Authors

  • Karimova Munisa Lazizjon qizi
  • Rahmаnova Firuza Erdanovna

Author Biographies

  • Karimova Munisa Lazizjon qizi

    Samarqand Davlat Tibbiyot universiteti talabasi

  • Rahmаnova Firuza Erdanovna

    Samarqand Davlat Tibbiyot universiteti o`qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.119397

Keywords:

lavanda glikozidlar dorivor xususiyati mikroblarga qarshi yallig`lanishga qarshi farmakologik ahamiyati

Abstract

Ushbu maqolada dorivor lavanda (Lavandula) o`simligi o`rganilgan bo`lib, u Lavanda turkumi,labgullilar oilasiga mansub yarim buta.O`simlikning vatani o`rta yer dengizining Fransiya va Ispaniya qirg`oqlari hisoblanadi. O`simlik tabiiy holatda yevropaning hamma joylarida, Shimoliy Afrika va Shimoliy Amerikada ekiladi. Ushbu o`simlik farmakologiya va kosmetalogiyada qo`llaniladi. Lavanda tarkibida turli xil biologik faol moddalar,jumladan,glikozidlar mavjud bo`lib,ular organizmga terapevtik ta`sir ko`rsatadi. Ushbu maqolada lavanda glikozidlarining ahamiyati va ularning dorivor xususiyatlari tahlil qilinadi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-22

Часть–3_ Март –2025

28

DORIVOR LAVANDA GLIKOZIDLAR SIFATIDA AHAMIYATI

Karimova Munisa Lazizjon qizi

Samarqand Davlat Tibbiyot universiteti talabasi

Rahmаnova Firuza Erdanovna

Samarqand Davlat Tibbiyot universiteti o`qituvchisi

Annotatsiya: Ushbu maqolada dorivor lavanda (Lavandula) o`simligi

o`rganilgan bo`lib, u Lavanda turkumi,labgullilar oilasiga mansub yarim

buta.O`simlikning vatani o`rta yer dengizining Fransiya va Ispaniya qirg`oqlari

hisoblanadi. O`simlik tabiiy holatda yevropaning hamma joylarida, Shimoliy Afrika

va Shimoliy Amerikada ekiladi. Ushbu o`simlik farmakologiya va kosmetalogiyada

qo`llaniladi. Lavanda tarkibida turli xil biologik faol moddalar,jumladan,glikozidlar

mavjud bo`lib,ular organizmga terapevtik ta`sir ko`rsatadi. Ushbu maqolada lavanda

glikozidlarining ahamiyati va ularning dorivor xususiyatlari tahlil qilinadi.

Kalit so`zlar:lavanda, glikozidlar, dorivor xususiyati,mikroblarga qarshi,

yallig`lanishga qarshi,farmakologik ahamiyati

Kirish

: Labgullilar oilasiga mansub o`simliklar orasida lavanda o`zining

shifobaxsh xususiyatlari bilan mashhur.Lavandaning hozirda 30dan ortiq tur, o`nlab

kenja turlar va yuzlab gibrid navlar aniqlangan. Lavandaning 4ta asosiy turi bo`lib,

ular ichida sovuqqa chidamli, turli xil jozibali navlarga ega bo`lgan va gulining go`zal

ranggi bilan ajralib turadigan Lavanda vera deb nomlanadigan turi ham

mavjud.Lavandaning foydalari bo`yicha o`tkazilgan tadqiqotlar uning tug`riq

og`rig`ini sezilarli darajada kamaytirishi,uyqu sifati va uyqusizlik muolajasi,hamda

qonning shakar darajasiga foydali ta`sir ko`rsatishi aniqlandi. Lavanda uzoq vaqtdan

beri dorivor maqsadlarda qo`llanilgan. Rimliklar lavandani vannaga qo`shish uchun

ishlatilgan, o`rta asrlarda esa u eng qimmatbaho efir moyi o`simliklaridan biri bo`lib,

atir va sovun tayyorlashda ishlatilgan. Lavanda o`simligi ko`plab bioaktiv

o`simliklarni,jumladan, efir moylari,glikozidlarni o`z ichiga oladi. Glikozidlar


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-22

Часть–3_ Март –2025

29

murakkab organik moddalar bo`lib, uglevod va aglikon qismidan tashkil topgan.

Lavandada quyidagi glikozidlar uchraydi:

1.Luteolin-7-O-glikozid: yallig`lanishga qarshi va antioksidant xususiyatlarga

ega.

2.Apigenin-7-O-glikozid: yurak-qon tomir tizimini qo`llab-quvvatlovchi

ta`sirga ega.

3.Hesperidin: qon-tomirlarni mustahkamlovchi glikozid.

Hesperidin

va

boshqa

flavonoid

glikozidlar

yurak

mushaklarini

mustahkamlaydi, qon aylanishini yaxshilaydi va qon bosimini me`yorlashtirishga

yordam beradi. Luteolin-7-O-glikozid va apigenin-7-O-glikozid yallig`lanishni

kamaytirish xususiyatiga ega. Bu ta`sir artrit,astma va yurak kasalliklarining oldini

olishda muhim ahamiyat kasb etadi. Lavanda o`zining tinchlantiruvchi ta`siri bilan

mashhur. Uning tarkibidagi glikozidlar asab tizimini tinchlantiradi, uyqusizlik va

stressni kamaytirishga yordam beradi. Lavanda barglari va gullaridan tayyorlangan

damlama glikozidlarning organizmga tabiiy ravishda singdirilishini ta`minlaydi. Buni

natijasida asab tizimini tinchlantirishi, uyqu sifatini yaxshilashi, ovqat hazm qilishni

yaxshilashi uchun ishlatiladi va yana lavanda glikozidlari asosidagi malham va

kremlar teriga yallig`lanishga qarshi va tiklovchi ta`sir ko`rsatadi.

Xulosa

:Lavanda tarkibidagi glikozidlar dorivor ahamiyatga ega

bo`lib,organizmga ko`plab foydali ta`sirlarni ko`rsatadi. Ular yallig`lanishga qarshi,

tinchlantiruvchi va yurak faoliyatini qo`llab-quvvatlovchi xususiyatlari bilan ajralib

turadi. Shuning uchun lavanda ekstraktlar va efir moylari tibbiyot,kosmetologiya va

farmakologiyada keng qo`llaniladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

Тургунов Д. Э., Рахманова Ф. Э., Каржавов А. Р. ТЕРАПЕВТИЧЕСКОЕ

ПРИМЕНЕНИЕ И ТОКСИЧНОСТЬ ШАФРАНА //Universum: медицина и

фармакология. – 2023. – №. 4-5 (98). – С. 47-51.

Мамадиярова Х., Юсупова С., Рахманова Ф. ОБ ИЗУЧЕНИИ ПРОЦЕССА

ПОЛУЧЕНИЯ ДЕФОЛИАНТА НА ОСНОВЕ ХЛОРАТА НАТРИЯ И

АМИНОГУАНИДИНФОСФАТА. – 2021.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-22

Часть–3_ Март –2025

30

Erdanovna R. F. et al. DORIVOR OSIMLIKLARNING YURAK GLIKOZIDLARI

SIFATIDA TASIRI VA QOLLANILISHI //IJODKOR O'QITUVCHI. – 2025. – Т.

4. – №. 46. – С. 71-73.

Рахмонова

Ф.

Э.

НЕЙРОПРОТЕКТИВНЫЕ,

ГИПОТЕНЗИВНЫЕ,

АНТИГИПОКСИЧЕСКИЕ СВОЙСТВА ШПИНАТА //O'ZBEKISTONDA

FANLARARO INNOVATSIYALAR VA ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI. –

2025. – Т. 3. – №. 36. – С. 212-216.

Рахмонова Ф. Э. и др. ПОЛЕЗНЫЕ СВОЙСТВА ИМБИРЯ ДЛЯ ОРГАНИЗМА

//INTERNATIONAL JOURNAL OF RECENTLY SCIENTIFIC RESEARCHER'S

THEORY. – 2024. – Т. 2. – №. 4. – С. 22-27.

Рахманова Ф. Э. ЖАРОПОНИЖАЮЩИЕ, ОТХАРКИВАЮЩИЕ И

АНТИГЕЛЬМИНТНЫЕ СВОЙСТВА ШПАТА //PEDAGOG. – 2025. – Т. 8. – №.

2. – С. 135-138

Рахмонова Ф. Э. ЦЕННЫЙ ЛЕКАРСТВЕННЫЙ СОСТАВ РУККОЛЫ,

ПОЛОЖИТЕЛЬНО ДЕЙСТВУЮЩИЙ НА ОРГАНИЗМ //JOURNAL OF

INTERNATIONAL SCIENTIFIC RESEARCH. – 2025. – Т. 2. – №. 6. – С. 129-

136.