MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–4_ Март –2025
57
LOGISTIKA TEXNOLOGIYALARINI KORXONALARGA JORIY
QILISH HAMDA XORIJIY MAMLAKATLARDA JORIY QILINGAN
INTELLEKTUAL TIZMLARNI O‘RGANISH
Andjon davlat texnika instituti talabasi
Raxmonov Xokimjon Nu’monjon o‘g‘li
Annotatsiya: Maqolada korxonalar ishlab chiqarish jarayonlariga logistika
axborotlar tizimlarini joriy qilish, korxonalar ishlab chiqarish jarayonlariga
logistika axborotlar tizimlarini joriy etish orqali muammolarni yechish hamda
logistika sohasida innovatsion texnologiyalarni qo‘llash va ulardan amalda samarali
foydalanish bo‘yicha masalalar tahlil qilingan.Shuningdek, shahar transportida
yo‘lovchi va yuklarni tashishda innovatsion texnologiyalar, transport oqimlari
hamda kelgusida mintaqaviy transport-logistika tizimiga intellektual transport
texnologiyalarini joriy etish masalalari ko‘rib chiqildi.
Kalit so’zlar: JIT(just-in time – aniq o’z muddatida), TQM (Total Quality
Manaqement – sifatni kompleks boshqarish), ISCLS, DDT — Demand-driven
Techniques / Logistics.
Hozirgi vaqtda iqtisodiy vaziyat ishlab chiqarish korxonalarini bosh-qarishda
moslashuvchanlik va harakatchanlikni talab qilib, korxonalarni ichki va tashqi
moddiy imkoniyatlarini optimallashtirishda logistika axborotlar tizimlaridan keng
foydalangan holda axborotlar va moliyaviy resurslarning umumiy xarajatlarini
minimallashtirish maqsadida biznes jarayonlarini optimallashtirish imkoniyatlari
qidirilmoqda.
So‘nggi yillarda zamonaviy logistika axborotlar tizimlari
konsepsiyalarini rivojlangan mamlakatlar kompaniyalari tomonidan biznesning
asosiy yo‘nalishlarini strategik va operativ boshqarishda muvaffaqiyatli
qo‘llanilmoqda. Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy masalalar va vazifalarni hal
etishda raqamlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ahamiyatini
muhimligini e’tiborga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–4_ Март –2025
58
“Raqamli O‘zbekiston- 2030” strategiya-sini tasdiqlash va uni samarali amalga
oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" Farmoni[1], O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi davlat boshqaruviga raqamli iqtiso-diyot,
elektron hukumat hamda axborot tizimlarini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-
tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni[2], O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora tadbirlari
to‘g‘risida”gi qarori[3], O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli
iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida raqamli infratuzilmani yanada modernizatsiya
qilish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi[4], qarorlari qabul qilingan bo‘lib, korxonalarda
logistika axborot tizimlarini keng joriy etishga xuquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Shuningdek, umuman korxonalar ishlab chiqarish jarayonlariga logistika axborotlar
tizimlarini joriy qilish murakkab jarayon bo‘lib, ishlab chiqarishni boshqarish,
savdoni boshqarish, maxsulotlarni yetkazib berish, kadrlarni joy-joyiga qo‘yish kabi
muammolar dolzarb masalalardan bo‘lib qolmoqda.
Ma’lumki, yo‘lovchi va yuk tashish davlat iqtisodiyotining yuksalishi va
rivojlanishida ulkan rol o‘ynaydi. Shu sababli, transport ehtiyojlarini eng kam xarajat
bilan maksimal darajada qondirish uchun transportning barcha turlari uchun
innovatsion texnologiyalarni qo‘llash bugungi kunda odamlar va tovarlar har
qachongidan ham tezroq va tez-tez arzonroq harakatlanishi mumkin. Biroq shahar
avtomobillari, avtobus va yuk mashinalari tirbandlikda qolib ketadi. Kelgusida
transport yuqori tezlikda harakatlanuvchi shahar va shaharlararo avtomobil
yo‘llarining mavjudligi, chekka hududlarning transportdan foydalanish imkoniyati,
transport yo‘laklarini rivojlantirish va xalqaro tashishlarni samarali tashkil etish, keng
ko‘lamli yuqori sifatli xizmatlar mavjudligi bilan ajralib turishi kerak, shuningdek,
harakatlanuvchi tarkibning ishonchliligi va ekologik tozaligi. Avtomobil transportida
yo‘lovchilar va yuklarni tashishning innovatsion texnologiyasi quyidagi
muammolarni hal qilishga qaratilgan bo‘lishi kerak: Yuqori sifatli transport
xizmatlari; past xarajatlar; tovarlar va yo‘lovchilarni o‘z vaqtida yetkazib berish;
yuklarning yuqori xavfsizligi; yo‘lovchi tashish xavfsizligi va qulayligi [6,7]. Hozirgi
vaqtda kompyuterda modellashtirish va matematik usullar yordamida tashish
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–4_ Март –2025
59
jarayonini takomillashtirish katta ahamiyatga ega. Ushbu usullar yordamida yuk
tashishda iste’molchilarni tashuvchilarga biriktirish, avtomobillarni marshrutlarga
taqsimlash va boshqa vazifalar muvaffaqiyatli hal qilinmoqda.
Xorijiy mamlakatlarda
JIT
(just-in time – aniq o’z muddatida),
TQM
(Total
Quality Manaqement – sifatni kompleks boshqarish) kabi jismoniy taqsimlashning
integrallashgan usuli tizimlaridan foydalaniladi. Integrallashtirish yondaShuvi
asosida
ISCLS
tizimi, ya’ni logistik tizim, uning zvenolari, makro va mikro
darajalarda xizmat ko’rsatuvchi tizim yaratildi. U material va axborot oqimlarining
telekommunikatsiya tarmog’ini
onlayn
rejimi yordamida logistik tizim doirasida
boshqarishga imkon beradi. Bu albatta transport tizimining uzluksiz ish faoliyatini
ta’minlashga zamin yaratadi. CHunki logistik tizim zanjirining asosiy bo’g’ini
sifatida “ishlab-chiqarish-transport-taqsimot” ni ko’rish mumkin.
Logistik texnologiyalarning xususiyatlari ularning transport tizimining
rivojlanishida qanday ahamiyatga ega ekanligini tavsiflaydi.
Talabga yo’naltirilgan logistika DDT — Demand-driven Techniques /
Logistics. Ushbu texnologiya kompaniyaning taqsimot tizimining iste’molchi
talabining o’zgarishiga javobini yaxshilash maqsadida RP («planirovanie
potrebnostey»)konsepsiyasining
modifikatsiyasi
sifatida
ishlabchiqilgan.
Konsepsiyaning quyidagi to’rtta varianti keng tarqalgan hisoblanadi: rules based
reorder (RBR), quick response ( QR), continuous replenishment (CR) i automatic
replenishment (AR).
1990 yillarning oxirida DDT konsepsiyasining ikkita takomillashgan, logistik
axborot texnologiyalari va tizimining yangi imkoniyatlariga asoslangan Effective
Customer Response (ECR) — «Iste’molchi talabiga samarali javob berish» i Vendor
Managed Inventory (VMI) — «Zahiralarning ta’minotchi tomonidan boshqarilishi»
konsepsiyalari paydo bo’ldi.
Bunga ishlab-chiqarish-logistik sikl davomiyligini ahamiyatli darajada
qisqartiruvchi, yangi egiluvchan ishlab chiqarish texnologiyasi qo’l keladi. RBR
asosan kafolatli zaxiralarni tartibga solish uchun ishlatiladi. Boshqa
DDT
-
mo’ljallangan usullar ham qo’llaniladi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–4_ Март –2025
60
Real vaqtli logistika texnologiyasi (Time-based logistics) 2000-yillar
o’rtalarida yaratilgan. Bu “tejamkorlik” va “o’z vaqtida” tamoyillarini birlashtiradi
(faqat vaqt ichida).
Logistika zamonaviy shaklda axborot texnologiyalarisiz aqlga sig’maydi.
Logistika tarmog’ining shakllanishi va tashkil etilishini real vaqtda axborot intensiv
almaShuvisiz, bozor ehtiyojlariga tez javob bermasdan tasavvur qilish qiyin.
Bugungi kunda logistika sohasida tijorat qarorlarini tahlil qilish, rejalashtirish
va qo’llab-quvvatlash uchun axborot tizimlari va dasturiy tizimlarsiz tovar va
xizmatlarning raqobatbardosh sifatini ta’minlash deyarli mumkin emas.
Bundan tashqari, odatda texnologik operatsiyalarni avtomatlashtirish va real
vaqtda qaror qabul qilishni ta’minlaydigan axborot tizimlari va texnologiyalarining
rivojlanishi tufayli logistika iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarning yuqori
raqobatbardosh bozorlarida tovar harakatini tashkil etishning ustuvor shakliga
aylandi.
Qo’shilgan qiymatli logistika texnologiyasi 1990 yillar oxirida yaratilgan.
Moliyaviy ishlab chiqarishni boshqarish asoslari va Lean production
texnologiyasi asosida, olti Sigma texnologiyasi, Shu jumladandir.
Vertual logistika texnologiyasi – barcha elementlar zamonaviy axborot va
telekommunikatsiya texnologiyalari yordamida yaratilgan yagona axborot
maydonida samarali va maqbul ishlash uchun birlashtirilgan tizim. Logistika
tizimining bu vertual versiyasi pirovard natijada mijoz buyurtmasining maksimal
sifati va tez amalga oshirilishini ta’minlaydi, ya’ni vertual logistika tizimining barcha
ishtirokchilari uchun boshqa biznes tizimlariga nisbatan raqobat afzalligi bo’ladi.
Internet logistika xizmatlari iste’molchilarini keng jalb qilishning eng yaxshi
usullaridan biridir. Ushbu texnologiya yordamida quyidagi vazifalarni bajarish
mumkin:
-
reklama;
-
xizmatlar ro’yxati va narxlari;
-
muntazam mijozlar va hamkorlar uchun buxgalteriya;
-
zarur hujjatlarni haq evaziga va bepul taqdim etish;
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–4_ Март –2025
61
-
interaktiv konsalting xizmatlari;
-
pudratchilarni qidirish. Tarmoqdagi biznes-sheriklar registrlari va asosiy
axborot-moddiy-texnika resurslari;
-
elektron Yuk;
-
Yuk va transportt vositalari monitoringi;
-
mijozlar uchun konsalting xizmatlari;
-
internetda elektron tijorat;
-
transport va logistika xizmatlari uchun o’z-o’ziga buyurtma berish
tizimi;
-
virtual Agent;
Elektron savdo maydoni (ESM) – bu ixtisoslashtirilgan axborot tizimi bo’lib,
unda mijozlarga yoki transport xizmati iste’molchilariga ularni qiziqtirgan
ko’rinishda axborotlarni berish imkoniyati paydo bo’ladi. ESM “Internet” tarmog’ida
faoliyat yuritadi. ESM o’zining boshlang’ich rivojlanish bosqichida tipi bo’yicha
transport xizmatlarni sotuvchi (transport korxonasi)ning savdo maydoni hisoblanadi.
Xulosa
Xulosa qilib aytsak, logistika axborotlar tizimlarini keng joriy qilish
natijasida, ishlab chiqarishda yagona hisob va nazorat tizimini yaratish har birida
mahsulot va komponentlarning harakatini nazorat qilib turishi, yordamchi
xodimlarsonining qisqarishi va buxgalteriya hujjatlari, xatolarni bartaraf etish,
oborxona
tizimini
nazoratga
olish,
buxgalteriya
hisobi
va
nazoratini
avtomatlashtirish,
xom-ashyo
va
materiallar
oqimlarning
harakati,
avtomatlashtirilgan tovar moddiy zaxiralarni inventarizatsiya qilish, savdoda tovarlar
xarakatini hisobini va nazoratga olish tizimlari, buyurtmalarni avtomatlashtirish va
tovarlarni inventarizatsiya qilish kabi muammolarni bartaraf etishga erishishimiz
mumkin. Shuningdek, raqamni kamaytirish, axborot oqimlarini soddalashtirish va
shuning uchun logistika xarajatlarini kamaytirish usullaridan biri bu uchinchi tomon
axborot-tahlil markazlaridan foydalanishdir. Logistika markazlarini boshqaradigan
bunday axborot tahlil markazlari, qoida tariqasida, Internetga ulangan mahalliy
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–4_ Март –2025
62
tarmoqqa ulangan zamonaviy kompyuterlar bilan jihozlangan, murakkab va
yetarlicha rivojlangan dasturiy ta’minotga ega.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1. «Raqamli O‘zbekiston –2030» strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga
oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6079-sonli farmoni. 2020 yil 5 oktabr.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5598-sonli “O‘zbekiston
Respublikasi davlat boshqaruviga raqamli iqtisodiyot, elektron hukumat hamda
axborot tizimlarini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi
Farmoni. 2018 yil 13 dekabr.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4699 sonli “Raqamli iqtisodiyot va
elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.2020 yil 28
aprel.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4022-sonli “Raqamli iqtisodiyotni
rivojlantirish maqsadida raqamli infratuzilmani yanada modernizatsiya qilish
choratadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori. 2018 yil 11 noyabr.
5.Tokhtaboyev M.A., Mekhmonaliyev I., MamasoliyevKh.O. Establishment of
intercity transportation system. ОБРАЗОВАНИЕ И НАУКА В XXI ВЕКЕ. –
Кемерово, 2021. 13(3), – С. 770-773
6.Тухтабаев М.А., Тургунов И.Б. Пробки на пересечении улиц Навои и Коканд.
Естественнонаучный журнал «Точная наука». – Кемерово, 2022. Выпуск 129, –
С. 5-8. www.t-nauka.ru
7. Odilov Sh.G‘. Kompaniya logistik jarayonlarini axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari asosida takomillashtirish mexanizmlari. 08.00.14 - Iqtisodiyotda
axborot tizimlari va texnologiyalari ixtisosligi bo‘yicha iqtisodiyot fanlari bo‘yicha
falsafa doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. T.: 2018 yil.