MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–3_Март –2025
223
SUV HAVZALARI (JOMBOY VA BULUNGʻUR TUMANI
HUDUDI)DA ZULUK TURLARINING TARQALISHI VA EKOLOGIK
AHAMIYATI
Suyarov Sulton Allberdiyevich
Toshmurodova Mohiniso Matlab qizi
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
Annotatsiya:
Jomboy va Bulungʻur tumanlari (O‘zbekiston. Samarqand
viloyati) Oʻrta Osiyoning tipik quruq iqlimli hududlarida joylashgan boʻlib, ularning
suv havzalari (kanallar, botqoqliklar, daryolar) noyob suv-oʻt oʻsimliklari va
umurtqasiz hayvonlar, jumladan zuluklar (Hirudinea) uchun yashash muhitini
taʼminlaydi. Ushbu tadqiqot Jomboy va Bulungʻur tumani suv havzalarida
uchraydigan 6 zuluk turining tarqalishi, ekologik moslashuvi va trofik aloqalarini
oʻrganishga bagʻishlangan.
Kalit so‘zlar:
Jomboy, Bulungʻur, kanallar, botqoqliklar, daryolar,
Hirudinea, zuluklar, ekologiyasi.
Kirish
Zuluklar (Hirudinea) suv havzalarining ekologik holatini baholash uchun
bioindikator turlar hisoblanadi. Jomboy va Bulungʻur tumani suv havzalarida 6 tur
zulukning tarqalishi, ularning yashash sharoitlari va trofik aloqalari oʻrganildi. Bu
tadqiqot mintaqadagi suv ekotizimlarining biologik xilma-xilligi haqida ma’lumotga
ega bo‘lishga yordam beradi. Bundan tashqari zuluklar suv ekotizimlarida oziq
zanjirining bir qismi bo‘lib, yirtqich, parazit va detritofag sifatida muhim rol
oʻynaydi. Bu ekotizimlarning barqarorligini saqlashda ham muhim ahamiyatga ega.
Zuluklarning tarqalishi suvning fizik-kimyoviy xususiyatlari (pH, harorat,
oksidlanish darajasi) bilan chambarchas bogʻliq. Shunday ekan bugungi kunda
gidrobiontlar tarqalgan suvlarni fizik-kimyoviy xususiyatlari o‘rganish va uni
muhofaza qilish dolzarb ahamiyatga ega bo‘lib hisoblanadi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–3_Март –2025
224
Samarqand viloyati suv ekotizimlaridagi zuluklarni o‘rganish A.P. Fedchenko
tomonidan 1869-yilda boshlangan. U tibbiyot zulugi (
Hirudo officinalis
) haqida ilk
ma’lumotlarni keltirgan. 1907-yilda B. Plotnikov va L. Barshevskiy Samarqand
atrofidan turli zuluk turlarini (
Limnatis turkestanica, Haemopis sanguisuga,
Herpobdella atomaria
) terib, Rossiya Fanlar Akademiyasiga topshirgan. XX asrning
ikkinchi yarmida R.A. Alimdjanov va S.G. Bronshteyn katta soxta ot (
Hm.
sanguisuga
) va kichik soxta ot (
Hp. octoculata
) zuluklarini o‘rganishgan. 1971-yilda
S.O. Osmanov Oʻzbekiston suv havzalarida
Hemiclepsis marginata, Trachelobdella
turkestanica, Piscicola geometra
kabi zuluklarni aniqladi.
XXI asrda Z. Izzatullayev, J. Izzatullayev va S. Azimovlar Samarqand viloyati
suv ekotizimlarida zuluklarning tarqalishi va ekologiyasini o‘rganganr. 2009-yilda S.
Utevsky sharq tibbiyot zulugi (
Hirudo orientalis
) va (
Hirudo verbana
)ning
Samarqand hududida tarqalishini aniqladi. 2020-2022-yillarda Z. Izzatullayev, X.
Izzatullayev va X. Solijonovlar Zarafshonning o‘rta qismida zuluklarning faunasi va
ekologiyasini o‘rgangan.
So‘nggi yillarda tibbiy zuluklarning ekologiyasi, tabiiy biotoplarini muhofaza
qilish va xo‘jalikda yetishtirishga oid ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.
Tadqqiqot hududi bo‘lgan Jomboy tumani Samarqand viloyatining janubiy
sharqiy qismida joylashgan, yer yuzasi past-tekislik va qirlardan iborat. Shimolida
Gʻubdin togʻi va togʻ oldi tekisligi joylashgan. Iqlimi keskin kontinental. Iyulning
oʻrtacha harorati 27°, yanvarniki — 2,6°. Yiliga 317 mm yogʻin tushadi. Vegetatsiya
davri 240 kun. Tipik boʻz tuproq, allyuvial oʻtloqi, oʻtloqi, oʻtloqi-botqoq tuproqlar
tarqalgan. Tuman janubida Zarafshon daryosi oqib oʻtadi. Sarisuv, Polvon, Oʻrta,
Bulungʻur, Mirza va boshqa kanallari bor.
Jomboy tumanida kontinental iqlim hukm suradi. Yozi issiq va quruq, qishi
esa nisbatan sovuq boʻladi. Yogʻingarchilik asosan bahor va kuz oylarida kuzatiladi.
Bulung'ur tumani Samarqand viloyatining shimoli-gʻarbiy qismida
joylashgan. Tumanda tekisliklar va past togʻli hududlar ustunlik qiladi. Tumanning
sharqiy qismida Zarafshon tizmasining etaklari joylashgan boʻlib, bu hududlar togʻli
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–3_Март –2025
225
va adirlardan iborat. Gʻarbiy qismida esa tekisliklar va pasttekisliklar keng maydonni
egallaydi.
Yer usti tuzilishi togʻ oldi tekisliklari, adirlar, past togʻlardan iborat boʻlib,
mutlaq balandligi 800- 1000 m. Iqlimi kontinental, quruq iqlim. Yanvarning oʻrtacha
harorati —0,3, iyulniki 25,5°. Yiliga 377-467 mm yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri
210—230 kun. Adirlarda Axtambuloq, Karabkibuloq, Mirzabuloq kabi buloqlar bor.
Tuman hududidan Bulungʻur, Yangibesh, Qoraariq, Qorasuv, Polvonariq, Tuyatortar,
Oqtepa, Oqariq kabi ariq va kanallar oʻtadi.
Bulung'ur tumanida kontinental iqlim hukm suradi. Yozlari issiq va quruq,
qishlari esa nisbatan sovuq boʻladi. Yogʻingarchilik asosan bahor va kuz oylarida
kuzatiladi. Tumanda Zarafshon daryosi va uning irmoqlari muhim suv manbalari
hisoblanadi. Bu daryolar qishloq xoʻjaligida sugʻorish uchun keng foydalaniladi.
Ushbu hududda olib borilgan tadqiqot Zuluk turlarining tarqalishi va ekologik
xususiyatlarini oʻrganish, suv havzalarining ekologik holatini baholash, bioindikator
turlarni muhofaza qilish, suv havzalarining ifloslanishi oldini olishga ma’lum
darajada xizmat qiladi. Shu bilan birga mintaqadagi zuluk turlari haqida yetarli ilmiy
maʼlumotlar to‘plash, shu orqali yangi maʼlumotlar toʻplash va ularni ilmiy
adabiyotga kiritish maqsad qilingan.
Material va usullar
Materiallarni terish va o‘rganish uslublari tadqiqotlar davomida V.I. Jadin
(1952), Z.I. Izzatullayev (2018, 2019) va I.A. Barishyev (2023) uslublaridan
foydalanildi. Kichik suv havzalarida (buloqlar, soylar) gidrobiontlarni to‘plash uchun
pinset, gidrobiologik sachok va elaklar qo‘llanildi. Katta suv havzalarida esa maxsus
kovshli tub, olg‘ich va to‘rlar yordamida namunalar yig‘ildi.
Materiallar laboratoriya sharoitida E.I. Lukin (1976) ning aniqlagichlari
asosida tur darajasigacha aniqlangan.
Populyatsion ko‘rsatkichlar va morfometrik o‘lchamlar: Zuluklarning
populyatsiya zichligi 1 m² yoki 0,25 m² maydon bo‘yicha aniqlangan. Morfometrik
o‘lchamlar (tana uzunligi, kengligi kengligi va boshqalar) standart usullar asosida
o‘lchandi. Yirik turlar shtangensirkul, mayda turlar esa steromikroskop yordamida
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–3_Март –2025
226
o‘rganildi. Tadqiqotlar davomida biotoplarining xususiyatlari (o‘simliklar, ifloslanish
darajasi va boshqa omillar) ham qayd etildi.
Tadqiqot 2024–2025 yillarda Jomboy va Bulungʻur tumanidagi 10 ta suv
havzasida (asosan kanallar va ariqlar) oʻtkazildi.
Zuluklar anʼanaviy gidrobiologik usullar (suv jismlari va tub qatlamlarni
tekshirish) yordamida yigʻilib, ularni turlarini aniqlash uchun morfometrik tahlil
amalga oshirildi. Zuluklarni tarqalish zichligi (1 m²), yashash muhiti bo‘lgan suvning
fizik-kimyoviy xususiyatlari (pH, harorat, oksidlanish darajasi) va yirtqich-parazit
munosabatlari tahlil qilindi.
Natijalar va muhokamalar
Samarqand viloyati Jomboy tumani Qorasuv va Bulungur tumani Bulung‘ur
kanallarida zuluklar terildi. Biz tomonimizdan mazkur hududda ilk bor zuluklari
bo‘yicha izlanishlar olib borildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra Qorasuv kanalida 6 tur
va Bulung‘ur kanalida 5 zuluk turi tarqalganligi aniqlandi. Zuluklar sistematikasi R.
Sawyer (1986) ning usullaridan foydalanilib quyidagi taksonomik ro‘yxat tuzildi.
1. Turlarning tarqalishi
Jadval 1. Zuluk turlarining Jomboy va Bulungʻur tumanidagi tarqalishi.
Jomboy tumani kanal va ariqlarida tarqalgan zuluklarni zichligi va
ekologik guruhlari
Tur nomi
Zichligi m
2
Ekologik
guruhi
Alboglossiphonia
hyalina
(Müller, 1774)
19±2.4
fitofil
Helobdella stagnalis (Linnaeus,
1758)
148±2.2
litofil
Limnatis paluda (Tennent, 1859)
14±1.3
litofil
Haemopis sanguisuga (Linnaeus,
1758)
8±3.2
pelofil
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–3_Март –2025
227
Erpobdella octoculata (Linnaeus,
1758)
9±7.8
litofil
Bulung‘ur tumani kanal va ariqlarida tarqalgan zuluklarni zichligi va ekologik
guruhlari
Tur nomi
Zichligi m
2
Ekologik
guruhi
Hemiclepsis marginata
(Müller,
1774)
12±2,3
litofil
Alboglossiphonia
hyalina
(Müller,
1774)
22±5.5
fitofil
Helobdella
stagnalis
(Linnaeus,
1758)
160±24.2
litofil
Limnatis paluda
(Tennent, 1859)
24±2.5
litofil
Haemopis
sanguisuga
(Linnaeus,
1758)
7±3.3
pelofil
Erpobdella
octoculata
(Linnaeus,
1758)
11±4.8
litofil
Hemiclepsis
marginata
(Müller, 1774)
(1-rasmga
qarang).
Ekologiyasi.
Hemiclepsis marginata
parazit tur, asosan
baliqlar (masalan, sazan) va qurbaqalarga yopishadi, 15-60 sm
chuqurlikda, tiniq, suvning pH: 6.5–7.5,
harorati 15–25°C,
oraligʻida faol. Odatda ular suv ekotizimining kislorodga boy
bo‘lgan nisbatan toza suvlarda uchraydi. Baliqlarda vaqtinchalik parazitlik qilib
yashaydi. Ekologik omillarning o‘zgarishiga ta’sirchan. Voyaga yetganlari
ektoparazit hisoblanib, baliq va amfibiyalarning terisiga yopishib, qon bilan
oziqlanadi. Asosiy substrati toshlar.
1-rasm. Hemiclepsis
marginata
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–3_Март –2025
228
Alboglossiphonia hyalina
(Müller, 1774)
(2-rasmga qarang).
Ekologiyasi.
Zarafshon o‘rta oqimi buloq va boshqa
suv ekotizimlarida tarqalganligi o‘rganildi. Bu zuluk turi
suvning harorati 18-23°C, pH: 6.0–7.0
da keng tarqalgan
mezotermofil bo‘lib, suvning 10-60 sm chuqurlikdagi, dengiz
sathidan 500-700 m balandliklardagi suv havzalarida yashaydi.
Tinch va sekin oqadigan qisman ifloslangan suv havzalarida
uchraydi. Saproblik darajasi bo‘yicha α-mezosaprob suvlarda
tarqalgan. Orqa so‘rg‘ichi kichik, uning biroz kengaygan qismi tananing qorin
bo‘shlig‘i ostidan chiqib turadi va substratga juda mustahkam yopishib hayot
kechiradi.
A. hyalina
boshqa kichik gidrobiontlar bilan biotik munosabatlarda
qorinoyoqli mollyuskalarni o‘lja qilib, yirtqich sifatida oziqlanadi.
Helobdella stagnalis
(Linnaeus, 1758)
(3-rasmga qarang).
Ekologiyasi.
Zarafshon daryosi sohili suv ekotizimlarida
tarqalgan. Daryolarda, soylarda, kanallarda, zovur, ariqlarda
keng tarqalgan tur bo‘lib hisoblanadi.
Helobdella stagnalisni
10-
45 sm chuqurlikdagi suv havzalarida uchratish mumkin. Asosan
suvning harorati 18-27°C, pH: 7.0–8.0, o‘rtacha tiniqliklardagi
suv havzalarida uchrashi o‘rganildi. U asosan o‘rtacha
ifloslikdagi maishiy chiqindilar bilan ifloslangan sekin
oquvchi suvlarda hamda suv o‘simliklari uncha yaxshi o‘sa olmaydigan sharoitlarda
ham yashay olishi o‘rganildi. Ushbu zuluk turi ham boshqa aksar zuluk turlari singari,
fotofob tur. Asosan suv ostidagi qattiq jismlar tosh, gʻisht va boshqa chiqindi
mahsulotlari ostiga yopishib yashaydi.
Limnatis paluda
(Tennent, 1859)
(4-rasmga qarang).
2-rasm.
Alboglossiphonia
hyalina
3-rasm.
Helobdella stagnalis
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–3_Март –2025
229
Ekologiyasi.
Bu zuluk turi kichik oqadigan suv
havzalarida va oqmaydigan ko‘lmaklarda ham uchraydi.
Ayrim zuluklarga nisbatan birmuncha yirikligi bilan
ajralib turadi.
L. paluda
ning asosiy yashash muhiti bo‘lib
sayoz, oqmaydigan yoki sekin oqadigan suv havzalari
hisoblanadi. Ular uchun optimal harorat yoz oylarida 15-
25°C ni tashkil etadi. pH: 7.5–8.5 muhitda yashaydi.
Ushbu
tur suv o‘tlari, ko‘l baqasi, suv mollyuskalari mavjud biotoplarda yashashi aniqlandi.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, ular o‘z xo‘jayinlari bo‘lgan chorva mollarining og‘iz
bo‘shlig‘i va burun ichiga ham mustahkam o‘rnashib olib, so‘rg‘ichlari yordamida
qonini soʻradi. Oziqlanib bo‘lgandan so‘ng suv havzasiga tushadi.
Haemopis sanguisuga (
Linnaeus, 1758)
(5-rasmga qarang).
Ekologiyasi.
Bu turning hayotining ma’lum qismini
quruqlikda va ma’lum qismini suvda o‘tkazadigan tur
bo‘lganligi uchun amfibiont ekologik guruhiga mansub
hisoblanadi. Sekin oquvchi yoki turg‘un suv havzalarining
qirg‘oqqa yaqin bo‘lgan qismida yashaydi. Suv havzalarining
10-100 sm chuqurliklardagi qismlarida uchratish mumkin.
Suvning 10-25°C haroratdagi, pH: 6.5–8.0,
loyqa bo‘lmagan
suvlarda yashashi o‘rganish natijasida ma’lum bo‘ldi. Ular boshqa ko‘pchilik zuluk
turlari singari suv ostidagi toshlar va qattiq jismlardan substrat sifatida foydalanadi.
Quruqlik muhitiga pilla qo‘yishga va ozuqa uchun ham chiqadi. Ular kam tukli
chuvalchanglarni tirikligicha yutib, hazm qilib yuboradi. Evribiont tur bo‘lganligi
uchun turli ekologik omillarga chidamli tur hisoblanadi [166; 53–58-b.].
Erpobdella octoculata
(Linnaeus, 1758)
(6-rasmga qarang).
5-rasm.
Haemopis sanguisuga
4-rasm.
Limnatis paluda
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–3_Март –2025
230
Ekologiyasi.
E. octoculata
tiniq, har doim harakatdagi,
chuqurligi
5-150
sm,
dengiz
sathidan
500-750
m
balandliklardagi suv havzalarida, suv ostidagi toshlar va qattiq
chiqindilarga yopishgan holda yashaydi. Yoz oylarida u
yashaydigan harorat 14-25°C, pH: 6.0–8.0 ni tashkil qiladi.
E.
octoculata
suv o‘tlari, baliqlar, qorinoyoqli suv mollyuskalari
va boshqa zuluklar bilan birga bir biotsenotik jamoani hosil
qiladi. Olib borilgan tadqiqotlar natijasida, E
. octoculata
suvning haroratining va pH
muhitining keng doirada o‘zgarishlariga moslashiga hamda antropogen omillar
natijasidagi ifloslanishga moslashganligi sababli evribiont tur deb hisoblash mumkin.
Biotsenotik munosabatlarda boshqa gidrobiontlar bilan trofik aloqaga kirishib,
suvdagi lichinkalar, kichik qisqichbaqasimonlar, chuvalchanglar bilan yirtqich
sifatida oziqlanadi.
Muhokamalar
Jomboy va Bulungʻur tumanlari suv havzalarida 6 tur zulukning tarqalishi va
ularning ekologik xususiyatlari oʻrganildi. Bu turlar suvning turli fizik-kimyoviy
sharoitlarida (pH: 6.0–8.5, harorat: 10–27°C) yashaydi va suv ekotizimlarida muhim
rol oʻynaydi. Zuluklar yirtqich, parazit va detritofag sifatida suv havzalarining
biologik xilma-xilligini saqlash, zararli organizmlar sonini nazorat qilish va suvning
tozalanishiga hissa qoʻshadi.
Zuluklarning tarqalishi suv havzalarining ekologik holatini baholash va ularni
muhofaza qilish choralarini ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega. Suv havzalarini
ifloslantiruvchi omillarni kamaytirish, zuluklarning tarqalishi va sonini muntazam
ravishda monitoring qilish, suv havzalarining tabiiy sharoitini saqlash va qayta tiklash
kabi choralar koʻrilishi kerak suv ekotizim barqarorligini ta’minlashga xizlat qiladi.
Kelajakda zuluklarning genetik xilma-xilligini oʻrganish, suv havzalarining
ekologik holatini baholash va tibbiyotda qoʻllaniladigan zuluk turlarini oʻrganish kabi
yoʻnalishlarda tadqiqotlar olib borishni taqazo qiladi. Ushbu tadqiqot suv
ekotizimlarining barqarorligini saqlash va atrof-muhit muammolarini hal qilishda
ma’lum darajada oshirishga xizmat qiadi.
6-rasm.
Erpobdella octoculata
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–3_Март –2025
231
Xulosa
Jomboy va Bulungʻur tumanlari suv havzalarida zuluk turlarining tarqalishi
va ekologik ahamiyatini oʻrganish ilmiy va amaliy jihatdan muhimdir. Bu tadqiqot
suv ekotizimlarining barqarorligini saqlash, atrof-muhit muammolarini hal qilish va
mintaqaning biologik xilma-xilligini muhofaza qilishga yordam beradi. Kelajakda
ushbu tadqiqotni kengaytirish va suv resurslarini muhofaza qilish boʻyicha amaliy
chora-tadbirlarni ishlab chiqish tavsiya etiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Рыбалский Н.Г., Жакетов О.Л., Улянова А.Е. Справочник эксперта. – М.:
ВНИИПИ, 1989. – C.551.
2. Плотников В. Glossosiphonidae, Hirudinidae и Herpobdellidae Зоологического
музея Академии Наук. Ежегодн. Зоол. муз. Акад. наук., X. 1907. – С.133-158.
3. Jumanov M. A. Zoologiya o‘quv qo‘llanma. «Sano-standart» nashriyoti Toshkent
– 2017. – Б. 583. (Федченко учун).
4. Мартенс Э. Слизняки (Mollusca) // А.П.Федченко. Путешествие в Туркестан.
– Т.2, ч.1. – Москва, 1874. – С. 1-64.
5. Алимджанов Р.А., Бронштейн Ц.Г. Беспозвоночные животные Заравшанской
долины. Систематический перечень видов с указанием полезных и вредных
форм. АН УзССР, Ташкент-Самарканд, 1956, – С. 95-100.
6. Лукин Е.И. Пиявки пресных и солоноватых водоёмов. В серии: Фауна СССР.
Пиявки. Т.I. 1976. Изд-во «Наука», Л., -C. 484.
7. Utevsky S., Zagmajster M., Atemasov A., Zinenko O., Utevska O., Utevsky A.,
Trontelj P. Distribution and status of medicinal leeches (genus Hirudo) in the Western
Palaearctic: anthropogenic, ecological, or historical effects? Aquatic Conservation:
Marine and Freshwater Ecosystems. – 2009. – Vol. 20, Iss. 2. – P. 198-210.
8. Османов С.О. Паразиты рыб Узбекистана. Т.: 1971. – С. 229-232.
9. Макаров, Ю. Н., Костылев, Э. Ф. (2002) Моллюски в эвтрофированных
районах украинского шельфа Черного моря (по результатам наблюдений 1997
– 1998 гг.). ВІСНИК Житомирського державного університету імені Івана
Франка (10).
–
P. 120-122.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–3_Март –2025
232
10. Briggs, J. C. The biogeographic and tectonic history of India.
Journal of
Biogeography
30
, 381–388, doi:
10.1046/j.1365-2699.2003.00809.x
(2003).
11. Солижонов Х., Иззатуллаев З. Фарғона водийси сув ҳавзаларида аниқланган
чучук сув зулуги Hemiclepsis marginata (Hirudinea: Glossiphoniidae).
“Ўзбекистон зоология фани: ҳозирги замон муаммолари ва ривожланиш
истиқболлари” мавзусидаги II республика илмий-амалий анжумани.
Ўзб.Респ.ФА. Зоол. инст.. Тошкент-2020 й. Б-53-58.
12. Sawyer R.T. Leech Biology and Behaviour. Oxford University Press/ Clarendon
Press, Oxford., 1986. Three Volumes, – P. 1100.
13. Nesemann H., Sharma S., Sharma G., Khanal S. N. et.al. Aquatic invertebrates
of the ganga river system. 2007.