MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–4_ Март –2025
109
OILAVIY NIZOLAR SABAB BOLALARDA KECHADIGAN
PSIXOLOGIK O’ZGARISHLAR
Andijon davlat pedagogika instituti
“Ijtimoiy va amaliy fanlar” fakulteti
“Musiqa ta’lim” yo‘nalishi 101-guruh talabasi
Shavkatova Kamola Dilshod qizi
Annotatsiya: Ushbu maqolada oilaviy nizolar haqida Prezident Shavkat
Mirziyoyev boshchiligida olib borilayotgan islohotlar, qonun-qarorlar va chora
tadbirlar haqida ma’lumotlar berilgan. Shuningdek, oilaviy nizolarning kelib chiqishi
va bolalarda psixologik o‘zgarishlari yoritib berilgan.
Kalit so‘zlar: oilaviy nizolar, qonun-qarorlar, ota-ona, bola, oila instituti,
huquqiy asoslar, oilaviy qadriyatlar, stress, depressiya, xulq-atvor, farzandlik burchi,
Oliy Majlis.
Аннотация: В этой статье представлена информация о реформах,
законодательных решениях и мерах, проводимых под руководством
президента Шавката Мирзиеева по семейным спорам. Также освещаются
истоки семейных конфликтов и психологические изменения у детей.
Ключевые слова: семейные конфликты, законодательство, родитель,
ребенок, институт семьи, правовые основы, семейные ценности, стресс,
депрессия, поведение, долг ребенка, Верховная Рада.
Annotation: This article provides information about family disputes about
reforms, laws and measures under the leadership of President Shavkat Mirziyoyev.
Also, the origin of family conflicts and psychological changes in children are
highlighted.
Keywords: family disputes, law-decisions, parent, child, Family Institute,
legal framework, family values, stress, depression, behavior, filial duty, House of
Commons.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–4_ Март –2025
110
Har bir bola oila bag‘rida muhabbat va xotirjamlikni his qilishni istaydi.
Biroq, oilaviy nizolar bolalarning ruhiy holatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatib, ularning
kelajakdagi hayotiga salbiy iz qoldirishi mumkin. Tadqiqotlarga ko‘ra, oilaviy nizolar
davom etayotgan muhitda ulg‘aygan bolalarning 70% dan ortig‘i katta bo‘lgach ham
stress va xavotir muammolariga duch keladi. O‘zbekiston Respublikasida ushbu
muammoni hal qilish bo‘yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa,
yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoyev boshchiligida olib borilayotgan islohotlar oilaviy
nizolarni o‘rganish va bartaraf etish masalasini davlat siyosati darajasiga olib chiqdi.
Quyida ushbu yo‘nalishda amalga oshirilgan muhim ishlarga batafsil to‘xtalib
o‘tamiz.
Oila instituti huquqiy asoslarini takomillashtirish va oilaviy qadriyatlarni
saqlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida Oila institutini mustahkamlash, uning huquqiy va institutsional
asoslarini takomillashtirish, ajrimlarning oldini olish va oilaviy qadriyatlarni saqlash
maqsadida “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi
O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 16-moddasiga, “O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi
Qonunining 6-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Kengashi qaror qiladi. Ular quyidagilar: Oila munosabatlarini mustahkamlashga
qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish bo‘yicha respublika ishchi guruhi
tarkibi 1-ilovasiga, va ko‘maklashuvchi ishchi guruhlar 2-ilovasiga muvofiq;
Oila institutining tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish va oila
munosabatlarini mustahkamlash bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar
rejasi
2-ilovaga muvofiq;
Oila munosabatlarini mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab
chiqish bo‘yicha ko‘maklashuvchi ishchi guruhlarning vazifalar taqsimoti 4-
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–4_ Март –2025
111
ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
1
Ushbu qonun oilaviy nizolarni bartaraf etish, ularga
psixologik va tibbiy yordam berish mexanizmlarini yaratdi.
Davlatning oilani qo‘llab-quvvatlash dasturlari mavjud. Bu dasturlar oilalarga
moddiy va psixologik yordam ko‘rsatadi. Notinch oilalar bilan ham ishlash bo‘yicha
davlat tashkilotlari faoliyat yuritadi, ular oilalarga yordam berish va bolalarni himoya
qilish bilan shug‘ullanadi. Ota onalar va farzandlar o‘rtasidagi nizolar,
kelishmovchiliklar uchun zamin bo‘lib quyidagilar xizmat qiladi:
-
Dunyoqarashlar orasidagi mavjud farqning hisobga olinmasligi.
-
Yoshlaming bo‘sh vaqtini mustaqil tashkil etishi, do‘stlar tanlashdagi
mustaqilligi, hissiyot sohasidagi mustaqilligi, modaga, bugungi kun talabiga mos
kiyinishi, kasb tanlashdagi mustaqilligi, umr yoldosh tanlashda mustaqillik uchun ota
onalari bilan ba’zan kurash olib borishning xush kelmasligi.
-
Ota onalar ichkilikka ruju qo‘yishi yoki or-nomusni yigishtirib qo‘yib,
buzuqchilik qilishi.
-
Ba’zi bolalarni mehnat qilishga o‘rgatilmaganligi va buning oqibatida
yengil-yelpi hayot kechirishga o‘rganib qolishi.
-
Ayrim yoshlaming farzandlik burchini unutib qo‘yishi va hokazo.
-
Ota-onalaming psixologik-pedagogik bilim saviyalari yetarli darajada
emasligi natijasida yuzaga keladigan kelishmovchiliklar.
Ota-onalar va bolalar munosabatiga oid yuqoridagi kabi kamchiliklar
natijasida oiladan halovat yo‘qoladi, o‘rtaga sovuqchilik tushadi. Farzandlik burchini
bajarmaslik u yoqda tursin, hatto, ichib kelib, ota-onasiga qo‘l kotaradigan farzandlar,
ota-onasini sharmanda qilayotgan suyuqoyoq faxshparastlar borligiga nima deysiz?
Ba’zi ota-onalar bolalarda 3, 6, 13-14 yoshlarda muqarrar ravishda bo‘lib o‘tadigan
krizislarni bilmaydilar. Bu yosh bosqichlarida bola ruhiyatida yangi psixologik
qo‘shilmalar yuzaga keladi. Bu esa ularning kattalar, jumladan ota-onalar bilan
bo‘lgan munosabatlarida ko‘zga tashlanadi. Buni sezmagan ba’zi ota-onalar “bolam
KQ-29-V-сон 27.12.2024. Oila instituti huquqiy asoslarini takomillashtirish va oilaviy qadriyatlarni
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–4_ Март –2025
112
nihoyatda qaysar, quloqsiz bo‘lib qoldi”, deb o‘ylaydilar va shikoyat qilishga
tushadilar. Bunga qarshi o‘zlaricha chora-tadbirlar belgilashlari natijasida ota-ona va
bola bir-birlarini tushunolmay qoladilar. Bolaning ota-ona dan bezish hollari
kuzatiladi.
2
Oilaviy muhit har bir bolaning ruhiy va ijtimoiy rivojlanishida muhim
ahamiyatga ega. Oilaviy nizolar, mojarolar va kelishmovchiliklar esa bolalarning
psixologik holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bugungi kunda oilaviy
mojarolar nafaqat kattalar, balki bolalar hayotiga ham sezilarli darajada ta’sir
o‘tkazmoqda. Bunday sharoitda ulg‘aygan bolalar ruhiy bosim ostida yashaydi, bu
esa ularning kelajakdagi shaxsiy va ijtimoiy hayotiga jiddiy ta’sir qilishi mumkin.
Ayniqsa, oiladagi barqarorlikning buzilishi bolalarda stress, xavotir, o‘ziga
ishonchsizlik, depressiya kabi muammolarni keltirib chiqaradi. Shuning uchun ham
oilaviy nizolarning bolalar psixologiyasiga ta’sirini o‘rganish va ularga yechim topish
bugungi kunda dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Stress va xavotirning ortishi.
Oilaviy janjallar davomiy bo‘lsa, bolalarda
stress darajasi oshib, xavotir va qo‘rquv paydo bo‘ladi. Ular o‘zlarini himoyasiz his
qilishi, kelajakdan qo‘rqishi yoki uyqu buzilishlari kabi muammolarga duch keladi.
Xulq-atvor o‘zgarishlari.
Mojarolar natijasida ba’zi bolalar tajovuzkor yoki
itoatsiz bo‘lib qoladi. Ba’zilar esa aksincha, kamgap, tortinchoq yoki passiv bo‘lib
qoladi. O‘smir yoshdagi bolalar esa noto‘g‘ri yo‘llarga kirib qolish ehtimoliga ega
bo‘lishadi.
O‘ziga bo‘lgan ishonchning pasayishi.
Oilaviy nizolar bola o‘zini keraksiz
yoki aybdor his qilishiga sabab bo‘ladi. Bu esa uning kelajakdagi shaxsiy
rivojlanishiga va ijtimoiy munosabatlariga salbiy ta’sir qiladi.
Akademik natijalarning pasayishi. Oilaviy mojarolar bolaning darslarga
bo‘lgan qiziqishini kamaytiradi, diqqatni jamlash qiyinlashadi va o‘qishdagi natijalari
yomonlashadi. Ba’zi hollarda bolalar maktabga bormaslikni istab qolishadi.
2
G‘.B. Shoumarov, I.O. Haydarov, N.A. Sog‘inov “Oila psixologiyasi” Toshkent-2015.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–4_ Март –2025
113
Ijtimoiy munosabatlarda muammolar.
Bunday sharoitda ulg‘aygan bolalar
atrof-muhitga nisbatan ishonchsiz, shubhalanuvchan bo‘lishadi. Ular do‘st orttirishda
yoki jamiyat bilan muloqot qilishda qiyinchiliklarga duch kelishadi.
Depressiya va ruhiy muammolar.
Uzoq davom etgan oilaviy mojarolar
natijasida bolalar depressiyaga moyil bo‘lishadi. Ular doimiy tushkunlik, hayotga
qiziqish yo‘qolishi, yolg‘izlik hissi kabi muammolarga duch kelishadi.
Xulosa
qilib aytganda, har bir oilada oilaviy nizolar bo‘lib turadi. Bu borada
qabul qilingan qonunlar, amalga oshirilgan iqtisodiy va ijtimoiy dasturlar, Prezident
tashabbuslari va xalqaro hamkorlik samarasi o‘z natijalarini bermoqda. Bularning
barchasi davlat rahbari tomonidan oila tinchligi masalasiga qaratilgan e’tiborning
natijasi bo‘lib, oilaning mustaxkamligini ta’minlashda muhim bosqich bo‘lib xizmat
qilmoqda. Bu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar davom ettirilmoqda. Oilaviy
nizolar, bolalar uchun psixologik jihatdan katta ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bunday
nizolar bolalarda bir qator psixologik o‘zgarishlarga olib keladi. Umuman olganda,
oilaviy nizolar bolalar uchun ruhiy salomatlikka salbiy ta'sir ko‘rsatadi va bunday
vaziyatlarda bolalarga psixologik yordam ko‘rsatish va ular bilan suhbatlashish
muhim ahamiyatga ega. Oilaning barqarorligi va salbiy ta’sirlarning kamaytirilishi
uchun ota-onalar o‘zaro muloqotda bo‘lib, bolalarning ehtiyojlarini inobatga olishlari
lozim.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
1.
G‘.B. Shoumarov, I.O. Haydarov, N.A. Sog‘inov “Oila psixologiyasi” Toshkent-
2015.
2.
Vasila Karimova “Oila psixologiyasi” (darslik) Toshkent-2007.
3.
KQ-29-V-сон 27.12.2024. Oila instituti huquqiy asoslarini takomillashtirish va
oilaviy qadriyatlarni saqlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar samaradorligini yanada
oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
4.