Authors

  • Xursanov Furqat Alisher o’g’li
  • Mamanorov X.X

Author Biographies

  • Xursanov Furqat Alisher o’g’li

    Termiz Davlat Universiteti Yuridik fakulteti “Yurisprudensiya” ( faoliyat turlari bo’yicha) ta’lim yo’nalishi 4-bosqich  talabasi

  • Mamanorov X.X

    Ilmiy rahbar : Termiz Davlat Universiteti Yuridik fakulteti “Jinoyat huquqi va Fuqarolik protsessi” kafedrasi o’qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.85531

Keywords:

Kriminalistik texnika Ko’zdan kechirish tergovchi. Ko’zdan kechirish turlari kriminalistik prinsiplar ko’zdan kechirish bosqichlari tergov chemodani statik dinamik ekspert-kriminalistika faoliyati.

Abstract

Kriminalistik texnika yordamida voqea joyini ko’zdan kechirishning o’ziga xos xususiyatlari, kriminalistik texnikaning tezkor-qidiruv faoliyatida tutgan o’rni, ushbu kriminalistik jarayonni yanada kuchaytirish bo’yicha takliflar.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–3_ Май –2025

185

KRIMINALISTIKA TEXNIKASI YORDAMIDA VOQEA JOYINI

KO’ZDAN KECHIRISH VA TEZKOR-QIDIRUV ISHIDA QO’LLANILISHI

Xursanov Furqat Alisher o’g’li

Termiz Davlat Universiteti Yuridik fakulteti “Yurisprudensiya” ( faoliyat

turlari bo’yicha) ta’lim yo’nalishi 4-bosqich talabasi

Mamanorov X.X

Ilmiy rahbar : Termiz Davlat Universiteti Yuridik fakulteti “Jinoyat huquqi va

Fuqarolik protsessi” kafedrasi o’qituvchisi

Annotatsiya: Kriminalistik texnika yordamida voqea joyini ko’zdan

kechirishning o’ziga xos xususiyatlari, kriminalistik texnikaning tezkor-qidiruv

faoliyatida tutgan o’rni, ushbu kriminalistik jarayonni yanada kuchaytirish bo’yicha

takliflar.

Kalit so’zlar: Kriminalistik texnika, Ko’zdan kechirish,tergovchi. Ko’zdan

kechirish turlari, kriminalistik prinsiplar, ko’zdan kechirish bosqichlari, tergov

chemodani, statik, dinamik,ekspert-kriminalistika faoliyati.

Kriminalistik texnika hozirgi kunda jinoyatlarni ochish va uni tergov qilish

orqali aybdorlarni jazolashda juda katta o’rin tutadi. Bunda kriminalistika fani muhim

o’rin egallaydi. Chunki jinoyat huquqi jinoyat va jazo tizimini belgilab bersa,

kriminalistika esa bu jinoyatlarni qanday qilib aniqlash va ochish metodikasini

o’rgatish orqali jinoyat va jinoyat-protsessual fanlariga juda katta yordam beradi.

Asosan ko’pchilik jinoyatlarda ko’zdan kechirish taktikasini qo’llash orqali ko’p

jinoyatlar ochiladi va tergov qilish taktikasi orqali amalga oshiriladi. Unda jinoyat

izlari, ashyoviy dalillar bevosita aniqlanadi va ularning sharoit va holatlari o’rganiladi.

Bu jinoyatlarni ochish va aniqlash albatta surishtiruvchi va tergovchining mahoratiga

bog’liq. Birinchi navbatda tekshirilayotga voqea qanday sharoitda yuz berganini

aniqlash jinoyatni ochishda katta o’rin tutadi, keyingi navbatda esa jinoyat izlarini

aniqlash jinoyatni ochishga muhim dalil bo’lib asqotadi. Izlar va narsalar aniqlangani


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–3_ Май –2025

186

bilan uni qaysi jinoyatchiga aloqadorligini aniqlash bo’lmasa jinoyatni oxiriga

yetkazishga olib kelmasligi mumkin. Shuning uchun jinoyat subyekti sifatida

jinoyatchini aniqlash jinoyatni tergov qilishda muhim hodisa hisoblanadi. Ko’zdan

kechirish tergov harakatini olib borish nafaqat kriminalistika fani balki, balki jinoyat-

protsessual fani bilan uzviy bog’liq. Shuning uchun ushbu tergov harakatini olib

borishda kriminalistik bilim va ko’nikmalardan tashqari jinoyat va jinoyat-protsessual

fanlarini ham chuqur bilish muhim ahamiyat kasb etadi. Ko’zdan kechirishning hodisa

joyi, tevarak-atrof, tirik shaxslarni, pochta-telegraf xabarlarini, murdani, narsa va

hujjatlarni, hayvonlarni va audioyozuvlarni ko’zdan kechirish kabi turlari mavjud.

1

Ko’zdan kechirish dastlabki tarzda amalga oshirilsa, hamma muhim bo’lgan dalillar va

izlar yaxshi aniqlanadi va jinoyat ishi uchun muhim dalil bo’lib asqotadi, ammo

dastlabki tekshiruv chala va kamchiliklar bilan o’tkazilib, xatolar ko’p bo’lsa bu tergov

jarayoniga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Bunday holatda tergovchi takroriy tarzda

ko’zdan kechirish tergov harakatini amalga oshirishiga to’g’ri keladi. Takroran

o’tkazishning afzallik tomonlaridan yana biri tekshirilayotgan obyekt sinchkovlik bilan

amalga oshiriladi, bu jinoyat ishiga ijobiy ta’sir qilishi mumkiin. Ko’zdan kechirish

tergov harakati sermashaqqat tergov harakatlaridan biri hisoblanadi. Ko’pchilik

hollarda ko’zdan kechirish orqali hodisa sodir bo’lgan joy va jinoyat joyi bir-biriga

to’g’ri kelmasligi mumkin. Hodisa sodir etilgan joy bitta jinoyat ishi bo’yicha bitta

joyni tekshirishdan iborat bo’lmasligi mumkin. Jinoyat murakkab jinoyat bo’lib, uning

sodir etilish joyi turli xil joylarda bo’lishi mumkin Ana shunday holatlarni hisobga olib

tergovchi turli xil joylarni ko’zdan kechirishiga to’g’ri keladi. Masalan odam o’ldirish

jinoyat bo’yicha odam o’ldirilgan joy, murdani boshqa yerga olib borib ko’mib

yuborilgan joy va hokazo holatlar bo’lishi mumkin. Ko’zdan kechirishning prinsiplari

ushbu tergov harakatlarini olib borishda ularni aniq, bir xilda ,o’z vaqtida olib borishda

katta o’rin tutadi. Ko’zdan kechirishni o’z vaqtida amalga oshirish juda katta ahamiyat

kasb etadi, Agar bu tergov harakati kechiktirilib, amalga oshirilsa o’sha yerdagi izlar

va boshqa dalillar yo’q bo’lib ketishi yoki o’z xususiyatini yo’qotishi mumkin.

1

Prezidentning “ Ichki ishlar organlarining Ekspert kriminalistika faoliyatini zamonaviy ilm-fan yutuqlarini keng joriy

etish orqali yanada takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risidagi” qarori


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–3_ Май –2025

187

Ko’zdan kechirishni to’liq amalga oshirish ham muhim prinsiplardan biri hisoblanadi.

Bu prinsipni to’g’ri qo’llamaslik ishni to’g’ri amalga oshirishga to’sqinlik qilishi

mumkin. Tergovchi ko’zdan kechirishni amalga oshirishda albatta reja tuzib olishi

shart, chunki tartib bilan amalga oshirilmasa ba’zi holatlarni unutib qo’yib sedan

chiqarib qolib ketishi mumkin va ishning chala va xataliklar bilan bajarilishiga olib

kelishi mumkin. Bunday olganda tergovchi puxta tayyorgarlik ko’rishi kerakligida

dalolat beradi. Ko’zdan kechirishni axborot-texnik va moddiy-texnik ta’minlash

muhim ahamiyat kasb etadi. Tergovchi tergov harakatini olib borishda bir o’zi amalga

oshirishi u to’liq jinoyatni ochishiga yetarli bo’lmasligi mumkin. Shuning uchun

tergovchi ekspert va mutaxassislar bilan ham ishlashiga to’g’ri keladi. Yana xizmat

itlari va kinologlar va tezkor xodimlar bilan ham ishlaydi. Tergovchi hodisa sodir

bo’lgan joyni ko’zdan kechirishdan oldin va keying harakatlarni albatta o’ylab oladi

va ularni ketma-ket bir tekis bajarishi shart. Birinchi marta ma’lumotlar olishi,

qo’riqlash choralarini ko’rishi, unda ishtirok etadigan shaxslarni aniqlab, kriminalistik

vositalarni tayyorlab keyin ishga kirishishi shart. Hodisa joyiga borganda esa

jabrlanganlarga birinchi yordam ko’rsatishi shart, jinoyatchi agar shu joyning o’zida

bo’lsa shu joyning o’zida ushlash chorasini ko’rishi kerak.Tergovchi tergov harakati

jarayonida jamoat vakillarini ham jalb qilishi kerak, bu ishni bajarishda juda katta

foydasi bo’lishi mumkin. Tergovchi begona shaxslarni ishdan chetlashtirishi shart,

chunki ular ishni to’g’ri bajarishga halaqit berishi mumkin

2

. Ishtirokchilarga ularning

vazifasini belgilab berishi kerak. Vazifani taqsimlash ishni bajarishga foyda berishi

mumkin. Tergov chemodani ham ishni to’g’ri va aniq bajarish uchun asqotadi. Unda

izlar, transport qurollaridan qoladigan izlarni aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi.

Chemodanda turli xil asbob va uskunalar saqlanadi. Sur’atga olish uchun kerakli

fotoapparatlar ham bo’ladi va u dalillarni qayd qilib qo’yish uchun kerakli vosita

hisoblanadi. Tergovchi turli xil usullar yordamida hodisa joyini chet tarafdan,

markazdan va yana chet tarafdan aylanib tekshirish ishlarini olib boradi. Ko’zdan

kechirish static va dinamik tarzda amalga oshiriladi. Statik tarzda buyumlar asl holida

ko’zdan kechiriladi, ya’nu ular joyidan ko’chirilmaydi. Dinamik ko’zdan kechirishda

2

Econferenceseries.com


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–3_ Май –2025

188

obyektlar bir joydan boshqa joyga ko’chirilib tekshirish ishlari olib boriladi,ya’ni

undan oldingi holat va bundan keyingi holatlar tekshirilib ular o’rtasidagi tafovut va

o’xshashliklar aniqlanadi. Ba’zi holatlarda obyektlardan nusxa va izlar olish

qiyinlashib qolishi mumkin, bunday vaziyatda perxlorvinil yelimi mavjud va u tergov

jarayoniga yordam berishi mumkin. Qotillik jinoyati bo’yicha uni sodir etishda

ishlatilgan qurol va vositalar topilsa yaxshi, lekin bironta iz bo’lmasa, bu birmuncha

qiyinchilik tug’dirishi mumkin jinoyat ishini olib borishga. Agar tergovchi jinoyat turli

xil vositalar bilan sodir etilganiga ishonchi komil bo’lsa va unga taxmin qilsa o’sha

yerdan ushbu vositalarni qidirish choralarini ko’rishi shart. Tergov jarayoni faktini

asoslash va qayd qilish uchun tergovchi albatta bayonnoma tuzish orqali

rasmiylashtirishi kerak. Kriminalistik texnika tezkor-qidiruv faoliyatida ham

qo’llanilishi unga katta yordam beradi. Chunki jinoyat ishi ochilmasdan turib, birinchi

tezkor-qidiruv xodimlari ushbu vaziyatga tushadilar va hodisa joyini ko’zdan kechirish

orqali unga aniqlik kiritadilar. Tezkor-qidiruv xodimlari aniqlagan dalillar va izlar

dastlabki dalil bo’lib xizmat qiladi. Kriminalistik texnika bo’yicha hodisa joyini

ko’zdan kechirish bo’yicha tergov jarayonini yanada kuchaytirish va yuksaltirish

uchun albatta zamonaviy fan va texnikani olib kirish lozim. Chunki kriminalistika fan

va innovatsiyalar bilan hamnafas yuradigan fan hisoblanadi. Ya’ni ko’zdan kechirish

jarayonida texnikalar, ayniqsa raqamli texnologiyalar juda muhim o’rin tutadi jinoyat

ishini to’la ochish va aniqlashda. Inson aql-idroki ba’zi paytlarda pand berishi mumkin.

Texnologiya orqali ancha oson va tez amalga oshirsa bo’ladi. Keyingi o’rinda

kriminalistik ilmiy usul va vositalarni yanada takomillashtirish orqali bu jarayonlarni

ancha kuchaytirish mumkin. Shaxslar to’g’risida olingan axborotlarni albatta

avtomatlashtirilgan axborot-qidiruv tizimini joriy etish eng yuksak vazifalardan biri

hisoblanadi. Chunki avtomatdan foydalanish insonga qaraganda ancha tez va qulay.

Bu bo’yicha ichki ishlar organlari dalillarning isbotlov bazasini kuchaytirish lozim. Bu

masalalarni ishlab chiqish bo’yicha muhim qonun hujjatlari ishlab chiqish lozim, u

bo’yicha yo’l xaritasi va konsepsiyalar ishlab chiqish kerak. Yana bir muhim

choralardan biri sud-tergov jarayoniga ekspertizaning zamonaviy turlarini kiritish


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–3_ Май –2025

189

lozim. Zamonaviy ekspertiza turlarini ishlab chiqish uchun boshqa davlatlarning huquq

sohalaridan foydalanish lozim.

3

Masalan, maxsus transport vositalarini baholash ekspertizasi juda katta o’rin

tutadi. Ekspert-kriminalistika bo’linmalari shaxslarga ekspertlik va ilmiy-tadqiqot

yo’nalishi bo’yicha pullik xizmatlarni ko’rsatish chora-tadbirlarini belgilash ham bu

sohani kuchaytiradi. Eng muhim choralardan biri kriminalistika texnikasida malakali

xodimlar bilan ta’minlash orqali ularning faoliyatini ancha yuksaltirish va rivojlantirish

mumkin. Ushbu xodimlarga har oylik ish haqiga ustama to’lash orqali ularni

rag’batlantirish mumkin. Chunki kriminalistika faoliyati mashaqqatli va qiyin

kasblardan biri hisoblanadi. Kriminalistlar faoliyatini zamonaviy texnika, axborot-

kommunikatsiya texnologiyalari bilan ham ta’minlash juda katta ahamiyat kasb etadi.

Kriminalistlarning ish o’rinlari va mehnat sharoitini munatazam ravishda

attestatsiyadan o’tkazib turish ularning tartibliligi va xavfsizligini ta’minlashning bir

yo’nalishi hisoblanadi. Xodimlar faoliyatini baholab borish va ularni maqtab borish

ularning faoliyatini oz bo’lsada kuchaytiradi. Kriminalistik jihozlar va vositalar bilan

ta’minlangan yaxshi sharoitlarga ega bo’lgan laboratoriyalar tashkil etish lozim.

Laboratoriyaning afzalligi kriminalistik jarayonni to’liq amalga oshirishni va toza

bajarishni kuchaytiradi. Kriminalistik faoliyatda daktiloskopik ekspertiza turini joriy

etish va buni yo’lga qo’yish orqali kriminalistik texnikani rivojlantirishga yordam

beradi. Kriminalistika sohasi bo’yicha yangi fanlarni ishlab chiqish ham kriminalistik

tadqiqot jarayonida muhim ahamiyatga ega.

Xulosa:Yuqorida keltirib o’tilgan barcha chora-tadbirlar Kriminalistika fani

sohasida kriminalistika texnikasini yanada rivojlantirish va taraqqiy ettirishda muhim

ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimizda jinoyatlarni ochish, tadqiq etish, tergov qilish

jarayonida juda katta yordam berishiga ishonaman. Hozirgi shiddat bilan rivojlanib

borayotgan zamonda bu sohani tadqiq etish lozim. Bu qilinayotgan chora-tadbirlar esa

kriminalistik faoliyatni yanada yuksaltiradi

3

Prezidentning “ Raqamli kriminalistika sohasida ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish chora tadbirlari to’g’risidagi”

qarori


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–3_ Май –2025

190

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.Toshkent Davlat Yuridik Universiteti Kriminalistika darslik 2018

2.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarining Ekspert-

kriminalistika faoliyatini zamonaviy ilm-fan yutuqlarini keng joriy etgan holda yanada

takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida “ qarori

3.econferenceseries.com

4.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli kriminalistika sohasida ilmiy-

tadqiqot faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida” qarori