Authors

  • Buronboyeva Gulnoza Murotjonovna

Author Biography

  • Buronboyeva Gulnoza Murotjonovna

    Namangan viloyati Pop tumani MMTBga qarashli 39-sonli maktabning Tasviriy san'at va muhandislik grafigi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.119386

Keywords:

Rangtasvir grafika haykaltaroshlik ranglar qalam mo’yqalam akvarel palitra.

Abstract

Maqola eng avvalo tasviriy sanʼat fanining bugungi kunda umumtaʼlim maktablari oʼquvchilarining aqliy, maʼnaviy, ekologik tarbiyalangan, intensiv fikrlaydigan hamda tashabbuskor boʼlib komil topishiga koʼmak beruvchi omillar xaqida yozilgan. Maqolada shuningdek buyuk mutafakkirlarning fikrlari, fanning yurtimizda olib borilayotgan izchil bunyodkorlik ishlariga kelajakda qoʼshadigan xissasi xaqida xam yoritib ketilgan.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-22

Часть–3_ Март –2025

139

TASVIRIY SAN’ATNING INSON HAYOTIDAGI OʻRNI

Buronboyeva Gulnoza Murotjonovna

Namangan viloyati Pop tumani MMTBga qarashli 39-sonli maktabning

Tasviriy san'at va muhandislik grafigi

ANNOTATSIYA: Maqola eng avvalo tasviriy sanʼat fanining bugungi kunda

umumtaʼlim maktablari oʼquvchilarining aqliy, maʼnaviy, ekologik tarbiyalangan,

intensiv fikrlaydigan hamda tashabbuskor boʼlib komil topishiga koʼmak beruvchi

omillar xaqida yozilgan. Maqolada shuningdek buyuk mutafakkirlarning fikrlari,

fanning yurtimizda olib borilayotgan izchil bunyodkorlik ishlariga kelajakda

qoʼshadigan xissasi xaqida xam yoritib ketilgan.

Kalit so’zlar: Rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik, ranglar, qalam,

mo’yqalam, akvarel, palitra.

KIRISH

Tasviriy san’at o’quv predmeti har bir inson uchun zarur bo’lgan badiiy

estetik madaniyatga doir elementlar, bilim va malakalar beruvchi omildir, chunki har

bir o’quvchi kelajakda qaysi sohada ishlashidan qatiy nazar u go’zallikdan bahramand

bo’lishi, undan zavqlanib dam olishi, hordiq chiqarishi , ish vaqtida sarflangan

quvvatini tiklashi lozim.Bunga u yuksak badiiy saviyada ishlangan sanat asarlari bilan

muzey, ko’rgazmalar va boshqa joylarda tanishish, ularni idrok etish, ulardan

zavqlanish orqali erishadi.Shuningdek, ko’pchilik o’quvchilar o’zlarining kelajak

hayotlarida ma’lum miqdorda rasm ishlashlariga to’g’ri keladi.Rasm chizishni bilish,

faqat rassomlar, dizaynerlar, me’morlar uchungina emas, o’qituvchilar, injenerlar,

tibbiyot xodimlari, quruvchilar, agronomlar, harbiylar, olimlar uchun ham

zarurdir.Ularning har biri o'z f’oliyatlarida rasm, sxemalar, diagrammalar, eskizlar

orqaliso’z bilan tushuntirib bo’lmaydigano’z g’oya va fikrlarini tasvirlab ko’rsatishga

harakat qiladilar.Lekin bu tasviriy, amaliy va me’morchilik san’atlaridan chuqur va

keng bilim va malakalar berish kerak ekan, degan ma’noni anglatmaydi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-22

Часть–3_ Март –2025

140

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Tasviriy san’at fanini o’qitishdan maqsad bolalarda kuzatuvchanlikni

o’stirish, borliqni ko’ra bilish, qolaversa shu orqali xotirani rivojlantirish

hisoblanadi.Ma’lumki, tevarak-atrofdan olayotgan axborotlarning deyarli 90 foizidan

ortig’ini ko’z orqali oladi, qolgan 10 foizini quloq, burun, og’iz va boshqa a’zolari

orqali o’zlashtiradi.Bu sifatlar borliqni udrok etish mashg’ulotlarida shuningdek,

naturadan tasvirlash, san’atshunoslik asoslari mashg’ulotlarida alohida ahamiyatlidir.

Tasviriy san'atni hamma umumiy ta'lim maktablarida o'qitilishining foydali ekanligi

buyuk chex pedagogi Ya.A.Komenskiytomonidan uning «Buyuk didaktika» asarida

rivojlantirildi.Hozirda umumta’lim maktablarining vazifalardan biri o’quvchilarni

turli kasb va hunarlarga yo’naltirish.

K.D Ushiniskiy shunday degan edi “Rasmni ko’rganda soqov ham tilga

kiradi”, Fransuz faylasufi Didro, bundan qariyb 300 yil avval, “Qaysi bir mamlakatda

rasm chizishni o’qish yozish kabi bilsalar, bu mamlakat barcha sohalarda har qanday

mamlakatni quvib yetadi va ortda qoldiradi” degan edi.

Ma’lumki ta’lim –tarbiya jarayonida boshlang’ich sinflar ta’limi alohida

bosqich bo’lib, bu davr bola shaxsini eng jadal rivojlanish davri hisoblanadi.Chunki

5-6 yoshdan 10-11 yoshgacha bo’gan davrda bola shaxsi yetuklik va o’smirlik davrida

bola shaxsi ko’rish, kuzatish, idrok etish, tasavvur va tafakkur qilishga o’rganish

jarayonidagi eng shiddatli bosqich bo’adi.

Tasviriy san’at fanining maktab o’quvchilarini o’qitishda eng avvalo

tasviriy san’at turlari: rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik, rassomning ish qurollari,

chiziqlar va shakllar, bo’yoqlar , ranglar haqida boshlang’ich ma’lumot berilmaydi.

O’quvchilar bu ma’lumotlarni olgandan so’ng rasmni qanday chizish, rasm daftariga

qanday joylashtirish kerakligi haqida avval nazariy bilim berib so’ngra uni

amaliyotda qo’llash va bundan tashqari chizmoqchi bo’lgan biror narsani kuzatish,

o’lchash va to’g’ri joylashtirish kerakligi haqida afsuski ma’lumot berilmaydi.

Rassomlar haqida, uni hayoti va ijodi, yaratgan asarlari haqida o’quvchilarga gapirib

o’tilmaydi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-22

Часть–3_ Март –2025

141

Mamlakatimiz ko’plab maktablarida quyidagi muammolarga duch

kelamiz.Tasviriy san’at fanini boshlang’ich sinflarda o’z mutaxassisi o’tkazmaganligi

sababli o’quvchilar tasviriy san’at fani nimani o’rgatadi, ranglar haqida, rasm

chizishda nimalarga e’tibor beriladi, palitra nima, o’quv qurollarini yaxshi

bilishmaydi, chiziqlar, shakllar, bo’yoqlar, asosiy ranglar, rasm chizishda

ketmaketlikda ya’ni bosqichma-bosqich chizish kerakligi haqida ma’lumotga ega

emaslar.O’quvchilargatasviriy san’at fanini boshlang’ich sinfdan o’z mutaxassisi

o’tgani ma’qul.Bugungi kunda o’quvchilar rasm chizib bo’yashda faqat qalamlar

bilan chegaralanib qolmoqda.

Ko'pgina mamlakatlar bir necha yillardan beri tibbiy ta'limda 3D

texnologiyalardan foydalanishni amaliyotga tatbiq etmoqda. Masalan, Rossiyaning

ba'zi tibbiyot universitetlari inson tanasini tasvirlash uchun zamonaviy

texnologiyalardan foydalanadilar - Pirogovning interaktiv anatomik jadvali. Ushbu

dasturning imkoniyatlari orasida inson tanasining real o'lchamdagi 3D modeli,

shuningdek, inson tanasining 4000 dan ortiq ob'ektlarining lobar va segmentar

tuzilishi, intraorgan tuzilmalari va ligamentli apparatlar; 3D tanasi modelining 12 ta

tafsilotlar darajasi; 3D ob'ektlar bilan interfaol ishlash; ob'ektlarning nomi va tavsifi

bilan maslahatlar kiritilgan. Tasviriy san’at fanisiz mazkur dasturni ishlab chiqish

mutlaqo imkonsiz.

Tasviriy san’at fani haqida ma’lumotlar radio va televiniyelarda berilishi

sust.Maktablarda tasviriy san’at fani haftasiga boshlang’ich sinlardan to yuqori sinflar

o’quvchilari uchun 1 soatdan berilgan.O’quvchilar bilan savil-javob qilinganda

tasviriy san’at fanini ko’proq o’tilishini talab qilmoqda.

Tasviriy san’at fanini o’rganish orqali o’quvchilar borliqni idrok etadi va

estetik didi o’sadi.Hamda san’atni bilish orqali boshqa fanlarni o’zlashtirishda zamin

bo’adi.

Respubilkamizning qator viloyat, shahar, tumanlarida yoshlarga tasviriy

sana’tni o’qitish bo’yicha maxsus san’at va musiqa maktablari ochilib, iste’dodli

yoshlarga tasviriy sana’atdan chuqurlashtirilgan bilim va malakalar berish keng yolga

qo’yilgan.Bundan tashqari rasmni kompyuterda chizish turlari mavjud.Misol qilib


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-22

Часть–3_ Март –2025

142

aytadigan bo’lsak Corel DRAW, PHOTO SHOP, 3D MAX, Kompyuter dizayneri va

boshqalar.Oliy o’quv yurtlarida tasviriy sana’atni o’qitish metodikasi , nazariyasi va

tarixi bo’yicha magstratura va aspiranturalar ochilmoqda.U yerda xalqimizning

iste’dodli yoshlari bilim olib jahonga mashhur rassom, san’atshunos pedagog olimlar

bo’lib yetishib chiqib O’zbekiston tasviriy sa’natini jahon san’ati darajasiga olib

chiqishdek sharafli va ma’suliyatli vazifani amalga oshirmoqdalar.

XULOSA

Xulosa o’rnida shuni aytib o’tish kerak tasviriy san’at fanida borliqni idrok

etish,o’quvchilarning estetik idroki, didi, mazkur sohaga doir tushunchalari , tasavvur

va xotiralarni o’stirishda muhim rol o’ynaydi. Borliqni idrok etish mashg’ulotlari

odatda mavzuli kompozisiyalarni bajarishdan oldin o’tkazilib, unda tabiatdagi va

tevarak atrofdagi nafislik va go’zallikni ko’ra bilish, idrok etish natijasida olingan

tassurotlardan amaliy, badiiy-ijodiy faoliyatlarda foydalanish nazarda tutiladi.

San’atshunoslik bo’limi o’quvchi shaxsining estetik rivojiga ko’maklashib, uni jahon

madaniyatining buyuk durdonalari va san’at asrlari orqali tevarak-atrofdagi hayot

go’zalliklari bilan tanishtiradi.Badiiy didni shakllantiradi, san’atni sevishga o’rgatadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

1.

Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. T Sharq.1997

2.

Abdirasilov S. Tasviriy san’at fanini o’qitish metodikasi.T Ilm-Ziyo, 2011

3.

Abdirasilov S, Xasanov.M Rasm o’qitish metodikasi .T Iqtisod-moliya, 2010

4.

B.N.Oripov Tasviriy san’at va uni o’qitish metodikasi.Toshkent Ilm-Ziyo 2005

5.

Закиров, Д. У. (2020). ЭКОЛОГИК ТАЪЛИМДА МАНТИҚИЙ

ФИКРЛАШ

ВА

МУСТАҚИЛ

ТАЪЛИМДАН

УНУМЛИ ФОЙДАЛАНИШНИ

РИВОЖЛАНТИРИШ УСУЛЛАРИ. Биология ва экология электрон журнали,

4(2).

6.

Д. А. Татаева, & Д. У. Закиров (2021). ЭФФЕКТЫ ЭКОЛОГИЧЕСКОГО

ВОСПИТАНИЯ В ОБЩЕОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ШКОЛАХ, ЭКСКУРСИЯ

ДЕТЕЙ К ПРИРОДЕ. Academic research in educational sciences, 2 (12), 14131418.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-22

Часть–3_ Март –2025

143

7.

Алланазарова, И., & Закиров, Д. (2021). ЭФФЕКТИВНЫЕ СПОСОБЫ

ИСПОЛЬЗОВАНИЯ 3D-ТЕХНОЛОГИЙ ПРИ ПРОВЕДЕНИИ ЗАНЯТИЙ

КУРСА:«АНАТОМИЯ ЧЕЛОВЕКА» В ПЕДАГОГИЧЕСКИХ ВУЗАХ.

Academic research in educational sciences, 2(11), 404-411.