MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–4_ Март –2025
119
YALPIZ OʻSIMLIGINING DORIVOR XUSUSIYATLARI
Samarqand Davlat Tibbiyot Universiteti o’qituvchisi
Raxmanova Firuza Erdanovna
Samarqand Davlat Tibbiyot Universiteti Pediateriya fakulteti 1-bosqich
talabasi
Pardayeva Sabrina Sunnat qizi
Annotatsiya;Ushbu maqolada yalpiz oʻsimligining biologik xususiyatlari va
xalq tabobatida qoʻllanishi yoritilgan. Oʻsimlikning kimyoviy tarkibi va dorivor
xususiyatlarini ilmiy asosda tahlil qilish orqali uni tibbiyot va farmatsevtikada
qoʻllash imkoniyatlari oʻrganiladi. Natijada, yalpizning nafas va oshqozon
kasalliklarida, stress va og’riq kamaytirishda foydalanilishi aniqlandi.
Kalit soʻzlar: Yalpiz, Mentha dorivor oʻsimliklar, xalq tabobati, kimyoviy
tarkib, tibbiyot, biologik taʼsir.
KIRISH
Yalpiz xalq orasida na’na yoki kovot nomlari bilan mashhur boʻlgan
oʻsimlikdir. Uning lotincha nomi Mentha deb nomlanadi Yalpiz o’simligi qadimdan
insoniyat tomonidan turli maqsadlarda ishlatilgan. Hozirgi kunda oziq ovqat uchun
ham qo’llaniladi . U Labguldoshlar oilasiga kiradi. Yalpiz o’simligi uzunligi 30-100
sm gacha, barglari 1-5 sm kenglikda bo’ladi. Hayotiy shakli ko’p yillik o’t o’simlik
(ba’zan bir yillik turlari ham bor)
Vitaminlar:A vitamini, E vitamini, S vitamini, B guruhi vitaminlari (B1,
B2,B3, B6,B9),
Minerallar: temir, kaliy, kaltsiy, fosfor,Magniy,Mis.
Antioksidantlar,mentil, organik kislotalar, oqsillar va yog'lar.
Yalpizning dorivorlik xususiyatlari
1) Ovqat hazm qilish tizimiga foydasi
• Ichak faoliyatini yaxshilaydi va hazm jarayonini tezlashtiradi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–4_ Март –2025
120
• Oshqozon-ichak spazmlarini kamaytiradi, shish va og‘riqlarni bartaraf
etadi.
• Qayt qilish va ko‘ngil aynishni oldini oladi (xususan, homiladorlik va
sayohat vaqtida yordam beradi).
• Ich ketish va meteorizmda (ichaklarda gaz to‘planishi) samarali vosita
hisoblanadi.
2) Asab tizimini tinchlantirish va stressni kamaytirish
• Asabiylik va tashvish hissini kamaytiradi.
• Uyqusizlik va stressga qarshi samarali ta’sir ko‘rsatadi.
• Migren va bosh og‘rig‘ini kamaytiradi.
• Konsentratsiyani oshiradi va charchoqni yo‘qotadi.
3) Yurak-qon tomir tizimiga foydasi
• Qon tomirlarini kengaytirib, qon bosimini me’yorlashtiradi.
• Yurak urishining tezlashishini kamaytiradi.
4) Nafas yo‘llariga ijobiy ta’siri
• Burun bitishini ochadi va bronxlarni kengaytiradi.
• Yo‘tal va tomoq og‘rig‘ini kamaytiradi.
• Nafas olishni yengillashtiradi (astma va bronxitda foydali).
5) Immunitetni kuchaytirish va yallig‘lanishga qarshi ta’siri
• O‘tkir respirator kasalliklar va grippga qarshi samarali vosita.
• Yallig‘lanish jarayonlarini kamaytiradi.
• Antibakterial va viruslarga qarshi ta’sir ko‘rsatadi.
6) Ayollar salomatligi uchun foydasi
• Hayz davrida og‘riqni kamaytiradi va gormonal muvozanatni saqlaydi.
• Klimaks vaqtida asabiylik va issiqlik bosish hissini
Xalq tabobatida qo'llanilishi:
Mevalari: Choy, damlama, sharbat shaklida foydalaniladi .
Barglari: kompres, surtma burun bitishi, og’iz chayqash uchun eritma.
Ildizlari: oshqozon ichak kasalliklarida, tinchlantiruvchi, teri kasalliklarida
ishlatiladi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–4_ Март –2025
121
Foydalanish usullari;choy sifatida, shirinlik va ichimliklarda foydalaniladi.
Kosmetologiya
:
Yalpiz ekstraktlari teri va soch parvarishida ishlatiladi
.
Ilmiy tadqiqot natijalari;Soʻnggi Respiratory medicine jo’rnalining chop
etishicha yalpiz oʻsimligining tarkibiy qismlari oshqozon ichak, Nafas yo’llari va
yurak-qon tomir kasalliklarini oldini olishda foydali ekanini tasdiqlaydi.
Xulosa;Yalpiz oʻsimligi boy kimyoviy tarkibi va keng dorivor xususiyatlari
tufayli xalq tabobati va zamonaviy tibbiyotda muhim oʻrin egallaydi. Uni
farmatsevtik mahsulotlar yaratishda ishlatish imkoniyatlari cheksiz.Bu o’simlikning
foydaliligi sababli ko’plab kasalliklarni davolashda qo’llash mumkun. Kelgusida
oʻsimlikning yana boshqa dorivor jihatlarini oʻrganish ilm-fan uchun ahamiyatlidir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI;
Тургунов Д. Э., Рахманова Ф. Э., Каржавов А. Р. ТЕРАПЕВТИЧЕСКОЕ
ПРИМЕНЕНИЕ И ТОКСИЧНОСТЬ ШАФРАНА //Universum: медицина и
фармакология. – 2023. – №. 4-5 (98). – С. 47-51.
Мамадиярова Х., Юсупова С., Рахманова Ф. ОБ ИЗУЧЕНИИ ПРОЦЕССА
ПОЛУЧЕНИЯ ДЕФОЛИАНТА НА ОСНОВЕ ХЛОРАТА НАТРИЯ И
АМИНОГУАНИДИНФОСФАТА. – 2021.
Erdanovna R. F. et al. DORIVOR OSIMLIKLARNING YURAK GLIKOZIDLARI
SIFATIDA TASIRI VA QOLLANILISHI //IJODKOR O'QITUVCHI. – 2025. – Т.
4. – №. 46. – С. 71-73.
Рахмонова
Ф.
Э.
НЕЙРОПРОТЕКТИВНЫЕ,
ГИПОТЕНЗИВНЫЕ,
АНТИГИПОКСИЧЕСКИЕ СВОЙСТВА ШПИНАТА //O'ZBEKISTONDA
FANLARARO INNOVATSIYALAR VA ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI. –
2025. – Т. 3. – №. 36. – С. 212-216.
Рахмонова Ф. Э. и др. ПОЛЕЗНЫЕ СВОЙСТВА ИМБИРЯ ДЛЯ ОРГАНИЗМА
//INTERNATIONAL JOURNAL OF RECENTLY SCIENTIFIC RESEARCHER'S
THEORY. – 2024. – Т. 2. – №. 4. – С. 22-27.
Рахманова Ф. Э. ЖАРОПОНИЖАЮЩИЕ, ОТХАРКИВАЮЩИЕ И
АНТИГЕЛЬМИНТНЫЕ СВОЙСТВА ШПАТА //PEDAGOG. – 2025. – Т. 8. – №.
2. – С. 135-138.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–4_ Март –2025
122
Рахмонова Ф. Э. ЦЕННЫЙ ЛЕКАРСТВЕННЫЙ СОСТАВ РУККОЛЫ,
ПОЛОЖИТЕЛЬНО ДЕЙСТВУЮЩИЙ НА ОРГАНИЗМ //JOURNAL OF
INTERNATIONAL SCIENTIFIC RESEARCH. – 2025. – Т. 2. – №. 6. – С. 129-
136.