Authors

  • Jumayeva Shoira Bobonazarovna

Author Biography

  • Jumayeva Shoira Bobonazarovna

    Buxoro viloyati Olot tumani MMTB ga qarashli 18-maktab amaliyotchi psixologi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.85474

Keywords:

muloqot eshitish bola go‘dak ota-ona pedagogika

Abstract

Mazkur maqolada bola tarbiyasi jarayonida muloqotning o‘rni haqida yoritilgan. Farzandlarimizning ilk muloqoti va uning shaxs sifatida shakllanishidagi asosiy mezon ekanligiga urg‘u berigan. Bolada ishonch tuyg‘usini shakillantirishda kattalar tamonidan ularni eshitishning pedagagik jihatlari keltirilgan.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–2_ Май –2025

437

BOLA TARBIYASIDA MULOQOTNING O’RNI

Jumayeva Shoira Bobonazarovna

Buxoro viloyati Olot tumani MMTB ga qarashli 18-maktab amaliyotchi

psixologi

Annotatsiya. Mazkur maqolada bola tarbiyasi jarayonida muloqotning o‘rni

haqida yoritilgan. Farzandlarimizning ilk muloqoti va uning shaxs sifatida

shakllanishidagi asosiy mezon ekanligiga urg‘u berigan. Bolada ishonch tuyg‘usini

shakillantirishda kattalar tamonidan ularni eshitishning pedagagik jihatlari

keltirilgan.

Kalit so‘zlar: muloqot, eshitish, bola, go‘dak, ota-ona, pedagogika.

KIRISH

Insoniyat jamiyatida kishi o‘zining moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini

qondirish uchun o‘zgalar bilan muloqot qilmasdan yashay olmosligi sir emas. Boshqa

mavjudotlardan farqli o‘laroq, odam zoti o‘zining til va madaniyati bilan oliy

hisoblanadi. Ota-bobolarimizdan qoldan yoqimli tajribalardan biri bu - tili chiqib “gu-

gu”lashni boshlagan jajji bolajonlarga katta ehtimol bilan onalar bolasi “assalom de”

(assalomu aleykom so‘zining yaxshi ma’noda qisqartmasi - onaning tilidan)

iborasining o‘rgatishini o‘ziyoq bu ijtimoiylashishning dastlabki qadamlari

hisoblanadi.

Bola ulg‘aygan sari bu sо‘zning ma’nosi ham о‘z-о‘zidan kengayib boradi.

Oiladagi munosabatlarning kengayishi, ota, ona va bola uchligi munosabatlarining

chuqurlashishi ota-onalarda mehrli munosabatlarning tajriba sifatida shakllanishiga

olib keladi. Ota-ona bilan gо‘dak о‘rtasidagi dastlabki muloqot va mehrli munosabat

“ona bag‘ri” shaklda kechadi, ya’ni gо‘dakni ona dastlab bag‘riga bosishi, qо‘lida tutib

turishi, uni xavfsiz harakatlantirishi kabilar boladagi yaxshi munosabatning yuzaga

kelishini ta’minlaydi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–2_ Май –2025

438

Muhtaram Prezidentimiz SH.M. Mirziyoev oila haqida gapirar ekan “Odam

baxtliman deyishga qanchalik haqqi bor? Agar oilang bilan sen baxtli bo‘lsang,

baxtliman deyishga haqqing bor. Faqat oilam emas, xalqim baxtli bo‘lsa men o‘zimni

baxtli deb bilaman”, - deya ta’kidlashi bizning jamiyatda oilada shaxslararo

munosabatning yuksak ko‘rinish ekanligidan darak.

Zero, dastlabki muloqot va mehrli munosabat, xushmuomalalik gо‘dakning

psixik rivojlanish jarayoniga ijobiy ta’sir qiladi. Salbiy munosabatlar, ya’ni notо‘g‘ri,

qо‘pol munosabatlarning davomiyligi gо‘dakning atrof-muhitga moslashishga

bо‘lgan ehtiyojini qanoatlantirmaydi, bu esa uning psixik rivojlanishiga salbiy ta’sir

qiladi.

Bolaning gо‘daklik chog‘larida yaxshi va kо‘p vaqt davomida qо‘lda olib

yurilishi ularda dadil harakatlanish, ishonch va mehr hislarining shakllanishiga asos

bо‘lishi bilan birga, ularda mehrli munosabatlarning shakllanishiga ta’sir kо‘rsatib,

gо‘dakning jadal hissiy rivojlanishiga imkoniyat yaratadi. Gо‘dakni mustahkam va

kо‘p vaqt qо‘lda olib yurish shaxs shakllanishiga xizmat qiladigan asosiy omillardan

biridir. Bolalar о‘zlarini yetarlicha xavfsiz olib yurilganliklarini eslay olishmaydi,

lekin ularga yetarlicha xavfsiz munosabat bо‘lmasa, bunday harakatlar ularning

xotirasida muhrlanadi va kelajakda buning oqibatlari gо‘dakka о‘z ta’sirini о‘tkazadi.

METODOLOGIYA

Biz bolalik davridagi muloqotni rivojlantirishning eng muhim yo'nalishlarini

ta'kidlashga harakat qilamiz. V.N. Belkina bolalik davridagi muloqotni

rivojlantirishning quyidagi asosiy yo'nalishlarini belgilaydi:

1)

aloqa yo'nalishini bosqichma-bosqich o'zgartirish. Birinchi bir yarim

oyda bolada kattalar bilan muloqot qilish zarurati paydo bo'ladi, lekin muloqotning

tashabbuskori kattalardir, chunki u muloqot holatini yaratadi. Erta yoshda bolaning

o'zi kattalar bilan aloqada tashabbus ko'rsatishni boshlaydi, uning qiziqishlari doirasi

kengayadi. Keyin, o'rtada, kattaroq maktabgacha yoshda, bola o'zi uchun atrofdagi

dunyoning yangi qiziqarli ob'ektini kashf etadi - uning tengdoshi, "bolalar jamiyati"

rivojlanadi, bu bolalarning bir-biri bilan maxsus muloqotini nazarda tutadi. Binobarin,


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–2_ Май –2025

439

bolaning muloqotining yo'nalishi ikki tomon bilan tavsiflanadi: bola - kattalar va bola

- bola.

2)

Muloqotga bo'lgan ehtiyojning mazmuni o'zgarib bormoqda, yanada

murakkablashmoqda. M.I. Lisina, ushbu ehtiyojning rivojlanishining quyidagi

bosqichlarini ajratib ko'rsatish kerak: kattalarning e'tibori va xayrixohligida (0 oydan

6 oygacha; hamkorlikda (erta yoshda); bolaning ehtiyojlariga ishonchli munosabatda

(yosh va o'rta) maktabgacha yosh); o'zaro tushunish va empatiyada (katta

maktabgacha yosh).

3)

Muloqot motivlari: kognitiv, biznes va shaxsiy. Kognitiv bo'lganlar

bolaning atrofidagi dunyoga qiziqishi bilan bog'liq bo'lib, bu bolalarning savollarida

aks etadi. Ishbilarmonlik motivlari har qanday faoliyatni amalga oshirishda bolaning

kattalar yoki tengdoshlari bilan hamkorlik qilish holatiga hamroh bo'ladi. Shaxsiy o'sib

borayotgan shaxsning kattalar va tengdoshlarining ichki dunyosiga qiziqishini,

bolaning boshqa shaxsga ijtimoiy guruh vakili sifatida munosabatini tavsiflaydi.

4)

Bola asta-sekin muloqot qilish usullarini o'zlashtiradi. To'g'ridan-to'g'ri

muloqot jarayonida yuz ifodalari va pantomima qo'llaniladi, keyin hayotning uchinchi

yilidan boshlab bola nutqni muloqot vositasi sifatida ishlata boshlaydi. Dastlab u nutq

orqali asosan kattalar bilan muloqot qiladi va faqat maktabgacha yoshdagi ikkinchi

yarmida nutq tengdoshlari bilan asosiy muloqot vositasiga aylanadi. Bolaning turli xil

aloqa vositalarini egallashida etakchi rol kattalarga tegishli.

5)

Hayotning birinchi yillaridanoq bola nafaqat boshqa odamlar bilan

bevosita muloqotga, balki bilvosita muloqotga ham kiradi: kitoblar, televizor, radio.

Shunday qilib, muloqot bolaning aqliy rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. Muloqot

jarayonida u atrofdagi dunyoning ob'ektlari, hodisalari haqida ma'lumot oladi,

ularning xususiyatlari va funktsiyalari bilan tanishadi. Muloqotda bolaning bilimga

qiziqishi o‘zlashtiriladi. Boshqa odamlar bilan muloqot qilish unga ijtimoiy muhit,

jamiyatdagi xulq-atvor normalari, o‘zining kuchli va zaif tomonlari, atrofdagi dunyoga

boshqalarning qarashlari haqida ko‘p narsalarni o'rganishga imkon beradi. Kattalar va

tengdoshlar bilan muloqot qilish, bola o'z xatti-harakatlarini tartibga solish, faoliyatda

o'zgarishlar qilish, boshqa odamlarning xatti-harakatlarini tuzatishni o'rganadi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–2_ Май –2025

440

Muloqot rivojlanadi, maktabgacha yoshdagi bolaning hissiy sohasini shakllantiradi.

O‘ziga xos insoniy his-tuyg'ularning butun doirasi bolaning boshqa odamlar bilan

muloqot qilish sharoitida paydo bo'ladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Sharq va g‘arbiy Yevropaning kо‘pgina mamlakatlarida faoliyat olib

borayotgan mutaxassislar bola rivojlanishi jarayonidagi dastlabki muloqot bir kishi

bilan – odatda onasi bilan bо‘ladigan muloqotni gо‘dakning tо‘laqonli rivojlanishi

uchun ideal deb hisoblashadi.

Shu bilan birga, bu munosabatlar qanchalik muloqotga boy bо‘lsa, bola

shunchalik sog‘lom va о‘ziga ishonch bilan voyaga yetadi. Bola bir yoshga tо‘lgunga

qadar bо‘lgan davr noverbal (sо‘zsiz) muloqot davri bо‘lib, undagi barcha о‘zgarishlar

yaqinlari, ayniqsa, onasi bilan emotsional, bevosita munosabatlarning natijasi sifatida

bora-bora muomalaga til hamda tovushlar bilan bog‘liq belgilar kirib kela boshlaydi.

Agar ota va ona tomonidan kо‘rsatilayotgan g‘amxо‘rlik doimiy va samimiy bо‘lsa,

ya’ni haqiqiy, g‘amxо‘r ona bolasining ayni paytdagi barcha ehtiyojlarini qalban his

qilib, о‘sha zahoti qondirishga harakat qiladi, masalan, chanqasa suv, och qolsa

kо‘krak suti berish kabi ishlarni о‘z vaqtida bajarib boradi.

Bu jarayonda tan – vujud bilan ona-bolaning yaxlitligi о‘ziga xos hissiyot

bо‘lib, u kо‘pincha fanda “xolding” (inglizcha “tutish”, “ushlash”, “tuyush” sо‘zidan

olingan) tajribasidan kelib chiqadi, ya’ni ona о‘z farzandini qо‘lidan ushlab, tanasi

tanasiga tekkanda his qiladigan kechinmalari orqali boladagi о‘zgarishlarni tuyadi, his

qiladi. Gо‘dak bola ham onasini shu qadar yaqin hissiy-emotsional tarzda his qiladiki,

shu sababli u hattoki ma’lum masofadayoq onaning kelayotganligini, yaqinlashgani

va “hozir qо‘liga olishini” bilar ekan. Aynan shu holatni psixologlar gо‘dakdagi

yetakchi faoliyat deb atab, unga juda katta ahamiyat beradilar.

Mutaxassislarning fikricha, “mehrli munosabatlar”i kam bо‘lgan onalarning

shaxsiy muammolari kо‘p bо‘lib, ular bolani qо‘lida ushlaganda ham deyarli hech

nimani his etmaydilar. Ana shunday chaqaloqlarda keyinchalik beixtiyor tarzda rо‘y

beradigan psixik funksiyalar rivojida muayyan muammolarni vujudga keltirishi


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–2_ Май –2025

441

mumkin, masalan, ixtiyoriy ravishda diqqatni bir narsaga tо‘plash, ixtiyoriy ravishda

u yoki bu narsani eslab qolish, gapirish, mantiqiy fikrlash kabilar.

Gapirish, nutq faoliyati bilan bog‘liq psixik funksiyalar kо‘pincha

sinxronizatsiya jarayonida shakllanadi. Bolasini suyib, uning his-kechinmalarini bilish

qobiliyatiga ega bо‘lgan ona odatda bolasining psixik rivojlanishida barcha qiliqlarini,

ulardan qanday foydalanish malakalarini orttirib boradi.

Bolaning kognitiv rivojlanishi, ya’ni fikrlar tarbiyasi, dunyoqarashlarning

shakllanishiga

ham

onaning

xulq-atvori

katta ta’sir qiladi. Yevropalik

mutaxassislarning kuzatishlarida onaning har bir harakati, mimikalari, suyishlari,

bolaning tepasida turib, unga qiladigan muomalasi, erkalashlari bora-bora bola

о‘zlashtiradigan alohida iboralar, sо‘zlarda namoѐn bо‘ladi. Shaxsiy kuzatishlarimiz

asosida shu narsa ma’lum bо‘ldiki, onaning qiliqlari tobora bolaning nutqli-nutqsiz,

mantiqiy-mantiqsiz harakatlariga, ishoralariga aylanib boradi, keyinchalik bola

alohida sо‘zlarni talaffuz qila boshlaganda ham beixtiyor onaning mimikalari, talaffuz

uslublarini qaytaradi. Shu tariqa onaning bevosita ishtiroki va ѐrdamida bola dunѐni

taniydi, о‘rganadi, о‘zi haqidagi tasavvurlari kо‘lami ham borgan sari ortib boradi.

Aynan yuqorida ta’kidlagan “mehrli munosabat” tushunchasini tushunish

uchun tipik о‘zbek oilalaridagi shaxslararo munosabatlarni kо‘z oldimizga keltiraylik.

Buvilarimiz nabiralarini kuzatar ekan, kо‘pincha bola yig‘lamasdan turib uning

chanqaganligi yoki och qolganligini oldindan his qilib aytishlarini kuzatishimiz

mumkin. Buni ham о‘ziga xos sog‘lom oilaviy muhitda shakllangan kо‘nikma,

sog‘lom muloqot va mehrli munosabatning bir kо‘rinishi deyish mumkin.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Kо‘plab tadqiqotlar tahlili bolaning ijtimoiy rivojlanishini onasi bilan

bo‘ladigan kommunikatsiya bilan bog‘laydilar. О‘tkazilgan tadqiqotlar vaqtida tez tili

chiqan bolalarning onalari о‘ta ziyrak ekanliklari va bolasining savollariga xushyorlik

bilan javob qaytarishlari aniqlangan.

Shuningdek, boshqa tadqiqotchilar ham bunday bolalarning onalari

farzandining ehtiyojlarini ziyraklik bilan aniqlay olishini hamda unga qachon, nima

kerakligini uning yuz harakatlari va ovozidan bilib olishlarini ta’kidlashgan.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–2_ Май –2025

442

Tadqiqotlar yana shuni kо‘rsatadiki, endi yurishni boshlayotgan bolalar, ya’ni

jismoniy zо‘riqishni boshdan kechirayotgan bolalarga mehribonlik kо‘rsatilmasa,

ularda о‘z “Men”ini anglashi va nutqining shakllanishida muammolar yuzaga kelishi

mumkin. Agar bolalar hayotining birinchi yilida kimgadir juda mehr bilan bog‘lanib

qolsa, ikki yoshligida unga qilingan notо‘g‘ri munosabatlarning noxush ta’siri ham

kamroq bо‘ladi.

Oilaviy shaxslararo munosabatlarda ona roli va timsolining ahamiyati yana

shundan iboratki, bola bir yoshga tо‘lgunga qadar ota va ona shaxsini bir ob`yekt ona

sifatida kо‘radi.

XULOSA

Tahlillarimizdan kelib chiqqan amaliy va nazariy xulosalarimizga asoslangan

holda quyidagi tavsiyalarni berishimiz mumkin.

1.

Ota – ona sifatida bolalarni eshitgan holda о‘zingiz ham gapiring;

2.

Bolaga ko‘proq badiy kitob o‘qib berish, ularni so‘z boyliklarini oshiradi;

3.

Muloqot jarayonida bolalarni tanqid qilmang va ularni o‘z tengdoshlari

bilan taqqoslamang aks holda bola odamovi bo‘lish ehtimoli yuqorilashadi.

ADABIYOTLAR RO‘YHATI:

1.

Белкиной В.Н. Психология раннего и дошкольного возраста. Учебное

пособие. Гриф УМО по педагогическому образованию. – Ростов-на-Дону:

«Феникс», 2015. (17 п.л.)

2.

Болотова А.К., Макарова И.В. Прикладная психология: учебник для вузов.

–М., Аспект Пресс, 2002. – 383с.

3.

Винникотт Д.В. Разговор с родителями. – М.: Класс, 1995. с. 92

4.

Дружинина В.. “Психология “. Учебник. “Питер”, 2003.

5.

М. И. Лисина // Вопросй псиҳологии. - 1957. - № 3. - С. 165-176.