MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–3_ Март –2025
18
DUDUQLANISHNING NEVROTIK VA NEVROZGA O’XSHASH
SHAKILLARI BILAN; OVOZ BUZILISHLARI, RINOLALIYADA OLIB
BORILADIGA MASSAJ
Jizzax davlat pedagogiga unversiteti
Pedagogika va psixologiya fakulteti
Maxsus pedagogika logopediya
yo‘nalishi 511-21(402)-guruh
talabasi Muxammadjonova Azizaxon Asqarbek qizi
Annotatsiya: ushbu maqolada duduqlanishning nevrotik va nevrozga
o’xshash shakillari bilan olib boriladigan massa va texnikalari, rinolaliya va ovoz
buzilishlarida qo’llanilishi mumkin bo’lgan massaj turlari va ularning ahamiyati
haqida qisqacha bayon etilgan. Bolalar uchun massaj jarayonlarining foydali
tomonlari juda ko’p va keltirilgan massaj texnikalari va usullari yuqoridagi
nuqsonlar uchun eng qulayi va foydalilari hisoblanadi.
Kalit so‘zlari: duduqlanish, nevroti, nevrozsimon, rinolaliya, ovoz
buzilishlari, artikulyatsiya massaj, diafragmal rag’batlantirish, larinks (hiqildoq)
massaji, reflektor massaj, muskullar relaksatsiyasi massaji
Abstract: This article briefly describes the types of massage and techniques
used in the treatment of neurotic and neurosis-like forms of stuttering, the types of
massage that can be used in rhinolalia and voice disorders, and their importance.
The benefits of massage procedures for children are many, and the massage
techniques and methods presented are the most convenient and useful for the above
defects.
Key words:
stuttering, neurotic, neurosis-like, rhinolalia, voice disorders,
articulation massage, diaphragmatic stimulation, larynx (larynx) massage, reflex
massage, muscle relaxation massage
Аннотация: В данной статье кратко описаны масса и техника
невротических и невротоподобных форм заикания, виды массажа, которые
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–3_ Март –2025
19
можно применять при ринолалии и нарушениях голоса, их значение. Пользы
массажных процедур для детей много, а упомянутые приемы и методы
массажа являются наиболее удобными и полезными при вышеперечисленных
дефектах.
Ключевые слова:
заикание, невротик, невротик, ринолалия, нарушения
голоса, артикуляционный массаж, стимуляция диафрагмы, массаж гортани
(гортани), рефлекторный массаж, миорелаксационный массаж.
Mamlakatimizda bolalar anomaliyasining oldini olish yuzasidan ko’pgina
choralar ko’rilmoqda. Bu sohada anchagina yutuqlarga ham erishildi. O’zbekiston
Respublikasida aholini davolash profilaktika yordamida kengaygani ham medisina
sohasidagi katta yutuqlar munosabati bilan anomal bolalar soni nisbatan kamaydi.
Bolalarning chechak , o’lat, tif, vabo, traxoma, qizamiq va bolalarga xos boshqa yuqumli
kasalliklar orqasida anomal bo’lib qolishi hodisalariga tamomila deyarli barham berildi.
Irsiy omillar hamda intoksikasiya va organism shakllanayotgan paytda bosh miya,
analizatorlarning zararlanishiga olib boradigan boshqa sabablar tufayli bolaning anomal
bo’lib qolishi hollari hali ham uchrab turadi.
Duduqlanish (tutilib gapirish) — ko’pincha nutqning boshida (kam holalrda,
o’rtasida) paydo bo’ladigan artikulyatsion va hiqildoq mushaklarining spazmatik
(toritishishli) harakatlaridir, natijada bemor bir tovushda (yoki tovushlar guruhida) tutilib
qolishga majbur bo’ladi. Duduqlanishning ushbu alomatlari klonik va tonik spazmlar
bilan juda o’xshash. Klonik duduqlanishda so’z, bo’g’in va ohanglarni takroriy
shakllanishi kuzatiladi. Tonik duduqlanish tovush chiqarish to’xtashi bemor boshqa
tovushni artikulyatsiya qilishga o’tishiga imkon bermaydi.
Duduqlanish (logonevroz) ikki asosiy shaklga bo‘linadi:
1. Nevrotik duduqlanish – psixogen omillar (stress, qo‘rquv, ruhiy zo‘riqish)
ta’sirida yuzaga keladi. Bola nutqni to‘g‘ri shakllantirgandan keyin ham duduqlana
boshlaydi. Odatda, 3-7 yosh oralig‘ida paydo bo‘ladi.
2. Nevrozga o‘xshash duduqlanish – markaziy asab tizimining organik
zararlanishi natijasida yuzaga keladi. Tug‘ma yoki erta bolalik davridagi jismoniy omillar
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–3_ Март –2025
20
(boshlang‘ich bosqichda ensefalopatiya, tug‘ilish jarohatlari, infeksion kasalliklar) sabab
bo‘lishi mumkin. Nutq buzilishi doimiy va barqaror bo‘ladi.
Duduqlanish bilan ishlashda massaj muhim o‘rin tutadi, chunki u nafas va nutq
apparati mushaklarini bo‘shashtirishga yordam beradi. Quyidagi massaj usullari
qo‘llaniladi:
1. Artikulatsion massaj – til, yanoq va lab mushaklarining harakatchanligini
yaxshilash uchun amalga oshiriladi.
Barmoqlar yoki maxsus massaj vositalari bilan tilning ildizi, yon qismlari va osti
muloyimlik bilan bosib chiqiladi.
Yanoq va lablar dumaloq harakatlar bilan massaj qilinadi.
2. Nafas massaji – diafragma va qovurg‘a orasidagi mushaklarni bo‘shashtirishga
qaratilgan.
Bolani yotqizib, qorin va ko‘krak qafasiga yengil bosim bilan massaj qilinadi.
Diafragmatik nafas olishni rag‘batlantirish uchun maxsus nafas mashqlari
qo‘llaniladi.
3. Reflektor massaj – maxsus nuqtalarni rag‘batlantirish orqali asab tizimini
tinchlantirishga qaratilgan.
Bo‘yin, elka va orqa sohalarida yengil ishqalanish va bosish usullari qo‘llanadi.
Akupressura (biologik faol nuqtalar massaji) orqali asabiy taranglik pasaytiriladi.
4. Muskul relaksatsiya massaji – umumiy mushak zo‘riqishini kamaytirish uchun
qo‘llanadi.
Yuz, bo‘yin va elka sohasi engil ishqalanib, siypalab massaj qilinadi.
Vokal apparatning bo‘shashishi uchun maxsus mashqlar bajariladi.
Duduqlanishni davolashda massaj nafaqat mushaklarni bo‘shashtirish, balki asab
tizimini tinchlantirish, nutq motorikasini yaxshilash va stressni kamaytirish uchun ham
juda muhimdir. Nevrotik duduqlanishda tinchlantiruvchi va reflektor massaj samarali
bo‘lsa, nevrozga o‘xshash duduqlanishda muskul va artikulatsion massaj muhim
ahamiyatga ega.
Rinolaliya – bu nutqning buzilishi bo‘lib, unda tovushlarning burun orqali
noto‘g‘ri talaffuz qilinishi kuzatiladi. U ochiq, yopiq va aralash shakllarga bo‘linadi:
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–3_ Март –2025
21
Ochiq rinolaliya – yumshoq tanglay yaxshi yopilmaganda, tovush havosi burun
orqali chiqib ketadi.
Yopiq rinolaliya – burun bo‘shlig‘i torayishi yoki burun bitishi natijasida yuzaga
keladi.
Aralash rinolaliya – ochiq va yopiq shakllarning kombinatsiyasi.
Rinolaliyada massajning ahamiyati: Massaj terapiyasi yuz mushaklarini
mustahkamlash, artikulyatsiya apparatini yaxshilash va nafas tizimini to‘g‘ri ishlashga
o‘rgatish uchun ishlatiladi. Ayniqsa, yumshoq tanglay mushaklarini faollashtirish va
tovush hosil qilish jarayonini normallashtirish muhimdir.
Massaj turlari va texnikasi
1. Artikulatsion massaj
Rinolaliya bilan og‘rigan bolalarda til, tanglay, yanoq va lab mushaklari sust yoki
noto‘g‘ri ishlaydi. Shuning uchun artikulatsion massaj bu mushaklarni faollashtirishga
yordam beradi.
Lab va yanoq massaji:
Lab mushaklari dumaloq harakatlar bilan siypalab massaj qilinadi.
Yanoq mushaklarini harakatlantirish uchun barmoqlar yordamida bosim berib
tebratish usuli qo‘llaniladi.
2. Nafas massaji va nafas terapiyasi:
Rinolaliya bilan og‘rigan bolalarda nafas olish va chiqarish jarayoni noto‘g‘ri
bo‘lishi mumkin, bu esa tovushlarning burun orqali chiqib ketishiga sabab bo‘ladi.
Diafragmani rag‘batlantirish:
Nafas olishni chuqurlashtirish uchun qovurg‘alar orasiga yengil bosim bilan
uqalash qilinadi.
Diafragmaning harakatini mustahkamlash uchun nafas mashqlari bilan birga
bajariladi.
3. Reflektor massaj (akupressura)
Biologik faol nuqtalarga ta’sir qilib, yumshoq tanglay mushaklarini faollashtirish
va ovoz chiqarish jarayonini yaxshilash mumkin.
4. Muskullarni mustahkamlash massaji
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–3_ Март –2025
22
Ba’zi rinolaliya turlari yumshoq tanglayning sustligi bilan bog‘liq bo‘lishi
mumkin. Shuning uchun mushaklarni faollashtirish uchun maxsus texnikalar qo‘llaniladi.
Rinolaliya bilan og‘rigan bolalarda massaj yuz va artikulyatsiya mushaklarini
faollashtirish, nafas olishni yaxshilash va ovoz chiqarish jarayonini barqarorlashtirish
uchun ishlatiladi. Massaj terapiyasi logopedik mashqlar va nafas terapiyasi bilan
birgalikda olib borilganda eng yaxshi natijalarni beradi.
Ovoz buzilishlarini tuzatishda qo‘llaniladigan massaj turlari. Ovoz apparati
mushaklarini bo‘shashtirish, qon aylanishini yaxshilash va umumiy holatni yaxshilash
uchun turli massaj usullari qo‘llaniladi.
1. Bo‘yin va yoqa sohasining massaji
Ovoz apparati mushaklarining haddan tashqari taranglashuvi (gipertoniyasi) yoki
sustligi (gipotoniyasi) bo‘lsa qo‘llaniladi.
Mushaklarni bo‘shashtirish uchun ishqalash, silash, tebratish harakatlari
qo‘llanadi.
2. Larinks (hiqildoq) massaji
Ovoz paychalarining haddan tashqari zo‘riqishida yoki ovoz titrashlari
kuzatilganda yordam beradi.
Hiqildoqning yon tomonlari barmoqlar bilan yengil bosib massaj qilinadi.
3. Mimika mushaklari massaji
Ovoz chiqarishda yuz mushaklari ham faol ishtirok etganligi sababli, ularni
bo‘shashtirish muhim.
Yuzni silash, yengil ezish harakatlari bajariladi.
4. Til osti va jag‘ massaji
Nutq va ovoz apparatini yaxshiroq harakatlantirish uchun til osti mushaklari ham
massaj qilinadi.
Barmoqlar bilan til osti sohasi yengil bosiladi va aylana harakatlar bilan massaj
qilinadi.
5. Diafragma massaji
To‘g‘ri nafas olish va ovozni to‘g‘ri chiqarish uchun qo‘llaniladi.
Qorin sohasi yengil bosilib, silash va ezish harakatlari bajariladi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-22
Часть–3_ Март –2025
23
Ovoz massajlari maxsus nafas mashqlari va fonopedik mashqlar bilan birga
qo‘llanganda yanada samarali natija beradi. Agar ovoz buzilishlari uzoq davom etsa,
mutaxassis-logoped yoki foniatrga murojaat qilish tavsiya etiladi.
Xulosa qilib shuni aytishim mumkinki duduqlanishda,rinolalik bolalarda va ovoz
buzilishlari bo’lgan bolalarda massaj turlari asosan artikulyatsiyani yaxshilashga, nafas
olishni to’g’irlashga, reflektr massajlar va hiqildoq massajlari, yumshoq tanglay
massajlari va boshqa turdagi massaj turlari keltirilgan. Massaj terapiyasi logopedik
mashqalar va nafas terapiyasi bilan olib borilsa yaxshi natija beradi. Yuqoridagi nuqsonlar
yuzasidan massaj olib boorish tartibi va usullari, texnikalari ko’rsatib o’tilgan.
ADABIYOTLAR:
1.
1. O’zbekiston Respublikasining “Talim to’g’risida” si qonun T....2020
2.
L.R.Mo‘minova, Sh.T.Karimova Logopedik massaj.-Т.: O‘zbekiston faylasuflar
milliy jamiyati, 2018
3.
X.M.Po‘latova Logopedik massaj o‘quv qo ‘llanma- Т.: TDPU, 2013
4.
Ayupova M.Y. Logopediya – Т.: O‘zbekiston faylasuflar milliy jamiyati, 2007
5.
Дякова Ye.А Логопедический массаж. – М.: Академия, 2003
6.
Internet saytlari.
JDPU.uz
www. tdpu. Uz
www. pedagog. Uz
www. Ziyonet. uz