MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–3_Март –2025
237
OLIY TA’LIMDA MUASSASALARIDA TA’LIMNING SIFATI VA
TARBIYAVIY AHAMIYATINI OSHIRISHGA YO‘NALTIRILGAN TA’LIM
TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNI TAKOMILLASHTIRISH
Urganch innavatsion universiteti “Ijtimoiy gumanitar fanlar va
pedogogika” fakulteti Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 23/08 guruhi talabasi
Sharipova Mukaddas Madraximovna
Annatatsiya:
Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasalarida ta’limning sifati va
tarbiyaviy ahamiyatini oshirishga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalaridan
foydalanishni takomillashtirish yuzasidan fikrlar yuritilgan.
Kalit so‘zlar:
Ta’lim, tarbiya, ta’lim sifati, innovatsion texnologiya, axborot-
kommunikatsiya, aksiologiya, kreativlik, refleksiya, sun’iy intellekt.
Аннотация:
В
данной
статье
рассматриваются
вапросы
совершенствования
использования
образовательных
технологий,
направленных на повышение качества обучения и воспитательного значения в
высших учебных заведениях.
Ключевые слова:
Образование, воспитание, качество оброзования,
иннавационная технология, информационно-коммуникация, аксиология,
креативност, рефлексия, искусственный интеллект.
Annotation:
This article discusses the improvement of the use of educational
technologies aimed at enhancing the quality of education and its educational
significance in higher education institutions.
Keywords:
Education, nurture, quality of education, innovative technology,
information of communication, axiology, creativity, reflection, artificial intelligence.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 7-fevral 2017-yil
farmoni bilan “2017-2021-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekistonni rivojlantirishning
beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”ni ishlab chiqilishi ayniqsa
ta’lim sohasini davlat siyosatida ustuvor o‘rin tutishi bilan birga keng jamoatchilik
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–3_Март –2025
238
ishtirokini ham talab qilishiga alohida e’tibor qaratadi. To‘rtinchi yo‘nalish ijtimoiy
sohani rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, bunda ta’lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot,
san’at va sport sohalarini rivojlantirish va yoshlarga oid davlat siyosatini
takomillashtirish bilan birga ta’lim va o‘qitish sifatini baholashning xalqaro
standartlarini joriy etish asosida oliy ta’lim muassasalari faoliyatining sifati hamda
samaradorligini oshirish hamda ilmiy tadqiqot va innovatsiya faoliyatini
rag’batlantirish, ilmiy va innovatsiya yutuqlarini amaliyotga keng joriy etishning
samarali mexanizmlarini yaratish, oliy o‘quv yurtlari va ilmiy tadqiqot institutlari
huzurida ixtisoslashtirilgan ilmiy-eksperimental labaratoriyalar, yuqori texnologiya
markazlarini tashkil etish haqida alohida uqtirib o‘tildi.[1]
Hozirgi kunda ta’lim va tarbiyaning sifatini oshirish dolzarb masalalardan biri
bo‘lib kelmoqda. Ta’lim va tarbiya o‘zaro chambarchas hisoblanadi. Ta’lim
insonning aqliy rivojlanishiga xizmat qilsa, tarbiya uning axloqiy va shaxsiy
kamolotini ta’minlaydi. Ta’lim-ta’lim oluvchilarga chuqur nazariy bilim,malakalar va
amaliy ko‘nikmalar berishga, shuningdek ularning umumta’lim va kasbiy bilim
malaka hamda ko‘nikmalarni shakillantirishga, qobiliyatini rivojlantirishga
qaratilgan tizimli jarayon.[2]
Tarbiya- aniq maqsadli hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni
har tamonlama kamol toptirishga,ularning ongini,ma’naviy axloqiy qadriyatlar va
dunyoqarashini shakillantirishga qaratilgan tizimli jarayon. Ta’lim sifati-ta’limning
ijtimoiy majmui, jarayon va natija sifatida shaxs,jamiyat va davlat ehtiyojlari va
manfaatlariga muvofiqligi; inson kamoloti ehtiyojlarini qondirish imkoniyatini
ta’minlovchi ta’lim xizmatlari iste’mol xususiyatlarining majmui.
Ta’lim sifatini aniqlovchi asosiy omillar:
ta’lim muassasasining intellektual-manaviy salohiyati;
pedogoglar tarkibi;
o‘quv-metodik ta’minot;
moddiy-texnik ta’minot;
o‘quvchi bitiruvchilar.[3]
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–3_Март –2025
239
Ta’lim-tarbiya tizimida hamda pedogogika fanida innavatsion texnologiya
tushunchasi qo‘llanilmoqda.
Innovatsion texnologiyalar- bu ta’lim samaradorligini oshirish uchun
qo‘llaniladigan hamda pedogogik nazariyasi va amaliyotining barcha sohalari bilan
bog’liq bo‘lgan o‘qitish usullari, vositalari, yondashuvlar, konsepsiyalar,
g’oyalarning ta’lim-tarbiyaviy yo‘naltirishlar va o‘quv fanlari bo‘yicha o‘zaro
birikishidir.Innovatsion texnologiya asosida tashkil etilgan darslar, ularda
qo‘llaniladigan tashkiliy usullar va o‘tkazish metodlariga ko‘ra o‘quvchi ehtiyojiga
mos bo‘lishi lozim, shunda bu darslar bola ruhiyatiga yaqin bo‘lib, uning darsdagi
faolligini va shu orqali dars samaradorligini oshirish imkoniyatini beradi. O‘quv-
tarbiya jarayoniga yangiliklarni kiritib borishda o‘quvchi faolligini oshirish ta’lim
sifatini oshirishning samarali vositasi hisoblanadi.
Hozirda
ilg’or
pedagogik
texnologiyalarni
zamonaviy
axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarisiz tasavvur qilish qiyin bo‘lib bormoqda. Ular
uzluksiz ta’limning barcha turlarida, o‘qitishning zamonaviy darajada bo‘lishini
ta’minlashda alohida o‘rin tutadi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining
ta’lim tizimidagi jiddiy ahamiyatini hisobga olgan holda hozirgi kunda ta’lim
muassasalarining resurs, kadrlar va axborot bazalarini yanada mustahkamlash, o‘quv
tarbiya-jarayonini yangi o‘quv-uslubiy majmualar, ilg‘or pedagogik texnologiyalar
bilan ta’minlash bilan bir qatorda ta’lim tizimini axborotlashtirish, uni jahon axborot
tarmog‘iga ulanadigan kompyuter axborot tarmog‘i bilan to‘liq ta’minlash jarayonlari
bormoqda.
Innovatsion pedogogik jarayonning eng muhim yo‘nalishlaridan biri
o‘quvchi-talabalarning bilish faoliyatini rivojlantirish. Bunday yo‘nalish o‘quvchi-
talabalarning o‘quv jarayonini faollashtirishni, ularning kasbiy ixtisoslashishini
aniqlab olish faolligini o‘z ichiga oladi.Talabalarning innovatsion faoliyatini
yaratuvchilik jarayoni va ijodiy faoliyat sifatida baholash mumkin. Innovatsion
faoliyatga aksiologik yondashuv insonning o‘zini yangilik yaratish jarayoniga
baxshida qilishi u tomonidan yaratilgan pedagogik qadriyatlar yig‘indisini anglatadi.
Aksiologiya insonga oliy qadriyat va ijtimoiy taraqqiyotning birdan-bir mzaqsadi
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–3_Март –2025
240
sifatida qaraydi. o‘qituvchining innovatsion faoliyati tuzilmasi kreativlik va
refleksiya komponentlaridan iborat. O‘qituvchi innovatsion faoliyatining eng muhim
tavsifi kreativlikdir.[4]
Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz mumkunki, axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarining keng qo‘llanilishi ta’lim jarayonining samaradorligini oshirish
bilan birga, talabalar uchun mustaqil bilim olish imkoniyatlarini ham kengaytiradi.
Shu bilan birga, ta’lim va tarbiya o‘zaro chambarchas bog’liq bo‘lib, texnologiyalar
faqat bilim berish emas, balki talabalarning ma’naviy va axloqiy kamolotiga ham
xizmat qilishi lozim. Oliy ta’lim tizimida zamonaviy pedagogik texnologiyalar va
sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish ta’lim sifati va tarbiyaviy ahamiyatini
sezilarli darajada oshiradi. Bu esa kelajakda intellektual salohiyatli, texnologik
jihatdan ilg’or, ma’naviy yetuk va innovatsion fikrlaydigan kadrlarni tayyorlashga
zamin yaratadi. Sun’iy intellektdan darslarni avtomatlashtirish, bilim darajasini tahlil
qilish, baholash jarayonini osonlashtirish va ta’lim samaradorligini oshirishda
foydalanish muhimdir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
.
1.
Mirziyoyev Sh. M. “2017-2021-yillarda o‘zbekistonni rivojlantirishning beshta
ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harkatlar strategiyasi”.2017-yil 7-fevral.
2.
Sh.S.Shodmonova,
G.N.Ibrogimova,
F.O.Mirzayeva,
M.E.Gapparova.
Pedagogika nazariyasi va tarixi.- T.: 2022-yil, 8-bet.
3.
Жуманова Ф., Авазова С., Жобборова Г., Хуснетдинов У.Умумий
педогогика асослари. Укув-услубий кулланма. -Тошкент,”ISHONCHLI
HAMKOR”,2021. 267-bet.
4.
SH.S.Shoyimova,
M.K.Xoshimova,
SH.R.Mirzayeva,M.M.Qo‘ziboyeva.Ta’lim
texnologiyalari-Darslik.
-T.:”IJOD-
PRINT”,2020 43-bet.