Authors

  • Xursanov Furqat Alisher o’g’li
  • Mamanorov X.X

Author Biographies

  • Xursanov Furqat Alisher o’g’li

    Termiz Davlat Universiteti Yuridik fakulteti “ Yurisprudensiya “ ( faoliyat turlari bo’yicha ) ta’lim yo’nalishi 4-bosqich talabasi

  • Mamanorov X.X

    Ilmiy rahbar : Termiz Davlat Universiteti Yuridik fakulteti “ Jinoyat huquqi va Fuqarolik protsessi” kafedrasi o’qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.85512

Keywords:

sud fotografiyasi sud-tergov fotografiyasi sud-ekspert fotografiyasi tezkor-qidiruv fotografiyasi panoramali sur’atga olish stereoskopik sur’atga olish masshtabli metric va reproduksiyaviy sur’atga olish mo’ljalli obzorli markazli va detalli sur’atga olish xalqaro tajribadan foydalanish zamonaviy texnologiya ilmiy-amaliy tadbir.

Abstract

Kriminalistik texnika yordamida voqea joyini sur’atga olishning o’ziga xos xususiyatlari, kriminalistik texnikada sur’atga olishning tutgan o’rni, ushbu kriminalistik jarayonni yanada kuchaytirish bo’yicha takliflar.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–3_ Май –2025

180

KRIMINALISTIKA TEXNIKASI YORDAMIDA VOQEA JOYINI

SUR’ATGA OLISH TURLARI

Xursanov Furqat Alisher o’g’li

Termiz Davlat Universiteti Yuridik fakulteti “ Yurisprudensiya “ ( faoliyat

turlari bo’yicha ) ta’lim yo’nalishi 4-bosqich talabasi

Mamanorov X.X

Ilmiy rahbar : Termiz Davlat Universiteti Yuridik fakulteti “ Jinoyat huquqi

va Fuqarolik protsessi” kafedrasi o’qituvchisi

Annotatsiya: Kriminalistik texnika yordamida voqea joyini sur’atga olishning

o’ziga xos xususiyatlari, kriminalistik texnikada sur’atga olishning tutgan o’rni, ushbu

kriminalistik jarayonni yanada kuchaytirish bo’yicha takliflar.

Kalit so’zlar: sud fotografiyasi, sud-tergov fotografiyasi, sud-ekspert

fotografiyasi, tezkor-qidiruv fotografiyasi, panoramali sur’atga olish, stereoskopik

sur’atga olish, masshtabli, metric va reproduksiyaviy sur’atga olish, mo’ljalli, obzorli,

markazli va detalli sur’atga olish, xalqaro tajribadan foydalanish, zamonaviy

texnologiya, ilmiy-amaliy tadbir.

Kriminalistika texnikasida voqea joyini sur’atga olish jinoyatchilikka qarshi

kurashda juda katta muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Ushbu kriminalistik jarayonni

amalga oshirishda albatta Jinoyat-protsessual kodeks talablariga rioya qilish shart.

Chunki kodeksda dalillarni yig’ishda muhim vosita hisoblansa, kriminalistikada esa

qanday qilib amalga oshirish yo’l-yo’riqlarini o’rgatadi. Kriminalistik fotografiya

nafaqat tergov harakatlarida, sudda va tezkor-qidiruv faoliyatida ham qo’llaniladi.

Ushbu sur’atga olingan narsalar albatta jinoyat-protsessual qonunchiligiga rioya

qilingan holda rasmiylashtirilish shart. Voqea joyini sur’atga olish hozirgi paytda

jinoyat ishlarini ochish va fosh etishda, tadqiq etishda juda keng qo’llanilmoq

1

da.

1

Prezidentning “ Raqamli kriminalistika sohasida ilimiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish chora tadbirlari to’g’risidagi

“qarori


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–3_ Май –2025

181

Sur’atga olish ko’zdan kechirish va tanib olish uchun ko’rsatish tergov harakatida

ko’proq amalga oshiriladi. Eng keng tarqalgan sur’atga olishlardan biri bu sud-tergov

fotografiyasi hisoblanadi. Ushbu fotografiya hodisa joyini ko’zdan kechirish,

murdani,ashyoviy dalillarni ko’zdan kechirishda muhim ahamiyatga ega. Bundan

tashqari guvohlantirish, tintuv, eksperiment, tanib olish tergov harakatlarida

qo’llanilib, dalillarni yig’ish va mustahkamlashda astoydil xizmat qiladi. Bu

fotografiya sud-ekspert fotografiyasi va tezkor-qidiruv fotografiyasida ham

foydalaniladi. Ba’zi obyektlarni to’liq va keng burchakdan sur’atga olishning imkoni

bo’lmagan taqdirda panoramali sur’atga olish amalga oshiriladi. Unga ko’ra obyekt

bo’laklarga bo’linib sur’atga olinadi. Masalan, katta hajmli obyektlar fotosuratga

olishga imkon bermasa va birmuncha qiyinlashtirgan holatlarda ular mayda

bo’laklarga bo’linib, kichik hajmga ajratilib, sur’atga olinadi. Har bir sur’at bir xil

sharoitda sur’atga olinishi kerak, yorug’lik va masofalari o’xshash bo’lishi shart. Bir

sur’at boshqa yorug’likda, boshqa sur’at esa boshqa yorug’likda olinishiga yo’l

qo’yilmaydi. Bu ishni amalga oshirishga halaqit berishi mumkin. Stereoskopik sur’atga

olish predmetlarni keng hajmda idrok etgan holda fotosur’atga oladi. Ushbu sur’atga

olishda obyektlar bo’laklarga bo’linmasdan amalga oshiriladi. Fototasvirga olishning

masshtabli turi obyektlarni sur’atga olishda ularning o’lchamini aniqlashga yordam

beradi. Ya’ni ularning bo’yi,eni va uzunliklari aniqlanadi. Bu eng muhim fototasvirga

olishning eng muhim bosqichlaridan biridir. Reproduksiyaviy sur’atga olish

obyektning yuzini kattalashtirib va kichiklashtirib fotosur’atga oladi. Bunda hujjatlar,

chizmalar, rasmlar, qo’lda chizilgan rasmlar va boshqalarni hajmini o’zgartirgan holda

ko’rish imkonini beradi. Bu xuddi mikroskop va lupaga o’xshab, kattalashtiradi va

kichiklashtiradi. Tanib olish uchun sur’atga olinganda ba’zi bir qoidalarga rioya qilish

shart. Bunda yuz tasviri natural kattaligiga amal qilish shart. Yuz tasviri haddan

tashqari katta bo’lib ketmasligi lozim va ancha kichrayib ketmasligi kerak. Murdani

tanib olish uchun sur’atga olishda sud-tibbiyot ekspertlari tomonidan amalga

oshiriladi. Albatta, tanib olish uchun murdani qiyofasi bo’lish kerak va uni tiklash

ishlarini olib borish shart, bo’lmasa uni tanib olish juda qiyin bo’ladi. Ko’p sodir

bo’lgan jinoyatlarni ochishda ko’zdan kechirish chog’ida mo’ljalli sur’atga olish


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–3_ Май –2025

182

tergovchi tomonidan juda ko’p qo’llaniladi. Bunda voqea sodir bo’lgan joyni tevarak-

atrof bilan birga tushiriladi. Chunki voqeani tasvirlashda tevarak-atrofdagi holatlar

ham katta o’rin tutadi. Bu voqea sodir bo’lgan joyda obyektlar tashqi ko’rinishini

tasvirlashda muhim ahamiyatga ega va uni boshqa voqealar bilan bog’lashda asqotadi.

Ba’zi holatlarda keng joyni butun holati bo’yicha sur’atga olish imkoni bo’lmasa,

ularni qismlarga bo’lib, panaroma usulida fotosur’atga olinadi. Tergovchi jinoyat sodir

bo’lgan joyni borib, ko’zdan kechirish chog’ida birinchi bo’lib, obzorli tarzda sur’atga

olishi kerak. Bunda voqea sodir bo’lgan joy dastlabki tarzida sur’atga olinadi. Bu bir

qarashdan statik tarzda sur’atga olishga bir tomondan o’xshab ketadi.

2

Bunda voqea

sodir bo’lgan joy to’la va mazmunli aks ettiriladi. Keyin, voqea sodir bo’lgan joy bilan

jinoyat sodir bo’lgan joyning holati o’rganib chiqiladi. Bu esa o’sha yerdagi barcha

narsalar bilan birma-bir tanishib chiqish imkonini beradi. Obzorli tekshiruvni olib

borishda voqea joyini to’rt tomondan sur’atga olish maqsadga muvofiq. Ko’zdan

kechirish chog’ida ba’zi obyektlarni ularning predmetlari bilan oldindan sur’atga olib

qo’yish markazli sur’atga olishning muhim bosqichi hisoblanadi. Masalan, qotillik

jinoyati bilan bog’liq murdani ko’rinishi, qon dog’lari, jinoyat qurollari, uning

atrofidagi predmetlar, uning olgan tan jarohati va boshqa holatlari sur’atga olib

qo’yiladi. Detalli sur’atga olishning asosiy maqsadi mayda va kichik detallarni

fotosur’atga olishdir. Masalan, moslamalar, kalitlar qo’l izlari, o’q va gilzalardir. Bu

vositalar jinoyat quroli sifatida jinoyatni ochishda katta o’rin tutadi. Sud fotografiyasi

sud bosqichida jinoyatni ochish va uni isbotlashda, dalillarni mustahkamlshda katta

ahamiyatga ega. Sur’atga olingan narsalar albatta, son va raqamlar qo’yilgan holda

rasmiylashtirilishi kerak.

Hozirgi kunda raqamli texnologiya yordamida jinoyatni ochish va fosh etishda

axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo’llash juda katta ahamiyat kasb etadi.

Buni hal etish uchun raqamli dalillar bilan ishlash texnikasini yanada kuchaytirish

lozim. Chunki elektron dalilni olib saqlab qo’yish orqali unga hech kim zarar yetkaza

olmaydi. Tabiiy holdagi dalillarni esa inson o’z qo’li bilan yo’q qilib yuborishi

mumkin. Muhim vazifalardan yana biri kriminalistika sohasida yuqori va malakali

2

Wikipedia. uz


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–3_ Май –2025

183

mutaxassislar tayyorlash va ularning malakasini oshrib borish kerak. Bunday

vazifalarni hal qilish uchun ilmiy-tadqiqiot bazasini yanada kuchaytitish lozim va uni

yaratish lozim. Mamlakatimizda jinoyatlarni ochish va hal etishda samarali

mexanizmlarni ishlab chiqish va uni yanada kuchaytirish lozimdir. Yurtimizda xorijiy

davlatlar bilan hamkorlikda innovatsion tadqiqotlar olib borish va ularni bugungi

hayotga keng tatbiq etish kerak. Bunda biz ilg’or rivojlangan davlatlar tajribasidan

foydalanishimiz lozim. Biz huquqni muhofaza qiluvchi organlarga jinoyat izlarini

aniqlash, olib qo’yish,saqlash va tadqiqot ishlarini olib borishda kriminalistik jihatdan

yordam berishimiz kerak. Ekspertiza sohasida fotosur’atga olishda zamonaviy texnika

va vositalarni yaratish kerak va ularning barqarorligini ta’minlash lozim. Ayrim

huquqni muhofaza qiluvchi organlarda zamonaviy texnika va texnologiyalar

yetishmaydi va bu jinoyatlarni aniqlashda birmuncha qiyinchiliklarni tug’diradi.

Fotosur’atga oluvchivositalar va apparatlarning turlari va sifati, sonini yanada oshirish

lozimdir. Davlatlar o’rtasida o’tkaziladigan jinoyatchilikka qarshi kurash bo’yicha

ilmiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish bo’yicha xalqaro konferensiyalarda ishtirok

etish va zarur bitim va konvensiyalar tuzish orqali ular bilan hamkorlikni yanada

mustahkamlash O’zbekistonning rivojlanshiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.

3

Zarur hollarda

xorijiy davlatlardan malakali kadrlarni olib kelish va bilim va ko’nikmalarni

almashishga yordam beradi. Raqamli kriminalistika sohasida sud ekspertizasida

fotosur’atga olishning usul va uslublarini ishlab chiqish va uni yanada takomillashtirish

lozim. Tergov qilish jarayonida ko’plab muammolarni aniqlash va bartaraf etish

bo’yicha takliflar ishlab chiqish va uni yuqori organga ko’rib chiqish va hal etish uchun

kiritish lozim. Xorijdagi ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlikni yo’lga qo’yish

ham kriminalistik sohada voqea joyida sur’atga olish mexanizmini yanada

rivojlantiradi va yuksaltiradi.

Xulosa: Yuqorida keltirib o’tilgan takliflar va amalga oshirilishi kerak bo’lgan

chora-tadbirlar yurtimizda kriminalistika fanida krimalistik texnikaning yanada

rivojlanishiga, jinoyatlarni tez ochish va hal etishni osonlashtiradi va yengillashtiradi.

3

LEX. uz


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–3_ Май –2025

184

Yurtimizning jinoyatchilikka qarshi kurash sohasida salohiyatini yanada oshiradi. Bu

takliflar kriminalistika sohasini yanada kuchaytirishiga ishonaman.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.Toshkent Davlat Yuridik Universiteti Kriminalistika darslik 2018

2.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “ Raqamli kriminalistika sohasida ilmiy-

tadqiqot faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida “ qarori

3.Wikipedia.uz

4.LEX.UZ

5.econferenceseries.com