davolashning xarajat va
foyda ta’siri haqidagi munozaralar haligacha davom etmoqda. Kanada giyohvand
moddalar va texnologiyalar agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, SYI infeksiyasiga
chalinish xavf darajasi past bo‘lgan homiladorlar uchun siydikni muntazam tahlil
qilish bo‘yicha bitta randomizatsiyalangan tadqiqot va to‘rtta dalillarga asoslangan
ko‘rsatma aniqlangan. Topilgan to‘rtta qo‘llanmadan ikkitasi Amerika Milliy
sog‘liqni saqlash va parvarishlash instituti (NICE) tomonidan yozilgan, bittasi
Kanada akusherlar va ginekologlar jamiyati (SOGC) tomonidan chiqarilgan va bittasi
Klinik tizimlarni takomillashtirish instituti (ICSI) tomonidan nashr etilgan. Ikkita
qo’llanma homilador ayollarda ba’zi kasalliklarni skrining qilish uchun siydik
tahlilidan foydalanmaslikni maslahat beradi, yana ikkitasi esa muntazam skrining
testidan foydalanishni tavsiya qiladi.
Ba’zi tibbiy xizmat sifati past sharoitlarda antibiotiklardan foydalanishni
samarali tartibga solish mavjud emas, shuning uchun bemorlar antibiotiklarni
retseptsiz sotib olishlari mumkin, bu esa antibiotiklarga chidamlilikni keltirib
chiqarishi mumkin. (8,2)
Xulosa qilib aytganda, kritik holatlardan biri onalar sepsisining eng ko‘p
uchraydigan sabablaridan biri piyelonefritdir. Bu patologiya ayniqsa, tibbiy xizmat
sifati past bo’lgan sharoitlarda keng tarqalgan. Bundan tashqari, homiladorlikning
fiziologik belgilari va infeksion jarayon o‘rtasida individ uchun farqlab olish qiyin
bo’lgan belgilar mavjud bo‘lib, bu ko‘pincha e’tibordan chetda qoladi va yuqoridagi
oqibatlarga olib keladi. Tezkor tashxis qo‘yish va davolash ona va homilada
asoratlarni oldini olish imkoniyatiga ega. Vaqtida kasallik aniqlanib, tekshiruvlardan
o’tkazilgan va muqobil terapiyadan foydalanib tuzalgan ayollarda asoratlar
kuzatilmasligi yoki juda kam uchrashi aniqlangan . (10)
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–4_Март –2025
276
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
Акушерство
:учебник / Э. К.
Айламазян
[и др. ]. - 10-е изд. , перераб. и доп.
- Москва : ГЭОТАР-Медиа, 2019
Авторы:
Эдуард Карпович Айламазян,Марина
Зайнулина,Марина Борисовна Тарасова,Ирина Рябцева,Борис Новиков
2.
Курбаналиев Х. Р., Чернецова Г. С. Пиелонефрит беременных.
Современный взгляд на проблемы урогинекологов (обзор литературы)
//Вестник Кыргызско-Российского Славянского университета. – 2017. – Т. 17. –
№. 7. – С. 33-36
3.
Pyelonephritis in Pregnancy: Relationship of Fever and Maternal Morbidity
,Julie R Whittington,Christopher S Ennen,Aaron T Poole.
4.
Akusherlik bo’yicha milliy klinik protokollar to’plami. O’zbekiston
Respublikasi Sog’liqni Saqlash Vazirligi. Toshkent-2024.
5.
Стрижаков А. Н., Баев О. Р. Пиелонефрит во время беременности
//Вопросы гинекологии, акушерства и перинатологии. – 2007. – Т. 6. – №. 6. –
С. 76-88.
6.
Diagnostic and treatment difficulties of pyelonephritis in pregnancy in
Resource-Limited Settings
Jesadapanpong,Stuart D Blacksell,Stephane Proux,Nicholas P Day,Pratap
Singhasivanon,Nicholas J White,François Nosten,Sharon J Peacock
7.
Acute pyelonephritis in pregnancy: an 18-year retrospective analysis Deborah
Ann Wing, MD; Michael John Fassett, MD; Darios Getahun, MD, PhD
8.
Antenatal care. NICE guideline. Published: 19 August 2021.
https://www.nice.org.uk/guidance/ng201
9.
Piyelonefritis in pregnancy. An update on treatment options for
optimal outcomes. Jennifer A. Jolley, Deborah A. Wing.
10.
Acute piyelonefritis in pregnancy and the outcomes in pregnant
patients . Parvez Salah, Hamid Noshad, Fatemah Mallah, Ali Ramouz.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–4_Март –2025
277
11.
American College of Obstetricians and Gynecologists’ Committee on Clinical
Consensus–Obstetrics in collaboration with Anna S. Graseck, MD, and Jennifer L.
Thompson, MD, and with the assistance of Allison S. Bryant, MD, MPH, Alison G.
Cahill, MD, MSCI, Neil S. Silverman, MD, and Mark A. Turrentine, MD.