MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–4_ Март –2025
123
BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINI TABIATSHUNOSLIK
DARSLARI ORQALI MUSTAQIL FIKRLASHGA O'RGATISH USULLARI
Erkinova Shohsanam Faxriddin qizi
Toshkent amaliy fanlar universiteti 4-kurs talabasi
Annotatsiya:
Ushbu
maqolada
boshlang'ich
sinf
o'quvchilarini
tabiatshunoslik darslari orqali mustaqil fikrlashga o'rgatishning ahamiyati,
tabiatshunoslik darslarida qo’llanadigan usullar to’g’risida batafsil hikoya qilinadi.
Tayanch tushunchalar: sigir, ot, qo'y va parranda, parvarish qilish, o’lka,
“Aqliy hujum”, “Klaster”, “Kichik guruhlarda ishlash”, “6x6x6”, “Lahzada aql
charxi”, “Qarorlar mojarosi” (qaror qabul qilish texnalogiyasi)
Maktab ta’limida o‘quv fani mazmunining hajmini belgilash va dars uchun
material tanlash bilan bir qatorda, o'qitish uslublari ham katta ahamiyatga ega.
Mazmuni va o'quvchilaming bilish faoliyatiga muvofiq tarzda tanlangan uslublar
bilim sifatining yuqori bo'lishini, shu bilan birga o’quvchilarni tabiatni sevishga,
mustaqil fikrlashga o’rgatishda asosiy manba hisoblanadi. Bunday uslublar
o'quvchilaming rivojlanishiga, bilimning puxta, ongli bo'lishiga yordam beradi va
tarbiyaviy ta’sir ko'rsatadi. Uslub o'zining umumiy ma’nosida maqsadga crishish
usuli. ma’lum tarzda tartibga solingan faoliyatdir. Darsda o'qituvchi turli ta’lim
uslublaridan foydalanadi, o'qitish uslublarini tanlash, bir qator omillar, yordamchi
maktabning hozirgi bosqichdagi taraqqiyoti, o'quv fani, o'rganiladigan materialning
mazmuni, o'quvchilaming yoshi va ulaming rivojlanish xususiyatlari hamda o'quv
materiallarini egallashga tayyorgarlik darajasiga bog'liq bo'ladi. O'qituvchi
materialga mos tarzda ko'rgazmali materiallami tanlaydi va tushuntiradi. Bunda
o'quvchilaming yangi bilim olishi uchun asosiy manba so'z hisoblanadi: hikoya,
tushuntirish, ma’ruza, suhbat. O'quvchilaming faoliyati ko'proq eshitish, fikrlash va
keyingi javoblarda ifodalanadi. Boshqa metodlaming qo'llanilishi o'qituvchining
narsa va hodisalami ko'rsatishi, namoyish qilishi o'quvchilarga bilim berishda asosiy
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–4_ Март –2025
124
manba hisoblanadi. O'qituvchi shunday metodlami qo'llaydiki, bunda o'quvchilar
amaliy ishlami bajarish jarayonida ko'proq bilim oladi. Ular, topshiriq va vazifalarga
binoan, urug' va mevaning tuzilishini, tilling шiib chiqishini, maktab o'quv-tajriba
uchastkasida ekish va parvarish qilish, chorva fermalarida sigir, ot, qo'y va
parrandalami parvarish qilish, ovqatlantirish ishlarini bajaradi, 2-o'quvchilarga
so'zlab berishnigina emas, shu bilan birga, gulni qumlarga ajratish, ulaming rasmini
chizishni ham taklif qiladi. Har bir metod va ulaming butun tizimi o'quvchilar
mustaqilligini rivojlantirish maqsadini ko'zlaydi. O'quvchilami darsda tushuntirishni
faol eshitib borishga, kitob bilan mustaqil ishlashga, amaliy ishlar bajarishga fikr
yuritishga o'rgatadi. O'quvchilar nazariy bilimlami amaliyotda mustahkamlashi uchun
o'qituvchi chidam bilan o'rgatishi va rahbarlik qilishi kerak.
Sinfdan tashqari o‘qish darslarini tashkil etishda “Aqliy hujum”, “Klaster”,
“Kichik guruhlarda ishlash”, “6x6x6”, “Lahzada aql charxi”, “Qarorlar mojarosi”
(qaror qabul qilish texnalogiyasi) kabi interfaol usullardan va ta’limiy
o‘yinlaridan foydalanish o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga, fikrini jamoa bilan
maslahatlashishga o‘rgatdi, muammolarni hal qilishda ishtirok etish maylini yuzaga
keltirdi.
Sinfdan tashqari o‘qish darslarida o‘rganiladigan turli mavzulardagi
asarlarni o‘rganishda muammoli vaziyatlar yaratish o‘quvchilarda o‘quv faoliyatini
aktivlashtirdi. 4-sinfda “Fasllar ko‘rki” mavzuni o‘rganishda interfaol usul
“Klaster”dan foydalaniladi. O‘quvchilar o‘qigan asarlari: Rauf Tolibning “Gullar
va shamol” ertagi Abduraxmon Akbarning “Osmonning ko‘zi”, N. Ostonovning
“Bahor”, T. Adashboevning “Navro‘z”, “Boychechak”, Z. Diyorning “Binafsha”
she’ri asosida “Bahor” mavzusida klaster hosil qiladilar. Tabiatshunoslik fanini
o'rganishda kuzatish, ekskursiya, tajriba, amaliy ishlar yetakchi o'rin tutadi. Bolalarni
kuzatish usullariga o'rgatish, ularning natijalarini kundalik daftarga belgilash, ular
asosida xulosa va umumlashmalar chiqarish davom ettiriladi. Ekskursiyalar
o'tkazishga, tabiat ashyolari va voqeligini tabiiy holatda o'rganishga katta e’tibor
beriladi. Ekskursiya darsi davomida yig'ilgan ko'rgazmali materiallardan sinflarda
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–4_ Март –2025
125
o'tkaziladigan darslarda ham foydalanish mumkin. Shuning uchun ham
tabiatshunoslik darslarini o'tkazishga alohida e’tibor berish zarur.
Jamiyatimizda vatanparvarlik tarbiyasini baynalmilalchilik tarbiyasisiz
tasavvur qilib bo'lmaydi. Buning uchun tabiat muhofazasi yetarli material beradi.
Shunga ko'ra vatanparvarlik tarbiyasini atrof tabiatni o'rgan ishdan boshlash kerak.
Tabiatga muhabbat va uni asrash hamda muhofaza qilishga intilishni tarbiyalash.
Tabiatga muhabbat ulkan va murakkab hissiyotdir. U bolaning ruhiy va aqliy
dunyosini o'z ichiga olib murakkab psixik kompleksni hosil qiladi. Bu hissiyotni
tarbiyalashni Iwla esini taniy boshlaganidan boshlash kerak, chunki unda jonajon
tabiatga m uhabbat bilan birga jonajon o'lkaga ko'ngil qo'yish o'sib boradi. Bolalikda
tug'ilgan bu hissiyot m aktab yillarida shakllanib, boyiydi, bunga ma’lum darajada
tabiatshunoslik yordam beradi, albatta, u tabiat go'zalligini qabul qilishgagina emas,
balki uni muhofaza qilishga, shuningdek, ko'paytirishga ham o'rgatadi. Atrof-muhitga
ongli munosabatni tarbiyalash uchun birinchi sinfdan boshlaboq atrof olam bilan
tanishtirish bo'yicha mashg'ulotlarda (tabiiy xarakterdagi maqola o'qilg andan keyin)
bolalar oldiga am aliy vazifalar qo'yish zarur. Ikkinchi sinfda shu predmet bo'yicha
bilimlar doirasi kengaytirilayotganda nazariy bilimlar, amaliy mashg 'ulotlar
(qishlovchi qushlarga yordam, yashil ko'chatlarni himoya qilish, erta gullovchi o'sim
liklarni qo'riqlash) bilan bog'lanadi. Uchinchi sinfda tabiatdan foydalanish, uni
muhofaza qilish borasida odamlar mehnatiga alohida e’tibor beriladi. To'rtinchi
sinfda tabiat muhofazasi bo'yicha bilimlar quyidagi tartibda muntazamlashadi:
jonajon o'lka — Vatanimiz tabiatini qo'riqlashi. O'quvchilar tabiatni muhofaza qilish
to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi qonunini amalga oshirish katta ahamiyatga ega
ekanligi haqida dastlabki tushunchalarga ega bo'ladilar. Konstitutsiyada yozilgan
tabiat muhofazasi to'g'risidagi modda mamlakatimizda tabiatni qo‘riqlash bo'yicha
amalga oshirilayotgan siyosatning natijasi degan qarashlar singdirib boriladi. Bu
siyosat tabiatni muhofaza etishga oid dastlabki hujjatlar bilan uzviy bog'langan.
Muhimi shundaki, tabiatshunoslik darslari o'quvchilarni tabiatga doir bilimlar bilan
boyitib, ularni Vatanimiz tabiati bilan faxrlanish tuyg'ularini mustahkamlaydi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–4_ Март –2025
126
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, tabiatni asrash masalasi tabiatshunoslik
fanining bosh vazifalaridan biri bo‘lib, u bolalarda tabiiy boyliklarni asrash va
ko‘paytirishga intilishni tarbiyalashga yordam beradi. O'quvchilar tabiatning biron-
bir bo'lagining halokati boshqalarining halokatga olib kelishi haqida tasawurga ega
bo'ladi; ular o'simlildarni o'stirish, mahalladagi daraxtlarni parvarishlash, qushlarni
boqish uchun o'simliklar mevasini terish, maktab bog'ida o'stirish uchun gullar
urug'ini ekish, jonli tabiat burchagida ishlash kabi tabiatni asrash yumushlarida
qatnashadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
1. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. - Т ., 1997-y.
2. A.Hamidov A.To'xtaev va boshqalar. Botanikadan o‘qituvchilar uchun qo’llanma.
-Toshkent: “O ‘qituvchi”. 1999-yiI.
3. Баратов П, Ўзбекистон табиий географияси. Педагогика институгларнинг
талаблари учун ўқув қўлланма.-Т.: Ўкитувчи, 1996.-246 б.
4. Bahromov A.D. Tabiatshunoslik. Umumiy o'rta ta’lim maktablarining 4-sinfi
uchun darslik. — Т.: “Sharq”, 2011 yil. - 120 b.