MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–3_ Март –2025
156
KELAJAK AVLOD HAYOTIDA ZAMONAVIY KASBLARNING
O'RNI
Аrapova Xolida Kuzibayena
Xorazm viloyati Urganch tuman MMTB ga qarashli 48-sonli umumiy o‘rta
ta’lim maktab amaliyotchi psixologi
Asmatova Shahnoza Ganjaboyevna
Xorazm viloyati Urganch tuman MMTB ga qarashli 5-sonli umumiy o‘rta
ta’lim maktab amaliyotchi psixologi
Yusupova Iroda Atabek qizi
Xorazm viloyati Urganch tuman MMTB ga qarashli 7-sonli umumiy o‘rta
ta’lim maktab amaliyotchi psixologi
Annotatsiya: Ushbu maqolada zamonaviy kasblarning kelajak avlod
hayotidagi o‘rni, ularning mehnat bozoriga ta’siri va yoshlar uchun yaratadigan
imkoniyatlari tahlil qilinadi. Texnologik taraqqiyot, raqamli iqtisodiyot va ekologik
muammolar tufayli an’anaviy kasblarga bo‘lgan talab o‘zgarib, yangi kasblar
shakllanmoqda. Raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt, yashil energetika va
innovatsion muhandislik sohalari kelajak mehnat bozorining asosiy yo‘nalishlariga
aylanmoqda. Yosh avlodning ushbu o‘zgarishlarga moslashishi, yangi bilim va
ko‘nikmalarni egallashi muhim ahamiyat kasb etadi.
Kalit so‘zlar:Zamonaviy kasblar, texnologik taraqqiyot, mehnat bozori,
raqamli iqtisodiyot, sun’iy intellekt, yashil energetika, innovatsion muhandislik,
kelajak avlod, ta’lim, kasbiy rivojlanish.
Zamonaviy dunyoda texnologik taraqqiyot, iqtisodiy va ijtimoiy o‘zgarishlar
natijasida mehnat bozori jadal rivojlanib bormoqda. An’anaviy kasblarga bo‘lgan
talab o‘zgarar ekan, yangi zamonaviy kasblar paydo bo‘lib, ular kelajak avlod
hayotida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu maqolada zamonaviy kasblarning
jamiyatdagi o‘rni, ularning kelajak mehnat bozoriga ta’siri va yosh avlod uchun
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–3_ Март –2025
157
qanday imkoniyatlar yaratishi tahlil qilinadi.Har bir inson kelajakdagi kasblarni o'ziga
xos tarzda tasavvur qiladi. Kimdir kelajak kasbini axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari bilan bog'laydi, yana kimdir iqtisodiy tarmoqlarni asosiy yo'nalish deb
hisoblaydi. Ammo bunday savol tug'iladi: Agar barcha sohalar avtomatlashtirilsa, biz
insonlar qanday ishlar bilan shug'ullanamiz? Bugungi kunda tanlangan mutaxassislik
kelajakda ishsiz qolish xavfini keltirib chiqaradimi?
Zamonaviy kasblarning shakllanishi quyidagi omillar bilan bog‘liq:
Texnologik taraqqiyot
– sun’iy intellekt (AI), robototexnika,
blokcheyn, virtual haqiqat (VR) kabi texnologiyalar yangi kasblarni yaratmoqda.
Raqamli transformatsiya
– raqamli iqtisodiyot va internetning keng
tarqalishi natijasida onlayn biznes, IT-mutaxassisliklar va axborot xavfsizligi sohasi
rivojlanmoqda.
Iqlim o‘zgarishi va ekologiya muammolari
– yashil energetika,
ekologik muhandislik va atrof-muhitni muhofaza qilish bilan bog‘liq kasblarga
ehtiyoj ortmoqda.
Demografik va ijtimoiy o‘zgarishlar
– uzoq umr ko‘rish, sog‘liqni
saqlash sohasidagi o‘zgarishlar yangi tibbiy va sotsial xizmatlar bilan bog‘liq
kasblarni keltirib chiqarmoqda.
Shu munosabat bilan, yoshlarni kasbga yo'naltirishning ahamiyati beqiyos.
Xo'sh, O'zbekistonda qaysi soha tez rivojlanmoqda va yaqin kelajakda qanday
mutaxassisliklarga ehtiyoj oshadi? Ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish sohalari
avtomatlashtirilayotgan paytda, 20-30 yil ichida ba'zi kasblar uchun inson resurslariga
talab butunlay yo'qolishi mumkin. Misol uchun, yirik savdo rastalarida elektron to'lov
tizimlarining keng tarqalishi kelajakda kassirlar xizmatiga ehtiyojni kamaytiradi.
Yoki to'liq avtomatlashtirilgan taksilar hayotga tatbiq etilsa, haydovchilarga ehtiyoj
qolmaydi. Mutaxassislarning fikricha, 2035-yilga borib, dunyodagi 70% kasblar
avtomatlashtirilishi kutilmoqda. Yaqin kelajakda O'zbekiston aholisi 40 millionga
yetishi mumkin, bu esa mehnat bozorida kadrlarga talabning oshishiga olib keladi.
Kelajakda IT sohasidagi mutaxassislar eng talabgir bo'lishi kutilyapti.
O'zbekistonda axborot texnologiyalari hali rivojlanish bosqichida bo'lsa-da, bu
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–3_ Март –2025
158
sohada dasturchilarga bo'lgan talab hozirda juda yuqori. Yaqin kelajakda O'zbekiston
mehnat bozorida IT yo'nalishiga, shuningdek, turizm va xizmat ko'rsatish sohasi
vakillariga, qurilish sohasi injenerlariga ehtiyoj ortadi. Shu bilan birga, iqtisodchilar,
turizm boshqaruvchilari va xizmatlar sohasidagi mutaxassis boshqaruvchilarga
bo'lgan talab ham o'sib bormoqda. Turizmning rivojlanishi bilan, bu sohani
boshqaruvchi menejerlar ham muhim talabga ega bo'ladi. Raqamli iqtisodiyotning
jadal rivojlanishi malakali kadrlarga ehtiyojni kuchaytiradi. Inflyatsiya, narx-navo,
loyihalarni moliyalashtirish va to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalarni jalb qilish kabi
masalalarni hal qiladigan mutaxassislar ham zarur bo'ladi.
So‘nggi yillarda dunyoning aksariyat davlatlari kun tartibida bo‘lib kelgan
raqamlashtirish jarayonlari pandemiya fonida keskin jadallashdi. Raqamli
texnologiyalarning jamiyat hayotida misli ko‘rilmagan darajada o‘rin egallashi
insonlar turmush tarzi va mehnat faoliyatida tub burilish yasadi. Pandemiyaning
dastlabki to‘lqinlarida mehnat bozorida kuzatilgan ishsizlikning ortishi keyinchalik
ishchi kuchining tarmoqlararo ko‘chishi, aniqroq aytganda, mehnat resurslarining
yangi ochilgan ish o‘rinlari yoki ishchi kuchiga talab nisbatan yuqori bo‘lgan
sohalarga o‘tishi bilan o‘rin almashdi.»Gazeta.uz» ana shunday o‘zgaruvchan bozor
shartlari fonida «kelajak kasblari» deya e’tirof etilayotgan kasblar to‘g‘risidagi ayrim
ishonchli ma’lumotlarni o‘z materialiga jamladi.2
ManpowerGroup kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan «Bandlik istiqbollari
tadqiqoti» (The Employment Outlook Survey) butun dunyo bo‘ylab 40 000 dan ziyod
ish beruvchilar o‘rtasida 2022 yilning uchinchi choragi uchun ishga yollash bo‘yicha
loyihalarni o‘rgandi. Kompaniya o‘zining mazkur tadqiqoti natijalariga tayanib,
hozirda dunyo miqyosida eng yuqori talab kuzatilayotgan kasblar va qobiliyatlar,
ishga yollashda ish beruvchilar duch kelayotgan muammolar hamda global bandlik
istiqbollari bilan bog‘liq boshqa ma’lumotlarni taqdim etdi. Kelajak kasblari
texnologiya, ekologiya, sun'iy intellekt va global tendensiyalarga bog‘liq holda
shakllanmoqda.
Quyida yaqin kelajakda mashhurligi oshishi kutilayotgan kasblar bilan
tanishishingiz mumkin:
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–3_ Март –2025
159
1. Sun’iy intellekt va robototexnika mutaxassislari Sun’iy intellekt (AI)
muhandislari Ma’lumotlar olimi (Data Scientist) Robototexnika muhandislari
2. Axborot texnologiyalari va kiberxavfsizlik Kiberxavfsizlik mutaxassislari
Bulut texnologiyalari bo‘yicha mutaxassislar Blokcheyn muhandislari
3. Biotexnologiya va tibbiyot Genetik muhandislar Kiberprostetiklar
mutaxassislari Telemeditsina shifokorlari
4. Yangi avlod muhandislik kasblari 3D-printing muhandislari Yashil
energiya muhandislari Kosmik muhandislar
5. Ekologiya va barqaror rivojlanish Atrofmuhit muhandislari Iqlimshunoslar
va ekologlar Qayta tiklanadigan energiya mutaxassislari
6. Marketing va dizaynning yangi yo‘nalishlari Neyromarketing
mutaxassislari Virtual va kengaytirilgan reallik dizaynerlari Kreativ kontent
yaratuvchilari
7. Kosmik sanoat va yangi yutuqlar Kosmik turizm mutaxassislari Asteroid
qazib olish muhandislari Kosmik qishloq xo‘jaligi mutaxassislari .
Kelajak kasblariga moslashish uchun raqamli ko‘nikmalar, analitik fikrlash,
moslashuvchanlik va ijodiy yondashuv kabi jihatlarni rivojlantirish muhim. 3Yoshlar
ishlari agentligi “Kelajak kasblari” loyihasini yo‘lga qo‘ygan. Bu loyihadan
ko‘zlangan asosiy maqsad nima? Kelajak kasblari deganda qaysi sohalar nazarda
tutilmoqda? Loyiha doirasidagi subsidiyalar kimlarga beriladi? Miqdori qancha?
Viloyatlarda ahvol qanday? Bu kabi savollarga ushbu maqolada javob berishga
harakat qilamiz. Loyihaning asosiy maqsadi ijtimoiy himoyaga muhtoj, ishsiz
yoshlarga zamonaviy kasblar, axborot texnologiyalari va xorijiy tillarni o‘rganish
uchun imkoniyat yaratish, sifatli va bepul ta’lim berish, o‘quv markazlarini
qo‘llabquvvatlash hamda yoshlarning hayotda o‘z yo‘lini topishiga ko‘maklashish.
Shu bois axborot texnologiyalari, xorijiy tillarni o‘rganish niyatidagi yoshlarga olti
oygacha muddatli o‘quv kurslari uchun har oyda subsidiya ajratiladi. Subsidiya BHM
(bazaviy hisoblash miqdorining baravarigacha yoshlar yetakchisining tavsiyasi
asosida “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ajratiladi. Ariza
beruvchiga “1+1” tamoyili asosida bir vaqtning o‘zida zamonaviy kasb yoki axborot
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–3_ Март –2025
160
texnologiyalari o‘quv kursi bilan birgalikda chet tili o‘quv kursida o‘qish xarajatlari
uchun ham subsidiya berilishi mumkin.
Zamonaviy kasblar deganda marketing va digital marketing, ijtimoiy
tarmoqlarda marketing (SMM), grafik dizayn, moliya-buxgalteriya menejeri, loyiha
boshqaruvchisi, sotuv menejeri, robototexnika mutaxassisi, video montaj ustasi
yo‘nalishlari; axborot texnologiyalari yo‘nalishi bo‘yicha esa dasturiy ta’minot
(frontend, backend, Python, Java, data analysis, mobil dasturlash va boshqalar), 3D
(interyer dizayn, animator, modeling), Game Development, sun’iy intellekt
yo‘nalishlari hisobga olinadi.Xorijiy tillar yo‘nalishi bo‘yicha esa dastlabki bosqichda
chet davlatlarga mehnat qilish maqsadida jo‘nab ketgan yoshlar sonidan kelib chiqib,
ingliz, rus, koreys, yapon, xitoy, nemis tillari bo‘yicha ta’lim beradigan o‘quv
markazlari qo‘llab-quvvatlanadi. Boshqa yo‘nalishlar o‘quv markazlari arizasiga
ko‘ra, Yoshlar ishlari agentligining xulosasi asosida kiritilishi mumkin. O‘quv
markazi ta’lim olgan yoshlarni ish bilan ta’minlashga ko‘maklashganda loyiha
doirasida hamkorlik qilish uchun ustuvorlik beriladi. Loyiha imtiyozlaridan
respublikamizning barcha viloyatlaridagi yoshlar foydalanishi mumkin. Birgina
Xorazm viloyati misolida oladigan bo‘lsak, loyihaga tanlab olingan yoshlar soni 328
nafarni tashkil etadi. Hozir ularning o‘qish xarajatlari Yoshlar ishlari agentligi
tomonidan qoplab berilgan. Loyihada ishtirok etayotgan o‘quv markazlari soni esa 9
ta. Yana 22 ta o‘quv markazi hamkorlik qilish maqsadida ro‘yxatdan o‘tish istagini
bildirgan. Loyihaning yana bir ahamiyatli jihati shundaki, ishtirokchilarning har biri
boshqa bir insonning hayotda o‘z o‘rnini topishiga yordam berishidir. Bundan
tashqari Kelajak kasblari doirasida bir qator kasblari royxati va ularning alohida
yonalishi togrisida ham bir qancha malumotlar berilgan.
Tibbiyot sohasidagi kasblar:
1)
Kiberprotezlar va implantlar ishlab chiqaruvchisi - bionik sun’iy
organlarni yaratish uchun dizaynerlar va robototexnikalar bilan ishlaydigan tibbiyot
muhandisi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–3_ Март –2025
161
2)
Miya implantatsiyasi bo‘yicha mutaxassis - bemorning boshiga ulangan
yoki hatto ichiga o‘rnatilgan qurilmalarni loyihalash, tanlash, sozlash va texnik
xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanadigan shaxs.
3)
Tibbiy marketolog - sog‘liqni saqlash sohasidagi kompaniya va
korxonalarni bozorda ilgari surish bo‘yicha mutaxassis.
4)
Gen muhandisi - tirik organizmlar genlari bilan ishlaydigan olim.
Qishloq xo‘jaligidagi kasblar:
1. Agrokibernetika (agroinformatik) — qishloq xo‘jaligi sohasida zamonaviy
axborot texnologiyalari, avtomatlashtirish tizimlari, ma’lumotlarni tahlil qilish va
sun’iy intellektdan foydalanish bilan shug‘ullanuvchi mutaxassis.
2.
GMO agronomi —
ekinlarning genlarini o‘zgartirishi bilan
shug‘ullanadigan mutaxassis.
3. 3D-mahsulotni chop etish bo‘yicha muhandis — uskuna, dasturiy ta’minot
va 3D modellarni yaratuvchi mutaxassis.
4. Qishloq xo‘jaligi ekologi — chiqindilarni bartaraf etish usullarini ishlab
chiquvchi mutaxassis. Shuningdek ekolog tuproqni qayta tiklash bilan ham
shug‘ullanadi.
5. Raqamli asalarichi — asalarilarning salomatligi, changlatish jarayonlari,
uyalarni loyihalash va turli hududlardagi o‘simliklarga ari to‘dalarni moslashtirish
bo‘yicha mutaxassis.
Qurilish sohasida:
1. BIM (Building Information Modeling) loyihalovchi - bu bino ma’lumot
modeli uchun vizual qismni yaratuvchi mutaxassis: barcha hujjatlarni jamlaydi,
chizmalarni 3D ga aylantiradi va har bir blokni batafsil ma’lumot bilan to‘ldiradi.
2. «Aqlli uy» infratuzilmasi dizayneri - uyni intellektual boshqarish tizimini
loyihalash, o‘rnatish va sozlash bo‘yicha mutaxassis.
3. Eski qurilish konstruksiyalarini rekonstruksiya qilish va mustahkamlash
bo‘yicha mutaxassis –qurilish tashkilotida ishlovchi hamda yangi materiallar va
zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda turli binolarni restavratsiya qilish va
obodonlashtirish bilan shug‘ullanuvchi shaxs hisoblanadi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–3_ Март –2025
162
4. Qurilishdagi 3D bosma dizayneri – 3D qurilish printerlari yordamida
binolarni yaratuvchi me’mor. U materiallarni tanlaydi, mijozning ehtiyojlari, qurilish
obyekti joylashuvi va iqlimini hisobga olgan holda kelajakdagi uylarning shakllarini
ishlab chiqadi. Mutaxassis loyihani dasturda modellashtiradi, so‘ngra mashinalar uni
to‘liq hajmda chop etadi.
5. “Yashil shahar”lar arxitektori – ekologik talablarni, barqaror rivojlanish
tamoyillarini hisobga olgan holda binolar, mahallalar va butun shaharlarni loyihalash
bilan shug‘ullanuvchi mutaxassis.
Ekologiya sohasida:
Ekologik auditor - korxonalar, binolar va boshqa infratuzilma va
inshootlarning atrof-muhitga mosligini tekshiradigan mustaqil ekspert.
Agroekolog- qishloq xo‘jaligi balansini tiklab, ekinlar va bioyoqilg‘ini
yetishtiradi.
“Yashil” transport muhandisi - atrof-muhitga salbiy ta’sir darajasini
kamaytirishga yordam beradigan transport turlari va tizimlarini ishlab chiqadigan
mutaxassis.
Qayta ishlash bo‘yicha mutaxassis - chiqindilarni qayta ishlash
texnologiyalarini ishlab chiqadigan xodim. Resurs sarfini kamaytirish bo‘yicha
korxona faoliyatini yaxshilaydi.
Transport sohasida:
1.Yangi transport turlarini loyihalashtiruvchi - suv, havo va quruqlikda
zamonaviy transport vositalarini ishlab chiqadigan hamda ularga xizmat
ko‘rsatadigan mutaxassis. U matematik, fizikaviy va kompyuter modellashtirishdan
foydalangan holda yangi usullar va dizaynini yaratadi. Uchuvchisiz transport
vositalari sohasidagi yurist - uchuvchisiz transport vositalarini ishlatish, ishlab
chiqarish, sotib olish, ijaraga berish va sug‘urtalashda huquqiy yordam ko‘rsatadigan
mutaxassis.
2. Kross logistika operatori - temir yo‘l va boshqa transport tarmoqlaridagi
yukni hisobga olgan holda optimal yo‘nalishni belgilovchi mutaxassis. U yetkazib
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–3_ Март –2025
163
berish jarayonini nazorat qiladi va zarur paytda barcha mavjud transport
imkoniyatlarini ulash orqali yo‘nalishni sozlashi mumkin.
3.Moslashuvchan ta’minot zanjiri menejeri - Ushbu xodim doimiy ravishda
yangi materiallar, butlovchi qismlar manbalarini qidiradi va ta’minot zanjirlarini
qisqa fursatlarda moslashtiradi.
Xulosa
Zamonaviy kasblar jamiyat taraqqiyotida muhim rol o‘ynab, kelajak avlod
uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Texnologiyalarning rivojlanishi va mehnat
bozorining o‘zgarishi tufayli yoshlar doimiy o‘qib-o‘rganish, yangi ko‘nikmalar
egallash va global muhitga moslashish zaruratidadir. Kelajakda muvaffaqiyatga
erishish uchun zamonaviy kasblar talab qiladigan malaka va bilimlarni o‘zlashtirish
muhim hisoblanadi. Kelajak avlod uchun zamonaviy kasblarning o‘rni beqiyos bo‘lib,
ular jamiyatning barcha sohalarida inqilobiy o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi.
Texnologik innovatsiyalar, raqamli iqtisodiyot va ekologik muammolarga yechim
izlash yangi mutaxassisliklarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda. Yosh avlod
ushbu o‘zgarishlarga tayyor bo‘lishi uchun doimiy ravishda o‘qishi, yangi
ko‘nikmalarni egallashi va zamonaviy kasblarga moslashishi zarur. Kelajak mehnat
bozori raqobatbardosh bo‘lib, eng muvaffaqiyatli kishilar moslashuvchan, ijodkor va
texnologik yangiliklarga ochiq bo‘lgan insonlar bo‘ladi. Zamonaviy kasblarning
shakllanishi texnologik, iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik omillar bilan bog‘liq. Sun’iy
intellekt, yashil energetika, biotexnologiya va raqamli iqtisodiyot kabi yo‘nalishlar
yangi mutaxassisliklarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda. Yosh avlod doimiy
ravishda yangi bilim va ko‘nikmalarni egallashi, moslashuvchanlik va innovatsion
fikrlash qobiliyatini rivojlantirishi zarur.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
1.Salim Ashur – “Kelajakka qadam” .
2.
Soat Mo‘min (Jumayev) – “Kelajak egalari” .
3.
X. Tursunov – “Kelajak bugundan boshlanadi” .
4.
Ali Fuad Bashgil – “Kelajak dushmanlari”
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–3_ Март –2025
164
https://uz.goodinternet.org/uz/sections/osmirlar/talim-va-men/kelajak-
kasblariqaysi-sohani-tanlasak-yutqazmaymiz/
6.
https://yoshlarovozi.uz/oz/news/kelajak-kasblari-hamma-uchun
7.
.https://www.gazeta.uz/oz/2022/07/25/future-jobs/.