MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–3_Март –2025
108
“BOLALAR VA O’SMIRLARDAGI AGRESSIVLIKNING
NAMOYON BO’LISH SABABLARI’’
O’zbekiston Respublikasi Milliy Universiteti 2-bosqich magistranti
Bo’riyeva Madina Abdullayevna
ANNOTATSIYA:
Mazkur maqola bolalar va o'smirlardagi agressivlikning
asosiy sabablarini tahlil qilishga bag'ishlangan. Tadqiqotda agressiv xulq-atvorning
rivojlanishiga biologik, psixologik, va ijtimoiy omillar ta'sir qilishi ko'rib chiqilgan.
Mavzuga oid ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish asosida, maqolada oiladagi
munosabatlar, tengdoshlar ta'siri, maktab muhitidagi muammolar, hamda ijtimoiy
tarmoqlar va ommaviy axborot vositalarining rolini o'rganish natijalari taqdim
etilgan. Tadqiqotda o'smirlarning agressivlik darajasi ularning rivojlanishiga ta'sir
qiluvchi ekologik faktorlar, masalan, oilaviy stress, ta'lim muassasalaridagi xatti-
harakat qoidalari va do'stlar bilan aloqalar orqali o'zgarishi aniqlangan.
Shuningdek, maqolada o'smirlardagi agressivlikni kamaytirish bo'yicha tavsiyalar
keltirilgan. Bu tavsiyalar oilada o'quvchi bilan muloqotni yaxshilash, maktabda
psixologik yordam ko'rsatish, va ijtimoiy dasturlar orqali agressivlikni oldini olishga
qaratilgan. Tadqiqot, bolalar va o’smirlarda agressivlikni kamaytirish uchun
samarali strategiyalarni ishlab chiqishda va ularni amaliyotga joriy qilishda muhim
ilmiy asos yaratadi.
Kalit so’zlar:
Agressivlik, ruhiy salomatlik, ijtimoiy tarmoqlar, tengdoshlar
ta’siri, stress, travma, psixologik yordam, agressivlik darajasi.
АННОТАЦИЯ
: Данная статья посвящена анализу основных причин
проявления агрессивности у детей и подростков. В исследовании
рассматриваются биологические, психологические и социальные факторы,
влияющие на развитие агрессивного поведения. На основе анализа научной
литературы в статье представлены результаты исследования роли семейных
отношений, влияния сверстников, проблем в школьной среде, а также
социальных сетей и средств массовой информации. В ходе исследования было
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–3_Март –2025
109
установлено, что уровень агрессивности у подростков изменяется в
зависимости от экологических факторов, таких как семейный стресс,
школьные дисциплинарные проблемы и отношения с друзьями. Также в статье
представлены рекомендации по снижению агрессивности среди подростков,
включая улучшение взаимодействия с детьми в семье, предоставление
психологической помощи в школах и использование социальных программ. Это
исследование создает научную основу для разработки эффективных
стратегий по снижению агрессивности у детей и подростков и их внедрению
на практике.
Ключевые слова
: Агрессия, психическое здоровье, социальные сети,
влияние сверстников, стресс, травма, психологическая помощь, уровень
агрессии.
ABSTRACT:
This article is dedicated to analyzing the main causes of
aggression in children and adolescents. The study examines biological,
psychological, and social factors influencing the development of aggressive behavior.
Based on the analysis of scientific literature, the article presents the results of the
study on the role of family relationships, peer influence, school-related issues, and
the impact of social media and mass media. The research findings indicate that the
level of aggression in adolescents is influenced by environmental factors such as
family stress, school disciplinary issues, and peer relationships. Additionally, the
article provides recommendations for reducing aggression in adolescents, including
improving communication within families, offering psychological support in schools,
and implementing social programs. This research establishes a scientific foundation
for developing and implementing effective strategies to reduce aggression in children
and adolescents.
Keywords
: Aggression, mental health, social media, peer influence, stress,
trauma, psychological support, aggression level.
Ushbu maqola bolalar va o‘smirlardagi agressiv xatti-harakatlarning
sabablari va ularni keltirib chiqaruvchi omillarni tahlil qilishga bag‘ishlangan.
Tadqiqot bolalar va o‘smirlarning psixologik va ijtimoiy rivojlanishidagi muhim
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–3_Март –2025
110
davrni qamrab oladi va agressivlikning shakllanishida oila, maktab muhiti, jamiyat,
shuningdek, genetik va biologik omillarning ta'sirini o‘rganadi.
Agressivlik
bu biror
kishiga yoki jismoniy ob'ektga zarar yetkazishga qaratilgan xatti-harakatlardir.
Agressiv xulq har xil shakllarda ko‘rinishi mumkin: jismoniy (to‘qnashuvlar,
urishlar), og‘zaki (ta’qib qilish, haqoratlash) va psixologik (tahdidlar, qo‘rqitish).
O‘smirlar orasida agressivlik ko‘pincha ruhiy yoki jismoniy zo‘ravonlik sifatida
paydo bo‘ladi. Bu holatni keltirib chiqaradigan asosiy omillar — stress, oilaviy
muammolar, do‘stlar ta’siri, maktab muhitidagi konfliktlardir.
Bolalik davrida
agressivlik
: Dastlabki yoshda bolalar o‘z his-tuyg‘ularini boshqarish uchun zarur
vositalarga ega emaslar, shuning uchun agressivlik ularning ijtimoiy rivojlanishining
bir qismi bo‘lishi mumkin.
O‘sish va o‘smirlik davrida
: O‘smirlikda gormonal
o‘zgarishlar va tashqi muhitning ta’siri bilan agresivlikning darajasi oshishi mumkin.
Agressivlik o‘zini jamiyatda tan olish, o‘zini ifoda etish yoki g‘alaba qozonish istagi
sifatida namoyon bo‘lishi mumkin.
Moffitt va Caspi (2001)
tadqiqotida, agressivlikning biologik va psixologik
aspektlari o‘rganilgan va bu xatti-harakatlarning genetik omillar bilan bog‘liq
ekanligi aniqlangan. Tadqiqotda o‘smirlarda gormonal o‘zgarishlar va ruhiy holatlar
agressivlikni kuchaytirishi mumkinligi ko‘rsatilgan.
Tatar va Jaffee (2021)
tadqiqotida o‘smirlar orasidagi agressivlikni rivojlantiruvchi ekologik omillar,
masalan, oilaviy zo‘ravonlik, tengdoshlar ta’siri va maktab muhitidagi stresslar
keltirilgan.
Psixologik va sotsiologik yondashuvlar:
Agressivlikni kamaytirish bo‘yicha
psixologik yondashuvlar
- bunga o‘smirlarning o‘z his-tuyg‘ularini boshqarishga
o‘rgatish, psixoterapiya va oilaviy maslahatlar kiradi. Shuningdek,
maktab muhitida
agressivlikni kamaytirish
uchun maxsus dasturlar ishlab chiqilgan.
Sotsiologik
yondashuvlar
- ijtimoiy muhitning, jumladan, oilaviy aloqalar, do‘stlar va ijtimoiy
tarmoqlarning agressivlikka ta’sirini kamaytirish maqsadida, maktablarda va jamoada
xavfsiz va qo‘llab-quvvatlovchi muhit ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir.
Ijtimoiy tarmoqlar
o‘smirlar orasida agressiv xulqni kuchaytirishi mumkin
bo’lgan asosiy omillardan biridir. O‘smirlar ijtimoiy tarmoqlar orqali o‘zlarini
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–3_Март –2025
111
boshqalarga taqqoslaydilar, bu esa qahramonlik yoki kuchli bo‘lishga intilishdagi
agressivlikka olib kelishi mumkin.
Ommaviy axborot vositalari
, xususan,
zo‘ravonlik va agressivlikni namoyish qiluvchi filmlar va seriallar, bolalar va
o‘smirlarning xulq-atvoriga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, shuning uchun ommaviy axborot
vositalarida namoyish etilayotgan narsalarga diqqatliroq bo’lish lozim, ota va onalar
farzandlari ekranlar orqali nima tomosha qilayotganidan doim boxabar bo’lishlari
talab qilinadi.
O’smirlarda agressivlikni kamaytirishda eng muhim o’rin egallovchi
tuzilmalar bular oila davrasi va maktabdir. Oilaviy yondashuv
da agressivlikni
kamaytirish uchun, ota-ona o‘smirlar bilan ijobiy muloqot qilishi, oilada kuchli sevgi
va qo‘llab-quvvatlovchi muhit hosil qilishi zarur. Chunki o’smir yoshidagi bolalar
ko’p hollarda o’zlarini yolg’iz his qilishlari, ko’p hollarda o’zlariga e’tibor
yetishmagandek ko’rishlari sbabli ham agrsessiyaga berilishlari ham haqiqatdan uzoq
emas. Buning uchun ham ota- onalar farzandlari va bir-birlari bilan do’stona
munosabat o’rnatishlari maqsadga muvofiqdir.
Maktabdagi yondashuvda
esa
agressiv xulq-atvorni kamaytirish uchun maxsus psixologik dasturlarni amalga
oshirish va o‘smirlarni o‘z xatti-harakatlarini boshqarishga o‘rgatish kerak, bundan
tashqari, o’zining agressiv xulqi bilan boshqa bolalardan ajralib turuvchi bolalarni
alohida to’plagan holda faollar zalida ularga bu holni ifodalovchi turli videoroliklar
namoyish etib, ularning bu holatga bo’lgan reaksiyasini ko’rish ham mumkin.
Agressiv xatti-harakatlarning paydo bo‘lishida oilaviy muhitning roli katta
ekanligi ta’kidlanadi. Oilada zo‘ravonlik, beparvolik yoki haddan tashqari
qattiqqo‘llik bolalar psixikasiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, ularda agressiv reaksiyalarni
keltirib chiqarishi mumkin. Bundan tashqari, bolalarning tengdoshlari orasidagi
salbiy tajribalar, masalan, kamsitish yoki qabul qilinmaslik hissi ham agressiv
xulqning shakllanishiga turtki beradi.
Oiladagi muhit va ota-onalarning farzandga bo‘lgan munosabati uning
shaxsiy rivojlanishi, hissiy barqarorligi va xulq-atvorini shakllantirishda muhim rol
o‘ynaydi. Agressiv xulqning shakllanishi ko‘pincha oilaviy muhit va tarbiya
usullariga bog‘liq. O‘smirlik davridagi agressiv xulqni aniqlash va uning oldini olish
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–3_Март –2025
112
bugungi kundagi dolzarb masalalardan biridir.Oilaviy muhitning psixologik
sog‘lomligi farzandlarning hissiy rivojlanishida hal qiluvchi ahamiyatga ega. Masalan
,oilada mehribonlik va qo‘llab-quvvatlashning yetishmasligi bolalarda agressiv
xulqni kuchaytiradi. Shuningdek, oiladagi konfliktlar, zo‘ravonlik yoki haddan
tashqari nazorat farzandlarning ichki qarama-qarshiliklarini kuchaytirib, o‘zini ifoda
qilishda agressiyaga olib kelishi mumkin. Haddan tashqari qattiqqo‘llik va jazolash
tarbiyaviy usuli bolalarda qarshilik ko‘rsatish, hissiy o‘zini himoya qilish kabi salbiy
xulqni shakllantiradi yoki bo’lmasa ota-onaning befarqligi va e’tibor yetishmasligi
farzandlarning ijtimoiy moslashuvchanligiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, ularni
tajovuzkorlikka moyil qiladi. Hozirgi davrga kelib bu muommalar o’ta dolzarbdir.
Zamonaviy texnologiyalar va ijtimoiy tarmoqlar oilaviy munosabatlarga sezilarli
ta’sir ko‘rsatmoqda. “Oilada konfliktologiya asoslari” kitobida qayd etilishicha, ota-
onalar farzandlariga yetarli darajada vaqt ajratmasligi va muloqotning kamayishi
ularning hissiy masofalanishiga olib keladi. Bundan tashqari, ijtimoiy tarmoqlarning
salbiy ta’siri tufayli o‘smirlarning agressiv xatti-harakatlari kuchaymoqda. Bunday
vaziyatlarning oldini olish uchun nima qilish zarur?
Quyidagilar eng samarali usullardir:
1. Ijobiy muloqot: Ota-onalar farzandlarini diqqat bilan tinglashlari va ularga
mehr ko‘rsatishlari lozim.
2. Qattiq nazoratdan qochish: Farzandlarga erkinlik berish, lekin ular
faoliyatini kuzatish orqali tarbiyaviy balansni saqlash kerak.
3. Oiladagi mehribonlik va ota - onaning farzandlariga bo’lgan ishonch.
Ota-ona va farzandlar o‘rtasidagi sog‘lom munosabatlar o‘smirlarning
rivojlanishi va agressiv xulqning oldini olishda muhim ahamiyatga ega. Ilmiy
manbalarga asoslanib aytish mumkinki, oiladagi mehribonlik, ijobiy muloqot va
moslashuvchan tarbiya farzandlar rivojlanishini sog‘lom yo‘nalishga olib boradi. Bu
jamiyatda barkamol avlodni tarbiyalash uchun zarurdir.
XULOSA
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–3_Март –2025
113
O‘smirlar orasidagi agressivlik – bu ijtimoiy va psixologik omillar ta’sirida
shakllanadigan murakkab xulq-atvor bo‘lib, biologik, oilaviy, ijtimoiy va shaxsiy
omillarning birikmasi sifatida namoyon bo‘ladi. Agressiv xatti-harakatlar
o‘smirlarning rivojlanish jarayonida qiyinchiliklar, stress, psixologik travmalar va
tengdoshlar ta’siri orqali kuchayishi mumkin. O‘smirlar uchun tengdoshlar
guruhidagi agressiv xulqni qabul qilish, oilaviy zo‘ravonlik, ruhiy salomatlik
muammolari kabi omillar agressivlikning rivojlanishiga bevosita ta’sir qiladi.
Ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalarining zo‘ravonlikni idealizatsiyalash
yoki o‘smirlarning salbiy ta’siriga olib kelishi, o‘smirlarning xulqini yana ham
kuchaytirishi mumkin. Agressivlikning oldini olish va boshqarishda psixologik
yordam, psixoterapevtik yondashuvlar, ijtimoiy-emotsional o‘qitish va oila
muhitidagi qo‘llab-quvvatlashni ta’minlash samarali vositalar hisoblanadi.
Shuningdek, ijtimoiy dasturlar va maktablarda olib boriladigan preventiv chora-
tadbirlar, o‘smirlarning o‘zini ifoda etishning ijobiy usullarini o‘rgatish va
konfliktlarni hal etish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Tadqiqotlar
shuni ko‘rsatadiki, bu kabi kompleks yondashuvlar o‘smirlarda agressivlikni samarali
ravishda kamaytirish va ularning sog‘lom rivojlanishiga hissa qo‘shadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Matyushkin, M.V. (2003). Oilaviy tarbiyaning psixologik asoslari. Moskva.
2. Krech, G. (1988). Oilaviy psixologiya. Moskva: Prospekt.
3. Shafirov, Sh. (2020). Oilada konfliktologiya asoslari. Toshkent: Yangi Asr Avlodi.
4. Baumrind, D. (1966). Effects of authoritative parental control on child behavior.
Child Development.
5. Seligman, M. (2002). Positive Psychology. Oxford University Press.
6.Moffitt, T. E., & Caspi, A. (2001). "Traits and causes of aggressive behavior in
children."
Clinical Child Psychology Review, 4
(3), 237-249.
7.Lansford, J. E., et al. (2014). "Peer relationships and aggressive behavior in
adolescence."
Development and Psychopathology, 26
(2), 539-552.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–3_Март –2025
114
8.Cohen, J., & Wills, T. A. (1985).
"Stress, social support, and the buffering
hypothesis
." Psychological Bulletin, 98(2), 310-357.