Authors

  • Xasanova Madinabonu Soyibjon qizi

Author Biography

  • Xasanova Madinabonu Soyibjon qizi

    Andijon Davlat Pedagogika Instituti Maktabgacha ta’lim yo’nalishi

    2-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.85466

Keywords:

Yetti yoshli bolalar rivojlanish krizisi psixologik o’zgarishlar adabtatsiya jarayoni

Abstract

Yetti yoshli bolalarda o’sish jarayonida krizislar yuzaga keladi. Sabablari ichki va tashqi o’zgarishlar bilan bog’liq. Ushbu maqola bolalardagi krizislarning sabablari va va ularni bartaraf etish usullarini ko’rib chiqadi,hamda ota-onalarga va tarbiyachilar uchun tavsiyalar beradi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–2_ Май –2025

371

YETTI YOSHLI BOLALARDA KUZATILADIGAN KRIZISLARNING

SABABLARI VA ULARNI BARTARAF ETISH USULLARI

Xasanova Madinabonu Soyibjon qizi

Andijon Davlat Pedagogika Instituti Maktabgacha ta’lim yo’nalishi

2-bosqich talabasi

Annotatsiya: Yetti yoshli bolalarda o’sish jarayonida krizislar yuzaga keladi.

Sabablari ichki va tashqi o’zgarishlar bilan bog’liq. Ushbu maqola bolalardagi

krizislarning sabablari va va ularni bartaraf etish usullarini ko’rib chiqadi,hamda ota-

onalarga va tarbiyachilar uchun tavsiyalar beradi.

Kalit so’zlar: Yetti yoshli bolalar,rivojlanish krizisi,psixologik o’zgarishlar,

adabtatsiya jarayoni

Аннотация: Семилетние дети переживают кризисы роста. Причины

связаны с внутренними и внешними изменениями. В статье рассматриваются

причины возникновения кризисов у детей и пути их преодоления, а также

даются рекомендации для родителей и лиц, осуществляющих уход.

Ключевые слова:

Дети семи лет, кризис развития, психологические

изменения, процесс адаптации.

Abstract: Seven-year-old children experience growth crises. The reasons are

related to internal and external changes. The article examines the causes of crises in

children and ways to overcome them, and also provides recommendations for parents

and caregivers.

Keywords: Seven-years-old children, developmental crisis, psychological

changes, adabtation process.

Har bir bolaning shaxs sifatida shakllanishida muayyan davriy bosqichlar

mavjud bo’lib, ulardan biri-yetti yoshdagi o’tish davridir. Bu yoshda bola endi

maktabga qadam qo’yadi,ijtimoiy muhit o’zgaradi, mas’uliyat, talab va intizomga

bo’lgan qarashlar shakllana boshlaydi. Aynan shu o’zgarishlar fonida bola psixologik


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–2_ Май –2025

372

jihatdan ichki ziddiyatlarga, ya’ni krizislarga duch keladi. Yetti yoshdagi krizis

bolaning rivojida muhim burilish nuqtasi bo’lib,bu davrda to’g’ri yondashuv bo’lmasa,

bola salbiy xulq-atvor shakllanishi, o’qishga, o’z-o’zini baxolashga nisbatan noto’g’ri

qarashlar paydo bo’lishi mumkin. Shu sababli, ushbu maqolada yetti yoshli bolalarda

kuzatiladigan krizislarning sabablari va ularni bartaraf etish usullari haqida so’z

yuritiladi.

Maqola mavzusining mazmunidan kelib chiqib, yetti yoshli bolalarda

kuzatiladigan krizis holatlarini chuqurroq tahlil qilish maqsadida, avvalo ushbu yosh

davrining psixologik va jismoniy xususiyatlariga e’tibor qaratish zarur.

Hayotning yettinchi yilida bolaning rivojlanishidagi juda muhim integral

davrning davomi bo’lib,u besh yoshda boshlanadi va yeti yoshda tugaydi. Yettinchi

yilda besh yoshda paydo bo’lgan yangi aqliy shakllanishlar davom etmoqda. Shu bilan

birga, bu shakllanishlarning yanada yangi yo’nalishlari va rivojlanish uchun psixologik

sharoit yaratadi. Olti yoshdan tana faol ravishda yetuklashadi. Bolaning vazni oyiga

200 grammga, bo’yi 0,5sm ga oshadi, tana nisbatan o’zgaradi. 7 yoshli bolaning

o’rtacha bo’yi 113-122sm, o’rtacha vazni 21-25 kg. Miya sohasi deyarli kattalarnili

kabi shakllanadi. Ossifikatsiya jarayonlari davom etmoqda, ammo umurtqa

pog’onasihali ham beqaror. Katta va ayniqsa kichik mushaklar rivojlanmoqda. Qo’l

mushaklarining koordinatsiyasi jadal rivojlanadi. Umumiy jismoniy rivojlanish

bolaning nozik motorika ko’nikmalarini rivojlantirish bilan chambarchas bog’liq.

Barmoqlarni o’rgatish-bu bolaning aql-zakovatini oshirish,nutqni rivojlantirish va

yozishga tayyorgarlik ko’rish vositasi. Shaxsiy rivojlanish ongdagi o’zgarishlar ichki

harakat rejasi deb ataladigan narsaning paydo bo’lishi bilan tavsiflanadi-nafaqat visual

tarzda, balki ongdagi turli g’oyalar bilan ishlash qobiliyatidir.[1,136-137] Bundan

tashqari yeti yoshli bola shaxsiyati yanada barqarorlashadi va “men” tushunchasi ancha

chuqurlashadi. Bu yoshda bola o’zini mustaqil inson sifatida anglay boshlaydi-u endi

faqat o’yinda yoki harakatda emas, balki ichki dunyosida ham o’ziga xos bo’lgan fikr

va his-tuyg’ular borligini tushunadi. U o’zini boshqa odamlardan ajrata oladi, o’z

qobiliyatlari, kamchiliklari va kuchli jihatlari haqida fikr yuritadi. Bu esa o’z-o’zini

baxolash, o’ziga nisbatan ijobiy yoki salbiy munosabat shakllanishiga olib keladi. Shu


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–2_ Май –2025

373

bilan birga, bola o’zgalar fikrigaham e’tibor bera boshlaydi-ya’ni “men qandayman?”

savoli bilan bir qatorda “boshqalar meni qanday ko’radi?” degan savol ham paydo

bo’ladi. Bu o’z navbatida bolaning o’zini tutishiga, o’ziga ishonchiga va ijtimoiy

muomalasiga sezilarli ta’sir qiladi. ”Men” tushunchasining shakllanishi bolaning

shaxsiy qarorlar qabul qilishiga, javobgarlikni tushunishiga ham zamin yaratadi.

“Men” tushunchasi kuchaygani sayin,u o’zini avvalgidan ko’ra mustaqilroq his

eta boshlaydi. Bu ichki o’zgarishlar bolaning tashqi xulq-atvorida ham namoyon

bo’ladi. Bola endi ota-ona yoki kattalarning aytkanini so’zsiz bajarishga harakat

qilmaydi, balki ularning talablariga nisbatan tanqidiy qarash, savollar berish yoki

qarsgilik ko’rsatish holatlari ko’payadi. Bu holat yeti yosh krizisining asosiy

belgilaridan biri. Bola o’zining ichki dunyosini, qarashlari va shaxsiy fikrini himoya

qilishga intiladi. Uning xatti-harakatlarida keskinlik, o’zgaruvchanlik, ba’zida esa

isyonkorlik ko’zga tashlanadi. Bu davrda hissiyotlari chuqurlashadi, u o’z holatini

atrofdagilarga tushuntirishga harakat qiladi, lekin bu har doim ham muvaffaqiyatli

chiqmaydi. Natijada, bola o’zini tushunilmagan his qilishi, norozilik bildirishi

mumkin. Bu inqiroz davrining yana bir muhim jihati-bolaning ichki va tashqi hayoti

o’rtasida tafovut yuzaga keladi. U ichki dunyosida mustaqil bo’lishni xohlaydi, biroq

tashqi

muhit-oila,maktab,

jamiyat-hali

undan

ko’proq

itoatkorlik

va

moslashuvchanlikni kutadi, natijada bolaning ichki va tashqi dunyosi o’rtasida

ziddiyatlar yuzaga keladi. Bu borada Erik Erikson o’zining rivojlanish nazariyasida,

aynan 7 yoshda bolalar ishonch va mustahkamlik bosqichidan ijtimoiy

moslashuvchanlik bosqichiga o’tishga harakat qiladi, ammo ijtimoiy tizimdan

kelayotgan talablar bu jarayonni qiyinlashtiradi[2] degan. Shuningdek, Lev Vygotskiy

ham bolaning ijtimoiy o’rganish jarayonida tashqi muhitning ta’sirini va muvozanatni

topish zarurligini ta’kidlagan.[3]

Endi maqolaning asosiy maqsadiga o’tsak, Yetti yoshli bolalarda kuzatiladigan

krizisni qanday bartaraf etish mumkin? Birinchi navbatda boladagi empatiyaga e’tibor

qaratish kerak. Empatiya-bu boshqalar hissiyotlarini tushunish va ularni o’z his

tuyg’ulari bilan bog’liq ravishda javob berish qobiliyatidir. Bola o’z tashvishlarini

ifoda etishning qiyinligini his qilishi mumkin. Empatiya orqali ota-onalar va


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–2_ Май –2025

374

o’qituvchilar bolaning xis-tuyg’ularini tushunib, ularni qo’llab-quvvatlaydilar. Misol

uchun, agar bola o’zini yolg’iz yoki tushunilmayotgan his qilsa, empatiya ko’rsatish

orqali katta yoshdagilar uni tasavvur qilishga va uning holatini anglashga harakat

qilishadi, bu esa bolaga tinchlik va ishonch beradi. So’ng bolaning hissiyotlarini ifoda

etishga imkoniyat berish kerak, bunda bola o’zini yaxshiroq tushunadi va o’zining

hissiy holatini boshqarish uchun zarur bo’lgan vositalarini o’rganadi. Bola uchun o’zini

ifoda etishning bir necha yo’llari mavjud. Birinchidan, ijodiy faoliyatlar-rasm

chizish,musiqa eshitish yoki musiqa asboblarida o’ynash,hikoyalar yozish-bolaga o’z

hissiyotlarini tashqi dunyo bilan bo’lishish imkonini beradi.Ikkinchidan, o’yin- bu bola

uchun juda muhim ifoda etish usulidir. Bolalar ko’pincha o’z hissiyotlarini o’ynash

orqali ifoda etadilar.Bundan tashqari, bola o’zini ifodaetish uchun tashqi ko’rinishdan

foydalanish mumkin. Masalan, bolaga o’z kiyimlarini tanlash yoki o’zi xohlagan

faoliyat bilan shug’ullanishiga ruxsat berish mumkin.

Bulardan tashqari bu inqirozni bartaraf etishda pedagoglarning o’rni ham katta

ahamiyatga ega. Bu holatda pedagog bola bilan empatiya holatida ota-onalar bilan teng

muloqot qilish kerak. Chunki ko’p hollarda bola o’z his-tuyg’ularini ota-onalarga

emas, balki tarbiyachi va pedagoglarga aytadi. Shuning uchun pedagoglar bolaga o’zini

anglashda yordam berish, uning ichki muammolarini tushunish va o’zini erkin ifoda

etish imkoniyatlarini yaratishda katta rol o’ynaydi.[4] Bu usulni eng asosiy foyda

beradigan tomoni bola nafaqat krizis davridan halos beradi, balki u yangi muhit va o’z

tengdoshlari orasida tezroq o’z o’rnini topadi.

Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, 7 yoshdagi bolalar rivojlanishning o’ziga xos

davrini boshdan kechirmoqda, bu davrda o’z xissiyotlari va jamiyatdan kutgan talablar

o’rtasida ziddiyatlarga duch keladilar. Bu krizislarning sababi bola o’zini anglash va

ijtimoiy rollarga moslashishda yuzaga keladigan qiyinchiliklar bilan bog’liq. Ota-

onalar va pedagoglar bu jarayonda bolaga to’g’ri yo’naltirishlar, qo’llab-quvvatlash va

o’zini ifoda etish imkoniyatlarini yaratish orqali krizislarni yengishga yordam beradi.

Xavfsiz muhit yaratish, bolaga xis-tuyg’ularini tushunishga yordam berish va ijtimoiy

ko’nikmalarni rivojlantirish muhimdir. Shuningdek, ota-ona va pedagoglar bolaning

yangi ijtimoiy rollarga moslashishini qo’llab-quvvatlashlari kerak.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–2_ Май –2025

375

FOYDALANILGAN ADABIYOT:

1)Tadqiqotlar.uz

2)Erikson,E.H.Childhood and Society.W.W.Norton &Company,1950.

3)Vygotskiy,L.S. Thought and Language.MIT Press,1986.

4)Xasanov.M. “Pedagogik yondashuvlar va ta’lim metodlari”,Ta’lim va rivojlanish

jurnali,2023