Authors

  • Raimov Ulug’bek
  • Avazbek Sobirov

Author Biographies

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.85611

Keywords:

Ma’lumotlar bazasi texnik tizimlar xavfsizlik optimallashtirish sun’iy intellekt integratsiya ma’lumot sifati

Abstract

Zamonaviy texnik tizimlarning aksariyati ishonchli va tezkor ma’lumotlar bazasi (MB) texnologiyalariga tayanadi. Ushbu maqolada texnik tizimlardagi MB’larning roli, ularning amaliyotdagi o‘rni, duch kelinayotgan muammolar, va ularni bartaraf etish usullari, shuningdek, sun’iy intellekt va avtomatlashtirish vositalari orqali rivojlanish istiqbollari ko‘rib chiqiladi. Maqola oxirida O‘zbekistonda mavjud texnik tizimlar uchun amaliy tavsiyalar keltirilgan.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–2_ Май –2025

49

ZAMONAVIY TEXNIK TIZIMLARDA MAʼLUMOTLAR BAZASINING

O’RNI VA AHAMIYATI

Raimov Ulug’bek (Andijon davlat texnika

instituti asistenti)

uraimov0111@gmail.com

Avazbek Sobirov (Andijon davlat texnika instituti talabasi)

avazbek1406@gmail.com

Annotatsiya: Zamonaviy texnik tizimlarning aksariyati ishonchli va tezkor

ma’lumotlar bazasi (MB) texnologiyalariga tayanadi. Ushbu maqolada texnik

tizimlardagi MB’larning roli, ularning amaliyotdagi o‘rni, duch kelinayotgan

muammolar, va ularni bartaraf etish usullari, shuningdek, sun’iy intellekt va

avtomatlashtirish vositalari orqali rivojlanish istiqbollari ko‘rib chiqiladi. Maqola

oxirida O‘zbekistonda mavjud texnik tizimlar uchun amaliy tavsiyalar keltirilgan.

Kalit so‘zlar: Ma’lumotlar bazasi, texnik tizimlar, xavfsizlik, optimallashtirish,

sun’iy intellekt, integratsiya, ma’lumot sifati

Kirish

Zamonaviy texnologiyalar tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Bugungi kunda

barcha sohalarda avtomatlashtirilgan texnik tizimlar keng qo‘llanilmoqda. Ushbu

tizimlarning samarali ishlashi ma’lumotlar bilan bog‘liq jarayonlarning to‘g‘ri tashkil

etilishiga bog‘liq. Shu sababli, ma’lumotlar bazasining (MB) texnik tizimlardagi o‘rni

va ahamiyati nihoyatda muhim hisoblanadi. [1]

Texnik tizimlardagi MB qo‘llanilishi

Texnik tizimlarda ma’lumotlar bazasi muhim omillardan biridir. Misol uchun,

SCADA tizimlarida real vaqtda ma’lumotlarni yig‘ish, saqlash va tahlil qilish MB’lar

yordamida amalga oshiriladi. Bu, energiya, neft-gaz, ishlab chiqarish, suv ta’minoti

kabi sohalarda samaradorlikni oshiradiMBlar markaziy axborot ombori sifatida xizmat


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–2_ Май –2025

50

qiladi. Ular real vaqt rejimida sensorlardan olingan maʼlumotlarni yigʻadi, tahlil qiladi

va kerakli boshqaruv qarorlarini qabul qilishda yordam beradi. [6]

Taqsimlangan MBlar misolida ishlash tamoyili

Yirik kompaniyalar va davlat tizimlarida MBlar ko‘p hollarda taqsimlangan

shaklda tashkil etiladi. Bu holat, ayniqsa, tarmoqli tizimlarda – masalan, bank,

telekommunikatsiya yoki transport sohalarida keng tarqalgan. Taqsimlangan

ma’lumotlar bazalari bir nechta serverlar va joylashuvlarda ma’lumotlarni saqlash

orqali katta tizimlar uchun barqarorlik va ishonchlilikni ta’minlaydi. Masalan,

PostgreSQL va Google Cloud platformalarida taqsimlangan MB’lar orqali

ma’lumotlar uzluksiz uzatiladi. Taqsimlangan MBlar bir nechta fizik joylarda

joylashgan bo‘lsa-da, yagona boshqaruv tizimi ostida ishlaydi. Bu esa axborotlarga

tezkor kirish imkonini beradi.[9, 7]

Tibbiyot va sanoatda ma'lumotlar bilan ishlash

Tibbiy sohada e-Poliklinika kabi tizimlar MB asosida ishlaydi. Bemorlarning

tibbiy tarixlari, laboratoriya natijalari, dori-darmon tarixi kabi maʼlumotlar yagona

MBda saqlanadi. Bu esa tibbiy xizmat ko‘rsatishda shaffoflik va kasalliklar tarixi

asosida to‘g‘ri davolash rejasini tuzish, masofaviy maslahatlar va telemeditsinani

rivojlantirish imkonini beradi.Sanoatda esa DCS tizimlari ishlab chiqarish

jarayonlarining monitoringi va nazorati uchun MB’lardan foydalanadi. [2, 6]

Axborot xavfsizligi

Ma'lumotlar bazalarining samarali ishlashi uchun axborot xavfsizligi muhim

ahamiyatga ega. Texnik va dasturiy ta'minotning to'g'ri tashkil etilishi, shuningdek,

axborot xavfsizligi choralarining qo'llanilishi MBlarning ishonchliligini ta'minlaydi.

Maxfiy ma'lumotlarga ruxsatsiz kirish og'ir oqibatlarga olib kelishi mumkin, shu

jumladan moliyaviy yo'qotish, obro'ga zarar etkazish va huquqiy oqibatlar.

Ma’lumotlar bazalariga hujumlar ko‘plab tizimlar uchun xavf tug‘diradi. SQL

injection, DDoS, yoki tizimga ruxsatsiz kirish orqali axborotlar o‘g‘irlanishi mumkin.

[8]

Tizimlararo muvofiqlik va integratsiya muammolari


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–2_ Май –2025

51

Ma'lumotlar bazasining ishlashida texnik nosozliklar, masalan, apparat yoki

dasturiy ta'minotning ishdan chiqishi, ma'lumotlarning yo'qolishiga olib kelishi

mumkin. Shuningdek, turli tizimlar o'rtasida integratsiya muammolari yuzaga keladi,

bu esa ma'lumotlarning to'g'ri uzatilmasligiga sabab bo'lishi mumkin. Turli ishlab

chiquvchilarning tizimlarini bir-biri bilan uyg‘unlashtirish qiyinchilik tug‘diradi. Bu

MB strukturalarining mos kelmasligi yoki API’lar cheklanganligidan kelib chiqadi. [5]

Kiberhujumlar, ma’lumot yo‘qolishi

Kiberhujumlar

natijasida

ma'lumotlar

bazasiga

zarar

yetkazilishi,

ma'lumotlarning o'g'irlanishi yoki yo'qolishi mumkin. Bu esa tashkilotlar uchun katta

moliyaviy va obro' yo'qotishlariga olib keladi.

Zaxiralashning yo‘qligi yoki noto‘g‘ri

tashkil etilishi natijasida ma’lumotlar yo‘qoladi. Kiberhujumlar nafaqat MB’ni, balki

butun texnik tizimni izdan chiqarishi mumkin. [8]

Himoyalash choralari: autentifikatsiya, shifrlash

MB xavfsizligini ta’minlash uchun ko‘p bosqichli autentifikatsiya, TLS/SSL

shifrlash texnologiyalari, ma’lumotlar kirishini cheklovchi ro‘yxatlar qo‘llaniladi.

Autentifikatsiya foydalanuvchilarning shaxsini aniqlashga yordam beradi, shifrlash esa

ma'lumotlarni ruxsatsiz kirishdan himoya qiladi. [8]

Tizimlararo integratsiyani ta’minlash

Tizimlararo moslikni oshirish uchun bir nechta standartlashtirilgan formatlar

va umumiy API interfeyslaridan foydalanish zarur. Bu esa turli ishlab chiqaruvchilar

tomonidan ishlab chiqilgan tizimlar o‘rtasida axborot almashinuvini soddalashtiradi.

Bundan tashqari, O‘zbekistonda yagona davlat axborot tizimlari integratsiyasi yo‘lga

qo‘yilmoqda .Universal API’lar, XML va JSON formatlari yordamida turli MB va

tizimlar o‘rtasida moslashuvchanlikni ta’minlash mumkin. [5]

Zaxiralash siyosatini avtomatlashtirish

Har qanday texnik tizimda doimiy va avtomatik zaxiralash tizimi bo‘lishi

kerak. Bu quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

- Real vaqt rejimidagi zaxiralash;

- Bulutli xotiralarda nusxa olish;

- Zaxira ma’lumotlarning shifrlangan holda saqlanishi;


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–2_ Май –2025

52

- Replikatsiya – MBning boshqa joylardagi ko‘chirma nusxalari.

Bu yondashuvlar foydalanuvchilar xavfsizligini ta’minlash bilan birga, avtomatik

zaxiralash tizimlari (masalan, cron job, rsync)

ma’lumotlar yo‘qolishining oldini

olishda yordam beradi. Ma'lumotlarning doimiy zaxira nusxalarini yaratish va tizimni

muntazam monitoring qilish orqali texnik nosozliklar va ma'lumot yo'qolishining

oldini olish mumkin. [10]

Zamonaviy tizimlar uchun MB optimallashtirish

Ma'lumotlar bazasining samaradorligini oshirish uchun indekslash, so'rovlarni

optimallashtirish va apparat resurslarini to'g'ri taqsimlash kabi usullardan foydalanish

lozim. Bugungi kunda ko‘plab texnik tizimlar juda katta hajmdagi ma’lumotlar bilan

ishlaydi. Bu ma’lumotlar tez, aniq va ishonchli ishlashi uchun ma’lumotlar bazasini

optimallashtirish juda muhim

Optimallashtirish degani – bazani shunday tartibga solishki, u ortiqcha

yuklamasdan, tezkor va to‘g‘ri ishlasin. Buning uchun bir nechta asosiy usullar bor:

1. Indekslar – ma’lumotlarni tez topish uchun maxsus ko‘rsatkichlar qo‘shiladi.

2. So‘rovlarni soddalashtirish – keraksiz murakkab buyruqlardan qochiladi.

3. Kech saqlash (cache) – tez-tez ishlatiladigan ma’lumotlar vaqtincha xotirada

saqlanadi

Indeksatsiya, keshlash, paralel qayta ishlash, normalizatsiya va shartli

replikatsiya kabi usullar orqali MB samaradorligini oshirish mumkin. Masalan,

Microsoft SQL Server va PostgreSQL kabi tizimlar yirik sohalarda qo‘llanilmoqda.

[10]

Sun’iy intellekt asosida ma’lumotlar boshqaruvi

So‘nggi yillarda sun’iy intellekt (AI) texnologiyalari ma’lumotlar bazasini

boshqarish sohasida tub o‘zgarishlarga olib kelmoqda. An’anaviy MB tizimlari

faqatgina axborotni saqlash va chaqirishga qaratilgan bo‘lsa, AI asosidagi tizimlar:

Ma’lumotlarni avtomatik tahlil qilish,

Anomaliyalarni aniqlash,

Proaktiv qarorlar qabul qilish imkonini beradi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–2_ Май –2025

53

Tibbiyotda AI yordamida bemorning simptomlari, analizlari va kasallik tarixi

asosida ehtimoliy tashxis avtomatik taklif qilinadi. MBlar bu yerda katta hajmdagi

tibbiy ma’lumotlarni saqlaydi va AI algoritmlariga asos bo‘ladi.

AI yordamida ma’lumotlar avtomatik ravishda tahlil qilinadi. Bu prognozlash,

muammolarni aniqlash va qarorlar qabul qilish jarayonlarini tezlashtiradi. IBM Watson

yoki Google AI platformalari bunga misol bo‘la oladi. [7]

Ma’lumotlar sifati va boshqaruv siyosatlari

Texnik tizimlarda MBlardan foydalanishda eng muhim jihatlardan biri bu —

ma’lumotlar sifati va ularni boshqarish siyosatlaridir. Past sifatli yoki noto‘g‘ri

formatdagi ma’lumotlar tahlilni noto‘g‘ri yo‘nalishga olib boradi.

Data Governance — bu ma’lumotlar hayotiy tsiklini boshqaruvchi siyosatlar

majmuasidir. U orqali MB’lar yangilanadi, keraksiz ma’lumotlar o‘chirib boriladi. [1]

O‘zbekiston texnik tizimlari uchun takliflar

1. MB xavfsizligini oshirish maqsadida davlat miqyosida yagona axborot

xavfsizligi platformasi yaratish.

2. Ma’lumotlarni joylashtirishda milliy hosting xizmatlaridan foydalanish

(xorijdan ko‘ra tezroq va xavfsizroq).

3. Tibbiyot, ta’lim, energetika va sanoatda yagona ma’lumotlar almashinuvi

platformasini ishlab chiqish.

Mahalliy tizimlarda xavfsizlikni kuchaytirish, integratsiyani avtomatlashtirish

va AI asosida boshqaruv mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish zarur. Xususan, sog‘liqni

saqlash va ta’lim tizimlari MB yondashuvlarini jadal takomillashtirish lozim. [2, 3, 4]

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. U. Abdullayev, R. Shirinov — “Axborot texnologiyalari va tizimlari asoslari”,

TATU, 2022.

2. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligi — e-poliklinika.uz

3. My.gov.uz — O‘zbekiston Respublikasi Yagona Interaktiv Xizmatlar Portali

4. ScienceWeb.uz — “Zamonaviy tibbiy axborot tizimlarida ma’lumotlar bazasining

o‘rni”

5. Pedagoglar.uz — “Taqsimlangan tizimlar va axborot xavfsizligi muammolari”


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–2_ Май –2025

54

6. Orient.uz — “SCADA va DCS tizimlari uchun zamonaviy MBlar”

7. Google Cloud Whitepapers — “Modern Data Management in Distributed Systems”,

2023

8. IBM Developer Network — “Database Security in Modern IT Environments”

9. Postgresql.org — “Distributed Databases and Fault Tolerance: 2022 Survey”

10. Microsoft Docs — “Database performance optimization in cloud-based systems”