Authors

  • Maxammadiyeva Sevara Otabek qizi
  • Umarova Dilafruz Anvarovna

Author Biographies

  • Maxammadiyeva Sevara Otabek qizi

    Shahrisabz davlat pedogogika instituti

    Boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi talabasi

  • Umarova Dilafruz Anvarovna

    Boshlangʻich taʼlim nazariyasi kafedrasi

    Assistent oʻqituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.85428

Keywords:

integratsiya boshlang‘ich ta’lim tarmoqlararo bog‘liqlik kompetensiya ta’lim texnologiyalari integrallashgan dars

Abstract

Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’lim tizimida fanlar integratsiyasi jarayoni, uning didaktik asoslari, shakllari va zamonaviy ta’limdagi roli tahlil qilinadi. Shuningdek, integratsiyalashgan ta’limning afzalliklari, muammolari va ularni bartaraf etish yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Maqola amaliy misollar asosida boyitilgan hamda ilg‘or xorijiy tajribalar bilan solishtirilgan.                                                                               


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–4_ Май –2025

27

BOSHLANG’ICH TA’LIMDA FANLAR INTEGRATSIYASINING

NAZARIYASI VA AMALIYOT

I

Shahrisabz davlat pedogogika instituti

Boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi talabasi

Maxammadiyeva Sevara Otabek qizi

E-mail:

sevaramaxammadiyeva74@gmail.com

Boshlangʻich taʼlim nazariyasi kafedrasi

Assistent oʻqituvchisi

Umarova Dilafruz Anvarovna

E-mail:

umarovadilaftuz@gamil.com

Annotatsiya:Ushbu

maqolada boshlang‘ich ta’lim tizimida fanlar

integratsiyasi jarayoni, uning didaktik asoslari, shakllari va zamonaviy ta’limdagi roli

tahlil qilinadi. Shuningdek, integratsiyalashgan ta’limning afzalliklari, muammolari

va ularni bartaraf etish yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Maqola amaliy misollar asosida

boyitilgan hamda ilg‘or xorijiy tajribalar bilan solishtirilgan.

Kalit so‘zlar: integratsiya, boshlang‘ich ta’lim, tarmoqlararo bog‘liqlik,

kompetensiya, ta’lim texnologiyalari, integrallashgan dars

Abstract: This article analyzes the process of subject integration in the primary

education system, its didactic foundations, forms and role in modern education. It also

considers the advantages, problems and ways to overcome them of integrated

education. The article is enriched with practical examples and compared with

advanced foreign experiences.

Keywords: integration, primary education, cross-sectoral connectivity,

competence, educational technologies, integrated lesson

Аннотация: В статье анализируется процесс предметной интеграции в

системе начального образования, ее дидактические основы, формы и роль в

современном образовании. В статье также рассматриваются преимущества,

проблемы и пути их преодоления интегрированного образования. Статья


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–4_ Май –2025

28

обогащена практическими примерами и сопоставлена с передовым зарубежным

опытом.

Ключевые слова: интеграция, начальное образование, межсекторальная

связь, компетентность, образовательные технологии, интегрированный урок

KIRISH.

Bugungi globallashuv va raqamli transformatsiya sharoitida ta’lim tizimiga

qo‘yilayotgan talablar tobora ortib bormoqda. Ayniqsa, boshlang‘ich ta’limda bilimlar

bir butunlikda, o‘zaro aloqadorlikda berilishi lozim. Shu jihatdan fanlar integratsiyasi

— bolalarning hayotiy tajribasini boyitish, ularning tafakkurini rivojlantirish va

bilimlarni uzviylikda shakllantirishda muhim vosita hisoblanadi.

ASOSIY QISM

Boshlangʻich sinflarda fanlar integratsiyasi muhim hisoblanadi. Masalan,

Fanlar integratsiyasi — bu o‘quv fanlari o‘rtasidagi mavzular, kompetensiyalar,

faoliyat turlari va natijalarning uyg‘unlashuvi asosida o‘quv jarayonini tashkil etishdir.

Bu jarayon o‘quvchida umumiy manzara, yaxlit bilim tizimimi chuqurroq oʻrganishga

xizmat qiladi. Taʼlimni tarbiyadan ajratib boʻlmaganidek integratsiyani ham fanlardan

ajratib boʻlmaydi. Chunki, bu oʻquvchi uchun ham dars jarayoning qiziqarli bolishiga

ham muhimdir. Shunday ekan Integratsiyaning zarurati quyidagilardan iborat.

Bilimlarni hayot bilan bog‘lash. Oʻquvchilarni fanlarga qiziqtirish. Õzlari qiziqmagan

fanlarini boshqa õzlari qiziqqan fan bilan integratsiyalashgan holda darslarni tashkil

etish. Hozirgi kunda õqituvchida oldindan kōra olish qobiliyati rivojlangan boʻlishi

zarur. Chunki bazi bir õquvchilar fanga qiziqishmasa boshqa sohalarda isteʼdodi

boʻladi. Ona tili matematika yoki shunga oʻxshash aniq fanlarga qiziqmagan ishtiyoqi

yõq õquvchilarning sport boʻyicha rasm chizish boʻyicha musiqa texnologiya narsa

yasashlar boʻyicha isteʼdodi yuqori boʻladi . Oʻqituvchi esa buni kura olishi tõğri

yunalatira olishi zarur. Bola shaxsini har tomonlama rivojlantirish insoniyat yaratgan

barcha madaniy boyliklarni bilish "õz xotirangni boyitsanggina madaniyatli bõlasan"

degan fikrga asoslangan. Ayniqsa tasavvurni uyğotuvchi ruhiy kechinmalarni

faollashtiruvchi, shu bilan birga fikrlarni uyğotuvchi asarlar juda tarbiyaviydir. Bunday

umumlashtirish bolani bilish va ruhiy rivojlanishning yangi pogʻonasiga koʻtaradi. Shu


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–4_ Май –2025

29

asosda shakl mantiqiy tafakkur turli voqea hodisalar oʻrtasida aloqalar va boğliqliklarni

koʻra bilish oʻrgana olish kõnikmalari mustahkamlanadi va rivojlanadi. Oʻquvchi

qarama qarshiliklarni topa bilish, ularning rivojlanish yoʻnalishlarini toʻgʻri tushunish

va

ularni

oʻz

vaqtida

yechish

yoʻllarini

topishni

oʻrganadi.

Integratsiya-õquvchilarni oʻqitish va tarbiyalashga yangicha yondashuv belgilab

beradi. Õquv jarayonida integratsiyalashgan talimdan foydalanishga katta ahamiyat

berilyapti . Integratsiyalangan darslarning tuzilishi oʻrganishning barcha bosqichlarida

oʻrganilayotgan mavzularning aniqligini va izchilligini puxta oʻrganilganligini va

oʻzaro mantiqiy aloqalarini talab qiladi. Bunga dasturdagi oʻquv materialining ixcham

va yiğiq ekanligi undan tashqari, oʻquv materialini oʻrganishni tashkil etishning baʼzi

zamonaviy usullarini kiritish orqali erishish mumkin. Masalan 1-va 2-sinfdagi "Atrof-

olam bilan tanishish" kursining barcha mavzulari bir biri bilan chambarchas boğliq. 3-

va 4- sinfdagi "Tabiatshunoslik" darslari "Atrof olam bilan tanishish" kursini davom

ettiradi. Uning dasturiga tabiat va insonlar mehnatdagi mavsumiy oʻzgarishlarni

kuzatish kiritilgan. Oʻquvchilar tomonidan atrof olamni oʻrganish oʻqish nutq oʻstirish,

matematika, mehnat ta'limi darslarida davom etadi. Hozirgi kunda axborot oqimi

jadallashgan texnika taraqqiyotining yuqori darajada rivojlanganligi inson aqlini

shoshirib qõymay iloji yõq. Bu olamda oʻz oʻrnini topish muhim va shu bilan birga

juda qiyin masaladir. Oʻquvchida oʻqish faoliyati davrida juda koʻp maʼlumotlar olishi,

atrofdan kelayotgan axborotlarning bosimi yuqorililigi uning ongiga taʼlim tarbiyasiga

taʼsir koʻrsatmay qolmaydi. Bu maʼlumotlar va axborotlarning qay biri birlamchi qay

biri ikkilamchi ekanligini baʼzida oʻquvchi anglamaydi ham. Shu sababdan oʻquvchi

mukammal bilim koʻnikma va malakalarga ega bõlishi mexanizmlarini ishlab chiqish

zarur. Aynan integratsion darslarda olam haqidagi uzuq yuluq parchalangan

bilimlardan farqli oʻlaroq bilimlar bir butun yaxlit tizimda beriladi. Dunyoni bir butun

koʻrish yaxlit anglash muhim oʻrin tutmoqda va bu yerda oʻqituvchi bilimlarni bir

biriga boğlab tizim asosida bermoğini taqazo etmoqda. Bu vazifani integratsion

darslarda amalga oshirish mumkin. Bundan tashqari, oʻquv yuklamasini

optimallashtirish maqsadga muvofiq. Ko‘p fanli

kompetensiyalarni shakllantirish (masalan: matematik savodxonlik + texnologik


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–4_ Май –2025

30

tafakkur + til ko‘nikmalari). Integratsiyalashgan fanlarda o‘qitish shakllari judayam

koʻp Boshlang‘ich ta’limda integratsiya quyidagi shakllarda namoyon bo‘lishi

mumkin.

1.Mavzuli integratsiya: Bir nechta fanlar bitta umumiy mavzu asosida

uyg‘unlashtiriladi. Masalan: “Oltin kuz” mavzusi atrofida tabiatshunoslik, adabiyot

o‘qish, rasm va mehnat darslari uyg‘unlashtiriladi. Matematika va jismoniy tarbiya

fanlarini estafetali musobaqalar bilan birlashtirib integratsiya qilish mumkin. Masalan:

Karra jadvalini oson õrganish tezroq va qiziqarli tarzda oʻtkazish uchun 2 ta

oʻquvchini chiqarib karra jadvalidan savol javob qilib belgilangan joyga kim birinchi

yetib kelish musobaqasini oʻtkazsak boʻladi. Bu integratisiyalangan dars karra

jadvalini õquvchilar ongida esda qolarli boʻlishiga va oson oʻrganishlariga yordam

beradi.

2.Faoliyatli integratsiya: O‘quvchilar mustaqil loyihalar orqali turli fanlardan

foydalanadi. Masalan, “O‘zbekiston bo‘yicha sayohat” loyihasi geografiya,

matematika, texnologiya

va ona tili fanlarini qamrab olishi mumkin.

3. Kompetensiyaviy integratsiya: Asosiy ta’lim kompetensiyalarini shakllantirishga

yo‘naltirilgan darslar tashkil etiladi. Bunda integratsiyaning afzalliklari yaxshi samara

beradi.

O‘quvchilarda fanlararo bog‘liqlikni anglash shakllanadi.

Yaxlit dunyoqarash va tanqidiy fikrlash rivojlanadi.O‘quv jarayonining

samaradorligi

ortadi.Fanlarga

qiziqish

kuchayadi.Dars

jarayonida

zerikish

kuzatilmaydi. O‘qituvchi uchun darsni boyitish imkoniyati yaratiladi. Masalan, Amaliy

misol: integrallashgan dars modeli.

Mavzu: “O‘zbekiston tabiati”.

Fanlar: Ona tili, tabiatshunoslik, texnologiya, rasm. Dars shakli: loyiha asosida

integratsiyalashgan dars.

Faoliyatlar: Matnga asoslangan o‘qish va tahlil (ona tili).

Hududlarning relyefi va hayvonot dunyosini o‘rganish (tabiatshunoslik).

Xarita chizish, kollej (rasm, texnologiya).


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–4_ Май –2025

31

Prezentatsiya tayyorlash. Bu jarayondagi barcha ishlar integratsiyalashgan dars

jarayonining samarali oʻtishini taʼminlaydi. Yuqoridagi amaliy misollar orqali berilgan

loyihalar integratsiyalashgan axborot texnologiyalariga ham misol boʻla oladi.

Finlandiya, Singapur va Kanada kabi rivojlangan ta’lim tizimlarida fanlar

integratsiyasi asosiy yondashuv sifatida tan olingan. Ular o‘quvchilarning mustaqil

fikrlashi, loyiha asosida ishlashi va kompetensiyalarni rivojlantirishga katta e’tibor

qaratadi. O‘zbekiston ta’lim tizimi ham bu borada yangi o‘quv dasturlar, metodik

qo‘llanmalar asosida bosqichma-bosqich yangilanmoqda. Yaqin yillardan buyon

Oʻzbekiston taʼlim tizimiga koʻpgina oʻzgartirishlar kiritilmoqda. Integratsiyalashgan

talim ham xorijiy davlatlar orqali kirib kelgan.

Xulosa

Boshlang‘ich ta’limda fanlar integratsiyasi ta’lim samaradorligini oshirish,

o‘quvchilarda chuqur, hayotga yaqin bilimlar shakllantirish, kompetensiyalarni

rivojlantirish uchun muhim vositadir. Uni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun

o‘qituvchilarning malakasini oshirish, darsliklarni moslashtirish, metodik

yondashuvlarni takomillashtirish zarur.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. Abdullayeva S. "Innovatsion ta'lim texnologiyalari", Toshkent, 2020. 2.Karimov A.

"Integratsiyalashgan o‘qitish metodikasi", Samarqand, 2021. 3. Vygotskiy L.S.

"Pedagogik psixologiya", Moskva, 2005.

4. Dewey J. "Experience and Education", New York, 1938. UNESCO report on

education for sustainable development, 2020. Shodmonov Yo.G'. "Ta'limda

zamonaviy metodlar", Toshkent, 2019.

5. .R. Mavlyanova, N. Raxmanqulova "Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi innovatsiya

va integratsiya integratsiya" Toshkent "Voris-nashriyot" 2013.

Anvarovna, Umarova Dilafruz. "INTEGRATSIYALASHGAN TA'LIMDA O'YIN

TEXNOLOGIYALARI."

MODERN

EDUCATIONAL

SYSTEM

AND

INNOVATIVE TEUmarova,

6. Dilafruz Anvarovna. "IMPROVING THE METHODOLOGY OF SOCIO-

EMOTIONAL DEVELOPMENT OF STUDENTS IN THE PROCESS OF


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–4_ Май –2025

32

TECHNOLOGICAL EDUCATION IN PRIMARY GRADES." Mental Enlightenment

Scientific-Methodological Journal 5.03 (2024): 394-403.SOLUTIONS 1.2 (2024): 23-

25.

7.Anvarovna, Umarova Dilafruz. "BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA

IJTIMOIY

USTANOVKALARNI

RIVOJLANTIRISH

TEXNOLOGIYASI."

TADQIQOTLAR 31.4 (2024): 3-6.

8.Umarova, Dilafruz Anvarovna. "BOSHLANG ‘ICH SINFLARDA TEXNOLOGIK

TA’LIM

JARAYONIDA

O

‘QUVCHILARNI

IJTIMOIY-HISSIY

RIVOJLANTIRISH

METODIKASINI

TAKOMILLASHTIRISH."

GOLDEN

BRAIN 1.30 (2023): 46-49.

Most read articles by the same author(s)

Turdiyeva Gavhar Safaraliyevna, Umarova Dilafruz Anvarovna, O’QUVCHINI MUSTAQIL FIKRLASHGA YO’NALTIRISHDA INTEGRATSIYALASHGAN TA’LIMNING ROLI , Modern education and development: Vol. 25 No. 4 (2025)

Umarova Dilafruz Anvarovna, Egamberdiyeva Saydana Shamsiddin qizi, MAKTAB,OILA VA MAHALLANING O'ZARO INTEGRATSIYASI , Modern education and development: Vol. 26 No. 4 (2025)

Berdiyorova Mahfuza Baxtiyor qizi, Umarova Dilafruz Anvarovna, INTEGRATSIYALASHGAN DASTURLAR. INTEGRATSIYALASHGAN DARSLARNI TASHKIL ETISHNING SAMARADORLIGI , Modern education and development: Vol. 25 No. 4 (2025)

Umarova Dilafruz Anvarovna, Qiyomova Muxlisa, BOSHLANG’ICH MAKTABDA INTEGRATSIYALASHGAN TA’LIMDAN FOYDALANISH , Modern education and development: Vol. 25 No. 4 (2025)

Umarova Dilafruz Anvarovna, Jo’rayeva Nozima O’tkir qizi, MAKTAB,OILA VA MAHALLANING O'ZARO INTEGRATSIYASI , Modern education and development: Vol. 26 No. 4 (2025)

Umarova Dilafruz Anvarovna, Erkinpo'latova Asila Akmaljon qizi, MATEMATIKA O’QITISHDA INNOVATSION YONDASHUV , Modern education and development: Vol. 26 No. 4 (2025)

Umarova Dilafruz Anvarovna, Shodmonova Maftuna Shokir qizi, MARKAZIY OSIYO VA MDH DAVLATLARIDA INTEGRATSIYALASHGAN TA’LIM , Modern education and development: Vol. 26 No. 4 (2025)

Abdumurotova Sarvinoz Hamza qizi, Umarova Dilafruz Anvarovna, BOSHLANG’ICH MAKTABDA INTEGRATSIYALASHGAN TA'LIMDAN FOYDALANISH , Modern education and development: Vol. 25 No. 4 (2025)

Umarova Dilafruz Anvarovna, Erkinpo'latova Asila Akmaljon qizi, MATEMATIKA O’QITISHDA INNOVATSION YONDASHUV , Modern education and development: Vol. 26 No. 4 (2025)

Turdiyeva Gavhar Safaraliyevna, Umarova Dilafruz Anvarovna, O’QUVCHINI MUSTAQIL FIKRLASHGA YO’NALTIRISHDA INTEGRATSIYALASHGAN TA’LIMNING ROLI , Modern education and development: Vol. 25 No. 4 (2025)

1 2 3 > >>